cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ARABIC | UZ

عالم اللغة العربية 🌙 Murojaat uchun: @muarrib_admin

Show more
Advertising posts
494
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-1830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from N/a
Universitetda 1 kursda arab tili ustozdan yolchimaganmiz, rahbariyat bilan kelishmivchiliklardan boshqa ustoz qo'yib berishgan. Guruhda ko'pchilik arab tilini o'qishni tashlab qo'ygan, qaytib IELTS olib boshqa sohadan ketishni niyat qilib turgan payt qayta arab tiliga, ilm olishga bo'lgan mehrimizni uyg'otgan edilar. Shunchalik ilmlari bo'la turib arzimagan pulga nega universitetda vaqtlarini bekor o'tkazyaptilar, bundan kattaroq ishlar qilsalar bo'ladi-ku deb o'ylardim. Ustoz sabab arab tilini muntazam o'qishni yo'lga qo'ydim. Online darslarga yozildim. Sertifikat ham oldik. Ustozimiz qo'shimcha darslar tashkil qildilar. U darslar uchun qo'shimcha to'lov olmasdilar. Vaqtlarini biz bilan ketqazyaptilar, atrofda hamma sen ilmingni qimmatga sot, axir qancha qiynalib o'rgangansan, qurbi yetgan olsin degan gaplar avjiga chiqqanda ularni qilgan ishlariga qoyil qolganman. Keyinchalik yana boshqa ustozda o'qishni boshladim. E'londa darslar haftasiga 3 marta deb yozilgandi. Yoz bo'lgani uchun har kuni dars qilamiz, kuzda o'qishga qaytganda o'zingizga foyda bo'ladi dedilar. Har kuni o'qisak ham to'lovni 3 ta dars uchun qilardik. Qolgan darslar uchun hecham ortiqcha pul so'ramadilar. Men yana nima zaril ekan ustozga, to'lovni oshirsalar bo'lmaydimi, boshqalar falon pulga kurs qilyapti deb hayron bo'lgancha qolaverdim. Hayotda hamma narsa pul bilan o'lchanmaydi degan gapni hamma ayta oladi. Lekin unga amal qilish hammaga ham emas. Men bu ilmni olishga qancha mablag', vaqtimni sarfladim deb kattalik qilmasdan, ilm berishda holislik qanday bo'lishini amal bilan ko'rsatib qo'ygan ustozlardan Alloh rozi bo'lsin.
Show all...
14👍 7😭 4
E'tibor🥹 Dekabrda Cefr olgan o'quvchim darslarimiz tugagani munosabati bilan shunday taklifnoma jo'natibtilar. Сказать что я обрадовалась нечего не сказать🤍 Shahzoda o'quvchimni ayri yaxshi ko'raman, sevganlarimizdan kutilmaganda bunday e'tibor esa odamni 2× xursand qiladi)) P.S. odatda o'quvchilar natijasi, otzivlarini kanalga umuman qo'ymanman. Bu safargisi istisno bo'la qolsin📎
Show all...
7🔥 4👍 1
💡السلام عليكم ورحمة الله وبركاته. Faoliyatimni shaxsiy lifestyle kanalda davom ettirishga qaror qildim. ☁️Kitoblar ☁️4 ta xorijiy til ( Rus, Turk, Ingliz IELTS 6.5 Arab tili Cefr C1 )o'rganishdagi shaxsiy tajriba va texnikalar ☁️Homeschooling ☁️Arab tilidan boshlang'ich va grammatika kurslari ☁️Tarjimalar va fikrlar bilan tanishmoqchi bo'lsangiz kanalga marhamat. Ertaga ilk tanishuv posti bo'ladi in shaa Allah💌 Manfaatli deb topsangiz obuna bo'lish uchun📎 https://t.me/+5o1CZecHfAU4NDBi
Show all...
🎉 4 2
Repost from Baytul ilm
Arab tiliga taalluqli sohada tahsil oladigan, universitetda o‘qiydigan muhtaram aziz do‘stim! Iltimos, universitetdan bilim kutmang! Ustozlar malakali, kuchli mutaxassislar ko‘pdir. Darslar o‘z vaqtida bo‘lar. Ustoz yetishmovchiligi muammosi yo‘qdir ehtimol. Siz o‘qiyotgan universitetdan yaxshi mutaxassislar bitirib chiqar. Lekin, millat sizdan ko‘prog‘ini kutmoqda. Ta'lim yuqoridagidek bo‘lsa, ho‘p-ho‘p. Bu ham universitetning bilimi bilan kifoyalanishga asos bo‘lmaydi. Biroq, kadr yetishmasligidan aziyat chekayotgan; ustozlarni yetkazib bera olmayotgan; o‘quv-xonalari yetishmayotgan; ta'lim uchun yetarli shart-sharoit yaratib berolmayotgan; qizig‘i bu muammo o‘ziga taalluqli bo‘lmagan ta'lim dargohlaridan nimani kutish mumkin? Arab tilini har bir musulmon bilishi vojib degan so‘zga olimlar ittifoq qilishmagan bo‘lsada, sizning o‘rganayotgan sohangiz o‘zingiz uchun farzi aynligini, mutaxassis zarur bo‘lib bizga qachon ustoz kelar ekan deb qiynalayotgan xalqni (kelajakdagi sizga o‘xshagan universitet talabalarini), qolaversa, Alloh sizni o‘nlab talabalar o‘rniga o‘qishga muvaffaq qilganini zinhor unutmang! Agar siz yaxshi mutaxassis bo‘lmasangiz sizdan keyingilar uchun ham dars beradigan ustozlar yetishib chiqmaydi. Ahvol og‘irlashgandan og‘irlashaveradi. Battar bo‘lsa bo‘lar, o‘nglanmaydi. Natijada mutaxassis yo‘qligi yoki talabalar natija ko‘rsatmagani sabab, ehtimol arab tili yo‘nalishlari endi kurtak yozayotgan universitetlardan butkul yo‘q bo‘lib ketar! Siz qaysidir jabhalarda haqsiz, lekin, shu nohaqlikni ketkazish uchun muruvvat qiling. Shu o‘rinda, arzimagan pulga qanoat qilib, vaqtini, hayotini shu soha obod bo‘lishi uchun ajrini Allohdan talab qilib, sabr bilan xizmat o‘laroq ishlayotgan aziz ustozlarimiz haqqiga duodamiz. Alloh ularni salomat qilsin! @arabictadriys
Show all...
🔥 3👍 1😭 1
Postni ko'rib aynan ustozlarimni ta'rifini o'qigandek bo'ldim. Alloh barchalaridan rozi bo'lsin. O'zlariga bir-bir jo'nata olmayman, harna kanalda tursin😅
Show all...
😁 7
Repost from YAQIN
Yaxshi ustozning yaxshiligi shundaki, u yigirma yillar davomida, qancha kitoblar o‘qib, qancha kurslarda qatnashib, qancha darslarni tinglab yiqqan bilimining qaymog‘ini va o‘rganganlarining sarasini shogirdlariga beradi. Shogirdlari u qilgan xatolarni qilmay, u ketkazgan yillarni sarflamay, u chekkan mashaqqatlarni chekmay tayyor bilimni shundoq qabul qilib oladi. Shuning uchun har qanday bilimni ustoz orqali, har qanday ustoz emas yaxshi ustoz orqali o‘rganish samarali bo‘ladi. Yaxshi ustozning shogirdi ustozidan o‘tib ketadi chunki shogird ustozi yo‘qotgan vaqtni yo‘qotmay tayyor bilimni qisqa vaqt ichida oladi. Yaxshi ustoz samiymiy va kamtarin bo‘ladi u bilimini yashirmay qizg‘onmay tizimli va tartibli ravishda shogirdlariga beradi. Quruq nazariyani emas balki amalda qanday qo‘llashni va shaxsiy tajribasini ham aytib ketadi. Shuning uchun unday ustozlar qadrli bo‘ladi ammo ular ko‘p emas kamdan-kam uchraydi. Uchraganda foydalanib qolish kerak. ✍Iroda Ahmed https://t.me/YaqinOzbek
Show all...
YAQIN

Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz Iroda Ahmed Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot Youtube kanalimiz:

https://youtu.be/H6hvFNLLWZo

3👍 1
Maktab zombilarni yetishtiradi-mi? 30 yil davomida Amerikaning turli maktablarida ustozlik qilgan insonning kitobini o'qiyapman. Maktablar haqidagi biz bilmagan, ko'rsak ham sezmagan haqiqatlar yoritilgan. Afsuski o'zbek tiliga tarjima qilinmagan, menimcha bunday haqiqatlarni qarshilashga hali tayyor ham emasmiz. Homeschooling bo'yicha kurs sotib oldim. Bola maktabga bormasa ham matematikay-u fizika fanlarini o'rgana olishiga amin bo'lyapman. Taqdir hazili degandek ba'zi sabablarga ko'ra xususiy maktabda qayta ish boshladim. Faoliyatim davomidagi 3 maktab. Birida ta'lim to'liq rus tilida edi, muhit ham shunga yarasha) Bir qarich kiyimlar-u qizil pushtiga bo'yalgan sochlar qadriyatimga to'g'ri kelmay ishdan ketgandim. O'zbek sinflarini ko'rib gap sochda ham kiyimda ham emasligini tushundim. Rus maktabda xristian o'quvchim bo'lardi. Unga ota-onasi arab tili Qur'on tili ekanligi haqida ma'ruzalar o'qimaydi albatta) Shunday bo'lsa ham hurmat yuzasidan vazifalarni qilib darsni tinglab o'tirardi. Ana shu hurmatni o'zimizni qorako'zlardan ko'rmaslik alam qildi. Maktabdagi o'qituvchilar ham ishini sevib yuborganidan ishlamaydi afsuski.  Moliyaviy, ish tajribasi keragligi tarafdan muammolar bo'lmaganda bunday o'quvchilarga chidab ishlamagan bo'lardi hech kim. Endi tasavvur qiling, pul topish dardida bo'lgan ota-ona bolasini boshqa pul topish dardida bo'lgan ustozga tashlab, ma'lum paytgacha maktabda bo'lsa bo'ldida deb ish tutsa. Maktabda ustoz ham charchab o'z farzandlariga yetarlicha vaqt ajrata olmasa. O'zbek farzandlariga tarbiyani kim beradi unda? Bizni tubanlik sari tortayotgan bu zanjir qachon uziladi? Kimdirlar bizni xalqimiz toza savodsiz bo'lishi uchun ancha harakat qilmoqda va bu ular buni eplashdi. Shu yergacha o'qigan barcha qiz-ayollarga tavsiya. Ilm oling, izlaning, o'qing. Homeschooling haqida oz bo'lsa ham ma'lumotlar to'plang. Hech qanday bog'cha, maktab siz uchun sizni farzandingizni tarbiya qilib bermaydi. Uning mas'uliyati faqatgina sizni qo'lingizda. @muarrib_uz
Show all...
👍 13 2🔥 1👏 1
Repost from Musayev blogi
Vaqtni boshqarish haqida aytilmagan fikrlar Blogimda Time Management haqida ko'p yozganman. Lekin ba'zi gaplar, ehtimol eng muhimlarini hozirgacha eslab o'tmagandim. Yilning eng birinchi posti shu bo'lishini xohladim. ➡️ Time Management haqida eng muhim gap va maslahatni 2-kursda yotoqxonada magistraturada o'qiyotgan Aziz aka do'sti nomidan aytib bergandi:
Ko'pchilik oldin kunlik ishlarini rejalashtirib oladida keyin "Namoz o'qish uchun vaqtim yetmayapti" deydi. Aslida oldin namozni kuningga joylashtirib qolgan hamma ishni shunga moslashtirish kerak. Ular huddi uyning ustuni kabi, ularsiz kuning "qulab tushadi"
➡️ Mendagi Time Management tajribasi mana shu gapga chinakamiga amal qilguncha va undan keyingi davrga bo'linadi. Bu gap qay darajada to'g'ri ekanini o'sha paytiyoq his qilganman, lekin amal qilishni ancha kechiktirganim uchun qaysidir ma'noda afsus qilaman ➡️ Huddi shu kabi gapni Nouman Ali Khan videolari birida eshitgandim
Hech narsa sening allamahalda yotib, quyosh chiqishidan keyin uyg'onishingni oqlay olmaydi — kitob o'qish ham, mening ma'ruzlarimni eshitish ham, hattoki Qur'on tilovat qilish ham. Birgina quyoshdan ertaroq uyg'onishni odat qila olsang, shubhasiz dunyoni o'zgartira olasan
➡️ Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf ham o'z hayotlari davomida shuncha bilim olib, ularni 100 dan ortiq kitoblarga o'gira olgani sababi sifatida 9 yoshidan beri Bomdoddan keyingi vaqtni uyquga emas, ilmga sarflagani bilan izohlagan ekan ➡️ Afsuski haligacha o'zimni bu narsani to'liq amalga oshira olaman deyolmayman. Shu sababli hozirgacha haftasiga o'rtacha faqat 70% rejalarimni amalga oshira olaman. Agar to'liq amal qila olsam bu ko'rsatkich 120-130% gacha chiqishini guvohi bo'lganman ➡️ Time Managementda eng muhimi bir kun ham qoldirmasdan o'ylagan rejalarni amalga oshirish emas, eng muhimi o'xshamay qolgan kunning ertasigayoq qaytadan boshlashni o'rganish. Yo'qotilgan kunda doim ortidan mazmunsiz kunlar, haftalar va oylarni yetaklab kelish xavfi bo'ladi. ➡️ Fokus vaqtingiz oldidagi koeffitsient. Agar fokus yig'a olmasangiz u 0.5, 0.3, 0.1 ga aylanib qoladi, agar butun diqqatni faqat bitta narsaga, qisqa muddat ichida qarata olishni o'rgana olsangiz vaqtingizdan 2-3 baravar unumli foydalana olasiz. Buni qanday qilishni o'rganish uchun 1-bandni qayta tushunib o'qing. ➡️ Vaqt — insonda bor bo'lgan eng qimmatli, ehtimol yagona resurs. U boy va kambag'alni ham, oq va qorani ham, katta va kichikni ham tenglashtira oladigan ko'rsatkich. Kuningizni samarali o'tkazish orqali siz o'sha kunning eng boy odamiga aylanishingiz yoki aksincha bo'lishi mumkin. Bu borada quyidagi videoni ko'rishni tavsiya qilaman ➡️ Vaqtingizga, uyqungizga, e'tiboringizga egalik qilish orqali kuningiz egasiga aylanasiz.
Samarali o'tgan kun esa ortidan mazmunli kunlar, haftalar, yillar va umrni olib kelish kuchiga ega
#timemanagement P.S: Postdagi yozilgan narsalarni diniy material emas, shunchaki shaxsiy fikr va tajriba deb qarashlaringizni so'rab qolardim Shaxsiy Blog | Linkedin | Professional blog
Show all...
The Reality of Human Beings - Nouman Ali Khan - A Deeper Look Series - Surah Al Asr

In this BTV exclusive, Ustadh Nouman goes into the tafseer of Surah Al Asr, in which he gives an example about how life can sometimes be an illusion when not prioritizing the right things. Watch the full clip by signing up to

https://signup.bayyinahtv.com/DeeperLook

------------------------------------------------------------------------------------------------------------------- Follow Bayyinah Institute on Social Media: Facebook: Nouman Ali Khan Instagram:

https://www.instagram.com/bayyinahinst

Tiktok:

https://www.tiktok.com/@bayyinahinst

#noumanalikhan #bayyinah #islam #quran

👍 5
Repost from Musayev blogi
Talabalik davrida o'yin-kulgiga vaqting yo'q ekani (ilmiy) isboti yoki "10,000 soat qoidasi" 4 yilda qanday ishlaydi 2/20 Kirish Birinchi bosqich talabalariga yozgan qo'llanma postimda talabalik "oltin davr" emasligi va undan biror soha talabgir mutaxassisi bo'lib chiqish uchun abiturientlik davridagi "rejim"ni o'chirib qo'ymaslik haqida aytgandim. Hozir shuni aniq sonlar bilan izohlab berishga harakat qilaman. Malkolm Gladuell "Zukkolar va Landovurlar" kitobi 2-bobida 10,000 soat qoidasi haqida gapiradi. Unga ko'ra
Agar siz istalgan soha / bilim / qobiliyat ustida 10,000 soat davomida to'g'ri tarzda ishlasangiz siz uning mutaxassisi bo'lib ketishingiz mumkin.
Muammo Tasavvur qilaylik, talabalik paytda biror soha mutaxassisi bo'lishni maqsad qilib qo'ydingiz va buning uchun 10,000 soat kerak. Oddiy arifmetika orqali buning uchun kuniga o'rtacha necha soat kerakligini topish mumkin: 10,000 / 4 = 2,500 -> 2,500 / 365 ≈ 7 soat Ya'ni 10,000 soatga yetish uchun siz 4 yil davomida har kuni uzluksiz tarzda kuniga 7 soatdan biror mutaxassislik ustida ishlashingiz kerak. Albatta, bu ilojsiz. Biz yiliga 365 kun aktiv bo'la olmaymiz. Keling ta'til, dam olish kunlari va fors-major holatlar uchun 115 kunni chiqarib tashlaymiz va bizda yiliga 250 kun qoladi. 10,000 / 4 = 2,500 -> 2,500 / 250 ≈ 10 soat Ko'rib turganingizdek haftada o'rtacha 2 kun dam olmoqchi bo'lsangiz sizda tahminan 250 kun qoladi va shu 250 kun davomida har kuni kamida 10 soatdan soha / qobiliyat ustida ishlashingiz kerak. Keling endi tipik talabaning kunlik rejimini ko'rib chiqsak: ➡️ Uxlash uchun — 6-8 soat ➡️ Ovqatlanish & boshqa zaruriy ishlar uchun — 2-3 soat ➡️ O'qishdagi vaqt — 5-6 soat ➡️ Darslarni tayyorlash — 2-3 soat (eng ko'pida) ➡️ Shaxsiy ishlar — 1-2 soat ➡️ Qo'shimcha kurslar — 2 soat Agar yuqori chegarani qo'shib chiqsak bizda 8+3+6+3+2+2=24 soat chiqadi )) Ya'ni mana shu odatiy holatda ham aslida talabada umuman o'yin-kulgu yoki ish uchun vaqt yo'q. Lekin albatta ular uyqu, o'qish, darslar yoki darslarni tayyorlashni "qurbon" qilish orqali unga vaqt topishadi. Lekin asosiy savol qolib ketadi "Mutaxassis bo'lish, o'z ustingizda ishlashchi?!". Yechim Holat ko'ringanidek umidsiz emas. Siz o'qish soatlarini unumli o'tkazish, darslarni tayyorlashda sohangizga bog'lash, vaqtingizni to'g'ri boshqarish va qo'shimcha o'z ustingizda ishlash orqali holatni ancha yaxshiroq holatga olib kelishingiz mumkin. Buning uchun yuqoridagi jadvalni yaxshiroq holatga keltiramiz: ➡️ Uyqu uchun — 7 soat (bundan kamini tavsiya qilmayman) ➡️ Ovqatlanish & boshqa zaruriy ishlar — 3 soat (fors major bilan) ➡️ O'qishdagi vaqt — 5-6 soat, shundan 3 soati samarali o'tkazish orqali 10,000 soat tarkibida bo'ladi deb olamiz ➡️ Darslarni tayyorlash — 2-3 soat, 2 soati samarali —> 10,000 ichiga ➡️ Shaxsiy ishlar — maksimum 1 soat ➡️ Qo'shimcha kurs yoki soha bo'yicha ish — 2 soat. To'liq samarali deb olish mumkin ➡️ O'z ustingizda qo'shimcha ishlash — 2-3 soat Mana shunday holatda sizda kuniga 8-10 soatni samarali, kelajakda mutaxassisligingiz uchun foydali bo'ladigan yangi narsalarni o'rganish orqali o'tkazishingiz mumkin. O'tib ketgan kunlarni boshida chiqarib tashlangan 115 kunni biroz kamaytirish orqali qoplash mumkin. Xulosa To'rt yil davom etuvchi talabalik "oltin davr" emas, u "oltin imkoniyat".
Diplomingiz bor ekanligi siz o'sha soha mutaxassisi ekaningizni emas, bunga imkoningiz bo'lganini ko'rsatadi.
Sizda esa 3 ta yo'l bor: 1. Oltin imkoniyatingizni do'stlar bilan o'yin-kulgu, sevgi-muhabbat va kechasi bilan TikTok va PUBG uchun sarflab yuborish. 2. Uni tipik tarzda o'tkazish va hamma qatori bo'lish. Keyinchalik butun umr erisha olmagan potensialingiz haqida o'ylab yashash. 3. Vaqtingizni to'g'ri taqsimlash, boridan unumli foydalanish, shikoyat emas imkoniyat qidirish va kuchli iroda orqali uni haqiqiy oltin davringizga aylantirish. Tanlov o'z qo'lingizda... #studentlife #useful #guideline Shaxsiy Blog | Linkedin | Professional blog
Show all...

👍 8🕊 2 1
Qori va muhaddislar imomi, qiroat olimi, tajvid ilmida manzumaning sohibi Imom Jazariy Haj uchun Hijozga boradilar. U yerda ziyoratchilardan bir guruhi: "Bursada Qur'onga muhabbatli talabalar bo'lib, ularning orzusi sizga Qur'onni o'qib berish, lekin mablag'lari yo'qligidan oldingizga kelisha olmaydi", deyishadi. Buni eshitgan imom Jazariy o'sha yerning o'zidan Jiddadan Qohiraga so'ng Iskandariyaga, u yerdan O'rta yer dengizi orqali Antokiyaga borib, bir kishining uyiga mehmon bo'lib tushadilar. Bu paytda esa bir talaba nochorligiga qaramasdan ularga Qur'on o'qib berishni qasd qilib Bursadan Hijoz tomon yo'lga chiqib, Antokiyaga kelishi imom Jazariyning borgan paytlariga tasodifan to'g'ri kelib qoladi. Talaba Ibn Jazariyni Hijozda deb o'ylab turganda imomning Antokiyaga kelganliklari haqida xabarni berishadi. So'rab-surishtirib, izlagandan so'ng imomni topib, ularni quchoblab yig'laydi. Imom Jazariy uning ilmga ishtiyoqini ko'rib to shu yigit Qur'onni o'zlaridan o'tkazib bo'lgunicha Antokiyadan ketmaydilar. Imom Jazariyning safarlari الرحلة لتعليم العلم "Ilm berish uchun safar" deyiladi. Evzasiga hech narsda kutmasdan, faqat savob umimidida qilingan safar. Subhanalloh, ikki boshqa boshqa shahardagi insonlar go'zal niyatlari sabab Allohni fazli ila Antokiyada uchrashdilar. Bu voqeada ustozlar uchun ham talabalar uchun olam-olam ibrat bor. Imom Jazariydek zot takabburlik qilmasdan, ilm berish yo'lida safar qildilar. O'quvchi yigit sharoitni bahona qilib noumid bo'lmadi. Oralarini dengiz ajratib turishiga qaramay aynan imom Jazariyga Qur'on o'qib berish baxtiga muyassar bo'ldi. Ko'pchilik o'quvchilar arab tili darslari qimmat deya shikoyat qilishadi. Sharoitni deya shayton sizni noumid qilishiga qo'yib bermang. Duo qiling, himmatingizni baland qiling. Sizga kerak bo'lgan ustoz munosib  paytda o'zi sizni izlab kelar balki... @muarrib_uz
Show all...
9👍 6