cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

¹❀̤̤̤̤̤̤̤̤̤̤𝄁꯭🕋꯭𝄀꯭✨꯭𝄁𝐒𝆺꯭𝅥𝝾꯭𝆺꯭𝅥𝝺𝆺꯭𝅥𝝸𝆺꯭𝅥𝝜𝆺꯭𝅥𝝰𝄁꯭꯭𝄀🕌꯭𝄁꯭❀꯭̤̤̤̤̤̤̤̤̤̤

💚#_oQ_KaBuTaR⚡_BoLaYLiK🤍🕊 #_oSMoNLaRDa🌜_uCHaYLiK🌚🖤 💞#_oYLaB💫🤍_eMaS_YiLLaB_eMaS🥰❤️ #_uMRBoD_QaDirdOnLaR_BoLaYLi😊 21.07.2023 ochilgan sanamiz💞🫂🌿 EGA : @Wokalatka_04 Taklif va murojatlar uchun

Show more
Advertising posts
1 118
Subscribers
No data24 hours
-87 days
+40630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

HAQIQIY DOʻSTIM Sen bilan ulgʻaydim, sen bilan oʻstim, Yuz burib ketmading boʻlsa kam koʻstim. Yaxshi yomonimda boringa shukur Haqiqiy doʻstimsan, haqiqiy doʻstim!. Bir tovoqdan palov yeganim oʻzing, Doim sen bilanman deganim oʻzing. Akamday ukamday jigarim oʻzing, Haqiqiy doʻstimsan, haqiqiy doʻstim!. Mening yutugʻimdan quvnab joʻshasan, Soʻrasam yoʻgʻimga boring qoʻshasan. Necha yil oʻtsa ham oʻsha oʻshasan, Haqiqiy doʻstimsan, haqiqiy doʻstim!. Boshimga kelganda turfa kulfatlar, Tashlashib qochdilar soxta ulfatlar... Sen ketmading, bosdik qancha sarhadlar, Haqiqiy doʻstimsan, haqiqiy doʻstim!. Oʻzingsan gʻiybatim tamin totmagan, Pinxona ortimdan toshlar otmagan. Oqibatligimsan meni sotmagan, Haqiqiy doʻstimsan, haqiqiy doʻstim!. Birgasan sinovda, yo omadda ham, Doʻstu dushman qilgan hiyonatda ham. Yonimda tur oʻzing qiyomatda ham, Haqiqiy doʻstimsan, haqiqiy doʻstim!. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Show all...
SIZNI SEVIB ADASHDIM CHOGʻI Ketarmikin koʻnglimning dogʻi, Hazon boʻldi muhabbat bogʻi. Sira attang qilmadim ammo, Sizni sevib adashdim chogʻi. Chiroyligim osmonda oyim, Yuragimda ogʻriqsiz doyim. Men qilgan eng katta xatoyim, Sizni sevib adashdim chogʻi. Ajralishdi tutilgan qoʻllar, Ayrilishdi kutilgan yoʻllar... Boshni yordi dard degan doʻllar, Sizni sevib adashdim chogʻi. Sogʻinchlarim ketmaydi arib, Toparmidim yursam ahtarib? Malikani suyganday gʻarib, Sizni sevib adashdim chogʻi. Suyar debmanman boqsa koʻzingiz, Aytilganda shirin soʻzingiz... Meni aldab qoʻygan oʻzingiz, Sizni sevib adashdim chogʻi. Ketdingizey xayrsiz doʻqsiz, Shoshdingizey bunchalar shoʻxsiz. Koʻnglimda bor yonimda yoʻqsiz, Sizni sevib adashdim chogʻi. Hijroningiz dildagi oxim, Baxtli boʻling ilohim mohim... Bilib turib qilgan gunohim, Sizni sevib adashdim chogʻi. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Show all...
Repost from Komila Qiz
Iltimoslarga binoan povtorni text. Ishi yo‘qlar bilan endi ishim yo‘q, Senga nima desa menga ham nima. Yonib ketmaydimi menga deyishsa, Sira o‘zgarmaydi menda hech nima. Yetar bas men endi o‘zimni o‘ylay, Bilmagan bilmaydi kuyganim bilan. Hayoliga kelmas parvoyi falak, Ming bora tirilib o‘lganim bilan. Bugun tun o‘rnimda hotirjam uhlab, Ertaga uyg‘onib ko‘zguga qaray. So‘lg‘in yuzlarimga ho‘p oro berib, Chigalin yozgancha sochlarim taray. Ko‘zimni chirt yumib nafasim roslab, Ozgina dam olay ish qochib ketmas. Kecha kun to‘xtovsiz qilganim bilan, Ish o‘lgur hech qachon ohirga yetmas. Bo‘ldi qil charchading o‘tirgin deya, O‘zimdan o‘zgasi g‘amim yemaydi. Jon der qilaversam indamay ishni, Hech yo‘q til uchida rahmat damaydi. Cho‘ntakka pul solib bozorga borib, O‘zim uchun bitta ko‘ylak olaman. Qimmat restoranga birro‘vga kirib, Avvali qorinni to‘qlab olaman. Buyumlar olaman eng qimmatidan, Do‘st-u dushmanimning ko‘zin kuydirib. G‘amsiz tashvishlarsiz kulib yashayman, O‘zimni o‘zimga o‘zim suydirib. Amalga oshmagan shu payitgacha, Bilmaysiz qalbimda qancha orzu bor. Yashashni o‘zimga qo‘yib bering siz, O‘zimni bir o‘zim qilay baxtiyor. Ahir yaxshisiga munosibman-ku, Meni boshqalardan nima kamim bor. O‘zimga buyursin endi topganim, Pul topib bo‘lmayin yana pulga zor. Doim o‘zgalarning g‘amini yemay, O‘zim uchun hayot boshlayin endi. Yosh bola emasman meni tinch qo‘ying, Odamman odamdek yashayin endi. Muallif: Komila Qiz. 16.04.2024.✍ @Komila_Qiz_7848
Show all...
Repost from Komila Qiz
00:13
Video unavailableShow in Telegram
Video Bahodir Osmon @soginchim_izhorii Sir emas sevaman juda ham seni, Har dam yonimda bo‘l hech yolg‘iz etma. Dilimga qarshi ko‘p so‘zlatmay meni, Kel desam kelgin-u, ket desam ketma. Kun o‘tar yo‘q bo‘lsang ko‘ngil og‘rinib, Tong otar hayollar bilan ovunib, Ahir qolamqnku seni sog‘inib, Kel desam kelgin-u, ket desam ketma. Kelajak baxtimdan o‘zing daraksan, Ko‘ksimda dukkilab urgan yuraksan, Hammadan ham ko‘proq menga keraksan, Kel desam kelginz-u ket desam ketma. O‘tkinchi narsaga arazlab turma, Qizarib arazlab labingni burma, Jahlda haydasam so‘zimga kirma, Kel desam kelgin-u ket desam ketma. Chorlasang to‘xtovsiz senga chopaman, Kulsang qayg‘uyimga eshik yopaman, Ketsang sendayini qaydan topaman, Kel desam kelgin-u ket desam ketma. Muallif: Komila Qiz.✍ ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | Komila Qiz
Show all...
1.05 MB
👍 1
Repost from Komila Qiz
00:20
Video unavailableShow in Telegram
Manba video Bahodir Osmon @soginchim_izhorii Charchamaydi isxorin ayta, Menga qarab kulaveradi, Har lahzada qayta va qayta, Sog‘inyabman deyaveradi. Qo‘llaridan ushlab yursam ham, Undan ko‘proq yaxshi ko‘rsam ham, Ko‘zlariga qarab tursam ham, Sog‘inyabman deyaveradi. Gaplashmasak sog‘inchga to‘lib, Chidolmayin qo‘ng‘iroq qilib, Shu so‘z menga yoqishin bilib, Sog‘inyabman deyaveradi. Kimda ko‘p deb mehr talashib, Sanog‘ida ketsa adashim, Arazlashib yana yarashib, Sog‘inyabman deyaveradi. Oydan go‘zal yorug‘ yuzligim, Ko‘zmunchog‘im qaro ko‘zligim, Mehribonim shirinso‘zligim, Sog‘inyabman deyaveradi Ne so‘rasang beray har neni, Sendan qattiq sevaman seni, O‘xshashi yo‘q tentakcham meni, Sog‘inyabman deyaveradi. Muallif: Komila Qiz. 05.06.2024.✍ ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | Komila Qiz
Show all...
3.81 MB
🎂🎂🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳SIZNI BUGUNGI TUĞILGAN KUNIZ BN TABRIKLIMAN UZOQ UMIR KORING OTA 👨‍🦳ONEZNI 👩‍🦳BAXTIGA HAMISHA SOĞ SALOMAT TURING DUNYODA NE KI ORZU🏨 ,ISTAK, TILAK🚘, XOXISH $ ,MAQSADLARIZ🏆 BOLSA ERISHING ALLOHIM SZGA 100000..... DAN DA KÒP UMIR BERSIN🥂 💋💋 TUĞILGA KUNIZ MUBORAK BÒLSIN❤️🎂🎂🎂🎂🎂🎂🎂
Show all...
2.05 MB
KOʻRAOLMAYMAN Koʻngliga qul boʻlgan shu noilojman, Tunlar uyqim qochar bir extiyojman, Sen unutgandursan lek men muhtojman, Men seni sogʻinsam koʻraolmayman. Sevgidan bir buyuk tarix yozirsan, Birovga yorsanu menga nozirsan. Chorlasa qoshiga shoshib hozirsan, Men seni sogʻinsam koʻraolmayman. Bu dard omon qoʻymas ishlarimda ham, Baxtimdan sarhushu, hushlarimda ham, Shuncha yomonmidim tushlarimda ham, Men seni sogʻinsam koʻraolmayman. Uchrashmoq armondir tirikmiz toki, Koʻrmoqqa ertaroq oʻlaymi yoki... Bagʻrimga bir bosish qayda hattoki, Men seni sogʻinsam koʻraolmayman. Nechalar guvohdir, kechalar guvoh, Endi yoqtirgim, yoqqanim gunoh, Kutganim gunoxu, boqqanim gunoh, Men seni sogʻinsam koʻraolmayman. Sen bor tomonlarda qolmadi gardim, Kutmadim, kelmaysan ammo ahtardim. Eng shirin armonim, eng buyuk dardim, Men seni sogʻinsam koʻraolmayman. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Show all...