302
订阅者
无数据24 小时
-17 天
-430 天
帖子存档
302
NIDO QILDI.... BIZ IJOBAT QILDIK
Alloh taolo bandaning tavba-tazarrusi va uning duolarini eshitish uchun uni turli imtihonlar bilan sinaydi. Uning shikoyatlari, ohu-nolalarini tiklaydi. Unga zarar berib turgan narsalarni aritadi va unga ulkan savob beradi.
Yunus alayhissalom baliqning qornidalik paytlari Alloh kushoyish berishi uchun zorlanmadilarmi?!
Keyin uning nolalariga berilgan javob nima bo‘lgandi:
“Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik”
Alloh taolo marhamat qiladiki: “Zunnun — Yunusning (qavmidan) g‘azablangan holda (o‘z qishlog‘idan chiqib) ketib, Bizni uning ziyoniga hukm qilmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong‘u zulmatlarda turib: «Hech iloh yo‘q, magar O‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men (o‘z jonimga) jabr qilguvchilardan bo‘lib qoldim», deb nido qilgan (paytini eslang).
Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan qutqardik.
Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz”.
Anbiyo surasi, 88-oyat
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Qanday qilib farzandingizni g‘am-tashvishlaridan forig‘ qilasiz?
Bolalar kattalarga har doim ham ichlaridagi his-tuyg‘ularini oshkor qilaverishmaydi. Bunga ko‘pincha ota-onaning o‘ta qattiqqo‘lligi, bolaning har bir ishini, har bir gapini tergayverishi, tanqid qilishi sabab bo‘ladi. Bola o‘z fikrlarini bayon qila olmay ichida saqlaydigan, o‘ziga qarshi nohaqlik qilinsa ham ichiga yutadigan, tengdoshlariga qo‘shila olmaydigan, odamovi bo‘lib qolishiga afsuski, ota-onalarning o‘zlari sababchi bo‘ladilar.
Bunday holatlar bolalarning turli xil ruhiy-jismoniy kasalliklarga chalinishlariga olib keladi. Shuningdek, qo‘rqoqlik, jur’atsizlik xislatlari ham bolalikdan noto‘g‘ri yondashilgan tarbiyaning asoratidir.
Qachonki bola o‘z ichki tuyg‘ularini erkin ifoda qila olsa, xoh yaxshi, xoh yomon hislarini birov bilan o‘rtoqlasha olsagina bunday holatlardan yiroqlashadi, xotirjamlikni his qiladi.
Ota-onalar bu narsalarga e’tibor qaratishi, farzandining ichidan nima o‘tayotganini his qilishi, uning ichki dunyosiga befarq bo‘lmasligi lozim.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
Ey oqila ayol! O‘z qarindoshlaring yoki turmush o‘rtog‘ingning qarindoshlari, tanish-bilishlari oldida eringning biron aybini aytib, uni uyaltirib qo‘yma.
Bu yaxshi ish emas. Dinimizda ham bundan qaytarilgan. Uning bir gunohi boshqalarga ham ochilib ketsa, isloh bo‘lish o‘rniga qalbidagi to‘siq buziladi. Endi hech narsaga parvo qilmaydigan bo‘lib qoladi. Gʻururi gunohini ziyoda qiladi. Yaxshisi, turmush o‘rtog‘ingizga go‘zal muomala qiling. Mana shu yo‘l uni isloh qilishda manfaatliroq. U seni jon qulog‘i bilan tinglasin. Sening qalbing u haqida, uning taqvosi va solihligi yo‘lida g‘am chekishiga ering ishonch hosil qilsin. Uning qalbiyu tashini egallagin.
Zeroki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Mo‘minlarning eng iymoni komili xulqi eng go‘zal bo‘lganlaridir”.
(Termiziy rivoyati).
Turmush o‘rtog‘ingning ayblarini berkit, Alloh taolo ham qiyomat kuni sening xatolaringni berkitadi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Kim dunyoda musulmonning aybini berkitsa, Alloh dunyoda ham, oxiratda ham uning aybini yashiradi”, dedilar.
(Muslim rivoyati).
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉https://t.me/nunnashr
302
Ahlingizga nafaqa qiling...
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Allohning yo‘lida infoq qilgan dinoring, qul ozod qilish uchun infoq qilgan dinoring, miskinga sadaqa qilgan dinoring va ahlingga nafaqa qilib bergan dinoring ichida eng ajri ulug‘i ahlingga nafaqa qilganingdir”, dedilar».
(Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Ahmad rivoyati).
Imom Buxoriy: «Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Ey Allohning Rasuli, mening ikkita qo‘shnim bor, ulardan qaysi biriga hadya beray?” dedim.
“Senga eshigi yaqinrog‘iga”, dedilar».
Shu o‘rinda taammul qiladigan bo‘lsak juftingiz va farzandlaringiz siz uchun eng yaqin insonlar. Yaxshilik va hadyalar qilishni avvalo ulardan boshlash lozim.
Bu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir.
📖©️Abdulloh Muhammad Abdulmu’tiy
"Mehr oyi" kitobidan
✅👉http://t.me/nunnashr
302
Yaxshiliklar va yomonliklar jadvali
Farzandlarimning yaxshiliklar va yomonliklar yozadigan jadvallari bor. Yaxshilik qilishsa yaxshiliklar ustuniga, mabodo biror yomon ish qilishsa, yomonliklar ustuniga belgilab borishadi. Ko‘pincha biz onasi bilan birga belgini o‘zimiz qo‘yamiz.
Kun oxirida – uyquga yotishdan avval jadvalni ko‘zdan kechiramiz. Kimning yaxshiliklari ko‘p bo‘lsa, unga mukofot beramiz. Agar yomonliklari ko‘p bo‘lsa, unga jazo tayinlaymiz.
Bu ishni yo‘lga qo‘yganimizga ko‘p bo‘lmadi. Lekin qisqa fursatda farzandlarimizning axloqi yaxshilanishiga katta ta’sir qildi. Ular kun davomida jadvaldan xabardor bo‘lib turishadi. Agar kechga yaqin yomon ishlari ko‘p bo‘lganini ko‘rishsa, kech kirguncha yaxshilik qilib olishga shoshilishadi. Shomdan keyin bir farzandim shoshilgancha akasiga yo opasiga choy damlab berayotgan bo‘ladi, yana biri onasiga “Onajon biror xizmat yo‘qmi”, deya yaxshilik ustunini to‘ldirish payida bo‘ladi. Yana boshqasi ikki rakat namoz o‘qib olayotgan bo‘ladi. Xullas uyimiz kechga yaqin yaxshiliklarga to‘la, hamma bir-biriga yaxshilik qilishga shoshilgan fayzli xonadonga aylanadi.
Eng xursand qiladigan tomoni mana shu tartibni o‘rnatganimizdan beri men farzandlarimni deyarli urishmadim, birortasiga tanbeh ham bermadim. Men ularga xatolarini tuzatish uchun “Istig‘for” namozi o‘qish kerakligini aytdim. Ya’ni, ikki rakat namoz o‘qib jadvaldagi yomonliklar ustunidan bitta yomonlikni o‘chirib tashlash imkoniyatini berdim. Shu orqali farzandlarim nafl namozlarga ham osongina o‘rganishdi. Nafllarniki ko‘p o‘qiganlaridan keyin, tabiiyki besh mahal farz namozlarini ham qoldirmay, qazo qilmay o‘qiydigan bo‘lishdi.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
Tunda turib imkoni boricha namoz o‘qiydigan so‘ng erini namozga uyg‘otib, unga nonushta tayyorlab beradigan hamda unga kerakli buyumlarini hozirlab qo‘yadigan ayol qanday ham taqvodor ayol-a!
Ba’zi erkaklar xotinimni urib tursam shaxsiyatim kuchli ko‘rinadi, xotinim meni hurmat qiladi, mendan qo‘rqadi, deb o‘ylashadi. Aslida esa buning aksi. Haqiqatni bilmaganlargina shunday o‘ylashadi.
Ayolning qulog‘iga aytar so‘zim: Eringiz uchun olamdagi bamisoli barcha ayol bo‘ling, uning sevgilisi, do‘sti, sirini saqlovchi, qalbi va aqlining egasi bo‘ling.
Er-xotin uydaliklari payti uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yib, dunyodan uzilishsin.
Bu vaqtni oila uchun xos vaqtga aylantiring.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉https://t.me/nunnashr
302
Qalbida kibri bor kishiga Alloh taolo jannatni harom qilganining xabarini berib aytadilar: “Qalbida zarra miqdor kibri bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi”, dedilar.
Bir kishi aytdiki:
“Bir odam kiyimi chiroyli bo‘lishini xohlasa, yarashimli oyoq kiyim istasa-chi?”. Rasululloh alayhissalom:
“Alloh taolo go‘zal Zot, U chiroyni yaxshi ko‘radi. Kibr – haqni tan olmaslik va odamlarni mensimaslik”, dedilar.
Tashqi ko‘rinishingiz chiroyli bo‘lishi va xushbichim kiyimlar kiyishingiz bu kibr emas ekan. Alloh taolo ne’matining soyasini bandasida ko‘rishni xush ko‘radi.
Alloh taolo shunday deydi: “Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girmagin va Yerda kibru-havo bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas”.
Luqmon surasi, 18-oyat
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, Payg‘ambarimiz sollаllohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki: “Zinhor va zinhor badgumon bo‘lmanglar, chunki badgumonlik so‘zning eng yolg‘onidir”.
Boshqa bir hadisda aytilishicha: Rasulullohdan kishilar so‘radilar. Ey Allohning Rasuli g‘iybat nima? Payg‘ambarimiz sollаllohu alayhi vasallam: “Birodaringni o‘ziga yoqmagan narsa bilan eslashing”, dedilar. Shunda: Birodarimda men aytgan narsa bo‘lsachi? deb so‘radi.
Payg‘ambarimiz: “Agar aytganing unda bo‘lsa, g‘iybat qilgan bo‘lasan ammo bo‘lmasa bo‘hton qilgan bo‘lasan”, dedilar.
Ulug‘ sahobalardan Hazrati Umar roziyallohu anhu: “Agar yaxshilikka burishning birorta yo‘li bo‘lsa ham, mo‘min birodaringdan chiqqan so‘z haqida faqat yaxshi gumon qil” deganlar.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
O‘g‘illarim – qanotim
Alloh taolo menga yetarlicha mol-dunyo va o‘g‘il-qiz farzandlar ato etgan. Qizlarimni turmushga berganman, o‘g‘illarim esa yonimga kirib, og‘irimni yengil qilishgan, ishlarimni qo‘limdan olishgan. Barcha do‘konlarimni, korxonalarimni ularga topshirganman.
Bolalik paytlaridan o‘g‘illarimni o‘zim bilan birga olib yurar edim. Ular mening qanday ish boshqarishimni, muomalamni, harakatlarimni ko‘rib, ko‘zlari pishib o‘sishdi. Katta bo‘lib voyaga yetganlaridan so‘ng ularga ishlarimni taqsimlab berdim. Bir o‘g‘lim do‘konlardan pul yig‘ishga mas’ul, boshqasi ishchilarning ish haqini o‘z vaqtida berishga, biri do‘konlarni kerakli mollar bilan ta’minlashga, yana boshqasi daromadlarimizni hisoblab, sarf-xarajatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga, xayr-ehsonlar qilib turishga javobgar. Kichik o‘g‘limni esa oilamizdagi ayollaru bolalarni vaqti-vaqti bilan xursand qilib, bayram kunlari sovg‘alar tashkil qilishga, sayllarga olib chiqishga mas’ul etganman. Allohga shukrki, farzandlarimni qo‘sh qanotlarim deb bilaman. Ular vazifalarini halol ado etishadi. Ota-onani, oilasini hurmat qilishadi. Kim bo‘lmasin og‘irini yengil qilishga, yordam berishga shoshishadi. Bu ham bo‘lsa to‘g‘ri tarbiyaning natijasi deb bilaman. Farzandlarimning orqasidan doim rahmat eshitib keldim. Men uchun bu katta baxt.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
Erining xatolarini izlab, kutib yashash oilalarni xarob qiladigan, oilaviy aloqalarning tomiriga bolta uradigan ishdir. Ey ayol, unutma, Rabbing senga yozib qo‘ygan ishlardan boshqa narsa bo‘lmas.
Barcha ishlaringni Allohga topshir. Alloh eringni hidoyat qilishini, sen uchun solih er qilib berishini duo qilib so‘ra. Eng muhimi keyinchalik afsuslanmaslik uchun bugun totuv yasha!
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉https://t.me/nunnashr
302
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Odamlarning eng yaxshisi toza qalb va rostgo‘y til egasidir", dedilar.
Shunda: "Toza qalb egasi qanday bo‘ladi?", deyishdi.
U zot: "Unda na gunoh, na zulm va na hasad bor bo‘lgan taqvodor qalb", dedilar.
Sizning qalbingiz salomatmi? Tunda yostiqqa bosh qo‘yayotganingizda yer yuzida biror kishiga hasad qilmayotganingizga Allohga guvohlik bera olasizmi?
Nima uchun qalbingizda birovga nisbatan gina-kudurat bo‘lishi kerak? Mol-dunyo uchunmi? Martaba yoki biror vazifa uchunmi?
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Oqshom go‘zalliklari" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Amaliy tavsiya
Farzandlaringizdan so‘rab ko‘ring. Ular sizni qanday ota yoki ona bo‘lishingizni istaydilar? Ularning gaplarini diqqat bilan eshiting. Ko‘nglingizni keng qiling. Takliflarini inobatga olib tarbiyadagi uslubingizga o‘zgartirish kiriting va kelasi oygacha farzandlaringiz sizda ko‘rishni istagan 5 ta ijobiy xislatni qog‘ozga yozing, uni o‘zingiz uchun saqlab qo‘ying va doimiy ravishda unga murojaat qilib turing. Boshqa bir taklif: farzand tarbiyasi borasida ilmingizni, malakangizni oshiring. O‘zingiz ustingizda ko‘proq ishlang.
📖©️Abdulloh Muhammad Abdulmu’tiy
"Mehr oyi" kitobidan
✅👉http://t.me/nunnashr
302
Ishonch
Dadam juda tadbirkor inson edilar. “Dada, falon narsaga shuncha pul kerak” desam, “Ana hamyonimdan olaver”, der edilar. Dadam menga ishonardilar.
Lekin keyinchalik onamning aytishlaricha, pullarini har kuni sanab qo‘yar ekanlar. Men to‘g‘ri oldimmi, yo‘qmi vaqti-vaqti bilan tekshirib ham turarkanlar. Lekin o‘sha paytda buni menga bildirmagan ekanlar.
Dadam maktabdan qaytganimdan so‘ng pulni nimaga ishlatganimni, albatta, so‘rar edilar.
Agar kerakli narsaga sarf qilgan bo‘lsam “Barakalla” deya maqtab qo‘yardilar. Dadam doim:
“O‘g‘lim, o‘zingning puling o‘zingniki. Uni qanday sarflash o‘z ixtiyoringda, lekin uni tejab, faqat kerakli o‘rinlarga sarf qilsang, ishlatishda me’yorga amal qilsang pul zarur bo‘lgan paytda muhtoj bo‘lib qolmaysan, tamagirlikdan yiroq bo‘lasan”, deb nasihat qilardilar.
Shu pandu nasihatlar sabab odamlardan biron nima kutish, tama qilish, ayniqsa, qarz so‘rash men uchun eng yomon narsalardan biriga aylandi. Birovning haqiga ko‘z olaytirmaslik, boshqalarning qo‘liga qarab qolmaslik uchun o‘z mablag‘imni isrof qilmay iqtisod qilishga odatlandim.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
Abu Zarr roziyallohu anhu: “Ey Allohning Rasuli, badavlat kishilar ajrlarni qo‘lga kiritib ketishyapti. Ular ham biz kabi namoz o‘qishadi va bizday ro‘za tutishadi biroq, ularning ustunliklari sadaqa qilayotgan mollarida, bizda esa sadaqa qilishga arzirli narsamiz yo‘q!”, dedi.
Rasululloh bunga javoban: “Ey Abu Zarr! Men senga bir so‘zlarni o‘rgatib qo‘ysam, keyin sen ularni aytib yursang, o‘sha o‘tib ketganlarga yetib olasan, shu kalimalarni bilganlardan boshqasi senga yeta olmay qoladi?!
Har namozdan keyin o‘ttiz uch marotaba takbir aytasan, o‘ttiz uch marta tasbih aytasan, o‘ttiz uch marotaba hamd aytasan va oxirini “La ilaha illa Allohu vahdahu la shariyka lah. Lahul mulku, va lahul hamd va Huva a’la kulli shayin qodiyr”, bilan tugatasan. Kim shuni aytsa, gunohlari dengiz ko‘pigi qadar bo‘lsa ham kechiriladi”, dedilar.
(Abu Dovud va Ibn Moja rivoyati).
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Bu – hayot!
Bir hakim kishi aytgan ekan: “Xohlaysanmi yo‘qmi, bu – hayot! Uning o‘z qonun qoidalari bor, ularni aslo chetlab o‘tolmaysan:
Qiyinchiliklarni kechib o‘tmasdan buyuk inson bo‘lolmaysan;
Xato qilmasdan o‘rgana olmaysan;
Mag‘lub bo‘lmasdan, mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmasdan turib g‘olib bo‘lolmaysan;
Yaxshi ko‘rganlaringni butun umr yo‘qotmay yaxshi ko‘rib yurolmaysan!”
Bir donishmanddan so‘rashgan ekan: “Qalbingizning bu qadar xotirjamligi siri nimada?”
U debdi: “Allohni taniganimdan beri menga nimaiki yaxshilik kelsa, tahorat qilib, ikki rak’at shukrona namoz o‘qiyman. Aksincha menga biror zarar yetgudek bo‘lsa, tahorat olib, Allohdan sabr so‘rab duo qilaman. Biror ishda ikkilansam, tahorat qilamanda, istixora namozini o‘qiyman.
Hayotim shu zaylda: shukr, sabr va duo birla o‘tadi.
📖©️Hasson Shamsiy Poshoning
" Metin qoyalar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Tarbiyani buyuk asoslar ustiga quring. Bolaning islomiy tarbiyasini mustahkamlashda dinning asos tushunchalari salmoqli o‘rin egallaydi.
Shu uslub sog‘lom iymonning garovidir.
- Bolani Allohni sevish va Undan qo‘rqish orqali Allohga bog‘lang
- Masjid orqali ibodatga bog‘lang
- Qur’on orqali Allohni ulug‘lashga o‘rgating
- Tarbiyaviy maktablarga berish orqali solih sheriklarga bog‘lang
- Siyrat va sahobalar hayotini o‘qib berish orqali bolani dinda sobit turishga o‘rgating.
©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad
📚«Oila — saodat maskani» kitobidan
✅ 👉https://t.me/nunnashr
302
ALLOHNING NE’MATLARI ILA FARAH TUYAMIZMI
Odamlar ne’matlar ila shodlanish borasida uch darajali bo‘ladilar:
Bir toifa odamlar ne’matdan xursand bo‘lishadi, undan foyda olishgani uchun.
Bu berilgan ne’matlarning bari Alloh taoloning inoyatiga dalil bo‘lgani uchun bu ne’matlar bilan shodlanadiganlar bor.
Bu ne’matlar Allohga yanada yaqinlik hosil qilishga elitadigan vosita ekanidan u uchun boshlari ko‘kka yetadiganlar ham bor.
Birinchi toifadagi kishilarni shukr qiluvchilar safiga kiritib bo‘lmaydi.
Chunki unday kishilar ne’matdan xursandlar biroq ne’matni bergan Zotdan emas.
Ikkinchi tur odamlar esa o‘sha ne’mat uchun Allohga shukronalik bildiradigan kishilar hisoblanishadi.
Uchinchi raqamda zikr etilgan toifa vakillari shukrni o‘ta ham barkamol darajaga yetkazganlardir. Ular ne’matning ne’mat bo‘lgani uchun emas balki, u ne’mat Allohga yaqinlashtiruvchi vosita ekani uchun shodondirlar.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
"Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr302
Mukofot
Farzandlarim darslarini yaxshi o‘zlashtirsalar, uy vazifalarini vaqtida bajarsalar har oyning oxirida yoki bo‘lmasa har chorak yakunida ularning kayfiyatlarini ko‘tarish, dam olishlari uchun hayvonot bog‘igami, muz saroyigami, sayilgohgami yoki bo‘lmasa oilaviy bo‘lib biror tamaddixonaga boramiz.
Mazza qilib hordiq chiqaramiz. Farzandlarim shunga odatlanishgan. Darslarini o‘z vaqtida bajarishadi. Hadeb “Darsingni qil” deyaverishga hojat yo‘q. Agar yilni a’lo baholarga tamomlasalar kattaroq mukofot va’da qilaman. Lekin va’dam shunday qolib ketmaydi. Albatta telefonmi, kompyutermi olib beraman. Ular bundan juda xursand bo‘ladilar. Shu bilan birga doimiy ravishda nazoratda, kuzatuvimda bo‘ladilar.
©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
📚" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan
✅👉https://t.me/nunnashr
302
Qalbingizda qattiqlik va jafoni ko‘rsangiz, bilingki, siz Alloh taolodan uzoqlashibsiz. Dunyo sizni ustingizdan minib olibdi. Bunday davom etishdan qattiq ogoh bo‘ling.
Ibn Javziy rohimahulloh aytadilar: "Kimning ko‘p vaqti g‘aflatda o‘tsa, qalbini zang qoplab oladi. Uning zangining miqdori g‘aflatining miqdorichalikdir".
Agar qalb zanglasa, botilni haq ko‘rinishida, haqni esa botil ko‘rinishida ko‘radi.
Gʻaflat va xoyu havasga ergashish qalbdan nurni sug‘urib oladi va ko‘zni ko‘r qiladi.
Ibrohim Xavvos rohimahulloh aytadilar:
Qalbning davosi besh narsada:
🔹Qur’onni tadabbur bilan qiroat qilish;
🔹Qorinni bo‘sh tutish;
🔹Tunda namozda qoim turish;
🔹Sahar vaqti tavba-tazarru qilish;
🔹Solihlar bilan birga o‘tirish.
📖© Hasson Shamsiy Poshoning
" Oqshom go‘zalliklari" kitobidan
‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅👉 t.me/nunnashr