cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sortoy ATM

Kimyo, Biologiya, Majburiy fanlar

Show more
Uzbekistan49 590The language is not specifiedEducation103 229
Advertising posts
294
Subscribers
No data24 hours
+47 days
+930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

11.05.2024 Biologiya fanidan uyga vazifa bajarmaganlar 1.Salohiddinova Munisa 2.Jursunov Ravshan 3.Begimov Islom 4.Sunnatullayev Doniyor 5.Xudoyberdiyev Mexroj
Show all...
👍 4🔥 3
Repost from Xushnudbek.uz
Vazirlik mas’ullaridan aniqlashtirdim: Grantni faqat 1 yilga berilishi haqidagi yangi tartib faqat joriy yilda o’qishga kiradigan 1-bosqich talabalari uchun taalluqli bo’ladi. Hozir grantda o’qiyotgan birinchi va undan yuqori bosqichdagi talabalarda o’qishining oxirigacha granti saqlanib qoladi, ularga ushbu yangi tartib amal qilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 7
Repost from Xushnudbek.uz
‼️Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. 🏫 Manba: O’zA 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 3
Repost from Xushnudbek.uz
⚡O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi #abituriyent O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA. Bunda: sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 2👏 1
Repost from Xushnudbek.uz
Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi Bunda: 1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi. ➖ lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 5
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️ 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi #abituriyent Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim. 📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma; ➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom. ✅ BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin. Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/14477 Tasavvur hosil qilish uchun 2022-yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin: https://t.me/xushnudbek/14934 ❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin. ‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi. ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi; ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➖o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi. Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi. ❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Xushnudbek.uz

❓5 йил иш стажга эга хотин-қизларни ўқишга қабул қилиш ҳақида қарор чиқдими? #abituriyent ✅ЖАВОБ: Ҳа, шундай қарор чиқди. Бу бўйича Ҳукуматнинг 9 июндаги 322-сон қарори қабул қилинди. Аммо! Ушбу тартиб бўйича айрим жиҳатларни билиб қўйишингиз керак. 🎙Батафсил аудиохабарда👆 Биринчидан, 5 йил стажи бор ҳамма хотин-қиз ўқишга киради, дегани эмас. Ҳар йили 500 та контракт учун (грант йўқ) жой ажратилади. Масалан, 10 минг хотин-қиз тавсиянома олса, шундан фақат 500 киши мазкур тартиб бўйича қабул қилинади. Иккинчидан, стажи борлар имтиҳонсиз ўқишга киради, дегани эмас. БАРЧА тавсиянома олганлар тестга албатта киради ва юқорироқ балл олиши керак. ❗️Тавсиянома балл қўшиб бермайди. Учинчидан, бу фақат коллеж ёки техникумни тугатганлар учун амал қилади, мактабни тугатиб, ўрта маълумот билан ишлаётганларга тааллуқли эмас. Тўртинчидан, бу фақат коллеж/техникум дипломидаги мутахассислик бўйича ишлаётганларга амал қилади. Масалан, банк коллежини тугатиб, 5 йил тикувчи бўлиб ишлаганларга тавсиянома берилмайди. 👉 @xushnudbek 👈

👍 3
Repost from Xushnudbek.uz
Hujjatlar nusxasini so‘rash qonuniymi? Byurokratiyadan qachon qutilamiz? Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 5 yil staji bor ayollar uchun tavsiyanoma berish maqsadida arizalar qabul qilishni boshladi. Hujjatlar 1-iyunga qadar tuman (shahar) ishchi guruhlarida qabul qilinadi. Nomzodlardan so‘ralayotgan hujjatlar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma; ➖ o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom. Ya’ni 5 yil staji bor ayollar 3 ta hujjatni ko‘tarib, ishchi guruh qayerdaligini topib, ovora bo‘lib borishi kerak. Kimnidir qosh-qovog‘iga qarashi, tavsiyanoma berasizlarmi, iltimos, hal qilib bering, deb so‘rashi kerak. Va eng qizig‘i boshqa joyda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6191-son va PF–6269-son Farmonlariga asosan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan: — shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; — shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati; — mehnat daftarchalari va ularning nusxalari; — kadastr hujjatlari va ularning nusxalari; — soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi; — diplom ma’lumotlari (oliy ta’lim va o‘rta maxsus); — tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari; — “Manzil-ma’lumot”, shuningdek, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar (to‘liq ro‘yxat yuqoridagi farmonlar havolasida). Bu turdagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinadi. Ko‘rinib turibdiki, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi so‘rayotgan 3 ta hujjatni (uning ikkitasi shunchaki nusxa) so‘rash Prezident farmonlari bilan taqiqlangan. Nahotki bunga hech kim e’tibor qilmaydi? Ushbu tavsiyanomani berish 2022-yildan boshlangan. Oradan 2 yil o‘tdi. Bu vaqt ichida bemalol shu tizimni onlayn qilsa bo‘lar edi. Hech kimdan hech qanaqa hujjat so‘ralmaydigan, hech kimni ovora qilmaydigan, inson omilidan butunlay xoli tizim qilsa bo‘lardi. Faqat ozgina xohish kerak edi xolos. Bunday tizim qo‘mitada mavjud bo‘lmaganda ham mayli edi. Ehtiyojmand ayollarga beriladigan boshqa tavsiyanomani olish uchun aynan onlayn ariza beriladi, qo‘shimcha hujjat so‘ralmaydi. Nega shunaqa imkoniyatni 5 yil stajli ayollarga ham qilish mumkin emas? Hayronman ochig‘i. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 4
Repost from Xushnudbek.uz
Bilimli abituriyentlar uchun ham zo‘r yangilik! Endilikda muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi. Avvallari ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolar edi. Masalan, qaysidir OTMda bitta yo‘nalishda 90 ball olgan abituriyent grantga o‘qishga kirar, boshqa OTMda esa xuddi shu yo‘nalishda 160 ball olgan abituriyent o‘qishdan yiqilar edi. Endi davlat grantlari iqtidorlilarga, yuqori ball olganlarga yo‘naltiriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 4