TRM - Rasmiy kanal
Ir al canal en Telegram
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rasmiy kanali Rasmiy sahifalarimiz: https://linktr.ee/trmuz 🌐https://trm.uz
Mostrar más4 988
Suscriptores
-1924 horas
-967 días
+3230 días
Archivo de publicaciones
4 991
#Memorandum
#Hamkorlik
#Logan_universiteti
AQSHning Logan universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 17-iyun kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida AQSHning Logan universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur memorandum ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi, tajriba almashish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yo‘nalishlarida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Batafsil: https://trm.uz/news/17062026?lang=uz
— — — — —
Подписан меморандум о сотрудничестве с Logan University (США)
17 июня текущего года в Республиканском научно-методическом центре развития образования состоялась церемония подписания меморандума о сотрудничестве с Logan University (США).
Данный меморандум направлен на развитие долгосрочного сотрудничества в сферах образования, научных исследований, профессионального развития педагогических кадров, обмена опытом, а также реализации совместных инициатив.
Подробно: https://trm.uz/news/17062026?lang=ru
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
Rasmiy munosabat
Telegram messenjeri orqali tarqalayotgan ushbu ijtimoiy tarmoq sahifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining Ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilxom Siradjevga tegishli emasligini ma’lum qilamiz.
Kuzatuvchilardan rasmiy manbalar va ma’lumotlarga tayanishlarini so‘rab qolamiz.
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
+2
#Hamkorlik
#Xalqaro_trening
#Raqamli_talim
Ta’limni rivojlantirish markazi vakili Madriddagi xalqaro treningda ishtirok etmoqda
Joriy yilning 15–19-iyun kunlari Ispaniyaning Madrid shahrida Cyber4CA xalqaro loyihasi doirasida “Teaching Staff Training” haftaligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur loyiha Erasmus+ KA2 Capacity Building dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Trening Madrid Politexnika universiteti huzuridagi "Escuela Técnica Superior de Ingenieros de Telecomunicación" (ETSIT) bazasida tashkil etilgan.
Batafsil: https://trm.uz/news/16062026?lang=uz
— — — — —
Представитель Центра развития образования принимает участие в международном тренинге в Мадриде
15–19 июня текущего года в городе Мадриде, Испания, в рамках международного проекта Cyber4CA проводится неделя “Teaching Staff Training”.
Данный проект реализуется в рамках программы Erasmus+ KA2 Capacity Building. Тренинг организован на базе Escuela Técnica Superior de Ingenieros de Telecomunicación (ETSIT) при Мадридском политехническом университете.
Подробно: https://trm.uz/news/16062026?lang=ru
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
#OAV_biz_haqimizda
Axborot24 | Ekologik savodxonlik bo‘yicha seminar
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Samarqand shahridagi 94-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Kichik qadamlar — katta o‘zgarishlar: bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida amaliy trening bo‘lib o‘tdi.
Jarayon tafsilotlari bilan “Oʻzbekiston24” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/eOAGAsFroec
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
+2
#Hamkorlik
#Uchrashuv
#Islohotlar
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
Joriy yilning 15-iyun kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Amerikaning Logan University hamda Alfraganus universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://trm.uz/news/15062026?lang=uz
— — — — —
Республиканский научно-методический центр развития образования расширяет международное сотрудничество
5 июня текущего года в Республиканском научно-методическом центре развития образования состоялась встреча с делегацией американского университета Logan University и университета Alfraganus University.
В ходе встречи гостям была представлена подробная информация об основных направлениях деятельности Центра. Также были обсуждены реформы, реализуемые в сфере образования в нашей стране, и вопросы развития международного сотрудничества.
Подробно: https://trm.uz/news/15062026?lang=ru
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
#Intervyu
#Aniq_fanlar
#STEM
🚀 Kosmos sari yo‘l maktabdan boshlanadi: samoni zabt etgan astronavtlar bilan suhbat
🔹 Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan O‘zbekistonga tashrif buyurgan taniqli astronavtlar — Michael López-Alegría va Alper Gezeravchi bilan maxsus intervyu tashkil etildi.
Michael López-Alegría oltita kosmik missiyada ishtirok etgan, orbitada qariyb 300 kun bo‘lgan hamda Xalqaro kosmik stansiyaga qo‘mondonlik qilgan tajribali astronavtdir. Alper Gezeravchi esa Turkiyaning ilk astronavti sifatida Xalqaro kosmik stansiyada ilmiy tajribalar o‘tkazgan.🎙 Suhbat davomida bolalarda kosmos va aniq fanlarga qiziqishni rivojlantirish, STEM ta’limining ahamiyati, yoshlarning o‘z salohiyatiga ishonishi hamda ustozlarning inson hayotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr yuritildi. 🌐 Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/FxkpEHHzdLs 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
Repost from Saida Mirziyoyeva
Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.
Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba.
Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.
Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq.
—
Президент подписал закон, направленный на бескомпромиссную борьбу с наркоторговлей и защиту общества от этой угрозы.
Наркотики разрушают жизни, семьи и здоровье детей. Это прямой удар по генофонду страны и её будущему.
Новый закон учитывает современные способы распространения наркотиков, усиливает ответственность за такие преступления, и особо направлен на защиту несовершеннолетних.
Я взяла этот вопрос под личный контроль.
В этой борьбе нельзя оставаться в стороне. Очень многое зависит и от нас самих: от родителей, школ, махаллей и каждого, кто видит, что происходит рядом.
4 991
4 991
+2
#Ekologik_savodxonlik
#Amaliy_seminar
#Maktabgacha_talim
#Eko_harakat
Samarqandda pedagoglar uchun bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishga bag‘ishlangan amaliy trening bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12-iyun kuni Samarqand shahridagi 94-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Kichik qadamlar — katta o‘zgarishlar: bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida amaliy trening bo‘lib o‘tdi.
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan treningda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari faol ishtirok etdi.
Batafsil: https://trm.uz/news/12062026?lang=uz
— — — — —
В Самарканде состоялся практический тренинг для педагогов, посвящённый формированию экологической культуры у детей
12 июня текущего года в дошкольной образовательной организации № 94 города Самарканда состоялся практический тренинг на тему «Маленькие шаги — большие изменения: формирование экологической культуры у детей».
В тренинге, организованном Республиканским научно-методическим центром развития образования совместно с Управлением дошкольного и школьного образования Самаркандской области, активное участие приняли педагоги дошкольных образовательных организаций.
Подробно: https://trm.uz/news/12062026?lang=ru
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
+2
#Ekologik_savodxonlik
#Amaliy_seminar
#Maktabgacha_talim
#Eko_harakat
Jizzaxda metodistlar uchun bolalarning ekologik savodxonligini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 11-iyun kuni Jizzax shahridagi 36-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Kichik qadamlar — katta o‘zgarishlar: bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Jizzax viloyati metodistlari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari faol ishtirok etdi.
Batafsil: https://trm.uz/news/11062026?lang=uz
— — — — —
В Джизаке состоялся семинар для методистов, посвящённый развитию экологической грамотности детей
11 июня текущего года в государственной дошкольной образовательной организации № 36 города Джизака состоялся практический семинар на тему «Маленькие шаги — большие изменения: формирование экологической культуры у детей».
В нём активное участие приняли методисты Джизакской области, а также воспитатели государственных дошкольных образовательных организаций.
Подробно: https://trm.uz/news/11062026?lang=ru
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
+2
#Ilmiy_metodik_kengash
#Inklyuziv_talim
#Pedagogika
Inklyuziv ta’lim va psixologik qo‘llab-quvvatlash masalalari ilmiy-metodik kengashda muhokama qilindi
Joriy yilning 10-iyun kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida “Inklyuziv ta’lim va psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda inklyuziv ta’lim yo‘nalishida ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmalar va amaliy tavsiyalarning ilmiy-metodik jihatdan asoslanganligi, ularni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari, shuningdek, ta’lim sifati va psixologik xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati atroflicha tahlil etildi.
Batafsil: https://trm.uz/news/10062026?lang=uz
— — — — —
Вопросы инклюзивного образования и психологической поддержки обсуждены на научно-методическом совете
10 июня текущего года в Республиканском научно-методическом центре развития образования состоялось заседание научно-методического совета по направлению «Инклюзивное образование и психология».
В ходе заседания были подробно проанализированы научно-методическая обоснованность разработанных в сфере инклюзивного образования методических пособий и практических рекомендаций, возможности их применения на практике, а также их значение в обеспечении качества образования и психологической безопасности.
Подробно: https://trm.uz/news/10062026?lang=ru
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам обеспечения занятости выпускников организаций высшего образования.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
4 991
4 991
+4
#Metodik_marafon
#Pedagoglar
#Seminar_trening
Xorazm viloyatida navbatdagi “Metodik marafon” tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 5-iyun kuni Xorazm viloyatida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida navbatdagi “Metodik marafon” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir doirasida matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik, o‘qish savodxonligi va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Batafsil: https://trm.uz/news/05062026?lang=uz
— — — — —
В Хорезмской области состоялся очередной «Методический марафон»
5 июня текущего года в Хорезмской области при сотрудничестве Республиканского научно-методического центра развития образования, Министерства дошкольного и школьного образования и Центра педагогического мастерства Хорезмской области состоялось очередное мероприятие «Методический марафон».
В рамках мероприятия были организованы занятия по направлениям математической грамотности, естественно-научной грамотности, читательской грамотности и начального образования.
Подробно: https://trm.uz/news/05062026?lang=ru
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
+5
#Metodik_marafon
#Pedagoglar
#Seminar_trening
Qoraqalpog‘istonda pedagoglar uchun “Metodik marafon” tashkil etildi
Joriy yilning 4-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi hamkorligida navbatdagi “Metodik marafon” tadbiri o‘tkazilmoqda.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha asosiy mashg‘ulotlardan so‘ng hududiy trenerlar ishtirokida alohida muhokamalar tashkil etiladi. Marafonning onlayn shaklda tashkil etilgani hududdagi pedagoglarning keng qamrovli ishtirokini ta’minlash, ularning o‘zaro tajriba almashishi hamda kasbiy rivojlanishi uchun samarali metodik maydon yaratishga xizmat qiladi.
Batafsil: https://trm.uz/news/04062026-1?lang=uz
— — — — —
В Каракалпакстане организован «Методический марафон» для педагогов
4 июня текущего года в Республике Каракалпакстан проводится очередное мероприятие «Методический марафон», организованное совместно Республиканским научно-методическим центром развития образования, Министерством дошкольного и школьного образования и Центром педагогического мастерства Республики Каракалпакстан.
После основных занятий по каждому направлению проводятся отдельные обсуждения с участием региональных тренеров. Организация марафона в онлайн-формате способствует обеспечению широкого участия педагогов региона, обмену опытом между ними, а также созданию эффективной методической площадки для их профессионального развития.
Подробно: https://trm.uz/news/04062026-1?lang=ru
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
+2
#Hamkorlik
#Muhokama
#Mahalliy_talim_guruhi
Ta’lim tizimini rivojlantirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi
Joriy yilning 4-iyun kuni UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasida Ta’lim sohasini muvofiqlashtirish bo‘yicha Mahalliy ta’lim guruhining (LEG) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Shahzodbek Kurbaniyazov ham qatnashib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan nutq so‘zladi.
Batafsil: https://trm.uz/news/04062026?lang=uz
— — — — —
Обсуждены актуальные вопросы развития системы образования
4 июня текущего года в Представительстве ЮНИСЕФ в Узбекистане состоялось очередное заседание Местной группы по координации деятельности в сфере образования (LEG).
В заседании также принял участие директор Республиканского научно-методического центра развития образования Шахзодбек Курбаниязов, который выступил по вопросам повестки дня.
Подробно: https://trm.uz/news/04062026?lang=ru
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
+3
#Seminar
#Hamkorlik
#Baholash
Formativ va summativ baholash bo‘yicha xalqaro tajribaga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi
Joriy yilning 2–3-iyun kunlari A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida JICA va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Ta’lim sifatini takomillashtirish maqsadida ta’lim tadqiqotlari va baholash tizimi salohiyatini kuchaytirish” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Unda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari, tadqiqot guruhi a’zolari hamda tajriba maktablarining 5-sinf matematika o‘qituvchilari hamda tadqiqot guruhi a’zolari ishtirok etdi.
Batafsil: https://trm.uz/news/02062026?lang=uz
— — — — —
Проведен семинар-тренинг, посвящённый международному опыту формативного и суммативного оценивания
2–3 июня текущего года в Национальном институте педагогического мастерства имени А. Авлони в рамках проекта «Укрепление потенциала образовательных исследований и системы оценивания в целях повышения качества образования», реализуемого совместно Японским агентством международного сотрудничества (JICA) и Министерством дошкольного и школьного образования, был организован семинар-тренинг.
В нём приняли участие представители Республиканского научно-методического центра развития образования, ответственные сотрудники Министерства дошкольного и школьного образования, члены исследовательской группы, учителя математики 5-х классов экспериментальных школ, а также члены исследовательской группы.
Подробно: https://trm.uz/news/02062026?lang=ru
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
Repost from TRM - Rasmiy kanal
#diqqat_tanlov
Sizda moliyaviy savodxonlikni o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy yondashuv, o‘ziga xos uslub yoki sifatli o‘quv-uslubiy qo‘llanma bormi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tizimdagi eng iqtidorli va izlanuvchan pedagoglarni aniqlash, ularning ijodiy tashabbuskorligi va izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishning samarali usullarini kashf etish hamda ilgʻor tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish maqsadida “Moliyaviy savodxonlik boʻyicha eng yaxshi oʻquv-uslubiy qoʻllanma” respublika tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga materiallar elektron formatda raqamlitalim.trm.uz platformasi orqali 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi.
Tanlovda maktabgacha, umumiy oʻrta va qoʻshimcha taʻlim tashkilotlari xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, shuningdek, oliy taʻlim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlar tomonidan tayyorlangan ishlanmalar ishtirok etadi.
Gʻoliblar har bir yoʻnalish boʻyicha 1-, 2- va 3-oʻrinlar, shuningdek, 5 ta nominatsiya asosida aniqlanadi hamda maxsus diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Ro'yxatdan o'tish: https://raqamlitalim.trm.uz/financial-literacy
☎️ +998 55 519-02-02 (2120, 2121, 2122)
Moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishga oʻz hissangizni qoʻshing.
Tajribangizni namoyon eting.
Eng yaxshi qoʻllanma muallifiga aylaning!
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
+2
#Seminar
#Xalqaro_tadqiqotlar
#Hamkorlik
Qozogʻiston vakillari uchun PISA xalqaro tadqiqoti boʻyicha trening oʻtkazildi
Joriy yilning 1-iyun kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Qozogʻiston Respublikasi taʼlim sohasi vakillari uchun xalqaro tadqiqotlarga bagʻishlangan interaktiv trening tashkil etildi.
“Taʼlim sifatini monitoring qilish tizimida PISA xalqaro dasturining ahamiyati” mavzusida oʻtkazilgan treningda Oʻzbekistonning xalqaro tadqiqotlardagi tajribasi, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Batafsil: https://trm.uz/news/01062026?lang=uz
— — — — —
Для представителей Казахстана проведён тренинг по международному исследованию PISA
1 июня текущего года в Республиканском научно-методическом центре развития образования был организован интерактивный тренинг, посвящённый международным исследованиям, для представителей сферы образования Республики Казахстан.
В ходе тренинга на тему «Значение международной программы PISA в системе мониторинга качества образования» были обсуждены опыт Узбекистана в международных исследованиях, достигнутые результаты, а также приоритетные задачи на перспективу.
Подробно: https://trm.uz/news/01062026?lang=ru
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
4 991
“Mening niyatim – har bir xonadonga musiqa cholg‘usi kirib borsin, har bir o‘g‘il-qizimiz musiqa chalishni o‘rgansin. Chunki san’atni, musiqani sevgan bolaning qalbi toza, tafakkuri keng bo‘ladi”,– dedi Prezidentimiz. Mutasaddilarga har bir umumta’lim maktabida musiqa va san’at yo‘nalishida kamida 4 tadan to‘garak tashkil qilish topshirildi. Milliy cholg‘u sotib olgan to‘garaklarning 30 foiz xarajati qoplab beriladi.
“Biz ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash haqida gapirganda, imkoniyati cheklangan yoshlarimizni ham unutmasligimiz lozim”,– dedi davlatimiz rahbari. Buning uchun yangi o‘quv yilidan hududlarda “Inklyuziv ijodiy ustaxonalar” tashkil qilinadi. Inklyuziv ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga darsliklar, ijod uchun zarur anjomlar xaridi uchun har yili 30 milliard so‘mdan ajratib boriladi. Madaniyat va san’at sohalari uchun kadr tayyorlash o‘ziga xos ijodiy xususiyatlarga asoslanib tashkil etilishi kerak. Shu bois, yangi o‘quv yilidan ixtisoslashgan maktablarga o‘quvchilar musiqa yo‘nalishida 5-sinfdan, raqs, teatr, san’at bo‘yicha 9-sinfdan qabul qilinadi. Kasbiy ta’lim agentligi tasarrufidagi “Musiqa va san’at”, “Estrada va sirk” texnikumlari Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazilib, ularga oliy maktab maqomi beriladi. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
