302
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-430 days
Posts Archive
302
NIDO QILDI.... BIZ IJOBAT QILDIK
Alloh taolo bandaning tavba-tazarrusi va uning duolarini eshitish uchun uni turli imtihonlar bilan sinaydi. Uning shikoyatlari, ohu-nolalarini tiklaydi. Unga zarar berib turgan narsalarni aritadi va unga ulkan savob beradi.
Yunus alayhissalom baliqning qornidalik paytlari Alloh kushoyish berishi uchun zorlanmadilarmi?!
Keyin uning nolalariga berilgan javob nima boâlgandi:
âBas, Biz uning (duosini) mustajob qildikâ
Alloh taolo marhamat qiladiki: âZunnun â Yunusning (qavmidan) gâazablangan holda (oâz qishlogâidan chiqib) ketib, Bizni uning ziyoniga hukm qilmaydi, deb oâylagan paytini, soâng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorongâu zulmatlarda turib: «Hech iloh yoâq, magar Oâzing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men (oâz jonimga) jabr qilguvchilardan boâlib qoldim», deb nido qilgan (paytini eslang).
Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni gâam-gâussadan qutqardik.
Biz moâminlarga mana shunday najot berurmizâ.
Anbiyo surasi, 88-oyat
đ© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat boâstonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
âŒïž Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
â
đ t.me/nunnashr302
Qanday qilib farzandingizni gâam-tashvishlaridan forigâ qilasiz?
Bolalar kattalarga har doim ham ichlaridagi his-tuygâularini oshkor qilaverishmaydi. Bunga koâpincha ota-onaning oâta qattiqqoâlligi, bolaning har bir ishini, har bir gapini tergayverishi, tanqid qilishi sabab boâladi. Bola oâz fikrlarini bayon qila olmay ichida saqlaydigan, oâziga qarshi nohaqlik qilinsa ham ichiga yutadigan, tengdoshlariga qoâshila olmaydigan, odamovi boâlib qolishiga afsuski, ota-onalarning oâzlari sababchi boâladilar.
Bunday holatlar bolalarning turli xil ruhiy-jismoniy kasalliklarga chalinishlariga olib keladi. Shuningdek, qoârqoqlik, jurâatsizlik xislatlari ham bolalikdan notoâgâri yondashilgan tarbiyaning asoratidir.
Qachonki bola oâz ichki tuygâularini erkin ifoda qila olsa, xoh yaxshi, xoh yomon hislarini birov bilan oârtoqlasha olsagina bunday holatlardan yiroqlashadi, xotirjamlikni his qiladi.
Ota-onalar bu narsalarga eâtibor qaratishi, farzandining ichidan nima oâtayotganini his qilishi, uning ichki dunyosiga befarq boâlmasligi lozim.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmuâti
đ" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
â
đhttps://t.me/nunnashr
302
Ey oqila ayol! Oâz qarindoshlaring yoki turmush oârtogâingning qarindoshlari, tanish-bilishlari oldida eringning biron aybini aytib, uni uyaltirib qoâyma.
Bu yaxshi ish emas. Dinimizda ham bundan qaytarilgan. Uning bir gunohi boshqalarga ham ochilib ketsa, isloh boâlish oârniga qalbidagi toâsiq buziladi. Endi hech narsaga parvo qilmaydigan boâlib qoladi. GÊ»ururi gunohini ziyoda qiladi. Yaxshisi, turmush oârtogâingizga goâzal muomala qiling. Mana shu yoâl uni isloh qilishda manfaatliroq. U seni jon qulogâi bilan tinglasin. Sening qalbing u haqida, uning taqvosi va solihligi yoâlida gâam chekishiga ering ishonch hosil qilsin. Uning qalbiyu tashini egallagin.
Zeroki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: âMoâminlarning eng iymoni komili xulqi eng goâzal boâlganlaridirâ.
(Termiziy rivoyati).
Turmush oârtogâingning ayblarini berkit, Alloh taolo ham qiyomat kuni sening xatolaringni berkitadi.
Paygâambarimiz sollallohu alayhi va sallam: âKim dunyoda musulmonning aybini berkitsa, Alloh dunyoda ham, oxiratda ham uning aybini yashiradiâ, dedilar.
(Muslim rivoyati).
©ïžShayx Yusuf Xattor Muhammad
đ«Oila â saodat maskani» kitobidan
â
đhttps://t.me/nunnashr
302
Ahlingizga nafaqa qiling...
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: âAllohning yoâlida infoq qilgan dinoring, qul ozod qilish uchun infoq qilgan dinoring, miskinga sadaqa qilgan dinoring va ahlingga nafaqa qilib bergan dinoring ichida eng ajri ulugâi ahlingga nafaqa qilganingdirâ, dedilar».
(Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Ahmad rivoyati).
Imom Buxoriy: «Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: âEy Allohning Rasuli, mening ikkita qoâshnim bor, ulardan qaysi biriga hadya beray?â dedim.
âSenga eshigi yaqinrogâigaâ, dedilar».
Shu oârinda taammul qiladigan boâlsak juftingiz va farzandlaringiz siz uchun eng yaqin insonlar. Yaxshilik va hadyalar qilishni avvalo ulardan boshlash lozim.
Bu Paygâambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir.
đ©ïžAbdulloh Muhammad Abdulmuâtiy
"Mehr oyi" kitobidan
â
đhttp://t.me/nunnashr
302
Yaxshiliklar va yomonliklar jadvali
Farzandlarimning yaxshiliklar va yomonliklar yozadigan jadvallari bor. Yaxshilik qilishsa yaxshiliklar ustuniga, mabodo biror yomon ish qilishsa, yomonliklar ustuniga belgilab borishadi. Koâpincha biz onasi bilan birga belgini oâzimiz qoâyamiz.
Kun oxirida â uyquga yotishdan avval jadvalni koâzdan kechiramiz. Kimning yaxshiliklari koâp boâlsa, unga mukofot beramiz. Agar yomonliklari koâp boâlsa, unga jazo tayinlaymiz.
Bu ishni yoâlga qoâyganimizga koâp boâlmadi. Lekin qisqa fursatda farzandlarimizning axloqi yaxshilanishiga katta taâsir qildi. Ular kun davomida jadvaldan xabardor boâlib turishadi. Agar kechga yaqin yomon ishlari koâp boâlganini koârishsa, kech kirguncha yaxshilik qilib olishga shoshilishadi. Shomdan keyin bir farzandim shoshilgancha akasiga yo opasiga choy damlab berayotgan boâladi, yana biri onasiga âOnajon biror xizmat yoâqmiâ, deya yaxshilik ustunini toâldirish payida boâladi. Yana boshqasi ikki rakat namoz oâqib olayotgan boâladi. Xullas uyimiz kechga yaqin yaxshiliklarga toâla, hamma bir-biriga yaxshilik qilishga shoshilgan fayzli xonadonga aylanadi.
Eng xursand qiladigan tomoni mana shu tartibni oârnatganimizdan beri men farzandlarimni deyarli urishmadim, birortasiga tanbeh ham bermadim. Men ularga xatolarini tuzatish uchun âIstigâforâ namozi oâqish kerakligini aytdim. Yaâni, ikki rakat namoz oâqib jadvaldagi yomonliklar ustunidan bitta yomonlikni oâchirib tashlash imkoniyatini berdim. Shu orqali farzandlarim nafl namozlarga ham osongina oârganishdi. Nafllarniki koâp oâqiganlaridan keyin, tabiiyki besh mahal farz namozlarini ham qoldirmay, qazo qilmay oâqiydigan boâlishdi.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmuâti
đ" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
â
đhttps://t.me/nunnashr
302
Tunda turib imkoni boricha namoz oâqiydigan soâng erini namozga uygâotib, unga nonushta tayyorlab beradigan hamda unga kerakli buyumlarini hozirlab qoâyadigan ayol qanday ham taqvodor ayol-a!
Baâzi erkaklar xotinimni urib tursam shaxsiyatim kuchli koârinadi, xotinim meni hurmat qiladi, mendan qoârqadi, deb oâylashadi. Aslida esa buning aksi. Haqiqatni bilmaganlargina shunday oâylashadi.
Ayolning qulogâiga aytar soâzim: Eringiz uchun olamdagi bamisoli barcha ayol boâling, uning sevgilisi, doâsti, sirini saqlovchi, qalbi va aqlining egasi boâling.
Er-xotin uydaliklari payti uyali aloqa vositalarini oâchirib qoâyib, dunyodan uzilishsin.
Bu vaqtni oila uchun xos vaqtga aylantiring.
©ïžShayx Yusuf Xattor Muhammad
đ«Oila â saodat maskani» kitobidan
â
đhttps://t.me/nunnashr
302
Qalbida kibri bor kishiga Alloh taolo jannatni harom qilganining xabarini berib aytadilar: âQalbida zarra miqdor kibri boâlgan kishi jannatga kirmaydiâ, dedilar.
Bir kishi aytdiki:
âBir odam kiyimi chiroyli boâlishini xohlasa, yarashimli oyoq kiyim istasa-chi?â. Rasululloh alayhissalom:
âAlloh taolo goâzal Zot, U chiroyni yaxshi koâradi. Kibr â haqni tan olmaslik va odamlarni mensimaslikâ, dedilar.
Tashqi koârinishingiz chiroyli boâlishi va xushbichim kiyimlar kiyishingiz bu kibr emas ekan. Alloh taolo neâmatining soyasini bandasida koârishni xush koâradi.
Alloh taolo shunday deydi: âOdamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni oâgirmagin va Yerda kibru-havo bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymasâ.
Luqmon surasi, 18-oyat
đ© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat boâstonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
âŒïž Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
â
đ t.me/nunnashr302
Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, Paygâambarimiz sollаllohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki: âZinhor va zinhor badgumon boâlmanglar, chunki badgumonlik soâzning eng yolgâonidirâ.
Boshqa bir hadisda aytilishicha: Rasulullohdan kishilar soâradilar. Ey Allohning Rasuli gâiybat nima? Paygâambarimiz sollаllohu alayhi vasallam: âBirodaringni oâziga yoqmagan narsa bilan eslashingâ, dedilar. Shunda: Birodarimda men aytgan narsa boâlsachi? deb soâradi.
Paygâambarimiz: âAgar aytganing unda boâlsa, gâiybat qilgan boâlasan ammo boâlmasa boâhton qilgan boâlasanâ, dedilar.
Ulugâ sahobalardan Hazrati Umar roziyallohu anhu: âAgar yaxshilikka burishning birorta yoâli boâlsa ham, moâmin birodaringdan chiqqan soâz haqida faqat yaxshi gumon qilâ deganlar.
đ© Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
âŒïž Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
â
đ t.me/nunnashr302
Oâgâillarim â qanotim
Alloh taolo menga yetarlicha mol-dunyo va oâgâil-qiz farzandlar ato etgan. Qizlarimni turmushga berganman, oâgâillarim esa yonimga kirib, ogâirimni yengil qilishgan, ishlarimni qoâlimdan olishgan. Barcha doâkonlarimni, korxonalarimni ularga topshirganman.
Bolalik paytlaridan oâgâillarimni oâzim bilan birga olib yurar edim. Ular mening qanday ish boshqarishimni, muomalamni, harakatlarimni koârib, koâzlari pishib oâsishdi. Katta boâlib voyaga yetganlaridan soâng ularga ishlarimni taqsimlab berdim. Bir oâgâlim doâkonlardan pul yigâishga masâul, boshqasi ishchilarning ish haqini oâz vaqtida berishga, biri doâkonlarni kerakli mollar bilan taâminlashga, yana boshqasi daromadlarimizni hisoblab, sarf-xarajatlarni toâgâri yoâlga qoâyishga, xayr-ehsonlar qilib turishga javobgar. Kichik oâgâlimni esa oilamizdagi ayollaru bolalarni vaqti-vaqti bilan xursand qilib, bayram kunlari sovgâalar tashkil qilishga, sayllarga olib chiqishga masâul etganman. Allohga shukrki, farzandlarimni qoâsh qanotlarim deb bilaman. Ular vazifalarini halol ado etishadi. Ota-onani, oilasini hurmat qilishadi. Kim boâlmasin ogâirini yengil qilishga, yordam berishga shoshishadi. Bu ham boâlsa toâgâri tarbiyaning natijasi deb bilaman. Farzandlarimning orqasidan doim rahmat eshitib keldim. Men uchun bu katta baxt.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmuâti
đ" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
â
đhttps://t.me/nunnashr
302
Erining xatolarini izlab, kutib yashash oilalarni xarob qiladigan, oilaviy aloqalarning tomiriga bolta uradigan ishdir. Ey ayol, unutma, Rabbing senga yozib qoâygan ishlardan boshqa narsa boâlmas.
Barcha ishlaringni Allohga topshir. Alloh eringni hidoyat qilishini, sen uchun solih er qilib berishini duo qilib soâra. Eng muhimi keyinchalik afsuslanmaslik uchun bugun totuv yasha!
©ïžShayx Yusuf Xattor Muhammad
đ«Oila â saodat maskani» kitobidan
â
đhttps://t.me/nunnashr
302
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Odamlarning eng yaxshisi toza qalb va rostgoây til egasidir", dedilar.
Shunda: "Toza qalb egasi qanday boâladi?", deyishdi.
U zot: "Unda na gunoh, na zulm va na hasad bor boâlgan taqvodor qalb", dedilar.
Sizning qalbingiz salomatmi? Tunda yostiqqa bosh qoâyayotganingizda yer yuzida biror kishiga hasad qilmayotganingizga Allohga guvohlik bera olasizmi?
Nima uchun qalbingizda birovga nisbatan gina-kudurat boâlishi kerak? Mol-dunyo uchunmi? Martaba yoki biror vazifa uchunmi?
đ© Hasson Shamsiy Poshoning
" Oqshom goâzalliklari" kitobidan
âŒïž Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
â
đ t.me/nunnashr302
Amaliy tavsiya
Farzandlaringizdan soârab koâring. Ular sizni qanday ota yoki ona boâlishingizni istaydilar? Ularning gaplarini diqqat bilan eshiting. Koânglingizni keng qiling. Takliflarini inobatga olib tarbiyadagi uslubingizga oâzgartirish kiriting va kelasi oygacha farzandlaringiz sizda koârishni istagan 5 ta ijobiy xislatni qogâozga yozing, uni oâzingiz uchun saqlab qoâying va doimiy ravishda unga murojaat qilib turing. Boshqa bir taklif: farzand tarbiyasi borasida ilmingizni, malakangizni oshiring. Oâzingiz ustingizda koâproq ishlang.
đ©ïžAbdulloh Muhammad Abdulmuâtiy
"Mehr oyi" kitobidan
â
đhttp://t.me/nunnashr
302
Ishonch
Dadam juda tadbirkor inson edilar. âDada, falon narsaga shuncha pul kerakâ desam, âAna hamyonimdan olaverâ, der edilar. Dadam menga ishonardilar.
Lekin keyinchalik onamning aytishlaricha, pullarini har kuni sanab qoâyar ekanlar. Men toâgâri oldimmi, yoâqmi vaqti-vaqti bilan tekshirib ham turarkanlar. Lekin oâsha paytda buni menga bildirmagan ekanlar.
Dadam maktabdan qaytganimdan soâng pulni nimaga ishlatganimni, albatta, soârar edilar.
Agar kerakli narsaga sarf qilgan boâlsam âBarakallaâ deya maqtab qoâyardilar. Dadam doim:
âOâgâlim, oâzingning puling oâzingniki. Uni qanday sarflash oâz ixtiyoringda, lekin uni tejab, faqat kerakli oârinlarga sarf qilsang, ishlatishda meâyorga amal qilsang pul zarur boâlgan paytda muhtoj boâlib qolmaysan, tamagirlikdan yiroq boâlasanâ, deb nasihat qilardilar.
Shu pandu nasihatlar sabab odamlardan biron nima kutish, tama qilish, ayniqsa, qarz soârash men uchun eng yomon narsalardan biriga aylandi. Birovning haqiga koâz olaytirmaslik, boshqalarning qoâliga qarab qolmaslik uchun oâz mablagâimni isrof qilmay iqtisod qilishga odatlandim.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmuâti
đ" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
â
đhttps://t.me/nunnashr
302
Abu Zarr roziyallohu anhu: âEy Allohning Rasuli, badavlat kishilar ajrlarni qoâlga kiritib ketishyapti. Ular ham biz kabi namoz oâqishadi va bizday roâza tutishadi biroq, ularning ustunliklari sadaqa qilayotgan mollarida, bizda esa sadaqa qilishga arzirli narsamiz yoâq!â, dedi.
Rasululloh bunga javoban: âEy Abu Zarr! Men senga bir soâzlarni oârgatib qoâysam, keyin sen ularni aytib yursang, oâsha oâtib ketganlarga yetib olasan, shu kalimalarni bilganlardan boshqasi senga yeta olmay qoladi?!
Har namozdan keyin oâttiz uch marotaba takbir aytasan, oâttiz uch marta tasbih aytasan, oâttiz uch marotaba hamd aytasan va oxirini âLa ilaha illa Allohu vahdahu la shariyka lah. Lahul mulku, va lahul hamd va Huva aâla kulli shayin qodiyrâ, bilan tugatasan. Kim shuni aytsa, gunohlari dengiz koâpigi qadar boâlsa ham kechiriladiâ, dedilar.
(Abu Dovud va Ibn Moja rivoyati).
đ© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat boâstonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
âŒïž Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
â
đ t.me/nunnashr302
Bu â hayot!
Bir hakim kishi aytgan ekan: âXohlaysanmi yoâqmi, bu â hayot! Uning oâz qonun qoidalari bor, ularni aslo chetlab oâtolmaysan:
Qiyinchiliklarni kechib oâtmasdan buyuk inson boâlolmaysan;
Xato qilmasdan oârgana olmaysan;
Magâlub boâlmasdan, magâlubiyat alamini totib koârmasdan turib gâolib boâlolmaysan;
Yaxshi koârganlaringni butun umr yoâqotmay yaxshi koârib yurolmaysan!â
Bir donishmanddan soârashgan ekan: âQalbingizning bu qadar xotirjamligi siri nimada?â
U debdi: âAllohni taniganimdan beri menga nimaiki yaxshilik kelsa, tahorat qilib, ikki rakâat shukrona namoz oâqiyman. Aksincha menga biror zarar yetgudek boâlsa, tahorat olib, Allohdan sabr soârab duo qilaman. Biror ishda ikkilansam, tahorat qilamanda, istixora namozini oâqiyman.
Hayotim shu zaylda: shukr, sabr va duo birla oâtadi.
đ©ïžHasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
âŒïž Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
â
đ t.me/nunnashr302
Tarbiyani buyuk asoslar ustiga quring. Bolaning islomiy tarbiyasini mustahkamlashda dinning asos tushunchalari salmoqli oârin egallaydi.
Shu uslub sogâlom iymonning garovidir.
- Bolani Allohni sevish va Undan qoârqish orqali Allohga bogâlang
- Masjid orqali ibodatga bogâlang
- Qurâon orqali Allohni ulugâlashga oârgating
- Tarbiyaviy maktablarga berish orqali solih sheriklarga bogâlang
- Siyrat va sahobalar hayotini oâqib berish orqali bolani dinda sobit turishga oârgating.
©ïžShayx Yusuf Xattor Muhammad
đ«Oila â saodat maskani» kitobidan
â
đhttps://t.me/nunnashr
302
ALLOHNING NEâMATLARI ILA FARAH TUYAMIZMI
Odamlar neâmatlar ila shodlanish borasida uch darajali boâladilar:
Bir toifa odamlar neâmatdan xursand boâlishadi, undan foyda olishgani uchun.
Bu berilgan neâmatlarning bari Alloh taoloning inoyatiga dalil boâlgani uchun bu neâmatlar bilan shodlanadiganlar bor.
Bu neâmatlar Allohga yanada yaqinlik hosil qilishga elitadigan vosita ekanidan u uchun boshlari koâkka yetadiganlar ham bor.
Birinchi toifadagi kishilarni shukr qiluvchilar safiga kiritib boâlmaydi.
Chunki unday kishilar neâmatdan xursandlar biroq neâmatni bergan Zotdan emas.
Ikkinchi tur odamlar esa oâsha neâmat uchun Allohga shukronalik bildiradigan kishilar hisoblanishadi.
Uchinchi raqamda zikr etilgan toifa vakillari shukrni oâta ham barkamol darajaga yetkazganlardir. Ular neâmatning neâmat boâlgani uchun emas balki, u neâmat Allohga yaqinlashtiruvchi vosita ekani uchun shodondirlar.
đ© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat boâstonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
âŒïž Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
â
đ t.me/nunnashr302
Mukofot
Farzandlarim darslarini yaxshi oâzlashtirsalar, uy vazifalarini vaqtida bajarsalar har oyning oxirida yoki boâlmasa har chorak yakunida ularning kayfiyatlarini koâtarish, dam olishlari uchun hayvonot bogâigami, muz saroyigami, sayilgohgami yoki boâlmasa oilaviy boâlib biror tamaddixonaga boramiz.
Mazza qilib hordiq chiqaramiz. Farzandlarim shunga odatlanishgan. Darslarini oâz vaqtida bajarishadi. Hadeb âDarsingni qilâ deyaverishga hojat yoâq. Agar yilni aâlo baholarga tamomlasalar kattaroq mukofot vaâda qilaman. Lekin vaâdam shunday qolib ketmaydi. Albatta telefonmi, kompyutermi olib beraman. Ular bundan juda xursand boâladilar. Shu bilan birga doimiy ravishda nazoratda, kuzatuvimda boâladilar.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmuâti
đ" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
â
đhttps://t.me/nunnashr
302
Qalbingizda qattiqlik va jafoni koârsangiz, bilingki, siz Alloh taolodan uzoqlashibsiz. Dunyo sizni ustingizdan minib olibdi. Bunday davom etishdan qattiq ogoh boâling.
Ibn Javziy rohimahulloh aytadilar: "Kimning koâp vaqti gâaflatda oâtsa, qalbini zang qoplab oladi. Uning zangining miqdori gâaflatining miqdorichalikdir".
Agar qalb zanglasa, botilni haq koârinishida, haqni esa botil koârinishida koâradi.
GÊ»aflat va xoyu havasga ergashish qalbdan nurni sugâurib oladi va koâzni koâr qiladi.
Ibrohim Xavvos rohimahulloh aytadilar:
Qalbning davosi besh narsada:
đčQurâonni tadabbur bilan qiroat qilish;
đčQorinni boâsh tutish;
đčTunda namozda qoim turish;
đčSahar vaqti tavba-tazarru qilish;
đčSolihlar bilan birga oâtirish.
đ© Hasson Shamsiy Poshoning
" Oqshom goâzalliklari" kitobidan
âŒïž Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
â
đ t.me/nunnashr