OcoderX
Open in Telegram
Xabar uchun : @OcoderXbot Instagram: https://www.instagram.com/OcoderX
Show more1 681
Subscribers
+124 hours
-107 days
+1830 days
Posts Archive
1 682
Voqeligimiz bir xil... Jarayon bir xil...
Endi kelajagimni muvaffaqiyatli qilish missiyasi qolibdi menda(bir xil qilish uchun)...
1 682
Hozirgilarni bitiruvida qizlar bilan qoʻl ushlashmasliklari "vauv" ekan...
Umuman bitiruv marosimiga "qoʻygan" holda bormagan, men va meni [yaqin] doʻstlarimniki unda....?
1 682
Bizga ham nasib qilsin oʻzimiz oʻqigan maktabga, manashunday "katta odam" boʻlib borish.
Xudo xohlasa obroʻ bilan borib, oʻz maktabdoshlarga naʼmuna boʻlish - maqsadlarimizdan biri.
1 682
6 yil oldin QVZ dagi tayyorlanish paytimiz.
Rejissyor va sahnalashtiruvchi oʻzim;)
Viloyatgacha chiqqandik yutib...
#birovga_birtiynlik_hayotimdan
1 682
Odatda yoʻlimda yuroyotganimda, qayerda boʻlmasin atrofimdagi qizlarga eʼtibor bermay yurman. Bugun shundan pand yedim.
Universitet oshxona yoki tiqilinch joylarda yoʻlda turib qolganimda bir nechta men tanimagan qizlar ismimni aytib, oʻtib olishi yoki boshqa gaplarni aytishadi. Bilmayman nega aynan ismimni aytishadi xayronman. Buni afzallik tomoni bormikin. Shunda odatda ularga qaramaganim uchun qaysidir ayol oʻqituvchimmikin deb "Assalom aleykum" deb yuborib, keyin qarasam men tanimaydigan qaysidir oddiy qiz boʻlardi (aura minusda)... 2-3 martadan ortiq manashunday holatlar takrorlanavergani sababidan, oxiri qaramasdan ham jimgina oʻtkizib yuboradigan, yoki ismimni aytib murojaat qilmoqchi boʻlsa ham eʼtibor bermaydigan boʻlgandim. Bugungisi rostakamiga ustoz edikan (aura yana minusda)... "Ha endi bitirib odam tanimay qolibsizda?" degan yengil kinoyani choʻntakka solib oldim... Mana nimaga qizlardan ismimni yashirishga urinardim...
#birovga_birtiynlik_hayotimdan
1 682
Bir ish bir necha bor takrorlangani sabab, insonni odat-harakteriga aylanib qoladi. Oʻsha muhit ichida oʻralashib qoladi.
©️The Laws of Human Nature
Menda hozir xuddiki bir kayfiyat boʻlmoqda. Goʻyoki hayolimda "keyingi semestrdan yana oʻqishga boraman". Telegramga kiriboq TATU ga tegishli guruh/kanallarga qarayapman. Va birdan, bitirganligim haqida "taq" etib fikr urilmoqda... Ancha oʻrganib qolgan ekanman. Endi bu talabalik muhitidan uzoqlashishim zarur. Ortiq talabamasligimga oʻzimni koʻndirishim va koʻniktirishim kerak. Bunga uringanim sari 4 yillik umrim koʻz oldimdan ertak kabi oʻtmoqda... Endi kursdoshlarim bilan jam boʻlish yoʻq, NB yoʻq, dars yoʻq, yakuniy yoʻq, oʻsha yomon oʻqituvchi yoʻq, "soqolingni olib forma kiy" deydigan oʻsha eshik ogʻalari yoʻq...
1 682
Bu dunyo bir ajib joydir.
Muhabbat bor, Saodat yo'q.
Muhabbatdan tug'ilgan ming
jinoyat bor, adolat yo'q!
Bu dunyoda bilsinlar xoʻp,
Adolatni izlagan jon.
Bu yo'lda zap balolar koʻp,
Musibat bor, shikoyat yo'q.
©️Elshan Xezer (Ozarbayjon)
