AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 285 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 629,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 475 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 285 名订阅者。
根据 09 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 549,过去 24 小时变化为 -207,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 26.22%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.48% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 274 次浏览,首日通常累积 9 355 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 112。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 10 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
52 285
订阅者
-20724 小时
-1 3827 天
-2 54930 天
帖子存档
55 560
🚢 Xitoyning BYD kompaniyasi o’z elektromobillarini Yevropaga olib o’tish uchun ulkan yuk kemasini qurdi — u bir reysda 7000 ta mashina yetkazib beradi.
BYD Explorer No. 1 ning uzunligi deyarli 200 metrdir, bu ikkita futbol maydoniga teng. U hatto to’liq yuklangan holatda ham to’xtamasdan 29 200 km masofani bosib o’ta oladi.
Ma’lumot uchun, Xitoy o’tgan yili dunyodagi eng yirik avtomobil eksportchisi bo’lgan, birgina BYD kompaniyasi 2023-yilda 3 milliondan ortiq avtomobil sotgan.
📟 DigiTech
55 560
⌨️ Reddit foydalanuvchisi kompyuter, sichqoncha va klaviaturani mini qurilmaga birlashtirdi.
3D printerda yasalgan ushbu qurilma Windows'da ishlaydi, unda hatto o’yinlarni ham ishga tushirish mumkin.
📟 DigiTech
55 560
📱Samsung Galaxy S24 liniyasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar rasmiy taqdimotdan bir necha kun oldin internetda tarqaldi, rasmlarda kameralarning xususiyatlari batafsil tavsiflangan, shuningdek;
– Samsung ham Ultra modelida iPhone 15 Pro Max'dagi kabi 10x optik kattalashtirishdan voz kechib 5x ni tanladi;
– Barcha Galaxy S24 modellariga Android 14 o’rnatiladi va Android 21-ga qadar yangilanish keladi.
Ya’ni, foydalanuvchilar Android va One UI versiyalari yangilanishlarini 2031-yilgacha olishadi. Qurilmalar taqdimoti 17-yanvar soat 23:00 da bo’lib o’tadi.
📟 DigiTech
55 560
🚀 Xitoy birinchi bor dunyodagi eng kuchli qattiq yonilg’ili raketani uchirdi
U mahalliy OrienSpace startapi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, 6,5 tonna foydali yukni orbitaga olib chiqish, shuningdek, to’g’ridan-to’g’ri kemadan havoga ko‘tarilishga qodir.
📟 DigiTech
55 560
🚘 Mersedes CES 2024 ko’rgazmasi uchun hech qanday yangilik o’ylab topmadi, lekin quruq qo’l bilan ham kelmadi: cheksiz aylanayotgan elektr geliklar namoyishini ko’rsatishdi.
Mercedes-Benz EQG to’rtta elektr motorli va «tank» burilish tizimiga ega modeli bu yil sotuvga chiqariladi va uning narxi, mish-mishlarga ko’ra, 200 000 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
55 560
🔋 Xitoyning Betavolt kompaniyasi mobil qurilmalar uchun o’lchami tangaday va bir zaryadda 50 yil xizmat qiladigan birinchi "yadro batareyasi"ni yaratganini e’lon qildi.
Undan foydalanish to'liq xavfsiz bo’lishini va’da qilishmoqda: korpusi radiatsiyani chiqarmaydi, yaroqlilik muddati tugagandan keyin esa yadro elementlari parchalanadi.
Sinovlar hali yakunlanmagan, ammo 1 Vt quvvatga ega modelini ishlab chiqarish 2025-yilga rejalashtirilgan.
📟 DigiTech
55 560
⚡️CES 2024 ko’rgazmasida videokonferensiyalar uchun odamlarning 3D gologrammalarini aks ettiruvchi Holobox stendini ko’rsatishdi. Gologramma yaratish uchun faqat kamera va oq fon kerak bo’ladi.
Ishlab chiquvchilar xuddi shunday funksionalga ega kichikroq versiyasi — Holobox Mini'ni ham yaratishdi. Ikkala modelning ham narxini faqat ishlab chiqaruvchining veb-saytida so’rov qoldirish orqali bilib olish mumkin.
📟 DigiTech
55 560
😴 Tadqiqot: 2023-yilda odamlar Google'da «uyqu» so’zini rekord darajada ko’p qidirishgan.
AQSh'da katta yoshlilarning 37 foizi avvalgi yillarga qaraganda ancha yomon uxlashgan. Z avlod esa ro’yxatda birinchi o’rinda. Aynan ular internetdan qanday qilib uxlashni ko’p izlashgan.
Uyqusizlikning asosiy sabablari: stress, kun va ovqatlanish rejimini buzilishi, kofein ko’p iste’mol qilish. Shuningdek, uyqudan oldin hayajonli film tomosha qilish va qiziqarli kitob o’qish ham uyqusizlikka olib kelishi mumkin.
So’rovnoma natijalariga ko’ra, uxlashga yordam beruvchi vositalar: yotishdan oldin dush qabul qilish (45%), og’irroq adyoldan foydalanish (26%) va xona oynasini ochiq saqlash (26%).
Siz ham internetdan tez uxlash yo’llarini izlab turasizmi?
📟 DigiTech
55 560
📲 Rabbit R1 taqdimoti bo’lib o’tdi, bu LAM (Large Action Model) asosidagi Rabbit OS tizimida ishlaydigan sun’iy intellektga ega smartfondir. U foydalanuvchining turli vazifalarini hal qilishi mumkin, masalan, taksiga buyurtma berish, xabarlar yuborish yoki oziq-ovqat sotib olish. Bundan tashqari, qurilma har qanday dasturga moslashadigan o’quv rejimiga ega.
Gadjet 2,88 dyuymli ekranga, 360 darajada aylanadigan kompyuter ko’rish kamerasiga, MediaTek Helio P35 protsessori va 4/128 Gb xotiraga ega. Qurilma mart oyida 200 dollardan sotuvga chiqariladi.
📟 DigiTech
55 560
⚡️CES 2024 ko’rgazmasida g’alati gadjetlar namoyishi tugamayapti: videoqo’ng‘iroqlar uchun 3D boshni ko’rsatishdi!
G’oyaga ko’ra, turli burchaklardagi bir nechta displeylar suhbatdoshni uch o’lchovli qiladi, go’yo u sizning oldingizda turgandek.
Ular bu qurilmani 4950 dollardan sotishni rejalashtirishmoqda.
📟 DigiTech
55 560
🧡 Bugun AQSh'ning birjalar va qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha komissiyasi (SEC), Bitcoin spot savdolari uchun birja investitsion fondi (ETF) yaratilganini tasdiqladi.
Bu kriptovalyutalar bozori uchun juda pozitiv yangilik, ETF katta kompaniyalarga va fondlarga Bitcoin kriptovalyutasini qonuniy shaklda qimmatbaho qog’oz ko’rinishida sotib olish imkoniyatini beradi.
Bitcoin spot ETF savdolari huquqi dunyodagi eng katta 11 ta fondlarda mavjud. Ular umumiy hisobda 18 trillion dollarga yaqin mablag’larni boshqarishadi. Ya’ni istagan kompaniya ular orqali Bitcoin sotib olishlari mumkin. Savdolar bugundan boshlanadi.
Kriptovalyutachilar uchun bugun bayram :)
📟 DigiTech
55 560
🚘 LG kompaniyasi odam ichida yashagisi keladigan avtomobil konseptini ko’rsatdi — LG Alpha-able Future Mobility Concept.
Elektromobil sun’iy intellekt yordamida inson aralashuvisiz harakatlana oladi. Bu vaqtda yo’lovchi konsol o’ynashi, YouTube tomosha qilishi yoki uxlashi mumkin. Ichida 4 ta juda qulay o’rindiqlar, ko’plab monitorlar, muzlatgich va qahva mashinasi mavjud.
📟 DigiTech
55 560
🚘 2023-yilda (yanvar-avgust) eng ko’p sotilgan elektromobillar ro’yxati: ikkita Tesla, oltita Xitoy avtomobili va bitta Volkswagen.
Ushbu davr uchun butun dunyo bo’ylab sotuvlar soni quyidagicha:
Tesla Model Y - 772,364 ($43 900 dan)
Tesla Model 3 - 364,403 ($38 900 dan)
BYD Yuan+ - 265,688 ($19 700 dan)
BYD Dolphin - 222,825 ($14 000 dan)
GAC Aion S - 160,693 ($22 500 dan)
Wuling MINI EV - 153,399 ($4600 dan)
GAC Aion Y - 136,619 ($15 500 dan)
VW ID 4 - 120,154 ($34 590 dan)
BYD Seagull - 95,202 ($10 500 dan)
📟 DigiTech
55 560
📱Bu odam AliExpress'dan iPhone buyurtma berganida, bir vaqtning o’zida Motorola, Nokia, Lenovo va iPhone bo’lgan super-versiyasi kelibdi :)
📟 DigiTech
55 560
💻 Chiroyli taqdimotlar yaratib beruvchi neyrotarmoq. Decktopus hamma narsani o’zi qiladi — rasmlar, ma’lumotlarni topadi va barchasini slaydlar shaklida tuzib beradi.
Ishlatish uchun mavzuni belgilash kifoya. Tayyor taqdimotlarni tarkibi va tashqi ko’rinishini o’zingiz xohlagan tarzda o’zgartirishingiz mumkin. Saqlab qo’ying, asqotadi.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
55 560
🚘 Sony o'zining birinchi elektromobilini namoyish etdi, uni DualSense geympadi yordamida masofaviy boshqarib sahnaga olib chiqishdi.
Avtomobil Honda kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, unda Unreal Engine 5 da yaratilgan eng zamonaviy o’yinlarni o’ynash mumkin bo’ladi.
Narxi va chiqarilish sanasini hali aytishmadi.
📟 DigiTech
55 560
👨💻 Android planshetli va bir vaqtning o’zida ikkita protsessorga ega Windows noutbuk — Lenovo'ning CES 2024 ko‘rgazmasidagi asosiy yangi mahsuloti.
Klaviatura joylashgan qismda Intel Ultra 7 chipi, 32 GB operativ xotira va 1 TB SSD, ajraladigan displeyda esa Snapdragon 8 Plus Gen 1 va 12+256 GB xotira mavjud.
Ularni birga yoki alohida ishlatish mumkin — har birining o’z batareyasi bor. Ushbu to'plam narxi 1999 dollar.
📟 DigiTech
55 560
⚡️Endi ChatGPT hatto avtomobillarga ham o’rnatiladi. Birinchi navbatda Volkswagen'ga: ushbu brend mashinalariga ChatGPT ovozli yordamchi sifatida o’rnatiladi.
Yil oxirigacha chatbot Tiguan, Passat va Golf modellarida, shuningdek, ID elektromobillarida paydo bo’ladi. Birinchi Yevropada, keyin esa AQSh'da ishlatish mumkin bo’ladi.
📟 DigiTech
55 560
📱iPhone samolyotdan tushib ketib «omon» qoldi.
Shanba kuni Alaska Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 Max 9 samolyoti havoga ko’tarilayotganda favqulodda chiqish eshigi uzilib ketgan. Yo’lovchi smartfonini havo tortib ketib 5 km balandlikdan pastga qulagan.
Ikki kun o’tib qurilmani yo’lovchilardan biri topib olgan. Uning so’zlariga ko’ra, ekranda Alaska Airlines aviakompaniyasining baxtsiz reysi uchun chipta ko’rsatilgan, ulagichda esa uzilgan zaryadlash kabelining bir qismi qolgan. Eng qizig’i smartfonga hech narsa qilmagan, hatto tirnalmagan ham.
Buni ko’rgan Nokia 3310 va fizika qonunlari shokda :)
📟 DigiTech
55 560
📺 Samsung ham kelajak haqidagi filmlardagidek umuman ramkalarsiz shaffof displeyni namoyish etdi.
Aytishlaricha, tasvir havoda suzayotgandek tuyuladi va sifati oddiy monitordan farq qilmaydi, tasvir yorqin.
LG televizoridan farqli o’laroq, buni hali sotuvga chiqarish niyatlari yo’q — faqat texnologiyani ko’rsatishdi.
📟 DigiTech
