en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 50 625 subscribers, ranking 2 617 in the Technologies & Applications category and 1 466 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 50 625 subscribers.

According to the latest data from 08 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -2 546 over the last 30 days and by -168 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 25.51%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 18.55% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 12 969 views. Within the first day, a publication typically gains 9 429 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 114.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

50 625
Subscribers
-16824 hours
-1 3757 days
-2 54630 days
Posts Archive
🚀 SpaseX kecha tunda Falcon 9 raketasini uchirdi. Shu tunda uchgan zamolyot yo’lovchilari «kosmik meduza» effektini kuzatishdi — bu hodisa raketaning chiqindi gazlarini quyosh yoritganda paydo bo’ladi, garchi u paytda Yerda qorong’u bo’lsa ham. 📟 DigiTech

⚡️Yangi GPT-4o modeli sizni yuklagan rasmingizni eslab, shu asosida boshqa rasmlar yaratishni o’rgandi. Endi oddiy matnli so’rov kiritish orqali GPT-4o'da hatto butun boshli komikslar yaratish mumkin. 📟 DigiTech

+1
🛰️ Yerni suv osti optik tolali internet kabel tarmog’i va Starlink sun'iy yo’ldoshlari bilan qanday qoplanganini vizual taqqoslovi. Starlink sun’iy yo'ldoshlarining interaktiv xaritasi mavjud veb-saytni ishga tushirgan. Saytdagi globusni aylantirib qaysi hududda sun’iy yo’ldoshlar yo’qligini ko’rish mumkin. 📟 DigiTech

🚘 Saraton kasalligini keltirib chiqaradigan yong’inga qarshi komponentlar 99% avtomobillarda topildi — ular avtomobil o’rind
🚘 Saraton kasalligini keltirib chiqaradigan yong’inga qarshi komponentlar 99% avtomobillarda topildi — ular avtomobil o’rindig’i va boshqa avtomobil materiallariga qo’shiladi. Yong’inga qarshi komponentlar (antipiren), ayniqsa, issiq sharoitda zararli bo’lib, avtomobil ichidagi havoda kontsentratsiyasi oshadi. Haydovchi kuniga hatto bir soat vaqt mashinada o’tkazsa ham, uning salomatligiga zararli ta’siri bordir. 📟 DigiTech

+1
📲 iPhone va iPad'ga nazar bilan boshqarish funksiyasi paydo bo’ladi. Ushbu funksiya nogironlar uchun mo’ljallangan, lekin undan istagan odam foydalanishi mumkin. Texnologiya sun’iy intellekt asosida ishlaydi, nigohning yo’nalishi esa old kameradan kuzatiladi. Funksiya 2024-yilning kuzida chiqadigan iOS 18 da ishlaydi. Avtomobilda ko’ngli ayniydiganlar uchun ham maxsus funksiya qo’shiladi, u yoqilgan paytda ekranda suzuvchi nuqtalar chiqib yoqimsiz effektni kamaytiradi. 📟 DigiTech

+3
⚡️OpenAI'ning videolar generatsiya qiluvchi Sora neyrotarmog’ining kuchli raqobatchisi paydo bo’ldi — Google'ning Veo neyrotarmog’i. Veo 1080p sifatdagi sakkiz soniyali yoki undan ortiq videolarni matnli so’rovlar asosida yaratadi. Undan foydalanish uchun havola bo’yicha kutish ro’yxatiga yozilish mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Google OpenAI'ni ortda qoldirishga harakat qilmoqda — kompaniya Project Astra nomli shaxsiy yordamchini taqdim etdi. U nafaqat smartfonda, balki aqlli ko’zoynaklarda ham ishlay oladi — masalan, kamera orqali narsalar qayerdaligini eslab qoladi va yo’qolgan narsalarni topishga yordam beradi. Talabalar uchun ham juda foydali bo’ladi, masalan, doskadagi tenglamalarni yechib berishi mumkin. 📟 DigiTech

🌂 Xitoyliklar yozgi soyabonlarni sotishmoqda — ular yomg'irdan himoya qilmaydi, aksincha issiqda suv purkaydi. AliExpressda bunday soyabon narxi taxminan 50 dollarni tashkil qiladi, qimmatroq versiyalari ham bor — ularga powerbank o’rnatilgan. Bunday soyabonni sotib olgan bo’larmidingiz? 📟 DigiTech

⚡️OpenAI GPT-4o modelini chiqardi, u videoni tahlil qilishni va «inson» ovozida — intonatsiya, kulish va boshqa emotsiyalar bilan to’liq muloqot qilishni o’rgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning realizmini kelajak haqidagi filmlardagi sun’iy intellektlar bilan solishtirishmoqda. Aytgancha, mish-mishlarga ko’ra, yangi iOS 18 da Siri bilan aynan ChatGPT birlashtiriladi. 📟 DigiTech

+1
👓 Qiziqarli yozgi gadjet — avtomatik tonirovkali ko’zoynaklar. Butun hiyla elektroxromli linzalarda bo’lib, bir tugmani bosish orqali qorayishi mumkin. Unda shuningdek, o’rnatilgan dinamiklarda musiqa tinglash va qong’iroqlarga javob berish mumkin. Ushbu qurilmaning AQSh'dagi narxi 299 dollar. 📟 DigiTech

⚡️Photoshopning kuchli raqobatchisi Stylar neyrotarmog’i chiqdi, u rasmlar generatsiya qiladi, eskizlarni 2D va 3D tasvirlarga aylantiradi, ularni birlashtiradi va sifatini yaxshilaydi. Eng qulay tomoni, dasturni yuklab olishning hojati yo’q — hamma funksiyasi brauzerda ishlaydi. Bundan tashqari, standart funksiyalar ham mavjud: fonni olib tashlash, matn va effektlar qo’shish. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

✨ Bular so’nggi ikki kunda butun dunyo bo’ylab ko'rish mumkin bo’lgan eng go’zal shimoliy yog’dulardir. Ularning paydo bo’lis
+5
Bular so’nggi ikki kunda butun dunyo bo’ylab ko'rish mumkin bo’lgan eng go’zal shimoliy yog’dulardir. Ularning paydo bo’lishiga 10-mayda boshlangan so’nggi 20 yildagi eng kuchli geomagnit bo’roni sabab bo’lgan. Olimlar uni eng yuqori intensivlik darajasi G5 deb baholashdi — oxirgi marta bunday kuchli magnit bo’roni 2003-yil oktyabr oyida qayd etilgan. Kimdir uni ko’rishga muvaffaq bo’ldimi? Agar suratga olishga ulgurgan bo’lsangiz, izohlarda bo’lishing (aytgancha, agar yaqin 2 kunda boshingiz qattiq og’rigan bo’lsa sababi shu bo’rondir). 📟 DigiTech

🚛 Londonda kuryerlar uchun pedalli yuk mashinalari ishlab chiqildi — unda 350 kg gacha yukni tashish va velosipedlar uchun m
+1
🚛 Londonda kuryerlar uchun pedalli yuk mashinalari ishlab chiqildi — unda 350 kg gacha yukni tashish va velosipedlar uchun mo’ljallangan yo’lda yurish mumkin. Haddan tashqari oyoqni charchatmaslik uchun 60-100 km masofaga yetarli batareyalari bo’lgan 250 vattli elektr motor mavjud. Hozirda ePack bir nechta yetkazib berish xizmatlari tomonidan sinovdan o’tkazilmoqda va kelajakda taksi xizmatlari uchun mo’ljallangan versiyasini ham chiqarishni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

🤖 Kiborglar va gumanoidlar: Xitoydagi robotlar zavodi videosi ijtimoiy tarmoqlarda aktiv muhokama qilinmoqda. Videoda davlat va tibbiyot muassasalari uchun o’ta realistik gumanoid robotlar ishlab chiqaruvchi Xitoyning EX Robot kompaniyasining yangi qurilmalari namoyish etilgan. 📟 DigiTech

+2
🌥️ Yaqinda Xitoyning Nanchuan shahri aholisi bulutlardan tashkil topgan sharsharaga guvoh bo’lishdi. Bu ajoyib go’zal hodisani juda sodda tarzda tushuntirish mumkin: balandlikning keskin o’zgarishi va kuchli shamol tufayli bulutlar cho’qqilardan pastroqqa uchadi. 📟 DigiTech

+3
⚡️Ishqiboz uyida haqiqiy Boeing 737-8 simulyatorini qurdi. U asl jihozlarga o’n minglab dollar sarfladi, ularni topish ham oson emas, shunga qaramay u bolalik orzusini amalga oshirdi. 📟 DigiTech

+1
📲 Ijtimoiy tarmoqlardan uzoq vaqt foydalanishni davom ettirish uchun sport bilan shug’ullanishga undaydigan dastur ishlab chiqildi. ClearSpace'da kameraga qanchalik ko’p sport bilan shug’ullansangiz , ijtimoiy tarmoqlardan shuncha ko’p foydalana olasiz. Dasturni aldashning iloji yo’q, sun’iy intellekt harakatlarni kuzatadi va keyin boshqa ilovalarga kirishga ruxsat beradi. 👉 Ilovani yuklab olish uchun havola. Hozircha ilova faqat iPhone uchun mavjud, lekin baribir undan foydalanmasangiz kerak :) 📟 DigiTech

⚡️Shveytsariyada yo’l ta’mirlanayotgan vaqtda harakatni to’sib qo’ymaslik imkonini beruvchi ko’chma ko’prik yig’ishdi. Uning
+2
⚡️Shveytsariyada yo’l ta’mirlanayotgan vaqtda harakatni to’sib qo’ymaslik imkonini beruvchi ko’chma ko’prik yig’ishdi. Uning uzunligi 240 metrni, og’irligi esa 1250 tonnani tashkil qiladi. Kerakli yo’lga qismlarga bo’linib olib kelinadi, so’ng yig’iladi va ikki qator yo’lli ko’prikga aylanadi. Uning pastida qurilish ketaveradi. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so’ng, ko’prik masofadan boshqarish pulti orqali yuzlab metr oldinga siljiydi. 📟 DigiTech

+2
🔊 AQSh'dagi startap uyqu muammolariga yechim topdi. Muhandislar izoxronik tovushlar chiqaradigan «Banala Sleep Dot» deb nomlangan mini-kolonkani ishlab chiqishdi. Bu ritmik tovushlar miyani tinchlantirishga, tezroq uxlashga va chuqur uyquga ketishga yordam beradi — tadqiqotlar buni isbotladi. KickStarter'dagi narxi — 49 dollar. 📟 DigiTech

⚡️YouTube bir tugmani bosish orqali videolarni to’g’ridan-to’g’ri eng qiziqarli joyiga o’tkazishni sinovdan o’tkazmoqda. Sun’
⚡️YouTube bir tugmani bosish orqali videolarni to’g’ridan-to’g’ri eng qiziqarli joyiga o’tkazishni sinovdan o’tkazmoqda. Sun’iy intellekt eng yaxshi taymkodlarni aniqlaydi. Buning uchun ekranga ikki marta bosish kerak va pastki qismda «Jump Ahead» tugmasi paydo bo’ladi. Agar bu tugma bosilmasa bir necha soniyadan so’ng u g’oyib bo’ladi va video hardoimgidek 10 soniya oldinga siljiydi. Bu funksiya hozirda YouTube Premium obunachilarida paydo bo’la boshladi. 📟 DigiTech