cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Islombek Qodirov | Besh tashabbus loyihalari koordinatori

Adpi Besh tashabbus loyihalari koordinatori✅️ Student of ADPI👨‍💼[ 3/4 ] I am a teacher of biology Adpi "PedStars" qvz jamoasi asoschisi Muhokama uchun: https://t.me/+PvGV9BfsZa02ZTUy

Show more
Advertising posts
189
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-3030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥 🖐 🤚Andijon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida yashovchi talabalarninig bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularga bo‘lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlarni hunarga o'rgatish maqsadida "Besh tashabbus haftaligi" loyihasiga start berildi. Endilikda, haftaning har 5 kuni besh muhim tashabbusga qaratiladi va besh tashabbus doirasida loyihalar va tanlovlar tashkil etiladi. 🎭Dushanba — yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan loyiha va tanlovlar; ⚽️Seshanba — yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan sport musobaqalari; 💻Chorshanba — yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan loyihalar; 🧠Payshanba — yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha intellektual o'yinlar; ✂️Juma — xotin-qizlarni kasb-hunarga o'rgatishga qaratilgan to'garaklar tashkil etiladi. ✅ Ushbu loyiha va tanlovlarda talabalar turar joyida yashovchi barcha talabalarni keng qamrab olish maqsadida institutda mavjud talabalar turar joylarining barchasida o'tkaziladi. 📄Tanlov va loyihalar o'tkazilish joyi hamda sanasi haqida yuqoridagi jadvalda to'liq tanishishingiz mumkin. 🇺🇿 Ushbu loyihalar bo'yicha savollar yoki qo'shimcha takliflar bo'lsa, @adpiyoshlari_bot'ga murojaat qilishlari mumkin. 🇺🇿 Bizning sahifalarimiz: 🟦 Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
🌷1-mart – Xalqimizning atoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun! 📆Taniqli o'zbek shoirasi Zulfiyaxonim 1915-yil 1-mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. ⚜️Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni bo‘lib, turli janrlarda asarlar yaratgan. Shoiraning xalq orasida “Oydinda”, “Sensiz”, “Falak”, “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Mushoira” kabi sheʼrlari mashhur. Sheʼriyat malikasining hayot yoʻli barcha zamonlar avlodi uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli boʻlib qolaveradi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Show all...
1
Sen Bahorni sog'in madingmi @Ilm_yolida_kanali
Show all...
Sen Bahorni sog'inmadingmi.mp32.13 MB
3
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_iqtibosi #hikmatlar_xazinasi Yashash - bu azob chekish, omon qolish - bu azoblanishda qandaydir ma'no topishdir. ©️Fridrix Nitsshe @IslombekQodirov
Show all...
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari ✅ 2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi. 📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi. 📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
"MUNOZARA" INTELLEKTUAL O'YINI BO'LIB O'TDI 🔰Bugun, 19-fevral kuni Andijon davlat pedagogika institutida mantiqiy va mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan, mohirona munozara olib boradigan, “Munozara”ga ilk qadam qoʻygan hamda ular orasidan yangi talantli yoshlarni kashf qilish uchun, avvalo, ushbu tanlov nizomini tushuntirish bo‘yicha Masterklass tashkil qilindi. 📌 Eʼtiborli jihati , “Munozara”ga ilk qadam qoʻyayotgan talabalar uchun intellektual loyihalar koordinatori tomonidan o'yin nizomi, tartibi va qoidalari bilan tanishish imkonini beruvchi Master Klass oʻtib berildi. Seminar tarzida oʻtkazilgan ushbu "fikrlar jangi"da toʻgarakka yangi qoʻshilgan talabalar oʻzlarining qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishgani bilan ham ahamiyatli boʻldi . Shundan keyin, institutimizning faol talabalaridan tuzilgan "Pozitiv", "Albion", "Yogʻdu", "Erudit" jamoalari oʻrtasida tajriba oʻyinlari oʻtkazildi. 🟦Bizning sahifalarimiz: 🟦 Telegram 🟦Instagram 🟦Facebook
Show all...
👍 2 1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Institutda "Kino kechasi" o‘tkazildi 🇺🇿 Bugun, 19-fevral kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari tashabbusi bilan talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun tashkil etilgan "Besh tashabbus haftaligi" doirasida "Kino kechalari" loyihasi o'tkazildi. Loyiha doirasida "Puling bo‘lsa.." nomli o'zbek kino filmi namoyish etildi. Filmda Alijon ismli mehnatsevar olim haqida so‘z boradi. U o‘z umrini pillachilikka baxshida qilgan. Uning urinishlari necha yildirki, samarasiz. Shunga qaramay, u o‘z sevgan kasbidan voz kecholmaydi. Shuningdek, u o‘z laboratoriya jihozlarini uyiga ko‘chirib olib, tunu kun tinimsiz ishlaydi. Kunlarning birida qishloqdan otasi mehmonga keladiyu, o‘g‘lining mukkasidan ketib ishlayotganidan jahli chiqib, unga tanbeh beradi. Ota-o‘g‘ilning bu safargi suhbati Alijon hayotida keskin burilish yasalishiga sabab bo‘ladi. Kecha go‘shtga ham pul topa olmagan olim qisqa fursat ichida ixtirosi tufayli badavlat insonga aylanadi. Alijon hatto tushida ham ko‘rmagan boyliklarga ega bo‘ladi. Qo‘shnilar, yaqinlar va hatto oila a’zolarining masxara qilishlariga qaramay, uning o‘ziga va ishiga bo‘lgan ishonchi o‘z samarasini berdi. Muvaffaqiyat, moliyaviy farovonlik boshqalarning Alijonga bo‘lgan munosabatini keskin o‘zgartirdi… Komediya sahnalari borligiga qaramay, film janri tragikomediyaga yaqin. 🟦Bizning sahifalarimiz: 🟦 Telegram 🟦Instagram 🟦Facebook
Show all...
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Institutda “Karaoke time” musiqiy ko‘ngil ochar dasturi bo‘lib o‘tdi Bugun, 19-fevral kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari tashabbusi bilan talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun tashkil etilgan "Besh tashabbus haftaligi" doirasida "Karaoke time" ko'ngil ochar musiqiy loyihasi amalga oshirildi. Tadbirda ishtirok etgan talabalar milliy va zamonaviy qo'shiqlarimizni hirgoyi qildilar. Ushbu loyiha har dushanba kuni "Besh tashabbus haftaligi" doirasida barcha TTJlarda o'tkaziladi. 🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Show all...
👍 1
Andijon shahrida qor❄️
Show all...
🔥 4🥰 2 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.