en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 51 677 subscribers, ranking 2 565 in the Technologies & Applications category and 1 430 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 51 677 subscribers.

According to the latest data from 03 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -2 786 over the last 30 days and by -221 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 25.04%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 17.97% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 12 965 views. Within the first day, a publication typically gains 9 308 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 116.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 04 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

51 677
Subscribers
-22124 hours
-1 5407 days
-2 78630 days
Posts Archive
+3
🔋AQSh'da olimlar gadjetlarni inson tanasidan o’tayotgan radiochastota energiyasida zaryadlashni o’ylab topishdi. Texnologiya hozir dastlabki bosqichda va faqat masofadan boshqarish pultlari, kalkulyatorlar kabi oddiy qurilmalarni quvvatlantirishi mumkin. Lekin yaqin kelajakda ular aqlli soatlar, quloqchinlar yoki tibbiy asboblarni quvvatlantirish uchun ham yetarli energiya bo’lishi uchun texnologiyani takomillashtirishni rejalashtirishyapti. 📟 DigiTech

⚡️Kolorado universitetining tibbiyot bo’limi olimlari skleroz va nevrologik kasalliklarga chalingan, shuningdek, og’ir baxtsi
⚡️Kolorado universitetining tibbiyot bo’limi olimlari skleroz va nevrologik kasalliklarga chalingan, shuningdek, og’ir baxtsiz hodisalarga uchragan bemorlarning ko’rish qobiliyatini tiklaydigan preparatni ishlab chiqishdi. LL-341070 nervlarning himoya qobig’i bo’lgan mielin'ni tiklanishini tezlashtiradi, shuningdek, miyaning tabiiy tiklanish jarayonini hech qanday operatsiyalarsiz faollashtiradi. Bemorlar dahshatli jarohatlardan keyin ham ko’ra olishadi. Preparat sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, odamlarda sinovlar shu yil boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️Xitoylik ishqibozlar yo’ltanlamas kopterni yig’ishdi — u yerda yurishi, suzishi va uchishi mumkin. Hozircha bu faqat prototip, shuning uchun biroz xunukroq ko’rinadi, lekin uni takomillashtirib sotuvga chiqarishni rejalashtirishgan. 📟 DigiTech

⚡️Muhandis 120 kun davomida suv osti kapsulasida yashab jahon rekordini o’rnatdi. 11 metr chuqurlikdagi kapsulada faqat to’sh
+3
⚡️Muhandis 120 kun davomida suv osti kapsulasida yashab jahon rekordini o’rnatdi. 11 metr chuqurlikdagi kapsulada faqat to’shak, hojatxona va oziq-ovqatni yetkazib berish uchun tunnel bor edi. Elektr energiyasi yuqoridagi quyosh panellaridan uzatilgan. U suv ostida vaqtini asosan televizor ko’rib va Jyul Vern'ning asarlarini o’qib o’tkazgan. Uning maqsadi shunchaki odamlar okeanga ko’chib o’tishlari mumkinligini isbotlash bo’lgan. 📟 DigiTech

🤖 OpenAI yaqinda Operator'ni namoyish etdi va u kompyuterdagi barcha odatiy vazifalarni sizni o’rningizga bajara olishini ta
+1
🤖 OpenAI yaqinda Operator'ni namoyish etdi va u kompyuterdagi barcha odatiy vazifalarni sizni o’rningizga bajara olishini ta’kidlashdi. Reallik: «Men maqolani ochmoqchi bo’lganimda captchaga duch keldim. Meni o’rnimga captchadan o’ta olasizmi?» 😄 📟 DigiTech

⚡️Milliarderlar uchun bunker shunday ko’rinishda bo’ladi. Uni 2026-yilda AQSh'da qurish rejalashtirilgan. Bunkerda restoranla
+4
⚡️Milliarderlar uchun bunker shunday ko’rinishda bo’ladi. Uni 2026-yilda AQSh'da qurish rejalashtirilgan. Bunkerda restoranlar, basseynlar, bouling maydonchalari, sport zali va sun’iy intellektli tibbiy yordam ko’rsatish xonasi bo’ladi. Unda 625 kishi yashashi mumkin, bir xonaning narxi esa 20 million dollarni tashkil etadi. 📟 DigiTech

🏃‍♂️ Pekinda odamlar odamsimon robotlar bilan raqobatlashadigan dunyodagi birinchi marafon bo’lib o’tadi. Apreldagi poyga ma
🏃‍♂️ Pekinda odamlar odamsimon robotlar bilan raqobatlashadigan dunyodagi birinchi marafon bo’lib o’tadi. Apreldagi poyga marafonida 20 dan ortiq kompaniyalarning androidlari va 12 000 odam ishtirok etadi. Jarayon davomida robotlar akkumulyatorlarini almashtirishga ruxsat beriladi, asosiy shartlari esa odamsimon tana va g’ildiraklarsiz bo’lishi kerak. Lekin odamlarni zaryadi tugab qolsa ularni akkumulyatorini almashtirib bo’lmaydida 😆 📟 DigiTech

🚘 Cadillac o’zining eng tezkor elektromobilini namoyish etdi — 0-100 km/soat tezlikka 3,3 soniyada erishadigan Lyriq-V. Kros
+3
🚘 Cadillac o’zining eng tezkor elektromobilini namoyish etdi — 0-100 km/soat tezlikka 3,3 soniyada erishadigan Lyriq-V. Krossover 615 ot kuchiga ega ikkita elektrodvigatel bilan jihozlangan, bir zaryadda 460 km masofani bosib o’tadi. Bundan tashqari, avtopilot va proyektsiyali displey mavjud. Narxi — 80 000 dollardan boshlanadi. Dizayniga nima deysiz? 📟 DigiTech

☕️ Olimlar kuniga uch stakan choy ichish tanadagi xavfli yog’larni eritishini aniqlashdi. Bu borada ayniqsa ko’k choy samaral
☕️ Olimlar kuniga uch stakan choy ichish tanadagi xavfli yog’larni eritishini aniqlashdi. Bu borada ayniqsa ko’k choy samaralidir. Undagi katexinlar metabolizmni tezlashtiradi va qorin bo’shlig’idagi visseral yog’ bilan kurashadi. Bundan tashqari, ko’k choy yurak qon-tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi va semirish xavfini kamaytiradi. 📟 DigiTech

⚡️Depressiyaga qarshi dunyodagi birinchi sprey AQSh'da ishlab chiqildi. Spravato burunga sepiladigan sprey bo’lib, 24 soat ic
⚡️Depressiyaga qarshi dunyodagi birinchi sprey AQSh'da ishlab chiqildi. Spravato burunga sepiladigan sprey bo’lib, 24 soat ichida kayfiyatni yaxshilaydi, 28 kundan so’ng esa depressiyani butunlay davolaydi. U antidepressant dorilarni to’liq almashtira oladi. Ketaminli sprey 10 yil davomida o’rganilgan va butun dunyo bo’ylab allaqachon 140 mingdan ortiq bemor tomonidan sinalgan. 📟 DigiTech

📱Samsung Galaxy S25 flagmanlarini namoyish etdi: ular o’tgan yilgidan deyarli farq qilmaydi, faqat ramkalari ingichka va qir
+3
📱Samsung Galaxy S25 flagmanlarini namoyish etdi: ular o’tgan yilgidan deyarli farq qilmaydi, faqat ramkalari ingichka va qirralari biroz yumaloq. Har uchala modelda Snapdragon 8 Elite protsessori, yorqinligi 2600 nitgacha bo’lgan AMOLED matritsasi va IP68 suvdan himoya mavjud. Eng kichik S25 6,2 dyuymli displeyga, eng katta S25 Ultra esa 6,9 dyuymli displeyga ega. Smartfonlarning AQSh'dagi narxlari 800 dollardan 1700 dollargacha. 📟 DigiTech

📱iPhone 17 ning orqa paneli shunday ko’rinishda bo’lishi mumkin. Insayder Majin Bu smartfonning birinchi suratini joyladi. B
📱iPhone 17 ning orqa paneli shunday ko’rinishda bo’lishi mumkin. Insayder Majin Bu smartfonning birinchi suratini joyladi. Bu haqiqiyligi hali aniq emas, lekin dizayn avvalroq sizib chiqqan ma’lumotlarga mos kelmoqda. Ko’rinishidan, kamera paneli haqiqatfan ham gorizontal joylashadi. 📟 DigiTech

⚡️Tramp OpenAI kompaniyasiga super-aqlli neyron tarmoqlarni rivojlantiruvchi superkompyuter yaratish uchun 500 milliard dolla
⚡️Tramp OpenAI kompaniyasiga super-aqlli neyron tarmoqlarni rivojlantiruvchi superkompyuter yaratish uchun 500 milliard dollar investitsiya kiritish bo’yicha qarorni imzoladi. Birinchi bosqichda kompaniya 100 milliard dollarlik sarmoyani oladi, ushbu mablag’ Texasdagi yirik ma’lumotlar markazi qurilishiga yo’naltiriladi. Loyiha ustida OpenAI, SoftBank, Oracle va Microsoft birgalikda ishlashadi. Tramp prezidentlik davrida, ya’ni to’rt yil ichida byudjetni besh barobar oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Tramp Baydenning sun’iy intellektni xavfsiz rivojlantirish haqidagi farmonini bekor qildi. Birdaniga GPT-5 GPT-10 ni kutib qolamiz. 📟 DigiTech

+1
🏬 Guanchjouda Tencent kompaniyasining yangi ofis osmono’par binosi qurilmoqda, uning ichida alohida uylar ham joylashadi. Balandligi 207 m bo’lgan minora fransuz arxitektori Jan Nouvel tomonidan loyihalashtirilgan bo’lib, uning qurilishi deyarli yakunlangan. Binoning asosiy xususiyati shundaki, uning qavatlarida alohida binolarga ega terassalar bo’ladi: ularda restoranlar, sport zallari, bog’lar va do’konlar joylashadi. 📟 DigiTech

🚘 Hatto zombilar ham mashina ovozini eshitishmaydi: Kia yangi elektromobillining reklama videosini chiqardi. Video syujetiga ko’ra, elektromobillar shu qadar ovozsizki, hatto zombi apokalipsisi yuz bergan taqdirda ham Kia EV egalari xavfsizlikda bo’lishadi — zombilar ularni eshitishmaydi. 📟 DigiTech

🖼️ Rasmlar generatsiya qiluvchi eng zo’r va qulay neyrotarmoq chiqdi — Dreamina. U deyarli hamma narsani qila oladi: • Logotiplar, bannerlar va har qanday rasmlar yaratish; • Har xil uslubda musiqa yaratish; • Videolar yaratish. Eng muhimi, undan bepul foydalanish mumkin, kontent yaratuvchi blogerlar uchun juda foydali bo’ladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🎟️ Xitoydagi kompaniya 500 ta lotereya chiptasini sotib olib, yangi yil sovg’asi sifatida o’z xodimlariga tarqatdi. Chiptala
🎟️ Xitoydagi kompaniya 500 ta lotereya chiptasini sotib olib, yangi yil sovg’asi sifatida o’z xodimlariga tarqatdi. Chiptalardan biri yutuqli chiqdi va bir xodim 820 000 dollar yutib oldi. Kompaniya mukofotni ishchilar o’rtasida bonus sifatida taqsimlashni talab qilgan, biroq g’olib buni rad etgan. Ish sudgacha borgan, ammo oxir-oqibat xodim to’liq pulni oldi. Eng qizig’i: buxgalteriya bo’limi dastlab chiptalar orasida yutuqli chiptalar yo'qligini tekshirishgan, lekin shunda ham yutuq chiqqan 😂 📟 DigiTech

🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi BMW 5 va Mercedes-Benz E-Class seriyalari bilan raqobatlashadigan Han L «super sedan»ni namoyish
+3
🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi BMW 5 va Mercedes-Benz E-Class seriyalari bilan raqobatlashadigan Han L «super sedan»ni namoyish etdi. Eng top versiyasida 1100 ot kuchiga ega elektr motor o’rnatilgan, 0-100 km/soat tezlikka esa 2,7 soniyada erishadi. Narxi taxminan 41000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️Sun’iy intellekt kelajakni bashorat qilishni o’rgandi — Sidney universiteti olimlari MRT tahlillari yordamida inson miyasin
+2
⚡️Sun’iy intellekt kelajakni bashorat qilishni o’rgandi — Sidney universiteti olimlari MRT tahlillari yordamida inson miyasining keyingi 5 soniyadagi faolligini aniqlashga muvaffaq bo’lishdi. Tadqiqotchilar 1003 nafar sog’lom yoshlarning miya faoliyatini tahlil qilishdi. Tajriba davomida turli xatti-harakatlar uchun mas’ul bo’lgan 379 ta miya hududini ko’ra olishdi. Sun’iy intellekt kelajakni bashorat qilishi uchun endi faqat MRT'ning 21 soniyalik bo’lagini ko’rishi yetarli! Insonning holatini bashorat qilishning aniqligi esa 99,7% tashkil etdi — bu ideal natija! Ishlab chiqilgan model kognitiv faollikni 10+ daqiqa oldin ham bashorat qilishga qodir, ammo oltinchi daqiqadan so’ng xatolar soni eksponensial ravishda o’sib boradi.
Nimaga bu muhim kashfiyot: Bu texnologiya yordamida misol uchun, epileptik hurujlarni oldindan bashorat qilib, bemorlarni imkon qadar himoya qilish va ularga yordam ko’rsatish mumkin bo’ladi.
📟 DigiTech

⚡️Xitoy avtomobillaridagi displeylar tez orada buklanib yig’iladigan bo’ladi. OLED matritsalarini eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri bo’lgan BOE kompaniyasi allaqachon ularni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. Bunday displeylar haqiqiy mashinalarda qachon paydo bo’lishini hali aytishmadi, ammo uzoq kutishga to’g’ri kelmasligi aniq. 📟 DigiTech