en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 52 285 subscribers, ranking 2 629 in the Technologies & Applications category and 1 475 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 52 285 subscribers.

According to the latest data from 09 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -2 549 over the last 30 days and by -207 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 26.22%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 18.48% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 13 274 views. Within the first day, a publication typically gains 9 355 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 112.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

52 285
Subscribers
-20724 hours
-1 3827 days
-2 54930 days
Posts Archive
🚢 Xitoyning BYD kompaniyasi o’z elektromobillarini Yevropaga olib o’tish uchun ulkan yuk kemasini qurdi — u bir reysda 7000
+2
🚢 Xitoyning BYD kompaniyasi o’z elektromobillarini Yevropaga olib o’tish uchun ulkan yuk kemasini qurdi — u bir reysda 7000 ta mashina yetkazib beradi. BYD Explorer No. 1 ning uzunligi deyarli 200 metrdir, bu ikkita futbol maydoniga teng. U hatto to’liq yuklangan holatda ham to’xtamasdan 29 200 km masofani bosib o’ta oladi. Ma’lumot uchun, Xitoy o’tgan yili dunyodagi eng yirik avtomobil eksportchisi bo’lgan, birgina BYD kompaniyasi 2023-yilda 3 milliondan ortiq avtomobil sotgan. 📟 DigiTech

⌨️ Reddit foydalanuvchisi kompyuter, sichqoncha va klaviaturani mini qurilmaga birlashtirdi. 3D printerda yasalgan ushbu qurilma Windows'da ishlaydi, unda hatto o’yinlarni ham ishga tushirish mumkin. 📟 DigiTech

📱Samsung Galaxy S24 liniyasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar rasmiy taqdimotdan bir necha kun oldin internetda tarqaldi, rasm
+1
📱Samsung Galaxy S24 liniyasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar rasmiy taqdimotdan bir necha kun oldin internetda tarqaldi, rasmlarda kameralarning xususiyatlari batafsil tavsiflangan, shuningdek; – Samsung ham Ultra modelida iPhone 15 Pro Max'dagi kabi 10x optik kattalashtirishdan voz kechib 5x ni tanladi; – Barcha Galaxy S24 modellariga Android 14 o’rnatiladi va Android 21-ga qadar yangilanish keladi. Ya’ni, foydalanuvchilar Android va One UI versiyalari yangilanishlarini 2031-yilgacha olishadi. Qurilmalar taqdimoti 17-yanvar soat 23:00 da bo’lib o’tadi. 📟 DigiTech

🚀 Xitoy birinchi bor dunyodagi eng kuchli qattiq yonilg’ili raketani uchirdi U mahalliy OrienSpace startapi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, 6,5 tonna foydali yukni orbitaga olib chiqish, shuningdek, to’g’ridan-to’g’ri kemadan havoga ko‘tarilishga qodir. 📟 DigiTech

🚘 Mersedes CES 2024 ko’rgazmasi uchun hech qanday yangilik o’ylab topmadi, lekin quruq qo’l bilan ham kelmadi: cheksiz aylanayotgan elektr geliklar namoyishini ko’rsatishdi. Mercedes-Benz EQG to’rtta elektr motorli va «tank» burilish tizimiga ega modeli bu yil sotuvga chiqariladi va uning narxi, mish-mishlarga ko’ra, 200 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🔋 Xitoyning Betavolt kompaniyasi mobil qurilmalar uchun o’lchami tangaday va bir zaryadda 50 yil xizmat qiladigan birinchi "
+1
🔋 Xitoyning Betavolt kompaniyasi mobil qurilmalar uchun o’lchami tangaday va bir zaryadda 50 yil xizmat qiladigan birinchi "yadro batareyasi"ni yaratganini e’lon qildi. Undan foydalanish to'liq xavfsiz bo’lishini va’da qilishmoqda: korpusi radiatsiyani chiqarmaydi, yaroqlilik muddati tugagandan keyin esa yadro elementlari parchalanadi. Sinovlar hali yakunlanmagan, ammo 1 Vt quvvatga ega modelini ishlab chiqarish 2025-yilga rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

⚡️CES 2024 ko’rgazmasida videokonferensiyalar uchun odamlarning 3D gologrammalarini aks ettiruvchi Holobox stendini ko’rsatishdi. Gologramma yaratish uchun faqat kamera va oq fon kerak bo’ladi. Ishlab chiquvchilar xuddi shunday funksionalga ega kichikroq versiyasi — Holobox Mini'ni ham yaratishdi. Ikkala modelning ham narxini faqat ishlab chiqaruvchining veb-saytida so’rov qoldirish orqali bilib olish mumkin. 📟 DigiTech

😴 Tadqiqot: 2023-yilda odamlar Google'da «uyqu» so’zini rekord darajada ko’p qidirishgan. AQSh'da katta yoshlilarning 37 foi
😴 Tadqiqot: 2023-yilda odamlar Google'da «uyqu» so’zini rekord darajada ko’p qidirishgan. AQSh'da katta yoshlilarning 37 foizi avvalgi yillarga qaraganda ancha yomon uxlashgan. Z avlod esa ro’yxatda birinchi o’rinda. Aynan ular internetdan qanday qilib uxlashni ko’p izlashgan. Uyqusizlikning asosiy sabablari: stress, kun va ovqatlanish rejimini buzilishi, kofein ko’p iste’mol qilish. Shuningdek, uyqudan oldin hayajonli film tomosha qilish va qiziqarli kitob o’qish ham uyqusizlikka olib kelishi mumkin. So’rovnoma natijalariga ko’ra, uxlashga yordam beruvchi vositalar: yotishdan oldin dush qabul qilish (45%), og’irroq adyoldan foydalanish (26%) va xona oynasini ochiq saqlash (26%). Siz ham internetdan tez uxlash yo’llarini izlab turasizmi? 📟 DigiTech

📲 Rabbit R1 taqdimoti bo’lib o’tdi, bu LAM (Large Action Model) asosidagi Rabbit OS tizimida ishlaydigan sun’iy intellektga ega smartfondir. U foydalanuvchining turli vazifalarini hal qilishi mumkin, masalan, taksiga buyurtma berish, xabarlar yuborish yoki oziq-ovqat sotib olish. Bundan tashqari, qurilma har qanday dasturga moslashadigan o’quv rejimiga ega. Gadjet 2,88 dyuymli ekranga, 360 darajada aylanadigan kompyuter ko’rish kamerasiga, MediaTek Helio P35 protsessori va 4/128 Gb xotiraga ega. Qurilma mart oyida 200 dollardan sotuvga chiqariladi. 📟 DigiTech

+1
⚡️CES 2024 ko’rgazmasida g’alati gadjetlar namoyishi tugamayapti: videoqo’ng‘iroqlar uchun 3D boshni ko’rsatishdi! G’oyaga ko’ra, turli burchaklardagi bir nechta displeylar suhbatdoshni uch o’lchovli qiladi, go’yo u sizning oldingizda turgandek. Ular bu qurilmani 4950 dollardan sotishni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

🧡 Bugun AQSh'ning birjalar va qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha komissiyasi (SEC), Bitcoin spot savdolari uchun birja investitsi
🧡 Bugun AQSh'ning birjalar va qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha komissiyasi (SEC), Bitcoin spot savdolari uchun birja investitsion fondi (ETF) yaratilganini tasdiqladi. Bu kriptovalyutalar bozori uchun juda pozitiv yangilik, ETF katta kompaniyalarga va fondlarga Bitcoin kriptovalyutasini qonuniy shaklda qimmatbaho qog’oz ko’rinishida sotib olish imkoniyatini beradi. Bitcoin spot ETF savdolari huquqi dunyodagi eng katta 11 ta fondlarda mavjud. Ular umumiy hisobda 18 trillion dollarga yaqin mablag’larni boshqarishadi. Ya’ni istagan kompaniya ular orqali Bitcoin sotib olishlari mumkin. Savdolar bugundan boshlanadi. Kriptovalyutachilar uchun bugun bayram :) 📟 DigiTech

🚘 LG kompaniyasi odam ichida yashagisi keladigan avtomobil konseptini ko’rsatdi — LG Alpha-able Future Mobility Concept. Elektromobil sun’iy intellekt yordamida inson aralashuvisiz harakatlana oladi. Bu vaqtda yo’lovchi konsol o’ynashi, YouTube tomosha qilishi yoki uxlashi mumkin. Ichida 4 ta juda qulay o’rindiqlar, ko’plab monitorlar, muzlatgich va qahva mashinasi mavjud. 📟 DigiTech

🚘 2023-yilda (yanvar-avgust) eng ko’p sotilgan elektromobillar ro’yxati: ikkita Tesla, oltita Xitoy avtomobili va bitta Volk
🚘 2023-yilda (yanvar-avgust) eng ko’p sotilgan elektromobillar ro’yxati: ikkita Tesla, oltita Xitoy avtomobili va bitta Volkswagen. Ushbu davr uchun butun dunyo bo’ylab sotuvlar soni quyidagicha: Tesla Model Y - 772,364 ($43 900 dan) Tesla Model 3 - 364,403 ($38 900 dan) BYD Yuan+ - 265,688 ($19 700 dan) BYD Dolphin - 222,825 ($14 000 dan) GAC Aion S - 160,693 ($22 500 dan) Wuling MINI EV - 153,399 ($4600 dan) GAC Aion Y - 136,619 ($15 500 dan) VW ID 4 - 120,154 ($34 590 dan) BYD Seagull - 95,202 ($10 500 dan) 📟 DigiTech

📱Bu odam AliExpress'dan iPhone buyurtma berganida, bir vaqtning o’zida Motorola, Nokia, Lenovo va iPhone bo’lgan super-versiyasi kelibdi :) 📟 DigiTech

💻 Chiroyli taqdimotlar yaratib beruvchi neyrotarmoq. Decktopus hamma narsani o’zi qiladi — rasmlar, ma’lumotlarni topadi va barchasini slaydlar shaklida tuzib beradi. Ishlatish uchun mavzuni belgilash kifoya. Tayyor taqdimotlarni tarkibi va tashqi ko’rinishini o’zingiz xohlagan tarzda o’zgartirishingiz mumkin. Saqlab qo’ying, asqotadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚘 Sony o'zining birinchi elektromobilini namoyish etdi, uni DualSense geympadi yordamida masofaviy boshqarib sahnaga olib chiqishdi. Avtomobil Honda kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, unda Unreal Engine 5 da yaratilgan eng zamonaviy o’yinlarni o’ynash mumkin bo’ladi. Narxi va chiqarilish sanasini hali aytishmadi. 📟 DigiTech

+3
👨‍💻 Android planshetli va bir vaqtning o’zida ikkita protsessorga ega Windows noutbuk — Lenovo'ning CES 2024 ko‘rgazmasidagi asosiy yangi mahsuloti. Klaviatura joylashgan qismda Intel Ultra 7 chipi, 32 GB operativ xotira va 1 TB SSD, ajraladigan displeyda esa Snapdragon 8 Plus Gen 1 va 12+256 GB xotira mavjud. Ularni birga yoki alohida ishlatish mumkin — har birining o’z batareyasi bor. Ushbu to'plam narxi 1999 dollar. 📟 DigiTech

⚡️Endi ChatGPT hatto avtomobillarga ham o’rnatiladi. Birinchi navbatda Volkswagen'ga: ushbu brend mashinalariga ChatGPT ovozl
⚡️Endi ChatGPT hatto avtomobillarga ham o’rnatiladi. Birinchi navbatda Volkswagen'ga: ushbu brend mashinalariga ChatGPT ovozli yordamchi sifatida o’rnatiladi. Yil oxirigacha chatbot Tiguan, Passat va Golf modellarida, shuningdek, ID elektromobillarida paydo bo’ladi. Birinchi Yevropada, keyin esa AQSh'da ishlatish mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

📱iPhone samolyotdan tushib ketib «omon» qoldi. Shanba kuni Alaska Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 Max 9 samolyoti ha
📱iPhone samolyotdan tushib ketib «omon» qoldi. Shanba kuni Alaska Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 Max 9 samolyoti havoga ko’tarilayotganda favqulodda chiqish eshigi uzilib ketgan. Yo’lovchi smartfonini havo tortib ketib 5 km balandlikdan pastga qulagan. Ikki kun o’tib qurilmani yo’lovchilardan biri topib olgan. Uning so’zlariga ko’ra, ekranda Alaska Airlines aviakompaniyasining baxtsiz reysi uchun chipta ko’rsatilgan, ulagichda esa uzilgan zaryadlash kabelining bir qismi qolgan. Eng qizig’i smartfonga hech narsa qilmagan, hatto tirnalmagan ham. Buni ko’rgan Nokia 3310 va fizika qonunlari shokda :) 📟 DigiTech

📺 Samsung ham kelajak haqidagi filmlardagidek umuman ramkalarsiz shaffof displeyni namoyish etdi. Aytishlaricha, tasvir havoda suzayotgandek tuyuladi va sifati oddiy monitordan farq qilmaydi, tasvir yorqin. LG televizoridan farqli o’laroq, buni hali sotuvga chiqarish niyatlari yo’q — faqat texnologiyani ko’rsatishdi. 📟 DigiTech