cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

pavel durov dog#FREEDUROV
avatar

Musayev blogi

Tengdoshlarim uchun foydali deb bilganlarim — Professional, Ilmiy va Shaxsiy rivojlanish — Maqsad va rejalar — Vaqtni boshqarish — Chet el hayoti Sifatli kontentni qadrlaganlar uchun! Takliflar @JanobMusayev Co-founder of @eventgouz & @grantgouz

Show more
Advertising posts
3 522
Subscribers
-1124 hours
-187 days
+4630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Meni kuzatadiganlar kimlar? :)Anonymous voting
  • Maktabda o'qiyman (10, 11-sinf)
  • Maktabni bitirdim, lekin hali talaba emasman
  • Bakalavr 1, 2-kursida o'qiyman
  • Bakalavr 3, 4+ kursida o'qiyman
  • Bakalavrni bitirib karyera yo'limni qidiryapman
  • Magistratura talabasiman
  • Karyeramning ilk 5 yilligidaman
  • Tajribam 5 yildan ko'p va doimiy ilm olishga qiziqaman
  • Boshqa (izohlarda yozib qoldiring)
0 votes
👍 1
Bir yil yo'qotgim kelmayapti... Yuqoridagi sabab bilan har yili ko'plab yoshlar o'zlari orzu qilgan, yillar davomida tayyorgarlik ko'rgan o'qish va yo'nalishlaridan voz kechib, "bir yil yo'qotishdan" qo'rqib, cho'kayotgan odamdek xasga yopishishlarining guvohi bo'laman. "O'qishga kirmasam bir yil yo'qotaman" degan fikr shu darajada keng tarqalganki, yoshlar buni o'z fikrlaridek ifoda etishadi. Biroq, har bir kishining holati o'ziga xos bo'lib, ularni bir xil qolipda tahlil qilish noto'g'ri. Men esa vaziyat sabablari yomonidan yaxshisiga qarab, yechimlari bilan aytib bermoqchiman. 1. Yo'qotilgan yoshlik O'qishga kira olmay bir yil yo'qotishdan qo'rqayotgan yigit yoki qiz o'zi shundoq ham eng balli past yo'nalishga topshirib, undan ham 56% ball yig'a olmagan bo'lsa, buning ustiga na arzirli hunari, na biror sohada qobiliyati ustida ishlamagan bo'lsa, qilgan ishi faqat ko'cha changitish bo'lsa, unda bu yerda gap bir yil yo'qotish haqida emas. Muammo u yigit / qiz hayotining eng muhim davrining katta qismini allaqachon boy berib bo'lganida. Buyog'iga o'qishga kirib yana 4 yil bekorchi bo'lib yurgandan, biror ish yoki hunarning boshini tutgan ma'qulroq. 2. Noto'g'ri yo'naltirilgan iqtidor Tan olish kerak ba'zi yigit-qizlardagi iqtidor o'qish emas. Ular ming harakat qilgani bilan darslarni o'zlashtirishda qiynalishadi. Ota-ona yoki jamiyat bosimi bilan "O'qishim kerak" deb yurgani bilan imtihonlarda kerakli natijani ko'rsatmaydi. Ammo... Ammo ularda biror sohadagi iqtidori yaqqol ko'rinib turgan bo'ladi: savdo-sotiq, ustachilik, hunarmandlik, texnika yoki san'at. Ular oldin shu qaynoq energiyasini aynan o'z iqtidoriga sarflashi kerak. O'z sohasida "usta" darajasiga chiqqanidan keyin esa o'qish haqida o'ylashlari mumkin. 3. Noto'g'ri tanlangan yo'nalish Bu holatda o'qishga kira olmagan abituriyent muammosi o'qishdagi qiyinchilik emas, noto'g'ri yo'nalishda o'qiyotganida. Matematika o'qituvchim, Shavkat Uralov, o'quvchilarni imtihon qilishiga sabab eng yaxshilarni saralash emas, matematikada iqtidorli bo'lmaganlarni vaqtini saqlab qolish. Men ham hech qachon tabiiy fanlarda o'qish haqida o'ylamaganman. Mening yo'nalishim emasdi. Muammoga sabab ko'pincha ular yo'nalishni o'z bilim va iqtidoridan kelib chiqib emas, boshqalar talabi orqali tanlaganida. Yechim ham o'z-o'zidan ma'lum. 4. Omad / Ishonch yetishmasligi Bitta bo'lsa ham mock testlarni "yorib" tashlab, yakunda natijaga erisha olmagan abituriyent haqida eshitgansiz. Bunga sabab yoki omad yoki ishonch yetmay qolgani va albatta, juda katta umidlar ortidan yig'ilgan stressni boshqarish ustida ishlanmagani. Bu yerda tushungan ota-ona o'rni judayam bilinadi. "Farzandim ko'ngli o'ksimasin, odamlar gapirmasin" deb o'zlari vahimani kattalashtirib, uchragan imkoniyatga yopishish o'rniga ular farzandiga yana bir yil yanayam yaxshi sharoit yaratib berish, uning ishonchi ustida birga ishlashlari va tashqi gap-so'zlardan himoya qilishlari kerak. Keyingi yilga ham plankani pasaytirmasdan, farzandi o'ziga bo'lgan ishonchni tiklashlariga qo'yib berishlari muhim. 5. Bu yerga tegishli bo'lmagan yuqori bilim Oxirgi yillarda o'qishi odatdagidan biroz kechikayotganlar ichida eng yaxshi holat — bu bilim darajasi bu yerga tegishli bo'lmagan yigit-qizlar. Ular odatda ingliz tilini ezib suvini chiqarib tashlagan, SAT sertifikati imtihoniga o'ynab kirib chiqqan bo'lishadi. Ba'zida esa ularning ota-onasi bu narsalar haqida tasavvurga ham ega bo'lmasligi va ularni odatiy o'qishga kirishga undashlari mumkin. Bu yerda gap moliyaviy holatda. Xalqaro darajadagi universitet va grantlar esa odatda bir yilda bo'lib qoladigan ish emas. Bu holatda ularning o'zidan ham, atrofidagilardan ham ozgina sabr qilish va harakatni davom ettirish so'raladi. Astoydil harakat qilgani esa albatta o'z yo'lini topib oladi.
"Bir yil yo'qotish" unchalik qo'rqinchli narsa emas, lekin shu qo'rquv ortidan hayotda odatda bir marta bo'ladigan eng muhim 4 yilni zoye qilib yuborish judayam qo'rqinchli
#education #bachelors #personal_development @Musayev_blogi
Show all...
🔥 30👍 15 10❤‍🔥 4💯 3🤝 2 1
00:15
Video unavailableShow in Telegram
2003-yildan beri (20 yil) Ronaldo va Messi nomi Oltin To'pga nomzodlarning yakuniy ro'yxatida paydo bo'lmabdi. "Era tugadi..." deb yozishyapti. Men esa taqdirlash marosimida videodagi holat bo'lishini kutyapman. Faqat Harry Potter nomi o'rnida Lionel Messi 😁 #joke #football #movies @Musayev_blogi
Show all...
Harry_is_chosen_by_the_Goblet_of_Fire_#HarryPotter_#Dumbledore_#GobletOfFire.mp43.29 MB
🤣 53👍 8🔥 6😁 4🏆 3🥴 2🗿 2❤‍🔥 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿Mustaqilligimizning 33 yilligi muborak bo'lsin! 🎉 Bugun erkimiz, ozodligimiz o'z qo'limizga o'tgan kun. “Effort team” jamoasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi! Bayram kunlarini oila davrasida maroqli oʻtkazishingizga tilakdoshmiz. #mustaqillik #33yosh Telegram | YouTube | Mentorlik
Show all...
🔥 12 6👍 3 2🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
Sometimes, all you need is just $100,000. No words, no advice, just a $100,000 to make you feel better :) #joke @Musayev_blogi
Show all...
😁 142💯 14🥱 7👍 5🤣 3 2👌 2🤝 2
Telegramning oq va qora tomoni O'zbekistondagi nafaqat asosiy messenjer, balki eng ko'p ishlatiladigan ilovaga aylanib ulgurgan Telegram oddiy odamlar hayotini qanchalik yaxshilagan bo'lishiga qaramay, undagi qo'shilayotgan funksionallik va ishlash mezonlaridan uning asosiy maqsadli auditoriyasi oddiy odamlar emasligini tushunish tobora osonlashib borayotgan edi. — Ikkinchi tomon ishtirokisiz xabarlar va chatlarni tag-tugi bilan o'chirib yuborish — Bir martalik xabarlar va hattoki saqlab qolish mumkin bo'lmagan ovozli va video xabarlar yuborish — Chatlarni ma'lum muddatdan keyin o'chib ketadigan qilish mumkinligi — Foydalanuvchilarning haddan tashqari anonim bo'la olishi — Va oxirgi vaqtlarda kriptovalyuta va turli unga bog'liq "o'yin"lar ko'payib ketayotgani Xullas, bularning barchasi Telegramni jinoyatchi, pul yuvuvchi, kontrabandist, scammerlar guruhlari va boshqa shu kabi qora bozor ishtirokchilari uchun ideal maskan qilib qo'ygandi. Bundan endi hukumatlar ham sal zerikdi shekilli. Nima bo'lganda ham eng tez o'sayotgan va funksionallik jihatdan rostdan ham juda oldinga o'tib ketgan bu messenjer kelajagi xavf ostida qolib ketmaydi degan umiddamiz. #news @Musayev_blogi
Show all...
Kun.uz | Online

Pavel Durov Fransiyada qamoqqa olindi Telegram asoschisi Pavel Durov Ozarboyjondan Parijga oʻz shaxshiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qoʻlga olingan Unga nisbatan bir qator ayblovlar ilgari surilgan va Fransiya fuqarosi sifatida sudlanishi aytilmoqda. Agar ayblari isbotlansa u 20 yilga qamalishi mumkin. 👉 @kunonline

😢 16👍 9 1🔥 1
Menimcha hayotda eng ortiqcha baho berilib yuboradigan narsa - hissiyotlar. Biror narsani boshlash uchun motivatsiya qidiramiz. Ishtiyoqqa to'lib turganda ortiqcha va'dalar beramiz (o'zimizga). Xafa bo'lib qolsak, hammasini ostin-ustun qilib tashlashdan qaytmaymiz. Baxtni boshqalar hayotidan, ekranga qarab shakllantirib olamizda, kutganimiz bo'lmagandan keyin o'zimizni baxtsizga chiqarib qo'yamiz. Aslida bu dunyoda juda ko'p narsa eng birinchi navbatda javobgarlik va mas'uliyat ekanini tushunishimiz kerak. 〰️ Ertalab yugurishga chiqish / shug'ullanish - bu sog'ligimiz, tanamiz oldidagi javobgarlik 〰️ Ishda va o'qishda astoydil ishlash va nimagadir erishish - bu jamoaviy mavjudot ekanligimiz mas'uliyati 〰️ Faqat kayfiyatimiz yo'q bo'lganda emas, har kuni yaqinlarimizni eslash - bu farzandlik, aka-ukalik javobgarligi 〰️ Oila va farzandlar uchun e'tibor ajratish - bu ota-onalik va umr yo'ldoshlik vazifasi 〰️ Hayotimiz o'zi ham o'yin-kulgu emas - Yaratgan oldidagi eng asosiy javobgarlik Javobgarlik va mas'uliyatni ustun qo'yish sizni robot qilib qo'ymaydi. Aksincha, sabr va qat'iyat bilan qilingan har qanday ish eng yoqimli hissiyotlarni olib keladi. #self_note #night_thoughts @Musayev_blogi
Show all...
🔥 54👍 19💯 9👌 5 2 2❤‍🔥 1
Vaqt, umr va xotiralar Agar hozir sizga yana 3 oydan keyin coronavirus paydo bo'lib, keyinchalik pandemiyaga sabab bo'lganiga 5 yil bo'ladi desam, ishonishdan oldin bir qator hisoblab ko'rasiz ehtimol. Agar siz ham bu 5 yil juda tez o'tib ketgan deb o'ylasangiz, siz katta ehtimol bilan 20 yoshdan katta va bunday deb o'ylayotgan yagona odam emassiz. Lekin sizga "Siz qaysidir ma'noda haqsiz. Vaqt tezroq o'tayotgani sababi bor" desam, post davomini o'qimasdan turib bunga qanchalik ishongan bo'lardingiz? Vaqtni idrok etish Onam o'smirlik paytim "Bolaligingda vaqt juda sekin o'tadi. 20 yoshdan keyin oddiylashadi va 30 yoshdan keyin "uchib" ketadi" deganda bu gapning matematik asosi borligi haqida hech o'ylab ko'rmagan ekanman. Keling tasavvur qilish uchun 1 yilni olaylik. Inson endigina bir yoshga kirgan vaqtida bir yil butun umrga teng bo'ladi. 2 yoshga kirganda esa oxirgi bir yil endi inson umri 50%ini tashkil qiladi, 3 kirganda 33%, 4 ga kirganda 25% va h.k. 20 yoshga kirgan odamda esa bu son atigi 5% ga va 30 yoshda 3% gacha tushib qoladi. Ya'ni bir yoshga kirgan bola uchun shu bir yilda bo'lib o'tgan hamma narsa yangilik. Huddi shu kabi inson 5 yoshigacha miyasi 90%ga shakllanib bo'lgan bo'ladi. 50 yoshga chiqqan insonda esa umrining eng asosiy qismi tabiiyki oxirgi 20 yillikda emas, ilk 30 yilligida bo'lib o'tgan bo'ladi. Bu narsa qo'rqinchli eshitilishi va qochib qutilish ilojsizdek tuyulishi mumkin. Lekin agar miyamiz vaqtni qanday "yozib" borishini yaxshiroq tushunsak, o'z umrimizni chinakamiga "uzaytirish" imkoni paydo bo'ladi. Miyamiz vaqtni yozib borishi Sizga biror bir voqeani tasvirga olib borish vazifasi topshirilsa, albatta bu narsani videoga olib borishni afzal ko'rasiz. Bunda barcha detallarni to'liq vaqt davomida kuzatish mumkin bo'ladi. Ammo miyamiz vaqtni bunday yozib olmaydi. U bizdagi bo'lib o'tgan tajriba va xotiralarni video tarzda emas, ko'proq tasvirlar orqali saqlaydi. Ushbu tasvir suratlar ko'rinishida yoki 2-3 soniyalik qisqa "video"lar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Istalgan yoqimli xotirangizni eslab ko'ring. Bunda undagi barcha jarayonni emas, eng yoqimli va o'zgacha joylarini esga olishingiz aniq, hattoki u yaqinda bo'lgan bo'lsa ham. Ya'ni miyamiz bu tasvirlarni ma'lum bir o'zgarmas vaqt oralig'ida olib turmaydi. Aksincha, u eng muhim pallalarni saqlab boradi. Saqlash jarayoni eng muhim jihati — bu o'sha xotira bizda qanchalik kuchli emotsiya hosil qila olgani. Bu ijobiy bo'ladimi yoki salbiymi farqi yo'q. Bu faktorni esa tashqi ta'sirlar yanayam to'ldirib beradi. Masalan, bo'lib o'tgan voqea haqida atrofdagilar ham qanchalik ko'p gapirisa, u miyamizda tasvir bo'lib qolish ehtimoli ham balandlashadi. Aynan mana shu sababga ko'ra pandemiya payti butun dunyo uchun tasvir vazifasini bajarib berdi. O'zbekistonliklar uchun bundan oldingi yirik tasvir 2016-yilda, jahon uchun 2008-yilda, Amerika uchun 2001-yilda sodir bo'lgan deyish mumkin... Xotiralar davomiyligi eng muhimi emas Yuqoridagi fikrlardan hayotimizdagi tepa va pastliklar aslida juda muhim ekani, ularning borligi u shunchaki bir tekisda o'tib ketishidan ko'ra ancha yaxshiroq ekani tushunarli bo'lgan bo'lsa kerak. Lekin mana shu baland-pastliklarning ham bir qiziq jihati mavjud. Miyamiz uchun ma'lum bir xotiraning davomiyligi uni saqlab qolishda va uzun deb qabul qilishda eng asosiy rolni o'ynamaydi. Bunda undagi yuqori nuqtalar ko'pligi va ayniqsa yakun eng cho'qqida tugashi judayam muhim. Ya'ni judayam ko'plab sarguzashtlarga, yangi tanishlarga boy o'tgan va yakunda juda ajoyib tugagan bir haftalik ta'til, ma'lum vaqtdan keyin 2 oylik bir xilda o'tgan ta'tildan ko'ra bizga uzoqroqdek tuyulishi mumkin. Bu narsa og'riqli vaziyatlar uchun ham shunday ishlaydi. Ilmiy tadqiqotda ko'pchilik odamlar bir xilda uzoq davom etuvchi og'riqdan ko'ra qattiqroq ammo oxiriga borganda yaxshilanuvchi og'riqni afzal ko'rishlari ma'lum bo'lgan. Miyamiz vaqtni qanday idrok qilishi va uni qanday yozib borishini tushunish esa, umrimizni "uzaytirishda" qo'l kelishi mumkin. Davomi bor... #useful @Musayev_blogi
Show all...

👍 25❤‍🔥 10🔥 8🤯 3 2👌 1
O'qishni qanday boshlash bo'yicha birinchi kurslar uchun eng yaxshi qo'llanma — ultimate guide ) Birinchi kursni, ayniqsa, birinchi semestrni qanday o'tkazish 4 yil davomidagi katta narsani hal qiladi. Bugun shu narsa haqida yozishga qaror qildim. 1. Universitet haqida (ko'p gapirilgan) haqiqatlar — Universitet sen orzu qilgan joy emas — Talabalik ham sen tasavvur qilgan "oltin davr emas" — Universitet payti uchun o'ylab qo'ygan rejalaringni yarimini ham qila olsang katta gap — "Universitet o'qishing uchun maksimal halaqit beradi" ©️ Sening yutug'ing — sen bularni bilasan. Bularga tayyor bo'la olasan. Universitet esa senga kerak, aniqrog'i u yerdagi 4 yil vaqtdan unumli foydalanishing kerak. 2. Birinchi semestrni qanday o'tkazish kerak — Abiturientlik payti "Talaba bo'lvolay qilib tashlayman" degan orzularingni (ingliz tili, IELTS, zalga chiqish, bir oy cho'zilib yotish..) bir muddat chetga surib tur — Birinchi ikki oy muddatni o'qishga moslashib olish va ustozlarda ilk taassurotni yaxshi qoldirish uchun sarfla — Niyati faqat o'qish bo'lganlar orasidan do'st top, ular bilan birga vaqt o'tkaz, xonadosh bo'l. Bu juda muhim! — Iloji boricha kutubxonadan yoki internetdan kerakli adabiyotlarni tezroq topib, olib qo'y — Mayda vazifalarni ortga surib yurma, chunki imtihon payti katta vazifalar bilan yig'ilib seni dovdiratib tashlaydi — Keyingi ikki oyda keyingi semestrdan boshlab qilmoqchi bo'lgan ishlaringni rejalashtir va ularga zamin yaratib bor. O'zingga mos kurslar, zallar, sport maydoni va hokazolarni ko'rib chiq. — Birinchi semestrni imkon boricha balandroq bahoga yop. Ammo baho olish eng qiyin bo'ladigan semestr shu bo'lishiga ham tayyor tur. — Keyinchalik chetda o'qish niyating bo'lsa, "Bahoning ahamiyati yo'q" degan cho'pchak va bahonalarni yig'ishtir — Guruhdoshlaring bilan raqobat emas, hamkorlik qil. — Barcha narsani qilishga o'zing ulgurmaysan. Imkon borida kimgadir qildir yoki eng yaqin do'stlaring bilan kelishgan holda vazifalarni taqsimla 3. Qo'shimcha tavsiyalar Ishlama! Bilaman, katta bo'lib qolgansan. Bilaman, uydan pul olishga uyalasan. Bilaman, ular shundoq ham kontraktingni to'layapti. Lekin talabalik sohangda mutaxassis bo'lish uchun oxirgi davr. Vaqtni shunga sarfla. Undan keyin xohlamasang ham ishlaysan. — Uydagilardan pul olayotganda uyalsang, ularga va'da ber. Ertaga shu pullarini ortig'i bilan qaytarishga, zo'r mutaxassis bo'lishga va'da ber. Keyin esa vadangni bajar! Abiturientlik paytingdagi rejimingni o'chirib qo'yma! Oylab vaqtingni shunchaki divanda kino ko'rish bilan yoki kechasi bilan PUBG o'ynash bilan o'tkazib yuborma. Uydagilardan pulni buning uchun olmayapsan. — Har bir haftangni, kuningni oldindan rejalashtirishga odatlan! Unutma, aslida hammasiga ulgurish mumkin. Eng kamida sen o'ylaganingdan ko'ra ancha ko'prog'iga. Bunga o'rganish uchun esa #time_management tegi bilan yozgan postlarimni o'qishni boshla. — Postni hech bo'lmaganda bitta talaba bo'lgan do'stingga yoki uka/singlingga ulashib qo'y )) P.S: "Senlab" yozganimga hafa bo'lmaysizlar. O'zimning ukam bo'lganda, u bilan kamida shunaqa gaplashardim... #studentlife Blog | Kutubxona | YouTube | Instagram
Show all...

👍 34❤‍🔥 11💯 7 4🔥 4 2 1
PHPni o'rganmoqchilar bormi..?! :) Sardor og'a kanalida PHPchilar uchun kurslar kam, o'zim dars o'tishga vaqtim yo'q deb bir necha marta xavotir olib yozdi. Men ham amaldagi sobiq PHPchi sifatida bu xavotirlarga qo'shilaman. Lekin ba'zi bir umidli yoshlarimiz borki, ular PHP "o'lishi"ga yo'l qo'yishmaydi. Shulardan biri o'zim bilan bir nechta loyihada birga ishlagan, maktabda o'qib yurgan paytidan dasturlash bilan shug'ullanib, TutorialsUz loyihasini yuritib, keyinchalik Uzcardga o'tib, hozirda esa Amerika firmasida ishlayotgan Sanjarbek Sobirjonov Sanjarbek adashmasam 2 yildan beri bo'sh vaqtini PHP haqida kitob yozishga sarfladi. Yaqinda esa shu kitoblarini yakunlabdi. Bir emas, naqd 3 ta: 1. Yosh bekend dasturchi bo'laman (1-qism, 1036 bet ) 2. PHP 7 va MYSQL amaliyotga asoslangan kitob 3. Chuqurlashtirilgan dasturlash - PHP 8 Qiziquvchilar bo'lsa, quyidagi postdan batafsil ma'lumot olishingizlar mumkin: 👉 https://t.me/todaysobirjonov/459 Bu narsalarni Sanjarbekni shaxsan taniganim, birga ishlaganim va qilgan g'aroyib loyihalari haqida bilganim uchun yozyapman. Shunaqa g'aroyib ishlaridan biri bilan kitobni xarid qilish jarayonida o'zingiz sezmagan holda to'qnash kelishingiz ham mumkin. Xullas, o'zingiz tengi (yoki yoshroq) yigitdan o'rganish mumkin narsalar juda ko'p (o'zimda ham). #tavsyu P.S: "Ehh men Pythonchi edimda" deganlar uchun "Pythonni 0dan professionalgacha o'rganamiz" degan kitobi ham bor ) @Janob_Musayev
Show all...
👍 16 5 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.