cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Advertising posts
338
Subscribers
No data24 hours
+67 days
+930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Xotira_aziz_qadr_muqaddas #9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni #Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi 📆 Joriy yilning 11 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Ajdodlar jasorati unutilmaydi" shiori ostida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi. 6 ta jamoa ishtirok etgan mazkur bahslarda o'quvchilar 2-jahon urushi, mazkur dahshatli urushning yurtimizga ta'siri, buyuk jadid bobolarmizning hayoti va ijodiga oid mantiqiy savollarga javob topishga harakat qildilar. https://t.me/Nurota_IM
Show all...
#Qabul_2024 ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi. Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. ❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi: ➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari. ✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi. 📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. 📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. ✍️ Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 2👏 1
#Brifing_Qabul_2024 #Live_ ⚡️ 2024/2025-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli ⏰ AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi. Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin: 📹 Jonli efir Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 3
Joriy yilning 10 may sanasida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur singari jasur ajdodlarimizga munosib avlod qilib voyaga yetkazish maqsadida 20022-sonli harbiy qism ofitser, serjant va askarlari hamda tuman Mudofaa bo'limi xodimlari ishtirokida🇺🇿 "O'zbekiston armiyasi yoshlar nigohida" shiori ostida festival tashkil etildi. ✔️ Festival doirasida Navoiy shahrida joylashgan 20022-harbiy qism orkestri va faxriy qorovul chiqishi, "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etilib, mazkur uchrashuvda 523-SChR batalyon komandiri o'rinbosari mayor Rustamov Feruzjon Azamatovich, 20022-sonli harbiy qism xodimi kapitan Boboqulov Boboxon Faxriddin o'g'li hamda ta'lim muassasasi o'quvchilari ishtirok etdilar. ✨Uchrashuv davomida o'quvchilarga O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining salohiyati, bugungi kunda harbiy sohaga qaratilayotgan e'tibor, yurtimizdagi Oliy harbiy bilim yurtlari faoliyati to'g'risida ma'lumotlar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi
Show all...
👏 12
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas #9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni #Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi 📆 Joriy yilning 8-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8-sinf o'quvchilari o'rtasida harbiylashtirilgan estafeta sport musobaqalari tashkil etildi.Ishtirokchilar AK-74 qurolini noto'liq qismlarga ajratish va yig'ish, zaharlangan hududdan yaradorlarni evakuatsiya qilish hamda granata uloqtirish shartlari asosida o'zaro bellashdilar. 🏆 Yakuniy natijalarga ko'ra 8-A sinf o'quvchilari 29 ballni, 8-B sinf o'quvchilari esa 28 ballni qo'lga kiritdilar. https://t.me/Nurota_IM
Show all...
👍 7👏 2
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir. Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir. Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Hurmat bilan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 1
Repost from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni Hurmatli vatandoshlar, Qadrli pedagoglar! Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi. Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi. Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Show all...
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги — Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
👍 1
Президент Шавкат Мирзиёев Ғалаба боғига ташриф буюриб, “Матонат мадҳияси” ёдгорлиги пойига гулчамбар қўйди. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил Парк Победы и возложил цветы к подножию памятника "Ода стойкости". Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
🤝 1
Go to the archive of posts