en
Feedback
Development-Rivojlanish

Development-Rivojlanish

Open in Telegram

Ushbu kanalda “Development Eduspace” nomli tarbiya hamda ingliz tili uyg’unligida tilni milliy uslubda o’rgatish markazi asoschisi va muallimi, Ustoz Bekzod O’tkurovning shaxsiy mulohazalari va olimlardan keltirgan iqtiboslar

Show more
624
Subscribers
+124 hours
+17 days
-830 days
Posts Archive
🌙Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin!

Эй нафсим, қаршингда тиз чўксам мангу, Ҳеч-да тўхтатмадинг ҳавас-ўйларни. Рамазон ойида тузалмадинг-ку, Қандоқ кучи етсин бошқа ойларни?! @xayrulla_hamidov

🌙 Ramazonning oxirgi kechasi Oxirgi saxarligi Oxirgi kuni Oxirgi iftorlik G’animat… Bir-birimizni duoda unutmaylik!

https://www.instagram.com/reel/DV5R1jxDB8w/?igsh=MXJudTl1bjE5NHd3MQ== Intervyuni to’liq shaklini joyladik! 🤩 Qo’llab turasiz degan umiddamiz!

Men shogirdlarimni bir yaxshi odatga chorlamoqchiman! Bugundan boshlab bema’ni va yengil-yelpi videolarni ko’rishni bas qilaylik. O’zingizni qanchalik kuchli deb hisoblaysiz? Kuchingiz yetarmikin? Yoki yengilasizmi? Bu “challenge” ya’ni chaqiruvni qabul qilsangiz unda, “Men, shogirdingiz Falonchi, bu chaqiruvni qabul qildim” deb yozib qoldiring!

Instagram sahifamizda 9-00dagi guruhning online-speaking darsini kuzatishigiz mumkin!

Repost from Xushnudbek.uz
❗️Millionlab o’zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgan bo’lishi mumkin Bugun, 3-fevral kuni xakerlik yo’li bila
❗️Millionlab o’zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgan bo’lishi mumkin Bugun, 3-fevral kuni xakerlik yo’li bilan olingan ma’lumotlar darknetga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda aytilishicha, davlatning asosiy autentifikatsiya tizimi bo‘lgan OAuth serveri buzib kirilgan va 15 millionga yaqin foydalanuvchiga oid ma’lumotlar o‘g‘irlangan. Ayrim manbalarda raqam bundan kamroqligi aytilmoqda. Kiberxavfsizlik markazi hozirda mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar olib borilayotgani va bu bo’yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi.
“Shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa shaxslarga oshkor etmang. Davlat va boshqa elektron axborot tizimlariga kirishda murakkab login va parollardan foydalaning. Shuningdek, shubhali havolalar orqali o'z ma’lumotlaringizni kiritishdan saqlanishingizni so‘raymiz”, – deya qo’shimcha qilinadi xabarda.
Qo’shimcha ma’lumot: ushbu ma’lumotlar aholini va qishloq xo’jaligini ro’yxatga olish census.stat.uz saytidan olingani haqidagi mish-mishlar noto’g’ri. OAuth autentifikatsiya serveri umuman boshqa tizim bo’lib, undan bir nechta davlat tashkilotlari o’z tizimlarida foydalanuvchilarning shaxsini aniqlashda foydalangan. ❓ Endi nima qilish kerak? 1️⃣ Imkoni bo’lsa, davlat tashkilotlari tizimiga, ayniqsa OneID tizimiga kirishdagi parolingizni almashtiring. 2️⃣ Bundan keyin 15 mln o’zbekistonlikning ma’lumotlarini sotib olgan firibgarlarning kiberhujumi karrasiga oshib ketishi kutilmoqda. Eng yomoni endi firibgarlar siz haqingizdagi juda ko’p shaxsiy ma’lumotlarni biladi va uni o’zingizga ham aytishadi. Shu sababli, mabodo sizga kimdir telefon qilib, bankdanman, tergovdanman, vazirlikdanman desa va nimadir qilishni talab qilsa (ayniqsa, SMS-kodni aytishni), ishonmang. Sizning shaxsingiz haqidagi ma’lumotlarni to’liq aytishsa ham ishonmang. Voy, men haqimda shuncha narsani bilarkan, demak, rostdan ishonchli odam deb o’ylamang. Xullas, o’zingizni ehtiyot tuting. Yaqinlaringizni ham ogohlantiring. Telefon qo’ng’iroqlari yoki Telegram yozishmalariga aldanib qolishmasin. 👉 @xushnudbek 👈