Quantum
Open in Telegram
Scientia potentia est. Илм-фан тарғиботига бағишланади. Лойиҳа муаллифи – таълим масалалари бўйича халқаро эксперт, андрагог, социолог, этнолингвист, гендеролог, профессионал медиатор, фалсафа доктори, доцент Моҳира Халикова
Show more235
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
235
Margaret Hamilton - amerikalik dasturchi, muhandis.
U Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) dasturiy ta'minot bo'limida faoliyat olib borgan.
Bo'lim NASAning Apollon kosmik missiyasi uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqdi.
Insoniyatninig Oyga yetib borishida uning katta xizmati bor.
"Dasturiy ta'minot" atamasi unga tegishli.
@quantum577
235
Вақт бўйлаб саёҳат.
Сунъий интеллект генерацияси
https://youtu.be/Bo3VZCjDhGI?si=lzhjtUiGY1UpJogL
235
Bakteriyalar (lot. Bacteria "tayoqcha") - prokariot bir hujayrali mikroorganizmlar.
Ular Yerdagi eng qadimgi hayot shakllaridan biridir.
Clostridium botulinum, Salmonella, Vibrio cholerae, Clostridium tetani, Streptococcus kabi minglab turli xil bakteriyalar mavjud.
@quantum577
235
Arxitektorlar kelajakning eko-shahrini loyihalashtirdilar!
Suzuvchi shahar Artisanopolis plastik chiqindilardan quriladi.
Fuqarolar quyosh stansiyalaridan energiya oladi, gidroponik issiqxonalarda o‘simliklar pishadi, suvni tuzsizlantirish inshootlari yetkazib beradi.
235
Mandarin o'rdagi hayvonot olamining eng ajoyib vakillaridan biridir.
Uning o'ziga xos ko'rinishi va juftiga sadoqati qushni Xitoyda oilaviy baxtning ramziga aylantirdi.
@quantum577
235
Daqiqagacha hisoblangan!
Yaponiyaning Osaka shahridagi monorels tizimi hayratlanarli darajada tez va aniq ishlaydi.
Qoyil!
@quantum577
235
8 март санасида дунё илм-фанига буюк таъсир этган аёллар Олив Деннис, Хеди Ламарр, Грейс Хоппер, Энн Мур, ДНКнинг рентген-структур таҳлилини амалга оширган Розалинд Франклин, генетик Кристиан Фольхард, астроном Каролина Гершель, Мария Склодовская-Кюри, Ирен Кюри, биринчи математика профессори Софья Ковалевская номларини эслаш жоиз деб биламан.
@quantum577
235
Suvdan tashqarida yashaydigan baliqlar ham mavjud!
Yerdagi hayot dastlab suvda paydo bo'lgan.
Biroq, evolyutsiya natijasida dengiz va okeandagi mavjudotlar quruqlikka chiqdi.
Tabiatda uzoq vaqt suvdan tashqarida yashaydigan baliqlar mavjud.
Periophthalmus baliqlari ular jumlasidan.
https://youtu.be/m5gDAa2jMnI?si=Kf3Z4Qe9eR3yy9wF
@quantum577
235
Figure kompaniyasi gumanoidlari insonlarga qarab mustaqil ravishda qahva tayyorlashni o'rgandi.
Kelajak yanada yaqin...
@quantum577
235
Qizil Qisqichbaqa ko'prigi
Avstraliyaning Christmas Island orolidagi Qizil Qisqichbaqa ko'prigi qizil qisqichbaqalarning quruqlikdan dengizga va orqaga ommaviy migratsiya paytida xavfsiz o'tishini ta'minlash uchun ishlab chiqilgan ajoyib muhandislik loyihasidir.
Orol Hind okeanida joylashgan bo'lib, qizil qisqichbaqalarning katta populyatsiyasiga ega.
Qizil Qisqichbaqa ko'prigi tabiat ekotizimini hurmat qilishga ajoyib misoldir.
235
Бу нуқтага яна бир назар ташланг.
Бу бизнинг уйимиз.
Бу биз.
Сиз севган ҳар бир инсон, сиз билган ҳар бир киши, сиз эшитган ҳар бир киши ўз ҳаётини шунда ўтказган. Бизнинг барча қувончимиз ва азобларимиз, минглаб ўз-ўзини ҳимоя қиладиган таълимотлар, мафкуралар, ҳар бир овчи ва теримчи, ҳар бир қаҳрамон ва қўрқоқ, ҳар бир тамаддун яратувчиси ва вайрон қилувчиси, ҳар бир подшоҳ ва деҳқон, ҳар бир ошиқ, ҳар бир она ва ота, ҳар бир умидли бола, ҳар бир ихтирочи ва тадқиқотчи, ҳар бир ўқитувчи, сиёсатчи, "супер юлдуз", раҳбар, бизнинг туримиз тарихидаги ҳар бир авлиё ва гуноҳкор бу ерда - бу чанг заррасида, қуёш нурлари остида яшаган.
Карл Саган
@quantum577
235
Inson o'zini Yerning hukmdori deb biladi.
Shu bilan birga, inson tanasi Yer yuzasining juda oz qismida qulay yashashga moslashgan: juda sovuq bo'lmagan, juda issiq bo'lmagan, kislorod yetarli va atrof-muhit juda tajovuzkor emas joyda.
Biz dengiz sathidagi mo'tadil hayotga moslashdik, ammo kashfiyotga bo'lgan tashnalik bizni koinotning cheksiz sarhadlariga undaydi.
Ilm-fan insonning ekstremal sharoitlarda omon qolish holatlarini o'rganib, tanamiz imkoniyatlari chegaralarini kengaytirish imkonini beradigan yangi texnologiyalarni yaratadi.
@quantum577
235
Инсон организмининг имкониятлар чегараси борми?
Бор.
1. Кислородсиз 3 минут
2. Сувсиз 4-7 кун
3. Овқатсиз 45-50 кун
4. Ранг ажратиш - 1 млн
5. Минимал ҳарорат -120°C
6. Максимал ҳарорат - 105°C
7. Уйқусиз 9-10 кун
Рекорд 11 кун ухламаган Рэнди Гарднерга тегишли.
@quantum577
