en
Feedback
TRM - Rasmiy kanal

TRM - Rasmiy kanal

Open in Telegram

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rasmiy kanali Rasmiy sahifalarimiz: https://linktr.ee/trmuz 🌐https://trm.uz

Show more
5 162
Subscribers
+324 hours
-437 days
-24730 days
Posts Archive
#Xalqaro_hamkorlik #Raqamli_talim Parijda UNESCO Digital Learning Week 2026 boshlandi 8-sentabr kuni Parijdagi UNESCO bosh qa
+2
#Xalqaro_hamkorlik #Raqamli_talim Parijda UNESCO Digital Learning Week 2026 boshlandi 8-sentabr kuni Parijdagi UNESCO bosh qarorgohida Digital Learning Week 2026 — raqamli ta’lim, yangi texnologiyalar va ta’lim transformatsiyasiga bag‘ishlangan UNESCOning har yilgi yirik tadbirining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil Digital Learning Week “Sun’iy intellekt davrida ta’lim: faktlar, qarama-qarshiliklar va yangi ufqlar” (Education in the Age of AI: Facts | Frictions | Frontiers) mavzusida o‘tkazilmoqda. To‘rt kun davomida tadbir UNESCO bosh qarorgohida 1 000 nafardan ortiq ishtirokchini, shuningdek, onlayn formatda bir necha ming qatnashchini birlashtiradi. Batafsil: https://trm.uz/uz/axborot/yangiliklar/458 — — — — — В Париже стартовала UNESCO Digital Learning Week 2026 8 сентября в штаб-квартире ЮНЕСКО в Париже состоялось официальное открытие Digital Learning Week 2026 — ежегодного флагманского мероприятия ЮНЕСКО, посвящённого цифровому обучению, новым технологиям и трансформации образования. В этом году Digital Learning Week проходит под темой «Образование в эпоху искусственного интеллекта: факты, противоречия, новые горизонты» (Education in the Age of AI: Facts | Frictions | Frontiers). В течение четырёх дней мероприятие объединяет в штаб-квартире ЮНЕСКО более 1 000 участников, а также несколько тысяч участников онлайн. Подробно: https://trm.uz/ru/axborot/yangiliklar/458 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

#MeetUp #Pedagoglar #Metodika Filologiya fanlari pedagoglari uchun “Meet up” muloqot uchrashuvi tashkil etildi Joriy yilning
+2
#MeetUp #Pedagoglar #Metodika Filologiya fanlari pedagoglari uchun “Meet up” muloqot uchrashuvi tashkil etildi Joriy yilning 8-sentabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining filologiya fanlari pedagoglari uchun “Adabiyot darslarida badiiy asarni 5E va 4K modellari yordamida tahlil qilish” mavzusida “Meet up” muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Batafsil: https://test.trm.uz/uz/axborot/yangiliklar/457 — — — — — Для педагогов филологических дисциплин была организована диалоговая встреча «Meet up» 8 сентября текущего года Республиканским научно-методическим центром развития образования для педагогов филологических дисциплин общеобразовательных школ была организована диалоговая встреча «Meet up» на тему «Анализ художественного произведения на уроках литературы с использованием моделей 5E и 4K». Подробно: https://trm.uz/ru/axborot/yangiliklar/457 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

#OAV_biz_haqimizda #Axborot24 | 08.09.2026 Maktab rahbarlari Xitoyda malaka oshirdilar Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamkorligida “Progressiv direktor: liderlik, boshqaruv, transformatsiya” intensiv kursi tashkil etilgan edi. Kurs ishtirokchilari orasidan saralab olingan bir guruh maktab rahbarlari esa malaka oshirishni Xitoyda davom ettirdi. Bu bosqichda nazariy bilimlar bevosita amaliyot bilan uygʻunlashtirildi.
Oʻzbekistonlik direktorlar Tyanszin shahridagi Yinghua akademiyasida maktabgacha va maktab taʼlim jarayonlari boʻyicha taqdimotlar bilan tanishib, sinfni boshqarish, pedagoglar hamkorligi, oʻquvchilar rivoji hamda ota-onalar bilan ishlash tajribasini oʻrgandilar. Dastur doirasida Xitoy va Oʻzbekiston maktab direktorlari forumi ham tashkil etildi.
Jarayon tafsilotlari bilan O‘zbekiston24 telekanalining "Axborot24" dasturi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavha orqali tanishishingiz mumkin. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

📊PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi? OECD tomonida
📊PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi? OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi. Tadqiqotda 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi. O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi. Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi. Tabiiy fanlar bo‘yicha O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi. ↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan. ⌨️Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha: O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram

📊PISA 2025 natijalari e’lon qilinmoqda! Ayni damda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida PISA 2025 x
📊PISA 2025 natijalari e’lon qilinmoqda! Ayni damda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida PISA 2025 xalqaro tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlanish arafasida. 🇺🇿Tadbir davomida O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotidagi natijalari, xalqaro reytingdagi o‘rni va asosiy ko‘rsatkichlari taqdim etiladi. Unda ta’lim sohasi mutaxassislari, xalqaro ekspertlar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. 📍PISA 2025 bo‘yicha eng muhim yangiliklarni biz bilan kuzatib boring! 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram

#haftadayjesti Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi faoliyatidagi haftaning eng muhim voqealari | 02 – 05.09.2026 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

Jizzaxda olis hududlardagi maktablarga avtobuslar topshirildi
Viloyatning olis va chekka hududlarida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 15 ta zamonaviy mikroavtobuslar o’quvchilar uzog‘ini yaqin qiladi.
🌐 Bu haqda batafsil “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvida. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

#Chellenj “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” — ezgu tashabbus Bаg‘dod tumanida davom etmoqda! ✅ Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan boshlangan “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” chellenji Farg‘ona viloyatida davom etmoqda. 🔰Ushbu chellenj doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Shohsanam Maxamadjanova Bаg‘dod tumanidagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga badiiy va ma’rifiy kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi. ➖ Siz ham jonajon maktabingizga kitob sovg‘a qiling! Bizni kuzating Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

Yurtimizdagi barcha umumta’lim muassasalarida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori os
+6
Yurtimizdagi barcha umumta’lim muassasalarida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tantanali tarzda tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi tantanalariga hamohang o‘tkazilgan bayram tadbirlarida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rahbariyati va mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklashdi va ularga ezgu tilaklarini bildirishdi. ➖ Tadbirlar davomida Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari hamda ustoz-murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. ✍️ Shuningdek, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi va darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

📚 Aziz ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalar! Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi jamoasi barchangizni 2-
📚 Aziz ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalar! Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi jamoasi barchangizni 2-sentyabr — Bilimlar kuni hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etadi! Yangi o‘quv yili har bir o‘quvchi uchun yangi bilimlar, yangi marralar va katta orzular sari qo‘yilgan navbatdagi muhim qadam bo‘lsin. Ustozlarimizga sharafli faoliyatida kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyat, o‘quvchilarimizga esa bilim olish yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz. Maktablarimizdan ilm ziyosi, ustoz va o‘quvchilar qalbidan izlanish va bunyodkorlik ruhi hech qachon arimasin. Bilimlar kuni va yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей с
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrikПоздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillikning_35_yilligi 🇺🇿 Aziz vatandoshlar, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillikning_35_yilligi 🇺🇿 Aziz vatandoshlar, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida nishonlanayotgan ushbu qutlug‘ ayyomda yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va farzandlarimizning porloq kelajagi yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha omon, xonadonlarimiz fayz-u barakaga to‘la bo‘lsin. Mustaqilligimizning 35 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

#Axborot24 | #OAV_biz_haqimizda | 30.08.2026 O‘zbekiston – AQSH: ta’limdagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi Joriy yilning 19–26-avgust kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rahbariyati Amerika Qo‘shma Shtatlarida xizmat safarida bo‘ldi. Safar davomida Vashington, Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida yetakchi ta’lim tashkilotlari va universitetlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralarda maktab rahbarlari, pedagoglar va psixologlarning kasbiy rivojlanishi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, STEM, ta’limni raqamlashtirish, sun’iy intellekt, ta’lim sifati hamda ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jarayon tafsilotlari bilan O‘zbekiston24 telekanalining "Axborot24" dasturi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavha orqali tanishishingiz mumkin. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

#haftadayjesti Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi faoliyatidagi haftaning eng muhim voqealari | 24 – 28.08.2026 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

Repost from Rasmiy axborot
🇺🇸 Oregon shtati 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi 📆 AQShning Oregon shtati gubernatori Tina Kot
+2
🇺🇸 Oregon shtati 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
📆 AQShning Oregon shtati gubernatori Tina Kotek 2026-yil 1-sentabrni shtat miqyosida “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” (Uzbekistan Independence Day) deb rasman e’lon qildi. Tegishli proklamatsiya Oregon davlat kotibi Tobias Rid tomonidan ham tasdiqlangan.
Mazkur qaror O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan. Proklamatsiyada mamlakatimizning suverenitetini mustahkamlash, boy madaniy merosini asrab-avaylash, tinchlik va farovonlikni ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni izchil amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlari qayd etilgan. Hujjatda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek, O‘zbekiston–AQSh munosabatlarining savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, ta’lim, toza energetika, turizm va xalqlararo almashinuvlar yo‘nalishlarida kengayib borayotgani e’tirof etilgan.
O‘zbekiston Mustaqilligi kunining AQShning butun bir shtati miqyosida rasman e’tirof etilishi mamlakatimizga bo‘lgan xalqaro e’tibor va O‘zbekiston–AQSh munosabatlari tobora kengayib borayotganining muhim ifodasidir.
📌Ma’lumot uchun, Oregon AQShning Tinch okeani sohilidagi muhim iqtisodiy va texnologik markazlardan biri bo‘lib, shtat aholisi 4,3 milliondan ortiq. Shtatda yuqori texnologiyalar, xususan, yarimo‘tkazgichlar sanoati rivojlangan bo‘lib, Intel kompaniyasining yirik ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi ham shu hududda joylashgan.
Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov ushbu tashabbus uchun amerikalik hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildirdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

#Ilmiy_metodik_kengash #Pedagogika #Inklyuziv_talim Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limiga oid metodik masalala
+2
#Ilmiy_metodik_kengash #Pedagogika #Inklyuziv_talim Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limiga oid metodik masalalar muhokama qilindi Joriy yilning 28-avgust kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi huzuridagi “Inklyuziv ta’lim va psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha Ilmiy-metodik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan o‘quv-metodik resurslar ko‘rib chiqildi. Batafsil: https://test.trm.uz/uz/axborot/yangiliklar/456 — — — — — Обсуждены методические вопросы, касающиеся образования детей с особыми образовательными потребностями 28 августа текущего года состоялось заседание Научно-методического совета по направлению «Инклюзивное образование и психология» при Республиканском научно-методическом центре развития образования. В ходе заседания были рассмотрены учебно-методические ресурсы, направленные на эффективную организацию образовательного процесса для детей с особыми образовательными потребностями. Подробно: https://trm.uz/ru/axborot/yangiliklar/456 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

#Malaka_oshirish #Maktab_rahbarlari #Xalqaro_dastur Xitoyda maktab rahbarlari uchun xalqaro malaka oshirish dasturi yakunland
+6
#Malaka_oshirish #Maktab_rahbarlari #Xalqaro_dastur Xitoyda maktab rahbarlari uchun xalqaro malaka oshirish dasturi yakunlandi Joriy yilning 26–28-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Tianjin shahridagi Yinghua Academyda O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari uchun maktab boshqaruvi va liderlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro malaka oshirish dasturi bo‘lib o‘tdi. Mazkur dastur Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘magida, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida tashkil etildi. Batafsil: https://trm.uz/uz/axborot/yangiliklar/454 — — — — В Китае завершилась международная программа повышения квалификации для руководителей школ 26–28 августа текущего года в Yinghua Academy в городе Тяньцзинь Китайской Народной Республики состоялась международная программа повышения квалификации для руководителей общеобразовательных школ Узбекистана, направленная на развитие навыков школьного управления и лидерства. Данная программа была организована при поддержке Министерства дошкольного и школьного образования в сотрудничестве с Республиканским научно-методическим центром развития образования. Подробно: https://trm.uz/ru/axborot/yangiliklar/454 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

Maktab, bog‘chalar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi. Global iqlim o‘zgarishi
Maktab, bog‘chalar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi. Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi. To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi. Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.
Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,
– dedi Prezidentimiz. Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi. Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi. Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartl
Barcha maktablar xalqaro baholash dasturlari bilan to‘liq qamrab olinadi.   Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi.   Ularda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 millionga yetkaziladi.  
Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmaydi,
– dedi Prezidentimiz.   Kelgusida kamida 10 ta universitetni TOP mingtalikka kiritish katta marra sifatida belgilandi. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

Prezidentimiz bugun mamlakatimiz tarixning yanada mas’uliyatli va hal qiluvchi pallasida turganini, taraqqiyotning mutlaqo ya
Prezidentimiz bugun mamlakatimiz tarixning yanada mas’uliyatli va hal qiluvchi pallasida turganini, taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi.  
Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi,
– dedi davlatimiz rahbari.   Mazkur davrni faqat xalqimizning aql-zakovati, mehnati va birdamligi orqali bunyod etish mumkinligi qayd etildi.   Shu maqsadda kelgusi yillarda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshiriladi.   Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan.   Bolalarning 6 yoshli tayyorlov guruhlariga qamrovi qisqa muddatda 100 foizga yetkaziladi. Xususiy bog‘cha tashkil qilish bo‘yicha mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz