en
Feedback
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashi

Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashi

Open in Telegram

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari: Facebook: facebook.com/bagdodkengash Instagram: instagram.com/bagdodkengashi/ Youtube: youtube.com/@bagdodkengash E-pochta: bagdodkengashi1@gmail.com

Show more
541
Subscribers
-124 hours
-107 days
-4830 days
Posts Archive
#Biriktirilgan_loyiha #kotibiyat_mudiri PQ-393-SONLI QAROR ASOSIDA AMALGA OSHIRILGAN LOYIHA O‘RGANILDI 📌 O‘zbekiston Respubl
+8
#Biriktirilgan_loyiha #kotibiyat_mudiri PQ-393-SONLI QAROR ASOSIDA AMALGA OSHIRILGAN LOYIHA O‘RGANILDI 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori asosida amalga oshirilgan loyihalardan biri Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev, viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan o‘rganildi. 📊 O‘rganish davomida Ultarma mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 52-umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. 🔹Mazkur loyiha doirasida maktabning mavjud 120 o‘rinli binosi mukammal ta’mirlangan, shuningdek, zamonaviy talablarga javob beradigan qo‘shimcha 120 o‘rinli o‘quv binosi hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish maqsadida 12×30 metr o‘lchamdagi sport zali barpo etilgan. 🔹O‘rganish jarayonida obyekt doirasida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, loyiha talablarining bajarilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda obyektning belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. 🔹Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha natijasida maktabning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada yaxshilanib, o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim olish sharoitlari yaratildi. 🔹Yangi o‘quv binosi va zamonaviy sport zalining foydalanishga topshirilishi maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ularning jismoniy faolligini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda. 🔹O‘rganish yakunida obyektning foydalanish samaradorligini ta’minlash, yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish hamda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarning sifatli saqlanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#24_masala #biriktirilgan_tashkilot 🇺🇿 FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI. 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining
+4
#24_masala #biriktirilgan_tashkilot 🇺🇿 FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI. 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “14-A.Ikromov” saylov okrugi deputati D.Xamraqulov hamda Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan joriy yilning 27-avgust kuni “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Temir yo‘lchi” ko‘chasida navbatdagi “ko‘chama-ko‘cha” o‘rganish ishlari olib borilgan edi. 🔴 O‘rganishlar davomida mazkur ko‘chada yashovchi fuqaro T.Meliboyeva tomonidan yo‘lning bir qismida MAN rusumli yuk avtomashinasi shag‘al to‘kish jarayonida yo‘lga botib qolganligi, transport vositasini chiqarish jarayonida esa yo‘l qoplamasi kovlanib, natijada yo‘lning harakatlanish qismi to‘silib qolganligi ma’lum qilinib, ushbu muammoni bartaraf etish hamda transport vositalari harakatini tiklashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi. 🔴 Mazkur murojaat deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari”ga belgilangan tartibda qayd etilib, aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga yo‘naltirildi. 🔴 Murojaat yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tegishli amaliy ishlar olib borilib, yo‘lning to‘silib qolgan qismi ochildi va harakatlanish uchun zarur sharoit yaratildi. Natijada mazkur hududda transport vositalarining erkin va xavfsiz harakatlanishi tiklandi. 🔴 Fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan muammo ijobiy hal etilib, murojaatchiga amaliy yordam ko‘rsatildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#Kengash_qarori_ijrosi ✍️ Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda. 🔽 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “16-Qo‘shchin
+5
#Kengash_qarori_ijrosi ✍️ Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda. 🔽 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “16-Qo‘shchinor” saylov okrugi deputati F.Sarimsaqov hududiga kiruvchi “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning 2026-yil 6-iyundagi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi ta'minlanmoqda. 🔴 Mazkur qaror bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. 🔴 Qaror ijrosi doirasida "Qo‘shchinor" mahalla fuqarolar yig‘ini "G‘ayrat" ko‘chasining 700 metr qismini asfaltlash belgilangan bo‘lib, hozirda mazkur ko‘chaga shag‘allar to‘kilib tekkizlov ishlari amalga oshirilmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#Kengash_qarori_ijrosi #kotibiyat_mudiri 📑 Kengash qarori ijrosi o‘rganildi. 📌Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining
+4
#Kengash_qarori_ijrosi #kotibiyat_mudiri 📑 Kengash qarori ijrosi o‘rganildi. 📌Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "2-Qo‘shtegirmon" saylov okrugi deputati, Kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Jabborovlar bilan birgalikda "Qo‘shtegirmon 1" mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 6-iyundagi "tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash hamda joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi o‘rganildi. ➡️O‘rganish doirasida mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini "Al-Farobiy" ko‘chasining 350 metr qismini asfaltlash belgilangan bo‘lib, hozirda mazkur ko‘chani asfalt bosishga tayyorlov ishlari amalga oshirilmoqda. ➡️O‘rganish yakunlari bo‘yicha asfaltlashtirish ishlarini belgilangan standartlarga mos ravishda, sifatli hamda o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan deputat nazorati o‘rnatildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#24_masala #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_mudiri ✍️ FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI. 😎 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Keng
+4
#24_masala #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_mudiri ✍️ FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI. 😎 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “2-Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Madaniyat bo‘limi boshlig‘i A.Xatamov bilan birgalikda “Qo‘shtegirmon 1” mahalla fuqarolar yig‘ini Chorbog‘ ko‘chasida yashovchi fuqaro J.Mavlonovning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 🔹O‘rganish davomida fuqaro J.Mavlonov tomonidan “Qo‘shtegirmon 1” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, XVIII asrga oid tarixiy masjid binosini madaniy meros obyekti sifatida tegishli tartibda ro‘yxatga olish va Madaniy meros agentligi balansiga o‘tkazish masalasida murojaat qilingani ma’lum bo‘ldi. 🔹Mazkur murojaat yuzasidan masalani belgilangan tartibda o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida tegishli choralar ko‘rish belgilandi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#24_masala #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_mudiri ✍️ FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI. 😎 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Keng
+4
#24_masala #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_mudiri ✍️ FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI. 😎 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “2-Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Madaniyat bo‘limi boshlig‘i A.Xatamov bilan birgalikda “Qo‘shtegirmon 1” mahalla fuqarolar yig‘ini Chorbog‘ ko‘chasida yashovchi fuqaro J.Mavlonovning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 🔹O‘rganish davomida fuqaro J.Mavlonov tomonidan “Qo‘shtegirmon 1” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, XVIII asrga oid tarixiy masjid binosini madaniy meros obyekti sifatida tegishli tartibda ro‘yxatga olish va Madaniy meros agentligi balansiga o‘tkazish masalasida murojaat qilingani ma’lum bo‘ldi. 🔹Mazkur murojaat yuzasidan masalani belgilangan tartibda o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida tegishli choralar ko‘rish belgilandi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#deputat_soʻrovi 📨 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI. ✍️ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Abdullayev G‘ayratjon G‘u
#deputat_soʻrovi 📨 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI. ✍️ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Abdullayev G‘ayratjon G‘ulomjonovich tomonidan Bag‘dod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yigitaliyevga 71-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi. ❇️ Deputat so‘rovida Bag‘dod tumani “Qo‘shtegirmon 1” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Obod” ko‘chasida mavjud ichimlik suvi tarmog‘ining 1 kilometr uzunlikdagi qismi eskirganligi hamda tez-tez nosoz holatga kelayotganligi qayd etildi. ❇️ Mazkur holatni o‘rganish davomida hududdagi muammoni bartaraf etish hamda aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ushbu hududda 1 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish zarurati mavjudligi aniqlandi. ❇️ Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, deputat so‘rovida “Qo‘shtegirmon 1” MFY hududidagi “Obod” ko‘chasida 1 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#biriktirilgan_tashkilot #Biriktirilgan_loyiha 🇺🇿 “Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida olib borilayotgan ishlar o‘r
+2
#biriktirilgan_tashkilot #Biriktirilgan_loyiha 🇺🇿 “Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. 📊 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov tuman hokimi, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari bilan birgalikda “Samandarak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilayotgan “Temirchilik sanoat zonasi”da olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. ✔️ O‘rganish davomida sanoat zonasida tadbirkorlik subyektlari uchun 70 ta lot ajratilishi rejalashtirilgani, ayni paytda hududda barcha zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani qayd etildi. ✔️ Shuningdek, hududni obodonlashtirish, infratuzilma obyektlarini barpo etish hamda tadbirkorlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✔️ Yakunda loyihani o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda belgilangan ishlarni jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#Kengash_qarori_ijrosi 🇺🇿 Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda. ⬇️ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samanda
+5
#Kengash_qarori_ijrosi 🇺🇿 Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda. ⬇️ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov hududiga kiruvchi “Samandarak” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning 2026-yil 6-iyundagi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi ta'minlanmoqda. ✅ Mazkur qaror bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. ✅ Qaror ijrosi doirasida "Samandarak" mahalla fuqarolar yig‘ini "Jiydali" ko‘chasining 700 metr qismini asfaltlash belgilangan bo‘lib, hozirda mazkur ko‘chaga shag‘allar to‘kilib tekkizlov ishlari amalga oshirilmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 7-11-sentabr kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi 🗓Xalq deputatlari Bag‘dod tuman
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 7-11-sentabr kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi 🗓Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi 7-11-sentabr kunlariga mo‘ljallangan ish rejasiga Qonunlar ijrosini hududlarga chiqib o‘rganish hamda saylov okruglarida faollar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, muammolarni o‘rganish masalalari kiritilgan. 🔼 Batafsil rasmda 🔼 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

🟦🟦🟦🟦🟦 🇺🇿 O‘tgan hafta davomida xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan h
+9
🟦🟦🟦🟦🟦 🇺🇿 O‘tgan hafta davomida xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
❤️ 2-sentabr kuni. ✔️ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 6-Zafarobod saylov okrugi deputati M.Ergashev hamda tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan “Oydinbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi. ✔️Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "19-Konizar" saylov okrugi deputati F.Musurmonqulov hududiga kiruvchi “Bekobod” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulovlar tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. ✔️ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi.
❤️ 3-sentabr kuni. ✔️Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "3-Olchin" saylov okrugi deputati A.Ubaydullayev, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosai S.Jabborovlar bilan birgalikda Kengash qarori ijrosi o‘rganildi. ✔️Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan tuman markazida joylashgan 26-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi. ✔️Bag‘dod tumani hokimligi muassisligidagi "BAG‘DOD HAYOTI" gazetasining 2026-yil 28-avgust kungi №_12-(8350) soni mutolaa uchun havola qilinadi. ✔️Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “5-Cheksaroy” saylov okrugi deputati S.Egamnazarova hududiga kiruvchi “Chekxitoy” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihaning ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi. ✔️ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “5-Cheksaroy” saylov okrugi deputati S.Egamnazarova hududiga kiruvchi “Karimbobo” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan “Chekxitoy” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro O.G‘oziyevning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
❤️ 4-sentabr kuni. ✔️Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “9-Tuvadoq” saylov okrugi deputati, Kengash raisi D.Karimova hududiga kiruvchi “Tuvadoq” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning 2026-yil 6-iyundagi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi o‘rganildi. ✔️Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “5-Cheksaroy” saylov okrugi deputati S.Egamnazarova hududiga kiruvchi “Karimbobo” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. ✔️Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “2-Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosai S.Jabborovlar bilan birgalikda “Qo‘shtegirmon 1” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganishlar olib borildi. ✔️Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Abdullayev G‘ayratjon G‘ulomjonovich tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari U.Yigitaliyevga 2026-yil 4-sentabrdagi 70-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#deputat_soʻrovi 📨 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI. 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Abdullayev G‘ayratjon G‘u
#deputat_soʻrovi 📨 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI. 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Abdullayev G‘ayratjon G‘ulomjonovich tomonidan Bag‘dod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yigitaliyevga 2026-yil 4-sentabrdagi 70-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi. 🔹Deputat so‘rovida Bag‘dod tumani “Qo‘shtegirmon 1” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Obod” ko‘chasining 1 km qismini asfaltlashtirish masalasida fuqarolardan murojaatlar kelib tushayotgani qayd etildi. 🔹Mazkur murojaatni o‘rganish hamda hududdagi mavjud muammoni bartaraf etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasiga muvofiq, deputat so‘rovida “Obod” ko‘chasining 1 km qismini asfaltlashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#24_masala #kotibiyat_mudiri 🇺🇿 Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashinin
+2
#24_masala #kotibiyat_mudiri 🇺🇿 Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “2-Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan “Qo‘shtegirmon 1” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi “ko‘chama-ko‘cha” o‘rganish ishlari olib borildi. ✅ O‘rganishlar davomida “Obod” ko‘chasida yashovchi fuqaro Q.Soliyev bilan uchrashilib, hududdagi mavjud muammolar hamda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi. ✅ Suhbat davomida fuqaro tomonidan “Obod” ko‘chasidagi ichimlik suvi tarmog‘ining 1 kilometrlik qismi eskirib, tez-tez nosoz holatga kelayotganligi sababli, ushbu hududda 1 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish zarurati mavjudligi bildirildi. ✅ Mazkur murojaat deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#24_masala #kotibiyat_mudiri FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI. 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “2-Qo‘shtegi
+1
#24_masala #kotibiyat_mudiri FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI. 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “2-Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan “Qo‘shtegirmon 1” mahalla fuqarolar yig‘ini "Soy sohili" ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi. 🗣O‘rganish davomida mazkur ko‘chada yashovchi fuqaro M.Yigitaliyev tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash, xususan, ko‘chadagi 20 dona eskirgan elektr yog‘och tayanch ustunlarini yangi beton tayanch ustunlarga almashtirish yuzasidan murojaat bildirildi. 🗣Mazkur murojaatni ijobiy hal etish maqsadida tuman Kengashi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayevning tashabbusi bilan 20 dona beton tayanch ustunlari olib kelindi. 🗣Ayni paytda mazkur beton tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#24_masala #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_mudiri ✍️ Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi ⬇️Xalq deputatlari Bag‘
+3
#24_masala #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_mudiri ✍️ Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi ⬇️Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “2-Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosai S.Jabborovlar bilan birgalikda “Qo‘shtegirmon 1” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi o‘rganishlar olib borildi. 🟢 O‘rganishlar davomida “Obod” ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Qosimov bilan uchrashilib, hududdagi mavjud muammolar yuzasidan suhbat o‘tkazildi. 🟢 Suhbat davomida fuqaro tomonidan “Obod” ko‘chasining 1 kilometr qismini asfaltlash masalasida murojaat bildirildi. 🟢 Mazkur murojaat deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

📝 “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🔽Xalq deputatlari Bag‘dod t
+4
📝 “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🔽Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “5-Cheksaroy” saylov okrugi deputati S.Egamnazarova hududiga kiruvchi “Karimbobo” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. ➡️O‘rganish davomida mazkur maktabda “Tashabbusli budjet” loyihasining 2026-yil 1-mavsumida “Maktabni ta’mirlash, qo‘shimcha bino qurish va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish” yo‘nalishidagi loyiha ilgari surilgani hamda 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ bilan g‘olib deb topilgani qayd etildi. ➡️ Hozirgi kunda g‘olib loyiha doirasidagi qurilish ishlari “ULUG‘BEK BUILDING INVEST” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ayni paytda qurilish obyektida beton quyish ishlari yakunlanib, g‘isht terish ishlari olib borilmoqda. ➡️ O‘rganish yakunida mas’ullarga qurilish ishlarini loyiha-smeta hujjatlari va belgilangan talablar asosida, sifatli amalga oshirish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#Kengash_qarori_ijrosi 🇺🇿 Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda. 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “9-Tuvadoq”
+5
#Kengash_qarori_ijrosi 🇺🇿 Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda. 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “9-Tuvadoq” saylov okrugi deputati, Kengash raisi D.Karimova hududiga kiruvchi “Tuvadoq” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning 2026-yil 6-iyundagi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi ta'minlanmoqda. 🔴 Mazkur qaror bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. 🔴Qaror ijrosi doirasida “Tuvadoq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Jasur” ko‘chasining 1200 metr qismida belgilangan tartibda ta’mirlash va asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

🇺🇿 DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI. 📊 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati R.Yigitaliyev tomonidan 2026-yil
🇺🇿 DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI. 📊 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati R.Yigitaliyev tomonidan 2026-yil 21-avgust kuni Zafarobod oilaviy shifokorlik punkti faoliyatidagi mavjud muammolar, xususan, muassasani shifokorlar bilan ta’minlash, laboratoriya faoliyatini yaxshilash hamda isitish tizimining holati yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi. 🔹Mazkur deputat so‘rovi yuzasidan Bag‘dod tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rilmoqda. 🔹Jumladan, Zafarobod oilaviy shifokorlik punkti uchun shifokor mutaxassisliklari bo‘yicha vakansiyalar berilgan. Yangi mutaxassislar ishga qabul qilingunga qadar hudud aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika shifokorlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. 🔹Ayol-qizlar va homilador ayollarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida 7-sonli oilaviy poliklinika akusher-ginekologi Komilova Moxinur biriktirilgan. 🔹Shuningdek, laboratoriya bo‘limidagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruh tuzilib, muassasadagi mavjud tibbiy jihozlarning texnik holati o‘rganilmoqda. Ta’mirlash talab etiladigan uskunalarni ta’mirlash yoki zaruratga ko‘ra yangisiga almashtirish choralari ko‘riladi. 🔹Isitish tizimi bo‘yicha esa 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida muassasaning isitish tarmog‘i qayta tortilgan bo‘lib, o‘tgan qish mavsumida issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolar kuzatilmagan. Joriy yilda ham isitish tizimi mavsumga tayyor holatga keltirilib, DXSH tashkiloti tomonidan yuvish va chayish ishlari amalga oshirilgan. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#24_masala #Kotibiyat_mudiri 📑 16-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI ❇️ Xalq
+2
#24_masala #Kotibiyat_mudiri 📑 16-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI ❇️ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “5-Cheksaroy” saylov okrugi deputati S.Egamnazarova hududiga kiruvchi “Karimbobo” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan 16-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi. ❇️ O‘rganish jarayonida ta’lim tashkilotining mavsumga tayyorgarligi, xususan, isitish tizimlarining texnik holati, isitish vositalarining sozligi, yoqilg‘i zaxirasi, bino va xonalarning qish mavsumiga mosligi hamda xavfsizlik talablari ko‘rib chiqildi. ❇️ O‘rganish davomida tashkilotning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligida ayrim kamchilik va muammolar mavjudligi, mavjud holatni yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi aniqlandi. ❇️ Shuningdek, sovuq mavsumda tarbiyalanuvchilar va xodimlar uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, isitish tizimlarining uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

#Kengash_qarori_ijrosi 🇺🇿Kengash qarori ijrosi o‘rganildi. 🔽Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati A.Umurzaqovn
+4
#Kengash_qarori_ijrosi 🇺🇿Kengash qarori ijrosi o‘rganildi. 🔽Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati A.Umurzaqovning "18-Do‘rmancha" saylov okrugi hududida Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 6-iyundagi "tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash hamda joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi o‘rganildi. ➡️O‘rganish doirasida "Istiqlol" mahalla fuqarolar yig‘ini "Beklar" ko‘chasining 450 metr qismini asfaltlash belgilangan bo‘lib, hozirda mazkur ko‘chaga shag‘allar to‘kilib tekkizlov ishlari amalga oshirilmoqda. ➡️O‘rganish yakunlari bo‘yicha asfaltlashtirish ishlarini belgilangan standartlarga mos ravishda, sifatli hamda o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan deputat nazorati o‘rnatildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz