AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 677 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 565,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 430 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 677 名订阅者。
根据 03 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 786,过去 24 小时变化为 -221,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.04%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.97% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 965 次浏览,首日通常累积 9 308 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 116。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 04 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
51 677
订阅者
-22124 小时
-1 5407 天
-2 78630 天
帖子存档
51 649
🔋AQSh'da olimlar gadjetlarni inson tanasidan o’tayotgan radiochastota energiyasida zaryadlashni o’ylab topishdi.
Texnologiya hozir dastlabki bosqichda va faqat masofadan boshqarish pultlari, kalkulyatorlar kabi oddiy qurilmalarni quvvatlantirishi mumkin. Lekin yaqin kelajakda ular aqlli soatlar, quloqchinlar yoki tibbiy asboblarni quvvatlantirish uchun ham yetarli energiya bo’lishi uchun texnologiyani takomillashtirishni rejalashtirishyapti.
📟 DigiTech
51 649
⚡️Kolorado universitetining tibbiyot bo’limi olimlari skleroz va nevrologik kasalliklarga chalingan, shuningdek, og’ir baxtsiz hodisalarga uchragan bemorlarning ko’rish qobiliyatini tiklaydigan preparatni ishlab chiqishdi.
LL-341070 nervlarning himoya qobig’i bo’lgan mielin'ni tiklanishini tezlashtiradi, shuningdek, miyaning tabiiy tiklanish jarayonini hech qanday operatsiyalarsiz faollashtiradi. Bemorlar dahshatli jarohatlardan keyin ham ko’ra olishadi.
Preparat sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, odamlarda sinovlar shu yil boshlanadi.
📟 DigiTech
51 649
⚡️Xitoylik ishqibozlar yo’ltanlamas kopterni yig’ishdi — u yerda yurishi, suzishi va uchishi mumkin.
Hozircha bu faqat prototip, shuning uchun biroz xunukroq ko’rinadi, lekin uni takomillashtirib sotuvga chiqarishni rejalashtirishgan.
📟 DigiTech
51 649
+3
⚡️Muhandis 120 kun davomida suv osti kapsulasida yashab jahon rekordini o’rnatdi.
11 metr chuqurlikdagi kapsulada faqat to’shak, hojatxona va oziq-ovqatni yetkazib berish uchun tunnel bor edi. Elektr energiyasi yuqoridagi quyosh panellaridan uzatilgan. U suv ostida vaqtini asosan televizor ko’rib va Jyul Vern'ning asarlarini o’qib o’tkazgan.
Uning maqsadi shunchaki odamlar okeanga ko’chib o’tishlari mumkinligini isbotlash bo’lgan.
📟 DigiTech
51 649
+1
🤖 OpenAI yaqinda Operator'ni namoyish etdi va u kompyuterdagi barcha odatiy vazifalarni sizni o’rningizga bajara olishini ta’kidlashdi.
Reallik: «Men maqolani ochmoqchi bo’lganimda captchaga duch keldim. Meni o’rnimga captchadan o’ta olasizmi?» 😄
📟 DigiTech
51 649
+4
⚡️Milliarderlar uchun bunker shunday ko’rinishda bo’ladi. Uni 2026-yilda AQSh'da qurish rejalashtirilgan.
Bunkerda restoranlar, basseynlar, bouling maydonchalari, sport zali va sun’iy intellektli tibbiy yordam ko’rsatish xonasi bo’ladi. Unda 625 kishi yashashi mumkin, bir xonaning narxi esa 20 million dollarni tashkil etadi.
📟 DigiTech
51 649
🏃♂️ Pekinda odamlar odamsimon robotlar bilan raqobatlashadigan dunyodagi birinchi marafon bo’lib o’tadi.
Apreldagi poyga marafonida 20 dan ortiq kompaniyalarning androidlari va 12 000 odam ishtirok etadi. Jarayon davomida robotlar akkumulyatorlarini almashtirishga ruxsat beriladi, asosiy shartlari esa odamsimon tana va g’ildiraklarsiz bo’lishi kerak.
Lekin odamlarni zaryadi tugab qolsa ularni akkumulyatorini almashtirib bo’lmaydida 😆
📟 DigiTech
51 649
+3
🚘 Cadillac o’zining eng tezkor elektromobilini namoyish etdi — 0-100 km/soat tezlikka 3,3 soniyada erishadigan Lyriq-V.
Krossover 615 ot kuchiga ega ikkita elektrodvigatel bilan jihozlangan, bir zaryadda 460 km masofani bosib o’tadi. Bundan tashqari, avtopilot va proyektsiyali displey mavjud.
Narxi — 80 000 dollardan boshlanadi. Dizayniga nima deysiz?
📟 DigiTech
51 649
☕️ Olimlar kuniga uch stakan choy ichish tanadagi xavfli yog’larni eritishini aniqlashdi.
Bu borada ayniqsa ko’k choy samaralidir. Undagi katexinlar metabolizmni tezlashtiradi va qorin bo’shlig’idagi visseral yog’ bilan kurashadi. Bundan tashqari, ko’k choy yurak qon-tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi va semirish xavfini kamaytiradi.
📟 DigiTech
51 649
⚡️Depressiyaga qarshi dunyodagi birinchi sprey AQSh'da ishlab chiqildi.
Spravato burunga sepiladigan sprey bo’lib, 24 soat ichida kayfiyatni yaxshilaydi, 28 kundan so’ng esa depressiyani butunlay davolaydi. U antidepressant dorilarni to’liq almashtira oladi.
Ketaminli sprey 10 yil davomida o’rganilgan va butun dunyo bo’ylab allaqachon 140 mingdan ortiq bemor tomonidan sinalgan.
📟 DigiTech
51 649
+3
📱Samsung Galaxy S25 flagmanlarini namoyish etdi: ular o’tgan yilgidan deyarli farq qilmaydi, faqat ramkalari ingichka va qirralari biroz yumaloq.
Har uchala modelda Snapdragon 8 Elite protsessori, yorqinligi 2600 nitgacha bo’lgan AMOLED matritsasi va IP68 suvdan himoya mavjud. Eng kichik S25 6,2 dyuymli displeyga, eng katta S25 Ultra esa 6,9 dyuymli displeyga ega.
Smartfonlarning AQSh'dagi narxlari 800 dollardan 1700 dollargacha.
📟 DigiTech
51 649
51 649
⚡️Tramp OpenAI kompaniyasiga super-aqlli neyron tarmoqlarni rivojlantiruvchi superkompyuter yaratish uchun 500 milliard dollar investitsiya kiritish bo’yicha qarorni imzoladi.
Birinchi bosqichda kompaniya 100 milliard dollarlik sarmoyani oladi, ushbu mablag’ Texasdagi yirik ma’lumotlar markazi qurilishiga yo’naltiriladi. Loyiha ustida OpenAI, SoftBank, Oracle va Microsoft birgalikda ishlashadi.
Tramp prezidentlik davrida, ya’ni to’rt yil ichida byudjetni besh barobar oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Tramp Baydenning sun’iy intellektni xavfsiz rivojlantirish haqidagi farmonini bekor qildi.
Birdaniga GPT-5 GPT-10 ni kutib qolamiz.
📟 DigiTech
51 649
🏬 Guanchjouda Tencent kompaniyasining yangi ofis osmono’par binosi qurilmoqda, uning ichida alohida uylar ham joylashadi.
Balandligi 207 m bo’lgan minora fransuz arxitektori Jan Nouvel tomonidan loyihalashtirilgan bo’lib, uning qurilishi deyarli yakunlangan. Binoning asosiy xususiyati shundaki, uning qavatlarida alohida binolarga ega terassalar bo’ladi: ularda restoranlar, sport zallari, bog’lar va do’konlar joylashadi.
📟 DigiTech
51 649
🚘 Hatto zombilar ham mashina ovozini eshitishmaydi: Kia yangi elektromobillining reklama videosini chiqardi.
Video syujetiga ko’ra, elektromobillar shu qadar ovozsizki, hatto zombi apokalipsisi yuz bergan taqdirda ham Kia EV egalari xavfsizlikda bo’lishadi — zombilar ularni eshitishmaydi.
📟 DigiTech
51 649
🖼️ Rasmlar generatsiya qiluvchi eng zo’r va qulay neyrotarmoq chiqdi — Dreamina. U deyarli hamma narsani qila oladi:
• Logotiplar, bannerlar va har qanday rasmlar yaratish;
• Har xil uslubda musiqa yaratish;
• Videolar yaratish.
Eng muhimi, undan bepul foydalanish mumkin, kontent yaratuvchi blogerlar uchun juda foydali bo’ladi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 649
🎟️ Xitoydagi kompaniya 500 ta lotereya chiptasini sotib olib, yangi yil sovg’asi sifatida o’z xodimlariga tarqatdi.
Chiptalardan biri yutuqli chiqdi va bir xodim 820 000 dollar yutib oldi. Kompaniya mukofotni ishchilar o’rtasida bonus sifatida taqsimlashni talab qilgan, biroq g’olib buni rad etgan. Ish sudgacha borgan, ammo oxir-oqibat xodim to’liq pulni oldi.
Eng qizig’i: buxgalteriya bo’limi dastlab chiptalar orasida yutuqli chiptalar yo'qligini tekshirishgan, lekin shunda ham yutuq chiqqan 😂
📟 DigiTech
51 649
+3
🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi BMW 5 va Mercedes-Benz E-Class seriyalari bilan raqobatlashadigan Han L «super sedan»ni namoyish etdi.
Eng top versiyasida 1100 ot kuchiga ega elektr motor o’rnatilgan, 0-100 km/soat tezlikka esa 2,7 soniyada erishadi. Narxi taxminan 41000 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
51 649
+2
⚡️Sun’iy intellekt kelajakni bashorat qilishni o’rgandi — Sidney universiteti olimlari MRT tahlillari yordamida inson miyasining keyingi 5 soniyadagi faolligini aniqlashga muvaffaq bo’lishdi.
Tadqiqotchilar 1003 nafar sog’lom yoshlarning miya faoliyatini tahlil qilishdi. Tajriba davomida turli xatti-harakatlar uchun mas’ul bo’lgan 379 ta miya hududini ko’ra olishdi.
Sun’iy intellekt kelajakni bashorat qilishi uchun endi faqat MRT'ning 21 soniyalik bo’lagini ko’rishi yetarli! Insonning holatini bashorat qilishning aniqligi esa 99,7% tashkil etdi — bu ideal natija!
Ishlab chiqilgan model kognitiv faollikni 10+ daqiqa oldin ham bashorat qilishga qodir, ammo oltinchi daqiqadan so’ng xatolar soni eksponensial ravishda o’sib boradi.
Nimaga bu muhim kashfiyot: Bu texnologiya yordamida misol uchun, epileptik hurujlarni oldindan bashorat qilib, bemorlarni imkon qadar himoya qilish va ularga yordam ko’rsatish mumkin bo’ladi.📟 DigiTech
51 649
⚡️Xitoy avtomobillaridagi displeylar tez orada buklanib yig’iladigan bo’ladi.
OLED matritsalarini eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri bo’lgan BOE kompaniyasi allaqachon ularni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. Bunday displeylar haqiqiy mashinalarda qachon paydo bo’lishini hali aytishmadi, ammo uzoq kutishga to’g’ri kelmasligi aniq.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
