en
Feedback
OcoderX

OcoderX

Open in Telegram
1 692
Subscribers
No data24 hours
+147 days
+6930 days
Posts Archive
OcoderX
1 692
photo content

OcoderX
1 692
Hech qachon umidni so'ndirmaslik kerak faqat va faqat Allohdan so'rash kerak, taqdirni faqatgina duo o'zgartira oladi doimo duoda bo'lish kere, mani onamlar ham 2021chi yil shu dard bn og'ridilar ko'zimmi oldida sochlar olindi, yura olmasdilar hech narsa yeyolmas, xattoki bir qultum suv ichish ham azob edi, onamlani yoqotib qo'yaman dib o'ylaganidim, boshqa ko'rmayman, operatsiyadan chiqmidi diyishuvdi doxtirla, ushanda balnitsada yerga o'tirib yig'laganidim ichimdan nimadir uzilib tushgande, bir bo'shliq yutib yuborgande bo'ganidi, ln alhamdulillah Allohim onamlani qaytarib berdi, chekkan azoblariga mukofot sifatida esa o'z uyiga Ka'batullohlariga mehmonga chaqirdi, Allohning rejasi go'zal va mukammaldir🥰😇😇😇, usha vaqtda onamladan sabr va shukrni o'rgandim shuncha og'risalar ham bir og'izgina "ox" degan so'z chiqmadi og'izlaridan🥺🥺❤️‍🩹

OcoderX
1 692
Kecha saratonga uchragan yaqin qarindoshimni koʻrgani bordim. Sochlar toʻkilib ketgan, oʻrnidan tura olmaydi, ovqat ham yeya olmaydi. Suvni ham xoʻplab icha olmaydi... Xullas umidsiz nigoh bilan menga qarab turardi... Tasavvur qilyapsizmi? Oʻlim shu qadar yaqin nafasi bilan yaqinlashgan, sogʻayib yana oyoqqa turishga uni umidi yoʻq. Umidsiz nigohdan daxshatli narsa yoʻq ekan... "Meni qutqar" degisi keladi lekin bunga ishonchi qolmagan. Koʻngliga hech narsa sigʻmaydi. Uy-joy, mol-mulk, kimnidir u haqidagi fikri, boylik, mansab, obroʻ va boshqa narsalar shu kabi narsalar... Tanasi ogʻrimasa, bemalol nafas olsa va tinch yotogʻida yotsa unga shu baxt hozir. Biz sogʻlar-chi, nimalar bilan ovvoramiz? Ishdagi mayda xafagarchilik, oiladagi arzimas muammo, doʻstlar ichidagi keraksiz ortiqcha obroʻ...

OcoderX
1 692
Oʻtmish gʻami bilan yoki kelajak qaygʻusi bilan, hozirgi vaqtni boy bermaslik kerak. Hammamiz aynan hozirgi vaqtni birinchi marta yashayapmiz va bir marta yashaymiz. Ayni lahzalar bizga tegishli xolos. Oʻtmish oʻtgan, kelajak bormi yoʻqmi, Xudo izmida. - Aka-uka T.F

OcoderX
1 692
Repost from N/a
O'zim biror kitobni o'qib o'tirishdan zerikib bitta guruh ochib ko'rgandim "Kitobxonlar jamoasi" deb. O'zimcha bir xil narsaga qiziqadigan va [menga qiziq bo'lgan] narsani muhokama qila oladigan biror kimni topaman deb o'ylagandim [hech bo'lmaganda umid qilgandim]... Ammo bir tiyin foydasi bo'lmadi. Hammani qiziqishi xar hil, hammasi o'zi bilan o'zi band [o'zimdan kelib chiqib qarasam ham men ham ularga shunday]... Avvaldan bilardim shunaqa bo'lishini aslida, shunga qaramay nimanidir umid qilib harakat qilib ko'rdim. Xo'p mayli yana bir muvaffaqqiyatsizlikka uchrabmanda. "Senga hozir qiziq bo'lgan ba'zi narsa, boshqalarga zerikarli bo'ladi" degan faylasuflarni gapini nazarga ilmay harakat qilib ko'rgandim, badali vaqtim bo'ldi. Xatto kanallar ochib kitoblardan iqtibos ham tashlab ko'rdim, u ham uncha yaxshi natija bermadi. Shunchaki "qachondir kerak bo'lar" degan (ko'p vaqt sarflab qilingan postni ko'z ham yugurtirmaydigan) yuzlab kishiga to'ldi xolos. Yolg'iz davom etganim ma'qul shekilli jimgina... O'zimga o'zim qiziqman, odamlarga shundoq ham o'zi va o'zini ishi qiziq. Guruh kanallarni esa sekingina yopaman.

OcoderX
1 692
Ana Real Madrid sahifasida ham Oʻzbekiston bayrogʻini koʻrdik nihoyat)
Ana Real Madrid sahifasida ham Oʻzbekiston bayrogʻini koʻrdik nihoyat)

OcoderX
1 692

OcoderX
1 692
Birinchi marta Ronaldoni naqd 2 ta golini nishonlolmayapman boru...

OcoderX
1 692
"Hokimiyat berilmaydi, unga erishiladi."
Hokimiyat qoidalari, tashkilot ichida tez koʻtarilish, chiqishimli boʻlish va ularni qanday masqadlaringiz uchun foydalanishni oʻrgatuvchi Standford biznes maktabi professori tomonidan yozilgan "7 rules of power" kitobini tarjimasini boshladik. Kitobdni eng muhim joylari kanalga yuklab boriladi. Kanal: https://t.me/+YKbgfUCQke5lNjdi

OcoderX
1 692
Yigitlarni sadoqatsiz deyishadi... 7 yildan beri shu bitta roʻmolchaga sodiq turgan men: [eh bu roʻmolcha ne ne voqealarni ko
Yigitlarni sadoqatsiz deyishadi... 7 yildan beri shu bitta roʻmolchaga sodiq turgan men: [eh bu roʻmolcha ne ne voqealarni koʻrmayadiya... maktabdagi janjallar, koronavirus kasali...]

OcoderX
1 692
Kuz qishga nasib-u, yozga bahordir, Teng tengga, tezaklar qopiga yordir, Yerda yashasak-da atalgan bizga, Koʻlmakka koʻnuvchi
Kuz qishga nasib-u, yozga bahordir, Teng tengga, tezaklar qopiga yordir, Yerda yashasak-da atalgan bizga, Koʻlmakka koʻnuvchi nilufar bordir... ©️ OcoderX , 28-oktabr 2025

OcoderX
1 692
Shu tunda ikkiga boʻlinib, oʻzim bilan yana oʻzim gʻirt bekorchilikdan (aslida qiladigan ishim koʻp boʻlsa ham) tortishib oʻtiribman. Juda murakkablashayotgan negativ men va haligi bolalikdagi soddalikni sogʻinayotgan, hamma narsa rangli, yaxshi, chiroyli va pozitiv men. Bir tomonim aslida murakkab boʻlgan hayotga koʻnikib, ojiz boʻlmay, nolimay, undagi ozgina aniqlangan shartlar asosida oʻyinni oʻynashga chorlasa, boshqa bir tomon bu koʻrinishdagi hayotning qanday afzalligi borligini soʻramoqda. Bir tomonim esa xuddi hozirgidek fikrlab oʻtirib, xayolparastlikka berilmay, qoʻldan kelgancha bor kuch bilan barchadan boy va qudratli boʻlishga, murakkablikka rozi boʻlishga undamoqda... Ha, toʻgʻri ham aytadi, faqat kinolarda-da u birdan keladigan baxt qushi, oxiri har doim oddiy va shirin baxtli yakun... Ikkinchi tomonim esa: «Bundan nima foyda?» demoqda... «Yoʻq, tinimsiz ogʻir sinovlarga chidab, insoniy his-tuygʻularga tupurib, nima boʻlmasin hammadan boy yoki qudratli boʻlding ham deylik, keyin baribir oʻlasan-ku? Odamlar qanchagacha eslardi? Yoʻq, eslaydi ham deylik, bundan senga nima foyda? Yaxshi deb eslaydimi yoki yomonmi? Bunday algʻov-dalgʻov hayotni kim uchun kezasan? Ota-onangga bu suv va havoddek kerak deb oʻylayapsanmi? Yoʻq, ularga sogʻ-salomat va oddiy hayotda yashab, oʻlmagudek sharoitni ushlab tursang ham kifoya. Odamlarga badavlat boʻlsam yordam qilaman deb kimni aldamoqchi boʻlyapsan? Baribir niyatingda ularga mulkingning biroz qismi bilan yordam qilib, asosiysini oʻzingda saqlab, huzurda yashashing-ku?» Lekin endi kech, bolalikdagi oʻsha oq-qoradek sodda koʻringan odamlar, vaziyatlar, tabiatlar va fikrlashlar yoʻq. Qaytmaydi, xohlamasamda ortga qaytmas darajada murakkablikka oʻralashib boʻldim. Yagona chora ham kurashish, unda gʻolib boʻlish. Endi huzur halovat faqat shu paytda uxlayotganda koʻrayotgan tushimda mavjud xolos. Xudo nasib qilsa, jannatida bor. Ha aytgancha ushbu uzoq bir-birida betartib fikrlarimni baʼzi erinmay oxirgacha oʻqigan sizga katta rahmat. Endi oʻzimcha menga oʻxshab yurgan bir-ikkita odam borligiga ozgina umid bilan uzun-uzun matnlarni yozib yaman. Balki foydali boʻlar, balki ahmoqlikdek tuyular. Oʻqib, «Vay, bu detski!» ham dersiz. Mayli. Nima boʻlgan taqdirda ham rahmat.

OcoderX
1 692
Tungi soat yarim... Uyimda osmonga qarab oʻtirmaman. 11 yil oldingi xotiralarim va hozirgi men... Osmonlar oʻsha, yulduzlar oʻsha, oy oʻsha, sukunat oʻsha va hatto atrofimdagi hid ham oʻsha... Esimda "Qasoskorlarni 2" ni koʻrish uchun birinchi bor kechasi soat 3 gacha uxlamagan kunimdagidek. Ertasi kuni dalaga mol haydab, karta oʻynash uchun shoshilib, qorinni toʻydirdishdan boshqa gʻam yoʻq. Dunyo murakkab emasdi, juda sodda, juda yoqimli edi. Mahalla tinch, odamlar hammasi yaxshi va yaxshi niyatli koʻrinishi... Kelajakdan gʻam yoʻq, goʻyo har bir kunim shunday xilda huzurda oʻtadigandek. Telefon yoʻq, har kunlik tashvishda birovni koʻziga qarab turadigan ish yoʻq, qaygʻu ham bitta — molni qorinini tezroq va osonroq toʻydirish. Hozir-chi? Mol yoʻq, qora mehnat ham yoʻq, hayot ancha yaxshilangan, zamonaviylashgan, ancha munchasini xavas qiladigan sharoitlar bor, ammo oʻrniga tinimsiz tashvishli kattalar hayoti ham bor. Murakkab hayot. Bir tomonni yopsang, ikkinchi tomondan oqsab qolishlik koʻrinishi...

OcoderX
1 692
Hayit bayrami muborak qadrdonlarim. Erta bahorda tabriklardim, nu baribir hech kim ham jaa kutvirgani yoʻqligini hisobga olib 😅... Mayli ofiyat tilaymiz!

OcoderX
1 692
Bolalik onlarim takrori bormi? Qaytadan yashardim uni topolsam. Yo Xudoning qatʼiy qarori bormi? Qani imkon bersa, borib tutolsam. Nolimayman kunim hozir ham yaxshi, Har vaqtning ajoyib gashti oʻzgacha. Shirin xotiralar huzurni baxshi, Yunusobod tomon to uy Boʻzgacha... Lekin bolalikni yuki yoʻq edi, Dunyoni boricha qabul qilardik. Onamning sochida oqi yoʻq edi, Siqilish oʻrniga oʻynab kulardik. Qish ham xos antiqa boʻlardi sovuq, Qor sabab qoʻlqoplar ivib ketardi. Havo ifloslanib qurisa quduq, Sermahsul yomgʻirlar yuvib ketardi. Esimda maktabning horgʻin ahvoli, Har kunda bir yangi dushmancha tayyor. Birisin yengisang, sirtlon misoli, Toʻdasin chaqirar, hayvondek ayyor. Doʻst boʻldi baʼzisi, aksari oshna, Bir jonim nimjonlab turgan omonat, Sinishim kutardi, qonimga tashna, Doʻstimdan xiyonat, qizdan xiyonat. Biroq u paytlarni sogʻindim juda, Hayotim drama - yangiliklar koʻp. Qishimiz sovuqda, yozimiz suvda, Kuydirish, toʻydirish - qilgʻiliklar xoʻp. Mayli oʻlim bir kun izlab kelganda, Oshiqib beraman ushbu jonimni. Meni haq dunyodan toʻsgan ham shuda, Olsa olib ketsin butun borimni. Ey Xudo bandangni Kavsar-la siyla! Sendan bor umidim va Rasulingdan. Tepa-yu pastimda, har tomon hiyla, Meni ozod qilgin, atrof qulingdan. Iymonda, Islomda - jonni topshirib, Vaʼdalaring tomon ildam chopaman. Jannating, diydoring, soʻngra shoshilib, Yoshlikni oʻshanda izlab topaman. ©️OcoderX | 19.12.2025

OcoderX
1 692
Tuproq koʻchalarda oʻtgan yoshligim...
Tuproq koʻchalarda oʻtgan yoshligim...

OcoderX
1 692
Shanba dam olish kuni. Kechki payt havo bulutli, oy nuri umuman yoq, yomg'ir esa sevalamoqda. Yengil shamol, atrofda daraxtlarning shamoldan chiqadigan shuvillashi, tarnovda esa chakkillayotgan tomchilar... Ichkarida hamma tinch... Ovoz faqat tashqaridan kelmoqda, elektr esa yo'q... Men va quvvati to'la noutbuk. Va kelajagim uchun kerakli o'qilayotgan kitob... Hamma sog'-salomat. Tashvish g'am yo'q... O'zgacha atmosfera-a?

OcoderX
1 692
Shu bitta suv bilan qancha xotiralar bor... Andijonda bu suv kam uchraydi. Oʻqishni bitirib Toshkentdan kelganimdan (sal kam
Shu bitta suv bilan qancha xotiralar bor... Andijonda bu suv kam uchraydi. Oʻqishni bitirib Toshkentdan kelganimdan (sal kam bir yildan ) beri bu suvni koʻrmay va ichmay qoʻygandim. Oʻtgan Toshkentdagi 4 yillik umrimda eng koʻp yonimda boʻlgan narsa shu Hydrolife suvi. Eh... Qanday hodisalarga assotsiatsiya boʻlgan bu suv...

OcoderX
1 692
Repost from N/a
Dunyoni gʻalati qonuniga boq Kimgadir aysh nasib, kimdirlar mushtoq Lekin bir haqiqat qoladi shundoq Qurbon hozir ketar, jallod keyinroq Zoʻrlar kuchsizlarni yerga uradi Yirtqich hayvon kabi ovlab yuradi Soʻngida qudratli davlat quradi Ojiz avval ketar, kuchli keyinroq Adolat kam shunga qadri balandda Ochkoʻzlik qutursa qilmaydi kanda Qochib qutulolmas oxir qadamda Toʻqlar hozir ketar, ochlar keyinroq Yolgʻon qadamimiz chalkashtiradi Soxtaga rostlikni almashtiradi Lekin bir haqiqat hardam qoladi Rostgoy avval ketar, yolgʻon keyinroq Xiyonat jazosi sayozlashmoqda Hayoni ishlatmay avaylashmoqda Oʻziga kulfatni tayyorlashmoqda Ogʻriq avval kelar, davo keyinroq Yaxshi umid qilib yetmay qoldikku Kim-kimga doʻstligin bilmay qoldikku Dushmanni kimligin sezmay qoldikku Xoin avval ketar, doʻstlar keyinroq Mayli Xudo bizni tashlab qoʻymaydi Kelayotgan rizqni ushlab qoʻymaydi Oxir berk koʻchaga boshlab qoʻymaydi Sinov avval kelar, yechim keyinroq ©️OcoderX 14-may 2026 @OcoderX_sheriyat

OcoderX
1 692
"Ey Allohim farzandim Xojiakbarni oʻzingdan boshqasiga ishonmayman. Oʻzing himoya qilguvchisan, oʻzing saqlovchisan. Bolamga uzoq umr emas, barakali va mazmunli umr bergin. Insonlarga, xalqiga va musulmonlarga foydali bandalaringdan qilgin. Haloli pok rizq va haloli pok insonlarga doʻst qilgin. Paygʻambarimiz "ummatim" deb faxrlanadigan darajada inson boʻlishini nasib qilgin. Dunyodagi maqomini vazirlikka koʻtarib, eliga manfaati tegadigan vatanimiz boshqaruvchilaridan qilgin. Prezidentlar va dunyo podshohlari maslahat oladigan maqomlarga koʻtargin. Olgan ilmiga amal qiladigan, ulamolarni hurmat qiladigan, ulamolar ham uni hurmat qiladigan inson boʻlishlik sharafiga muyassar qilgin. Oʻzing eshitguvchi, oʻzing bilguvchi va oʻzing berguvchisan. Omin." - deb har doim duo qiladi onam (tahajjudlarda va bomdod namozlarida).
Endi oʻylab koʻring, meni haqqim bormi shunchaki yashab oʻlib ketishga? Yoʻq. Onambi shunday qilgan duosini amalga oshishini kim toʻxtata oladi? - hech kim (illo Alloh xohlamasa).