OcoderX
Open in Telegram
Xabar uchun : @OcoderXbot Instagram: https://www.instagram.com/OcoderX
Show more1 690
Subscribers
+124 hours
-17 days
+1830 days
Posts Archive
1 690
1-kursligimda yotoqxona ololmay Toshkentda rossa izgʻigandim...
"Toshkent kvartira", "bir balo kvartira"... Hammasini izlab topolmagandim Universitetga yaqinini...
Shunda oʻylab qolgandim nahotki shu talabalar ichida maxsus kvartiralarni bir-birlari bilan eʼlon berishib oʻrtoqlashadigan guruhi yoʻq ?!
Va keyin oʻzim ochaqoldim shunday guruhni - @tatu_kvartira
1 690
2021-yilda 1-kurs boʻlib universitetga kelganimda bir oʻzim edim. Va birdan doʻstlar koʻpaydi. Hamma "oshna-ogʻayni"ga aylandi. Ajoyib xotiralar, yigʻilishlar, qancha-qancha foydali ishlar qila oldik. Mana 2024-yil 4-kurs boʻldim, yana oʻsha boshida kelgan holatimga qaytmoqdaman...
1 690
7 marta yiqilgan doʻstim...
Tabriklashda davom etamiz, shvetsiyadan kevotti tabrikla... Bektemirov Jan 😂
1 690
10-sinfligimizda bitta sinfdoshim mashina tuzatuvchi ustaga shogird tushgandi. Yillab shogird boʻldi. Mana necha bahor va necha qish oʻtdi. Hozir kuniga 50-60 $ topadigan usta boʻlib chiqibdi. Va odamlar izlovchi muhim faydali shaxs boʻlibdi... Oʻzimizni ishimiz ham tushyapdi bugun...
Hozir oʻylanib qoldim men kim boʻldim? Nimalarga erishdim... Qanaqa pul topyapman... Jamiyatga kerakli shaxs boʻldimmi? Hech kim boʻlmabman...😌
1 690
Oʻgʻrilar, firibgarlar, poraxoʻr siyosatchilar, gangsterlar yoki mafialar foydali shaxslardir. Chunki ular kimgadir zarar berib oʻziga foyda keltiradi. Ammo ahmoqlar oʻziga ham va qolganlarga ham zarar keltiradi. Chunki har doim bahslashadi va har doim u haq. Bu narsa odamlarni undan uzoqlashishi va oʻziga ham foyda keltirmasligiga olib keladi.
1 690
Koʻzni oladigan chiroyli boʻlib yaltirashni isaysan-u, nega ishqalanishiga chidamaysan?
©️ Jaloliddin Rumiy
1 690
"Hamma narsani bilaman" deydiganlardan uzoq turing!
Ularni doʻstlar safidan ham chiqaring!
Chunki ular bu gapi bilan oʻzini aldamoqda va boshqalarni oldida yaxshiroq koʻrinish uchun statusga ishlamoqda...
Ular bilan gaplashsangiz tibbiyotdan tortib, uy qurilishi va siyosatgacha... Mashinalardan tortib, qanaqa qiz/yigit yaxshi-yomonligigacha "bilaverishadi". Qaysi mavzuni ochmang bahslashaveradi... Ulardan qutiling shunda rivojlanasiz...
©️Aziz Rakhimov
1 690
Har birimiz kimnidir tarixida har doim yomonmiz...
©️Танос, Мстители
Hammaga bir xilda yoqmoqchi boʻlganlar ikkiyuzlamachilardir.
©️Aziz Rakhimov
