Roman-german filologiyasi fakulteti
Open in Telegram
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda Matlabxonova @matlabxonovaa Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Show more1 597
Subscribers
+1224 hours
+3647 days
+53330 days
Posts Archive
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📸 “ENG YAXSHI FOTOALBOM” TANLOVI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar:
• bakalavriat va magistratura talabalari;
• yakka tartibda yoki 2–3 nafardan iborat jamoa shaklida.
📷 Tanlov shartlari:
• har bir ishtirokchi yoki jamoa 1 ta fotoalbom taqdim etadi;
• fotoalbom 10–15 ta fotosuratdan iborat bo‘lishi lozim;
• fotosuratlar ishtirokchilarning shaxsiy ijodiy ishlari bo‘lishi kerak;
• mualliflik huquqiga rioya etilishi shart;
• fotoalbom elektron yoki bosma ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.
🖼 Fotoalbom mavzulari:
umumxalq bayramlari;
milliy qadriyatlar va an’analar;
talabalar hayoti;
universitetda o‘tkazilayotgan madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy tadbirlar.
🏆 Baholash mezonlari:
• kompozitsiya va kadr tanlash mahorati;
• mavzuning mazmunli yoritilishi;
• fotosuratlarning badiiy va estetik sifati;
• ijodiy yondashuv va originallik;
• fotoalbomning umumiy konsepsiyasi.
🪙MUKOFOTLAR
Yakka tartibdagi ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 2 baravari + diplom
🥈 2-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari + diplom
🥉 3-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorida + diplom
Jamoaviy ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 2 baravari
🥈 2-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari
🥉 3-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorida
⭐ Faol ishtirokchilar universitet tomonidan diplom bilan taqdirlanishi, shuningdek hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlanishi mumkin.
🗓️ Tanlov 16-sentabr kuni o‘tkaziladi.
📋 Tanlovning to‘liq nizomi:
Nizom bilan tanishish
✨ Ijodingizni namoyon eting va tanlovda faol ishtirok eting!
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga murojaat qilishlari mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🎙“ENG YAXSHI QO‘SHIQ” TANLOVI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar:
• bakalavriat va magistratura talabalari;
• yakka tartibda yoki 2–5 nafardan iborat jamoa shaklida.
🎶 Tanlov shartlari:
• har bir ishtirokchi yoki jamoa 1 ta qo‘shiq ijro etadi;
• qo‘shiq jonli ijro (live) tarzida ijro etilishi shart;
• chiqish konsert yoki sahna ko‘rinishida taqdim etiladi.
📌Qo‘shiq mavzulari:
Vatan va vatanparvarlik;
milliy qadriyatlar va an’analar;
umumxalq bayramlari;
yoshlar va talabalar hayoti.
🏆 Baholash mezonlari:
• ovoz imkoniyatlari va diapazoni;
• ijro mahorati;
• sahna madaniyati;
• musiqiy asarning mazmundorligi;
• ijodiy yondashuv va artistizm.
🪙 MUKOFOTLAR
Yakka tartibdagi ishtirokchilar:
🥇1-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 2 baravari + diplom
🥈2-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari + diplom
🥉3-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorida + diplom
Jamoaviy ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 2 baravari
🥈 2-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari
🥉 3-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorida
Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra qo‘shimcha nominatsiyalar ham belgilanishi mumkin.
📅 Tanlov 16-sentabr kuni o‘tkaziladi.
📋 Tanlovning to‘liq nizomi:
Nizom bilan tanishish
🎵 Iste’dodingizni namoyon eting va tanlovda faol ishtirok eting!
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga murojaat qilishlari mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Repost from Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента
➡️ O‘zDJTU talabalari uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi
2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 7-sentabrdan boshlab “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yo‘nalishida vaqtinchalik avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
📍 Yo‘nalish bo‘yicha asosiy ma’lumotlar:
🗓 Qatnov boshlanishi: 7-sentabrdan
⏰ Harakat vaqti: 07:00 dan 08:00 gacha (ertalabki tig‘iz vaqtda)
🚌 Avtobuslar soni: 4 ta katta sig‘imli avtobus
🎓 Manzil: avtobuslar talabalarni "Mirzo Ulug'bek" metrosi oldidan O‘zDJTUning har ikkala o‘quv binosiga yetkazadi.
📍 Yo‘nalish:
— “Mirzo Ulug‘bek” metrosi;
— Taxtagul;
— THAY;
— Lutfiy;
— Ko‘kcha Darvoza;
— Zakovat ko‘chalari;
— O‘zDJTU.
Nima uchun yangi yo‘nalish tashkil etilmoqda?
Hozirda O‘zDJTU talabalarining katta qismi universitetga borishda “Chilonzor” metro bekatigacha yetib kelib, undan keyin avtobuslarga o‘tadi. Natijada ertalabki tig‘iz vaqtda ushbu yo‘nalishdagi jamoat transportlarida yo‘lovchilar oqimi ortishi sababli yuklama oshadi.
Yangi vaqtinchalik yo‘nalish orqali talabalar “Mirzo Ulug‘bek” metro bekatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetgacha avtobusda yetib borishlari mumkin bo‘ladi.
Bu talabalarning ertalabki tig‘iz vaqtda universitetga tezroq va qulayroq yetib borishiga, shu bilan birga “Chilonzor” metrosi va unga tutash jamoat transporti yo‘nalishlaridagi yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.
Eslatma: Mazkur avtobuslar faqat ertalabki tig‘iz vaqtda — soat 07:00 dan 08:00 gacha harakatlanadi.
___________________
➡️ Для студентов УзГУМЯ будет запущен временный автобусный маршрут
В связи с началом 2026/2027 учебного года с 7 сентября будет запущен временный автобусный маршрут от станции метро «Мирзо Улугбек» до Узбекского государственного университета мировых языков.
📍 Основная информация о маршруте:
🗓 Начало движения: с 7 сентября
⏰ Время работы: с 07:00 до 08:00 (в утренний час пик)
🚌 Количество автобусов: 4 автобуса большой вместимости
🎓 Пункт назначения: автобусы будут отправляться от станции метро «Мирзо Улугбек» и доставлять студентов к обоим учебным корпусам УзГУМЯ.
📍 Маршрут:
— станция метро «Мирзо Улугбек»;
— улица Тахтагуль;
— ТКАД;
— улица Лутфий;
— улица Кукча Дарвоза;
— улица Заковат;
— УзГУМЯ.
Почему организуется новый маршрут?
В настоящее время значительная часть студентов УзГУМЯ, направляясь в университет, доезжает до станции метро «Чиланзар», после чего пересаживается на автобусы. В результате в утренний час пик пассажиропоток на общественном транспорте по данному направлению увеличивается, что приводит к дополнительной нагрузке.
Благодаря новому временному маршруту студенты смогут доехать от станции метро «Мирзо Улугбек» непосредственно до университета.
Это позволит студентам быстрее и удобнее добираться до учебы в утренний час пик, а также снизить нагрузку на станцию метро «Чиланзар» и прилегающие маршруты общественного транспорта.
Примечание: данные автобусы будут курсировать только в утренний час пик — с 07:00 до 08:00.
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
📢 HURMATLI TALABALAR!
Toshkent shahrida talabalarning kundalik transport harakatini o‘rganish maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
📲 So‘rovnomada:
• universitetingizni tanlang;
• qayerdan yo‘lga chiqishingizni belgilang;
• foydalanadigan transportingizni ko‘rsating;
• yo‘lga chiqish vaqtingizni belgilang;
• so‘rovnomani yuboring.
⏱️ So‘rovnomani to‘ldirish uchun atigi bir necha daqiqa kifoya.
☑ Har bir talaba so‘rovnomani bir marta to‘ldiradi. Zarur bo‘lsa, keyinchalik javoblarini yangilashi mumkin.
Sizning javoblaringiz Toshkent shahrida talabalar transport harakatini yaxshiroq tahlil qilishga yordam beradi.
👇 So‘rovnomada ishtirok etish uchun:
👉 @student_coddbot
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Repost from Ta'limga oid (Perevod)
⚡️To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama?
🟠Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu haqida qisqacha tushuntirib o'tamiz:
🟠Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.
✍️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o'tirmang.
🟠Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak.
📱Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:🌍 @Talimgaoid_perevod
Repost from O'zDJTU | OFIS REGISTRATORI XIZMATLARI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIDA 2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN TO‘LOV-KONTRAKT MIQDORLARI
2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari kesimida belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorlari quyidagi ilovada keltirilgan.
Repost from Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
⚡️Ta'lim krediti haqida muhim ma'lumotlar
1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (14%) ko'ra ajratiladi.
2. Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi.
3. Ta'lim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi.
4. Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi.
5. Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).
6. Ta'lim kreditini har yili olish mumkin.
7. “Superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.
8. Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin.
9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi
10. Taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va my.gov.uz orqali topshirish mumkin.
11. Imtiyozli ta'lim krediti haqida eng so'nggi ma'lumotlarni @nodavlattalim sahifasidan topishingiz mumkin
Ta'lim krediti ajratidigan banklar ro'yxati bu yerda: https://t.me/nodavlattalim/5716
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
+4
🎬 O‘zDJTU va Kadis universiteti hamkorligida yaratilgan hujjatli film xalqaro namoyishini boshladi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Ispaniyaning Kadis universiteti (UCA) o‘rtasidagi akademik va madaniy hamkorlik doirasida yaratilgan O‘zbekistondagi zamonaviy urban musiqa madaniyatiga bag‘ishlangan qisqa metrajli hujjatli film xalqaro auditoriyaga taqdim etildi.
36 daqiqalik film Toshkent va Samarqand shaharlarida suratga olingan bo‘lib, O‘zbekistonda rivojlanib borayotgan urban musiqa, xususan, yoshlar orasida ommalashayotgan rep va R&B madaniyatini yoritadi.
Audiovizual loyiha Kadis universiteti o‘qituvchisi Miguel González Ríos, audiovizual ijodkor Alberto Oliva hamda O‘zDJTU Ispan tili kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari hamkorligida amalga oshirildi.
Loyiha Markaziy Osiyodagi madaniy va tadqiqot tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Ruy González de Clavijo 2024 stipendiyasi doirasida amalga oshirilgan.
Filmning suratga olish va tayyorlash jarayonida O‘zDJTU Ispan tili kafedrasi tomonidan til, tarjimonlik, tashkiliy va ijodiy yo‘nalishlarda ko‘mak ko‘rsatildi. Kafedra o‘qituvchilari Odilbek Xalillayev va Iroda To‘ramurotova loyihaning akademik va tashkiliy jihatdan amalga oshirilishiga hissa qo‘shdilar.
Shuningdek, universitet talabalari Hasanxo‘ja Hamidullayev va Amaliya Karimova film ijodiy guruhida tarjimon sifatida faol ishtirok etib, xorijiy ijodkorlar va mahalliy musiqa vakillari o‘rtasidagi muloqotni ta’minlashga ko‘maklashdilar.
🌍 Film xalqaro festivallarda
Hujjatli film YouTube platformasida ispan tilidan tashqari ingliz, fransuz va rus tillaridagi subtitrlar bilan namoyish etilmoqda.
Ochiq premyerasidan avval film Londondagi Eurasian Creative Guild Film Festival hamda Rimdagi Hip-hop Cinefest xalqaro festivallarining rasmiy dasturlaridan joy oldi.
Mazkur loyiha O‘zDJTU va Kadis universiteti o‘rtasidagi samarali xalqaro hamkorlikning navbatdagi natijasi bo‘lib, O‘zbekistonning zamonaviy musiqa madaniyatini xalqaro auditoriyaga tanitish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro ijodiy loyihalardagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.
🎥 Hujjatli filmni tomosha qilish uchun:
YouTube — Uzbek Urban Music
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
+9
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTUda Gyote instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
4-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov Gyote institutining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Barbara Anna Bernsmeier, Til bo‘limi boshlig‘i Dildora Muxammadaminova, Ta’lim sohasida hamkorlik bo‘limi xodimlari G‘ayrat Hafizov va Sayyora To‘raqulovani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani A. Xalillayev hamda Nemis tili filologiyasi kafedrasi mudiri I. Ziyadullayev ishtirok etdi.
Dastlab mehmonlarga O‘zDJTU faoliyati va so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. I. Tuxtasinov universitetda nemis tilini o‘qitish holati hamda Germaniya oliy ta’lim muassasalari, Gyote instituti, DAAD va Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berdi.
Muloqot davomida Barbara Anna Bernsmeier Gyote instituti faoliyati va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan takliflarini bildirdi. Jumladan, 28-sentabr kuni O‘zDJTUda “DLL – Nemis tilini o‘qitishni o‘rganish” loyihasi yakunlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish, nemis tili bo‘yicha testlarni o‘tkazish hamda universitetda Gyote markazini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Rektor I. Tuxtasinov Gyote institutiga ko‘p yillardan buyon ko‘rsatib kelayotgan amaliy yordami uchun minnatdorchilik bildirdi hamda Gyote markazini tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, nemis tili o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, zamonaviy darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash borasida hamkorlik qilish taklif etildi.
Testlarni tashkil etish masalasida O‘zDJTU qoshida ochilishi rejalashtirilayotgan Gyote markazida testlarga tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘yish va testlarni o‘tkazish taklifi ilgari surildi. Markazda til muhitini yaratishda KOICA tomonidan tashkil etilgan “Koreya ta’lim va madaniyat” markazi tajribasidan foydalanish mumkinligi qayd etildi.
Gyote instituti Til bo‘limi boshlig‘i Dildora Muxammadaminova O‘zDJTU nemis tili o‘qituvchilari uchun maxsus kurslar tashkil etilishi va test to‘lovlariga 50 foiz chegirma berilishini ma’lum qildi. Shuningdek, 15-oktabrga qadar Germaniya OTMlarida stajirovka va malaka oshirish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar topshirish mumkinligi bildirildi.
I. Tuxtasinov nemis tiliga yaqin bo‘lgan golland tilini uchinchi til sifatida o‘quv jarayoniga kiritish taklifini ilgari surdi. Barbara Anna Bernsmeier Gyote institutining Amsterdamdagi vakolatxonasi bilan bog‘lanib, golland tili bo‘yicha mutaxassislarni O‘zDJTUga jalb etish masalasini muhokama qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Mehmonlar Roman-german filologiyasi fakultetiga kuzatib qo‘yildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
+3
2026-yil 2-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish va ta’lim jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan 1-sonli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Hukumat hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi.
Kun tartibida o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini oshirish, talabalar uchun qulay akademik muhit yaratish hamda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokamalar yakunida yangi o‘quv yilida fakultet oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Repost from Ilxomjon Tuxtasinov | Rektor
🟦🟦🟦
Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar! Aziz hamkasblar! Qadrli talaba-yoshlar!
Barchangizni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik kuni mamlakatimiz tarixidagi eng muhim va unutilmas sanalardan biridir. Bu yilgi 35 yillik yubiley bosib o‘tilgan taraqqiyot yo‘lini sarhisob qilish, erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamlash va kelgusi rivojlanish istiqbollarini belgilash nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega.
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida bu yilgi yubiley tadbirlarida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya ilgari surilmoqda. Ushbu g‘oya barchamizni yagona maqsad — tinch va farovon hayot, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz manfaatlari yo‘lida birlashishga chorlaydi.
O‘tgan 35 yil davomida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’lim va ilm-fan sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omiliga aylanmoqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi ham mamlakatimizdagi ta’lim islohotlarining faol ishtirokchisi sifatida o‘z oldiga muhim va mas’uliyatli vazifalarni qo‘yib kelmoqda. Universitetimizda xorijiy tillarni mukammal egallagan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, xalqaro maydonda munosib raqobatlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Aziz talaba-yoshlar!
Sizlarning bilimingiz, intilishingiz va yutuqlaringiz — mamlakatimizning ertangi taraqqiyoti uchun eng katta sarmoyadir. Bugun sizlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, Vatanimiz ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishingizga ishonaman.
Fursatdan foydalanib, universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalari, doktorantlari va bitiruvchilariga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
35 yillik Mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
Yagona Vatanimiz tinch va obod, xalqimiz hamjihat va farovon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ilxomjon Tuxtasinov
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Mustaqilligimizning_35_yilligiga_bagʻishlanadi
“Mustaqillik muborak”
⚡️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Roman-german filologiyasi fakulteti FFRA2318 -guruh talabasi Abdijalilov Nazirbek Yaxshiboy o'g'li tomonidan “Mustaqillik muborak” mavzusida tayyorlangan videolavha.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Talabalar turar joyiga joylashish uchun yo‘llanmalar berilmoqda
Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirgan talabalar uchun yo‘llanmalar berish boshlandi.
2026/2027-o‘quv yilining boshlanish sanalarini inobatga olgan holda, yo‘llanmaga ega talabalar 3-sentabrdan boshlab talabalar turar joyiga kelib joylashishlari mumkin.
O‘quv jarayoni:
🔹 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentabrdan;
🔹 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun — 14-sentabrdan boshlanadi.
Shu munosabat bilan yo‘llanma olgan talabalar o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishini kutmasdan, 3-sentabrdan boshlab TTJga kelib joylashishlari mumkin.
⚠️ Eslatma: Talabalar turar joyiga joylashish tegishli yo‘llanmaga ega bo‘lgan talabalar uchun amalga oshiriladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Bugun 28-avgust, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏Xalqaro komiks o‘qish kuni.
🇲🇽Meksika – Bobolar va buvilar kuni.
🇱🇹Litva – Temiryo‘lchilar kuni.
#muhim_voqealar
🔹1914 – Munavvar qori boshchiligida “Nashriyot” shirkati tuzildi.
🔹1919 – Moskvada Turkiston davlat universiteti tashkil etildi.
🔹1937 – “Toyota” avtomobil kompaniyasi tashkil topdi.
🔹1996 – “Samarqand shahrini “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni e‘lon qilindi.
🔹1998 – “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun.
🔹2009 – Toshkent shahri markazida “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ochildi.
#tavalludlar
🔹1749 – Iogann Volfgang Gyote – nemis yozuvchisi va mutafakkiri, yangi davr nemis adabiyotining asoschisi.
🔹1910 – Tyalling Kupmans – amerikalik iqtisodchi va matematik, Nobel mukofoti sohibi.
🔹1931 – Ro‘zi Choriyev – rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi.
🔹1936 – Fayzulla Ahmedov – aktyor.
🔹1984 – Sara Remer – amerikalik aktrisa va model.
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
+8
#Mustaqillik35
#MustaqillikKubogi
“Mustaqillik kubogi” g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari yakunlandi.
🏆Musobaqalar doirasida basketbol va voleybol sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
🏐 Voleybol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida:
🥇 Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi jamoasi;
🥈Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi;
🥉 Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi.
🏀 Basketbol bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida:
🥇Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi;
🥈 Ingliz tili 1-fakulteti jamoasi;
🥉 Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi.Musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar uchun taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, g‘olib jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi. “Mustaqillik kubogi” universitet jamoasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga qiziqishni oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
❗️❗️❗️❗️❗️
🔔HURMATLI TALABALAR!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoni yakunlandi.
🇺🇿 Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan talabgorlarning hujjatlari va ta’lim grantlarini oluvchi talabalar ro‘yxati universitetning tegishli tartibda vakolatli organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.
📌 Yakuniy natijalar bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:
➡️Bakalavr bosqichi uchun natijalar
➡️Magistratura bosqichi uchun natijalar
🎓 Ta’lim grantiga sazovor bo‘lgan barcha talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz!
⭐️Ushbu yutuq — sizning bilimingiz, izlanishingiz, intilishingiz va mashaqqatli mehnatingizning munosib natijasidir.
✨ Kelgusidagi ta’lim va ilmiy faoliyatingizda ulkan zafarlar, yangi marralar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Repost from Edu - Taʼlim yangiliklari
💵Kontraktni qachongacha to'lash kerak?
Talabalar yillik to'lov-kontrakt summasini teng ulushlarga bo'lib to'lash huquqiga ega. Unga ko‘ra:
✔️ Kamida 25% — talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
15-sentabrgacha.
Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun
1-oktabrgacha (yoki rektor/direktor uzaytirgan muddatgacha);
🔹 Kamida 50% — 1-yanvargacha;
🔹 75% — 1-martgacha;
🔹 100% — 1-maygacha (yoki rektor/direktor uzaytirgan muddatgacha).
⏳ Davlat komissiyasi tomonidan ushbu to'lov muddatlari uzaytirilishi mumkin.💡 Super-kontrakt (tabaqalashtirilgan to'lov): qo'shimcha yoki tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qish istagini bildirgan abituriyent belgilangan muddatlarda birinchi o'quv yili shartlarining kamida 50 foizini bajargandan so'ng, rektor (direktor) buyrug'i bilan talabalikka qabul qilinadi. ⚠️ Moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar to'lov jadvalini mustaqil belgilashi mumkin. Edu - ta'lim yangiliklari✅👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Repost from Edu - Taʼlim yangiliklari
📢 Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi
2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻulotlari soat 08:00 da boshlanadi.Edu - ta'lim yangiliklari✅👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Repost from Ta'limga oid (Perevod)
⚡️Talaba bo'lgan abituriyentlar oliygohlarga qanday hujjatlar berishi kerak?
1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).
📌 Tavsiya: Qaysi oliygohga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Imkon qadar oʻqishga kirgan bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:🌍 @Talimgaoid_perevod
