534
Subscribers
+124 hours
+67 days
+530 days
Posts Archive
534
Xullas sovg‘ali #tanlov
Ibrat farzandlaridan ingliz va rus tili uchun 3 ta gold karta berishgan.
Bittasini o‘zim ishlatyapman. Juda zo‘r ekan. Bunday deb o‘ylamagandim.
O‘zim ko‘p foyda olganim uchun sizlarga ham ulashmoqchiman
2 tasi qolgan shuni beraman. Ketsa mendan ketibdi bittasini sotib olib beraman. 3 kishiga 3 ta gold karta beramiz
Sharti - kanaldagi ixtiyoriy postga xulosangiz, fikringiz, olgan foydangiz va hokazolarni kanalingizda qayta yozing.
Yozganingizni pastdagi chap tugma orqali menga yuboring.
Muddat noyabr oxirgacha. G‘oliblar 11-dekabrgacha mukofotlanadi.
@kariymulloh postda mana shu kanal linki bo‘lishi kerak. Samimiy tavsiya bo‘lsa xursand bo‘laman.
534
Yoshligimda "kelin" degan hind seriali bo'lardi.
Oilaviy o'tirganda bir sahnasiga ko'zim tushgandi. Esimda qolgan ekan.
Yomon qahramon bosh qahramonni sirini aytish bilan qo'rqitadi.
Bosh qahramon esa undan oldin o'zi borib sirini hammaga aytadi.
Qo'rqayotgan ishini qiladi. Nozik joyi qolmaydi.
Kamfortdan chiqish, doimiy mativatsiyada bo'lish uchun,
Har doim energiya bilan, charchamay olg'a borish uchun,
Qo'rqqan ishingizni qiling!
Ishsiz qolishdan qo'rqsangiz oyliksiz arzonga yashab ko'ring.
Kun ora yetkazib berishda ishlab ham tirikchilik qilishni bilsa
Bitta ishda qotib qolmaydi
Tavakkal boshlab tajriba olsa, o'xshamasa-chi degan qo'rquv bo'lmaydi.
Qoʻrquvlarimiz bizni komfortga tiqadi. Harakatsiz qiladi.
15-noyabr kuni Alisher Sa'dullayev bilan uchrashdim.
Nonushtada yuqoridagi maslahatni oʻrgatdilar.
Stanford kundaligi g'oliblariga o'z imzolari bilan yangi kitob berdilar.
Kitob haqida hali ko'p yozaman. Lekin faqat shu bilan tugamadi.
To'liq ekskursiya, "kattalar" bilan tanishuv va ko'p sovg'alar berishdi.
Quruq maqtanmaslik uchun ayrim sovg'alarni sizlarga ham bermoqchiman.
Shu yergacha o'qiganingizga qoyil.
Yana biroz kutsangiz sovg'ani qanday olishni aytaman.
@kariymulloh
534
#ukamga
Senga bir duo o‘rgataman. Doim o‘qib yursang atrofingda yaxshi insonlar bo‘ladi.
Uni bir ustozdan o‘rganganman. Ko‘p ulamolarning doimiy duolari ekan.
Ularning ham, mening ham hayotimda xohlasak ham yomon insonlar bo‘lmadi.
Yomonlar uyoqda tursin foydasizlar ham o‘z-o‘zidan hayotimdan chiqib ketishdi.
Ularni yaxshi ko‘rib, qolishlarini xohlasam ham.
Tanlamay, tasodifiy kirgan ishlarimda ham jamoat bo‘lib yaxshi ishlar qilinardi.
Tasodifiy insonlardan yig‘ilgan klubimizda ham shunday.
Buni ko‘rgach ko‘zimga yosh keladi. Duoning ijobatini ko‘rib.
Farzandimga ham, boshqalarga ham birinchi tavsiyam - shu bo‘ladi.
Muhit yaxshi bo‘lsa boshqa narsadan xavotir olmasa bo‘ladi.
Siz ham kimnidir uzoqda "buzilib" ketishidan qo‘rqsangiz shuni o‘rgating.
"Buzilib ketish"ga tarbiya va muhit ta’sir qiladi.
Tarbiya sizdan. Muhitni esa duo qilib so‘raysiz. Albatta harakatini ham qilasiz.
Duo:
Ey Valiy zot. Sen menga jon tomirimdan ham yaqinroqsan. Sening do‘stligingni va senga do‘st bo‘lganlarning do‘stligini xohlayman. Senga olib boruvchi yo‘lda hamroh bo‘ladiganlarga yo‘liqtir. O‘zing rozi bo‘lgan insonlar bilan birga qil. Sen yomon ko‘rgan insonlardan uzoq qil. Men yaxshi deb o‘ylaganlarim yomon, yomon deb o‘ylaganlarim esa yaxshi bo‘lishi mumkin. Albatta men hech narsani bilmayman. Sen hamma narsani ko‘rib, biluvchi zotsan.@kariymulloh
534
Ukam yo‘q. Bo‘lishini rosa xohlardim. Lekin muammo bunda emas.
Shu yoshgacha nima qilishni o‘rgatgan kitob yoki manba topmadim
Bundan keyin ham chiqmasa kerak. Unda o‘zimiz qilamiz.
Qaysi yoshda nima holatlar bo‘lishi va undan qanday o‘tish haqida aytyapman.
Anchadan beri o‘ylagan yangi rubrika.
#Ukamga - aslida o‘zimga va foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan hammaga.
Bu fikr 3 yoshli jiyanim 2 yoshli ukasiga yurishni o‘rgatganida keldi.
Biz "eee" deb o‘ylagan narsalar boshqalarga foydali bo‘lishi mumkin.
O‘rgatish uchun payg‘ambar yoki ustoz yoki Aziz akadek bo‘lishni kutish shart emas
Bu rubrikada shunchaki tishingni yuvib yur deyishim mumkin.
Yoki mana bu holatda bo‘lsang unday qil va bunday qilma deyman.
Ular aksariyati boshimdan o‘tgan yoki yig‘ilgan bo‘ladi.
Hech qanday da’voyim yo‘q. Shunchaki ukamga aytadigan gaplarim.
Fikr yoki sizlarda ham takliflar boʻlsa pastdagi tugma orqali yuboring iltimos.
@kariymulloh
534
8 yoshgacha uydagilar ismini bilmasdim.
Chunki hech kim ismi bilan chaqirilmasdi.
Akamni so‘rab kelishsa, unaqa odam yashamaydi bu uyda deganman.
Kulgili. Lekin, hozir bu odat qanchalik muhimligini tushunyapman.
Bizni uyda hatto burun qoqish degan so‘zni aytish uyatli edi.
Hozir bola otasiga so‘kinayotgani fojia.
Otam cho‘ponlari ichidan qo‘njilariga tiqib velosipedda masjidga olib borardilar.
Oyoqlarim orasidan orqaga qarab rukuda ko‘p qolsam-da, ko‘p narsa o‘rganganman.
Odamlar bilan qanday gaplashish, kimga qanday muomala qilish, qanday yurish...
"Uyda ulg‘ayolmaysan alohida yashashing kerak" degan gap esa kulgili.
Alohida yashash haqida alohida post yetilyapti o‘zi.
Qadrsizlik va o‘zboshimchalikka targ‘ib kuchayayotganda qadr topgan qadriyatlarimizni faol targ‘ib qilishimiz kerak.
Sizda qanday qadriyatlar bo‘lgan? Yozing! Targ‘ib qiling.
@kariymulloh
534
Kelinlikka nomzod - yaxshi yozuvchi bo'lsin!
Shu paytgacha qayerga ishga kirsam blogim yordam bergan.
Dinayga ham, restoranlar tarmogʻi boshqaruviga ham va hozirgisiga ham.
Va oʻzim ham kimni ishga olsam blogiga qarayman. U dasturchi boʻlsa ham.
Yaxshi dasturchida muammoni hal qilish (problem solving) boʻlishi mumkin.
Yaxshi yozuvchida esa uni boshqalarga tushuntira olish ham boʻladi.
Ammo bu safar yozishni insonda shakllantiradigan koʻnikmalari haqida emas
Uni odam tanlashdagi foydasi haqida yozmoqchiman.
Fikrlarim 22 yildan beri shakllangan. Uni 22 daqiqada toʻliq bila olmaysiz.
Buning uchun yoki uzoq vaqt men bilan birga yurishingiz kerak. Kamida bir ikki yil.
Yoki bir necha yildan beri yozadigan blogimni qisqa vaqtda oʻqib chiqing.
Nima yoqishi, qanday fikrlashim, qadriyatlarim va bularga nima sabab boʻlgani, qaysi voqea oʻzgartirgani...
Toʻgʻri holda shunday boʻlishi kerak. Yaʼni blogni aslida shunday yuritish kerak.
Oxirida qiziq sirni ochaman: kelinlikka nomzodni ham blogini tekshiraman.
Bu muhim koʻrsatgichlardan biri men uchun! (Rasmdagi kitob — Rework)
@kariymulloh
534
Yaxshilik qiling.
3-4 kundan beri tobim yoʻq. Kayfiyat ham.
Ovqatlanishga chiqdim kechga. Qaytishda chumchuqdek koʻk qushcha oʻlib yotardi.
Olib 1 kmcha yurdim qayerga koʻmay deb. Toshkentda kechqurun yer qazish xavflida😁
Bir joyga koʻmib uyga keldim. Shunaqa xursandman. Tushimga ham kirdi.
Eslasam yoshligimda kasal boʻlsam baliq boqardim, joʻjalarim boʻlardi. Shunday kayfiyat koʻtarilardi.
Nega bu haqda yozyapman?
Shu kunlarda kayfiyat tushishi, mahzunlik haqida koʻpchilik soʻrayapti.
Balki ob-havo va iqlim bilan bogʻliqdir, bilmadim.
Sababini yoki aniq yechimini hozircha bilmayman lekin ishlagan bir yechim bor.
Yaxshilik qiling - baxtli boʻlasiz!
Yoʻldagi mushukka, derazangizga kelgan qushga,...
Kichik bolachaga kulib qarasangiz ham kayfiyat koʻtariladi.
@kariymulloh
534
Shayton advokati
Devil’s advocate - Rimda rohiblar saylanish vaqtida xatolarini topib, saylanmasligiga harakat qiladigan, Vatikan ma’muriyatidagi rasmiy lavozim.
Baffet investitsiya qilishdan avval biri foydalarini, boshqasi ziyonlarini tahlil qiladigan 2 ta konsultant yollaydi.
AMAN - Isroil harbiy razvedkasi "o‘ninchi odam" yo‘llaydi. Uning vazifasi doim xato-kamchilik topish.
Boshqaruvda bundan keng foydalanish kerak. Majlis va g‘oyalar muhokamasida bir kishining vazifasi faqat xato-kamchilik topish bo‘lsa obyektiv baho beriladi.
Faqat bitta shaxs doim negativ gapiraversa uning gapi inobatga olinmay qo‘yiladi.
Shuning uchun bu vazifadagi kishini alishtirib turish kerak.
Shaxsiy hayotda ham qarorlardan avval yaxshi tarafini emas salbiy tarafini ko‘proq o‘ylash kerak.
Ko‘pincha biror g‘oya kelsa salbiy tarafi o‘ylanmay qaror qilinadi. O‘zim shundan ko‘p pand yeganman.
Zunnun Misriydan valiylik maqomiga qanday erishganlarini so‘rashsa "40 yil nafsim aytgan ishlarni qilmadim" degan ekanlar.
Hayotimizda deyarli 90% qarorlar nafsimiz xohishlari.
@kariymulloh #boshqaruvchiga
534
Katta maqsad qo'yvormanglar😁
Yoki jazoni hissiyot bilan belgilamang.
Intizom - o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirish uchun. O'ldirish uchun emas.
Erishilgan kichik natijalargina davomli odatni shakllantiradi.
Avval ham bu haqda yozganman. Lekin bu yerda o'zim amal qilmabman.
Yozishda davom etamiz. Bir talay mavzular bor.
Biror gapingiz bo'lsa pastdagi chap tugmani bosib xabar qoldiring!
@kariymulloh
534
Repost from Aziz Rahimov
Yonmas edik
Ko’zlarim ko’rmasdi. Doim orqa qatorda o’tirardim. Menga e’tibor berishmasdi.
Do’stlarim yo’q edi. Hayotimda ma’no ko’rmasdim. O’zimni yo’qdek his qilardim.
Bir kuni sinfxonamizda sichqon ovozi eshitilib qoldi. Hamma qo’rqib ketdi. O’qituvchimiz tinchlantirdi:
-Bolalar jim bo’lamiz. Sinfxonada sichqon bor. Biz uni topishimiz kerak. Uni topishda bizga Stivi yordam beradi. Uning qulog’i hammadan yaxshi eshitadi!
Bu gaplar menga tok urgandek ta’sir qildi. Men kerakmanmi? Iqtidorim bormi? Sichqonni qayerdaligi topdim. Hamma qarsak chaldi. O’sha kundan men boshqa inson bo’ldim.
3-sinfidagi bitta maqtovi sabab hayoti o’zgargan bu bolakay Stivi Vonder edi. Kambag’al oila, kambag’al maktab, ko’zlari ko’rmas, qora tanli bolakay, bir marta maqtaldi. Yillar o’tib musiqasini yuz millionlab odam eshitadigan qo’shiqchi bo’ldi.
Ustozlar cho’g’ni olovga aylantiruvchi insonlar. Siz bo’lmasangiz yonmas edik. Ta’lim va tarbiyangiz uchun ming rahmat. Bayramingiz muborak.
@azizrakhimov_blog
534
"Rejani bizni tartibda ushlashdan boshqa foydasi yo‘q."
Amerika prezidenti va 2-jahon urishi paytida Amerika qo‘shinlari generali bo‘lgan Eyzenxauer
Ishlar har doim rejadagidek ketmaydi. Lekin rejasiz ishlab bo‘lmaydi.
Rejadan maqsad reja qilingan natijaga erishish emas. O‘sha natijaga erishish ketma-ketligini bilish.
Rejalar buzilishi fojia emas. Vaziyatga moslasha olish lozim.
10:00 dan 11:00 gacha kitob o‘qiyman. 11:00 dan 12:00 gacha til o‘rganaman. Bu reja emas.
Bugun 10 bet kitob o‘qiyman, 10 ta so‘z yodlayman. Bu maqsad.
Birinchi kitob o‘qiyman, keyin til o‘rganaman. Bu reja.
Reja tuzilgach menejment boshlanadi. Menejment - jarayonni va kutuvlarni boshqarish.
@kariymulloh
534
1. Avvalo katta ketmang. Bu postda aytilganidek ko‘rpangizga qarab ish ko‘ring.
Faloncha vaqtda mana buncha qilaman emas. Juda qisqa narsadan boshlang.
Shu darajada kichik bo‘lsin-ki, ehey juda oz-ku yana qo‘shay deng. 1 daqiqada tugasin.
Kuniga 1 bet o‘qisangiz yetadi. 1 km yuring kifoya. 1 ta so‘z yodlang bo‘ldi.
2. ko‘p aytaman - yozmaguncha saqlanmaydi. Miyada qilingan reja elakda suv tashish demak.
Rejani albatta yozing. Bajarsangiz yoniga ✅ qo‘ying. Bajarmasangiz ❌.
Bu jarayonni o‘yinga aylantiradi. Vizuallik katta bosim beradi. Ketma-ketlik buzilishi qo‘rqinchli bo‘lib qoladi.
3. Bir kunda faqat bitta kichik va’dadan boshlang. Muhimi har kuni qiling. keyinchalik ko‘paytirish mumkin.
4. Tashqi bosim katta yordam beradi. do‘stlaringiz oldida e’lon qilib hisobot berib turing. Menga o‘xshab kanalda hammaga e’lon qilish eng kuchlisi.
5. Mukofot belgilang. kichik muvaffaqiyatni ham qoldirmang.
6. Jazoni ham aniq qiling. jazo og‘riqli bo‘lsin.
7. Agar va’dani boshqalarga berayotgan bo‘lsangiz uzoqroq muddat olavering. Yoki sizdan kutuvlarini kam qiling. Katta va’dalar berib bir necha kun vaaoov bo‘lgandan ko‘ra kamroq kutuv berib ko‘proq natija ko‘rsatish eng zo‘ri.
8. Sizni kutishayotgan bo‘lsa Telegramdan jonli lokatsiya yuborib qo‘ying. Shunga qarab kutuvlarini to‘g‘ri qo‘yishadi. Ishonch ortadi.
Bular o‘zim qo‘llayotgan uslublar. Yana chiqsa yana yozaman. Sinab ko‘ring natijasini aytasiz.
@kariymulloh
534
O‘zi aniq ishim bo‘lmasa GPTga kirmayman.
Kecha shunchaki suhbatlashdik. Qo‘rqinchli...
Mavzu o‘zim haqimda burilganida meni va’daboz deyapti.
O‘zimga nisbatan ko‘p va’dalarimni bajarmabman.
6 oy avval Ingliz tilimni yaxshilash uchun 100 kunlik yo‘l xaritasi tuzgandik. Hali boshlanmagan.
Bir necha g‘oya va startaplarni muhokama qilganmiz. Falon vaqtda tugashi kerak deyilgan. Hali boshlanmadi.
Bajarilmaydigan va’dalar o‘zimizga nisbatan ishonchni, hurmatni yo‘qotadi.
Miyamiz bizga "aldoqchi" degan bahoni beradi. Keyingi safar va’da bersak "bor-ee" deydi.
Bajarilmagan va’dalar miyada ochiq qolgan fayllardek yuklama beradi.
Kichik va’dalarni bajarmay nafsga yengilish katta gunohlar kelganida "bo‘lganim shu" deb taslim bo‘lishga olib keladi.
Boshqalarga esa bizni ishonchsiz, mas’uliyatsiz va muvaffaqiyatsiz qilib ko‘rsatadi.
Bu postni o‘qiyotgan tanishlarim "bu mavzuda siz gapirmang" deb malomat qilmasinlar. Rostdan bu mendagi katta muammo.
Shuni to‘g‘rilash harakatidaman. Shaxsan sinayotgan bir necha uslublarni keyingi postda aytaman.
Agar muhim mavzu deb bilsangiz ulashib, saqlab oling.
@kariymulloh
534
- 6 oyda IELTS 7+ olishim kerak.
- 1 yilda moliyaviy mustaqil bo'laman.
- 3 oyda ozishim/semirishim kerak.
Maqsad aniq. Lekin bu yetarlikmi?
Yandexda borar manzildan avval hozir turgan manzilingizni belgilaysiz.
Chunki maqsadlar - hozirgi holatingizga qarab bo'ladi.
B nuqta o'z nomi bilan B nuqta. A nuqtadan keyin keladi.
A nuqtani yaxshilab aniq qilmasangiz B nuqta qancha aniq bo'lmasin befoyda.
Qachon IELTS olishingizni mock test topshirib hozirgi darajangiz aniq bo'lgach bilasiz.
Qachon moliyaviy mustaqil bo'lish - hozir qancha topishingiz va qancha sarflashingizga bog'liq.
Ko'p trening, podkast va kitoblarda faqat B nuqta ya'ni, maqsadni qanday to'g'ri qo'yish o'rgatiladi.
Lekin, A nuqta ya'ni, hozir turgan joyimizni aniq bilishimiz undan kam bo'lmagan darajada muhim.
Chunki oʻlchanmagan narsaga taʼsir eta olmaysiz.
Nimanidir oʻzgartirish uchun uni avval oʻlchash, aniqlash kerak.
Yo'llar turgan joyimizdan boshlanadi. © MenYa'ni ko'rpamizga qarab oyoq uzatamiz. Qishda oyog'imiz chiqib sovuq qotmasligimiz uchun ko'rpamiz uzunligini hozirdan bilib qo'yishimiz kerak. P/s: bularni kecha bir doʻstim aytib qoldi. @kariymulloh
534
Baxtsizlik aksar payt — olisdagi mavhum narsalarni quvish va ta’sir eta olmaydigan narsalarimizni o‘ylash tufayli bo‘ladi.
Yo‘lga chiqsak yo‘l ko‘rinadi ©RumiyErtaga nima bo‘lishi-yu 10 yildan keyin qayerda bo‘lishim muhim emas. Muhimi — hozir kimligim, qayerda kimlar bilanligim va nima qilayotganim. Bu maqsadsizlik, rejasizlik, tanballik emas. Bularning chegarasi "yo‘l"da. Keyingi yili qanday odam bo‘lishim muhim emas. Lekin biznes boshlagan bo‘lsam u bir yildan keyin qanday bo‘lishi muhim. 10 yildan keyin nechta diplomim bo‘lishi muhim emas. Lekin o‘qishga kirgan bo‘lsam uni qanday bitirishni o‘ylashim muhim. Yo‘lga chiqib keyin yo‘ldagi narsalarni o‘ylang. Ta’sir eta oladigan narsalaringiz haqida o‘ylang. Baxtli bo‘lasiz. @kariymulloh
534
Daromadni nima oshiradi? Mas’uliyat.
Rahbar xodimdek ko‘p mehnat qilmasligi mumkin lekin, unda mas’uliyat katta bo‘ladi.
Jarroh bog‘bondek ko‘p mehnat qilmasa-da ko‘p pul topishi shundan.
Lekin bugun 15-16 yoshlik bollar uydan turib katta daromad qilmoqda. Zamonaviy kasblar orqali.
Ularning mas’uliyati jarrohnikidek bo‘lmasa-da ko‘pchilikka xizmat qiladi. Ozginadan lekin ko‘pchilik uchun.
Futbolchilar olamshumul maosh olishining sababi ham shu. Ko‘pchilikka ahamiyatli.
Eng yuqori maoshlar Google, Facebook kabi mas’uliyati ko‘pchilikka ta'sir qiladigan kompaniyalarda to‘lanadi.
Daromadni oshirish uchun mas’uliyatni oshirish kerak.
Yoki ko‘proq insonlarga ta’sir qiladigan, manfaat beradigan ishlar qilish kerak. (blog yuritish, bilganlarini ulashish...)
@kariymulloh
534
— oyi, telefon qanday rasmga oladi? So‘radi 8 yoshli bola.
— yana telefonni oldingmi? Necha marta aytganman tegma deb. Ko‘p telefon o‘ynagan bolalarni lo‘li olib ketyapti ekan.
Katta bo‘lgach bolam nega bunchalar "tupoy" deyishga haqqi bormi?
Nima, qanday ekanini, yaxshi-yomonni argumentlar bilan isbotlab, kattalardek gaplashmay "katta odam" bo‘lishini xohlash yetarlikmi?
Yoshlardan koʻra kattalar ta’limi muhim.
@kariymulloh
534
XXI asr — axborot asri. Avval tushunmasdim. Endi bilyapman.
Hamma narsa axborotga bogʻliq.
Urushlar axborot ustida boʻladi.
Bitimlar axborot ustida boʻladi.
Axborot kimni qoʻlida boʻlsa dunyoga hukmron boʻlishini koʻryapmiz.
Shu paytgacha maʼlumot, axborot defitsit boʻlgan. Endi esa profitsit.
Chang koʻpaysa koʻzimizni, shovqin koʻpaysa qulogʻimizni berkitamiz.
Axborotni "changitayotganlar" allaqachon undan koʻzlarini yumishmoqda.
Biz esa bir yarim ming yil avval bu haqda ogohlantirilganmiz.
@kariymulloh
534
Şiribom esinglardami? Ichidan rasm chiqadigan saqichlar-chi?
Menga şiribomlarni o‘ynashdan ko‘ra kolleksiya qilish yoqardi.
Bugun o‘sha kolleksiyalarimni topib oldim. 300ta. Jiyanlarimga sovg‘a qildim.
Yuzidagi quvonchni ko‘rsangiz edi. 8 yoshli Kariymullohni eslatadi. Yana nimadir bergim keldi.
O‘ylab qoldim. Yoshlikdagi yana nimamni jiyanlarimga bera olaman?
Kelajak avlodga pasportimizdan boshqa narsa berolmasak nega yashayapmiz.
U ham mayli "u yoqda" berishga yoshlikdagi nimadirlarimiz bormi?
Menda yo‘q ekan. Nafas olyapmanmi demak "şiribom"larni kolleksiya qilishni to‘xtatmaslik kerak. "U yoq" uchun.
@kariymulloh
534
Xo‘sh, nimadan boshlasam ekin yozishni? Iya hali aniq emasmi? Yo‘q. Unda nega qog‘oz qalam olding? Nima ishing bor? Kechagi Murodjonning jangi haqida yozaymikan. Nega? U haqda nima yozmoqchisan? Bilmadim. Iya tavba...
Miyadagi fikrlaring 0.00..1 qismi.
Lekin bu hali boshlanishi.
Muallifni shu yoshigacha eng o‘zgartirgan odat — yozish. Qog‘ozda o‘ylash.
Qog‘oz-ruchka oling! Miyaga nima kelsa yozing. Mazmunli bo‘lishi shart emas.
A kelsa a deb, B kelsa B deb yozing. Muhimi davomli qiling.
Bir necha haftadan so‘ng bema’ni fikrlar yo‘qolib, fikrlar tartiblashadi.
Fikr tartiblashsa, nutq tartiblashadi, hayot tartiblashadi.
Kuniga kamida bir soatdan bir necha hafta qilib ko‘ring. Kelib natijasini aytasiz.
Diqqat! Klaviaturada emas ruchka bilan qog‘ozga yozing. Oyiga daftar to‘ldiring!
Qo‘lda yozish miyadagi neyron aloqalarni kuchaytiradi.
@kariymulloh
