Ona tili va adabiyot ELBEK JUMAYEV bilan birga
Open in Telegram
Ushbu kanalda SIZ farzandingizning darslarda ishtiroki, oʻzlashtirish natijalari va boshqa darslarimizga oid maʼlumotlar haqida bilib borasiz.
Show more512
Subscribers
+124 hours
No data7 days
+3030 days
Posts Archive
Perevod qilib xususiydan davlatga oʻtdi bu oʻquvchilarimiz.
Zoʻr-aaaaa.
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Abituriyentlarning to’liq ro’yxati va egallagan o’rnini ko’rish imkoniyati ochildi
#abituriyent
Buning uchun mandat.uzbmb.uz saytiga kirib, “Kengaytirilgan qidiruv” sahifasida kerakli OTM, yo’nalish, ta’lim shakli va tilini tanlash kerak.
👉 @xushnudbek 👈
Hammasi boshidan boshlanadi.
Faqat A + 30 talikni yopib beradi-yoooov bularning rejalashtirishi boʻyicha.
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Milliy sertifikat uchun maksimal ball berish masalasi qayta ko’rib chiqilmoqda
#abituriyent
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabovning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda milliy sertifikat uchun maksimal ball berish tizimi qanchalik to’g’ri ekani ko’rib chiqilmoqda.
Vazir o’rinbosarining so’zlariga ko’ra, bir necha yildan so’ng milliy sertifikat bilan o’qishga topshiradigan abituriyentlar soni test sinovlari bilan topshiradiganlardan ortib ketishi, ko’pgina abituriyentlarning bitta joyga “tiqilib qolishi” holatlari kuzatilishi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
❗️OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi
#abituriyent
O‘tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdori rektorlar tomonidan mustaqil belgilanadigan bo‘ldi.
💰 Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Ayrim oliygohlarda super-kontrat miqdorlari e’lon qilinmoqda. Jumladan, Termiz davlat universitetida super-kontrakt miqdorlari yo‘nalishlarga qarab 29,6 mln so‘mdan boshlanadi.
Eng qimmat miqdor yurisprudensiya, xalqaro munosabatlar hamda davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishida bo‘lib, 90 mln so‘mni tashkil etmoqda.
ℹ️ Eslatib o‘tamiz, super-kontraktga ariza berish hali boshlanmadi, taxminan sentyabr oyining ikkinchi yarmida boshlansa kerak. Arizalar onlayn qabul qilinadi, oliygohga borish shartmas.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
Harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti kvotasiga o‘tish ballari e’lon qilindi
#abituriyent
Kvota ajratilgan 8 ta tashkilot ro‘yxati, kvotalar soni hamda o‘tish bali yiqoridagi rasmda berilgan.
Eng past o‘tish bali Milliy gvardiyaga to‘g‘ri kelgan — 68 ball. Bu grant uchun minimal o‘tish balining chegarasi. Ya’ni 68 dan kam olganlar shundoq ham grantga tavsiya qilinmaydi. Demak, katta ehtimol bilan Milliy gvardiya uchun ajratilgan 731 ta kvota to‘lmay qolgan bo‘lsa kerak. Xullas, 68 balldan oshira olgan Milliy gvardiya xodimlarining barcha farzandlari o‘zlari tanlagan istalgan yo‘nalishga 4 yillik grant asosida qabul qilingan.
Eng yuqori o‘tish bali esa Ichki ishlar vazirligida — 167 ball.
Lekin boshqa jihati ham bor, Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun bundan tashqari alohida imtiyoz ham mavjud. U imtiyozga ko‘ra, IIV xodimlari uchun 1 ming 828 ta qo‘shimcha grant kvotasi berilgan va u yerda o‘tish bali 78,6 ball bo‘lgan. Ya’ni 78,6 balldan oshirgan IIV xodimlarining farzandlari o‘zlari tanlagan istalgan yo‘nalishga 4 yillik grant asosida qabul qilingan.
Shunaqa gaplar. Buyoqda esa 189 ball bilan kimlardir kontraktga kiryapti, kimlardir esa 183 ball bilan o‘qishdan yiqilyapti.
A — adolat!
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2026-yilgi o‘tish bali eʼlon qilindi. Ballar ko‘tarilgan
#abituriyent
UzBMBning mandat.uzbmb.uz saytida imtiyozli toifadagi abituriyentlar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi. Joriy yilda tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun o‘tish ballari o‘tgan yilgiga qaraganda oshganini ko‘rish mumkin.
O‘tgan yilgi bilan farqni oson aniqlash uchun jadvalda alohida qatorda ko‘rsatdim.
Eng katta farq Sirdaryo viloyatida texnika sohasi uchun bo‘lgan — 49,2 ball oshgan. 2025-yilda Sirdayo viloyati teskari rekord qo‘ygan edi, ya'ni tibbiyot sohasi uchun o‘tish bali naq 80,1 ball tushgan edi. Bu safar esa, aksincha, Sirdaryoda texnika fanlari uchun o‘tish bali 49,2 ballga ko‘tarilgan.
Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin oshgan:
🔺Toshkent (tibbiyot) — 44,5 ball;
🔺Samarqand (texnika) — 34,1 ball;
🔺Namangan (texnika) — 32 ball;
🔺 Surxondaryo (texnika) — 31,1 ball;
🔺Navoiy (tibbiyot) — 28,1 ball.
O‘z navbatida ayrim hududlarda o‘tish ballari tushgan ham. Eng katta ball tushishi Jizzax viloyatida tibbiyot sohasida qayd etilgan — 31,1 ball tushgan. O‘tgan yili Jizzaxda tibbiyot sohasi uchun o‘tish bali 119,1 ball edi, joriy yilda 88 balldan yuqori to‘plagan 63 nafar jizzaxlik qiz tibbiyotga grantga kirgan.
Keyingi o‘rinlarda quyidagi hududlar uchun o‘tish ballari keskin tushgan:
🔻 Toshkent (texnika) — 29,8 ball;
🔻 Toshkent viloyati (tibbiyot) — 27,1 ball;
🔻 Qoraqalpog‘iston (tibbiyot) — 26,6 ball.
❓Nima uchun tavsiyanomasi bor xotin-qizlarga ball qo‘shilmadi?
✅ JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan.
‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️
Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.
Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/24864).
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2026-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from EDU MASTERS
🎓 142 TA YANGI TALABA — BIRGALIKDAGI ULKAN G‘ALABA! 🎉
Bu yil Edu Masters jamoasi uchun unutilmas va faxrli natijalarga boy bo‘ldi. 💙
📚 Bir yil davomida qilingan mehnat, izlanish, sabr va ishonch o‘z samarasini berdi — 142 nafar o‘quvchimiz talaba bo‘ldi! 🏆
Bu raqam ortida esa har bir o‘quvchining orzusi, ota-onalarning ishonchi va ustozlarning fidokorona mehnati turibdi.
Shu quvonchli natijalarni birgalikda nishonlash maqsadida Edu Masters jamoasi tomonidan maxsus tadbir tashkil etildi. 🎊
🎥 Ushbu videoda ana shu unutilmas kunning eng yorqin lahzalari, quvonchli onlar va g‘ururli kayfiyat aks etgan.
142 ta talaba — bu shunchaki raqam emas. Bu — 142 ta orzu, 142 ta g‘alaba va 142 ta yangi kelajak! ✨
Biz hali bundan ham katta marralarni zabt etamiz! 🚀
Edu Masters — bilimdan natijaga! 🎓💙
