Roman-german filologiyasi fakulteti
Open in Telegram
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda Matlabxonova @matlabxonovaa Fakultet matbuot kotibi; @suxrobochilov
Show more1 597
Subscribers
+1224 hours
+3647 days
+53330 days
Posts Archive
Bugun 9-sentabr, haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳Xalqaro ta’limni hujumlardan himoya qilish kuni.
🌏Xalqaro Sudoku kuni.
🌏Xalqaro go‘zallik kuni.
#muhim_voqealar
🔹1776 – Shimoliy Amerikadagi 13 koloniya bir davlatga birlashdi, Amerika Qo‘shma Shtatlari nomi paydo bo‘ldi.
🔹1850 – Kaliforniya AQShning 31-shtati bo‘ldi.
🔹1970 – “Jiguli” avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi.
🔹1991 – Tojikiston o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
🔹1996 – “Ma’naviyat va ma’rifat” nashriyoti tashkil etildi.
#tavalludlar
🔹1871 – Gubkin Ivan Mixaylovich – rus geologi, Rossiya neft geologiyasining asoschisi akademik.
🔹1909 – Shojalilov Shoqosim – xonanda va sozanda, O‘zbekiston xalq hofizi.
🔹1922 – Sunnatulla Anorboyev – yozuvchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
🔹1930 – Nadejda Rumyantseva – rus kinoaktrisasi, RSFSR xalq artisti.
🔹1953 – Alisher Usmonov – rossiyalik tadbirkor, milliarder.
🎉 TAVALLUD AYYOMI MUBORAK! 🎉
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori Nazarova Zarnigor Bahodir qizini tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!
✅ Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, qalb hotirjamligi va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
✨ Yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va universitet hayotidagi samarali faoliyatingizda doimo kuch-g‘ayrat, ilhom va zafarlar hamroh bo‘lsin!
💐 Har bir kuningiz quvonchli lahzalarga, ezgu niyatlaringiz esa go‘zal natijalarga boy bo‘lsin!
Repost from O’zDJTU | RGF Yoshlar ittifoqi
🔥 TALABALAR! TAYYORMISIZ?! 🔥
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasiga qabul boshlanishiga juda oz qoldi!
Agar siz:
✅ universitet hayotida faol bo‘lishni;
✅ yangi insonlar bilan tanishib, kuchli jamoa bilan ishlashni;
✅ o‘z g‘oyalaringizni amalga oshirishni;
✅ tadbirlar, loyihalar va kreativ tashabbuslarda o‘zingizni sinab ko‘rishni;
✅ o‘zingizni rivojlantirib, yangi imkoniyatlar sari qadam tashlashni istasangiz — bu jamoa aynan siz uchun!
✅ Bu shunchaki jamoa emas. Bu — g‘oyalar tug‘iladigan, tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanadigan va liderlar shakllanadigan muhit!
📢 Jamoamizga qo‘shilish niyatida bo‘lgan barcha faol, tashabbuskor va kreativ talabalarni ushbu guruhda kutib qolamiz:
https://t.me/+2aOY8GOIxWk0NzYy
Unda bizni kuzatib boring — eng qiziqarli jarayonlar hali oldinda! 🚀
+9
📚 Talabalarga universitet qoidalari tushuntirildi
🇺🇿 8-sentabr kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori P.Jabborova tomonidan fakultetning 1-kurs talabalari uchun universitet Ustavi, Ichki tartib-qoidalari hamda “Odob-axloq qoidalari”ning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbir davomida talabalarga universitetda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, talabalik odobi va madaniyati, ta’lim muassasasida o‘zini tutish me’yorlari hamda talabalarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bizni kuzatib boring ;
📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
1-kurs talabalari uchun universitet hayotining ilk haftalari — yangi muhit, yangi tanishuvlar, yangi mas’uliyat va yangi imkoniyatlar davridir.
🇺🇿🇺🇿 Talabalarning ijtimoiy-psixologik moslashuvini qo‘llab-quvvatlash, guruhda sog‘lom psixologik muhit yaratish hamda o‘zaro muloqotni rivojlantirish maqsadida IPMBIB psixologi Sh. Bo‘stonova hamda Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori Z. Nazarova boshchiligida ochiq osmon ostida psixologik seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi. 🌱
✨ Mashg‘ulot davomida talabalar:
🔹 bir-birlari bilan yaqindan tanishdilar;
🔹 jamoaviy hamkorlik va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirdilar;
🔹 o‘z fikr va his-tuyg‘ularini erkin ifodalash imkoniga ega bo‘ldilar;
🔹 yangi muhitga moslashish jarayonidagi kechinmalarini angladilar;
🔹 o‘zlariga bo‘lgan ishonch va ijobiy munosabatlarini mustahkamladilar.
🤝 Ayniqsa, “Bir qadam oldinga” kabi interaktiv mashg‘ulotlar orqali talabalar bir-biridan farqli bo‘lishiga qaramay, ularni birlashtiradigan umumiy maqsad, qadriyat va kechinmalar ko‘pligini his qildilar.
+4
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti IPMBIB mutaxassisi M. Abdurahmonova tomonidan “Kitob — ma’naviyat va ma’rifat manbai” loyihasi doirasida talabalar bilan birgalikda universitet kutubxonasiga tashrif tashkil etildi.
🔹 Tashrif davomida talabalar universitetimizda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy va qulay shart-sharoitlar, xususan, kutubxona, o‘quv zallari hamda ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
🔹 Talabalarga universitet kutubxonasidagi mavjud adabiyotlardan samarali foydalanish, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha kerakli manbalarni izlab topish va mustaqil ta’lim jarayonida ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif talabalarning universitetimizda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlari, kitobxonlik madaniyatini oshirishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlariga xizmat qildi.
+4
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti IPMBIB mutaxassisi M. Abdurahmonova tomonidan talabalar o‘rtasida fakultet odob-axloq kodeksi, ichki tartib-qoidalar va intizom me’yorlariga rioya qilish yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Talabalarga universitet va fakultet hududida belgilangan odob-axloq qoidalariga amal qilish, dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelish, ichki tartib-intizomga rioya qilish hamda professor-o‘qituvchilar va boshqa talabalar bilan hurmat asosida munosabatda bo‘lish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
+2
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti IPMBIB mutaxassisi M. Abdurahmonova tomonidan talabalar o‘rtasida fakultet odob-axloq kodeksi, ichki tartib-qoidalar va intizom me’yorlariga rioya qilish yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Talabalarga universitet va fakultet hududida belgilangan odob-axloq qoidalariga amal qilish, dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelish, ichki tartib-intizomga rioya qilish hamda professor-o‘qituvchilar va boshqa talabalar bilan hurmat asosida munosabatda bo‘lish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
+5
📚 Talabalarga universitet qoidalari tushuntirildi
🇺🇿 8-sentabr kuni 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori Z. Nazarova tomonidan fakultetning 1-kurs talabalari uchun universitet Ustavi, Ichki tartib-qoidalari hamda “Odob-axloq qoidalari”ning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbir davomida talabalarga universitetda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, talabalik odobi va madaniyati, ta’lim muassasasida o‘zini tutish me’yorlari hamda talabalarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bizni kuzatib boring ;
📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
+8
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🇺🇿🇺🇿 2026-yil 7-sentabr Roman-german filologiyasi fakultetining 1-bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilining ilk kuniga bag‘ishlangan “Ma’rifat darsi” tashkil etildi.
📖 Dars davomida talabalarga mustaqillikning mazmun-mohiyati, mamlakatimiz taraqqiyoti, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni hamda kelajak oldidagi mas’uliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
🏛️ Shuningdek, 1-kurs talabalari universitetning ichki tartib-qoidalari, ta’lim jarayoni, fakultet faoliyati va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
💬 Dars jarayonida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
✅ Tadbir yakunida yangi talabalarga bilim olish, izlanish va o‘z ustida ishlash yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi!
+4
Roman-german filologiyasi fakulteti dekani A. Xalillayev fakultetning kechki ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar bilan uchrashib, ularni samimiy qutladi.
📚 Uchrashuv davomida talabalarga ta’lim jarayoni, fakultetda yaratilgan sharoitlar va talabalar uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
🏛 Shuningdek, 1-kurs talabalari universitetning ichki tartib-qoidalari, ta’lim jarayoni va talabalik hayotiga oid muhim jihatlar bilan tanishtirildi.
🎉 Barcha talabalarimizga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, yuqori natijalar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
+8
Roman-german filologiyasi fakultetida kechki ta`lim shakliga qabul qilingan 1-kurslarni kutib olish tadbiridan lavhalar!
Repost from O’zDJTU | RGF Yoshlar ittifoqi
+5
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
🇺🇿 7-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi hamda fakultet tyutori Z. Nazarova tomonidan “Salom universitet” loyihasi doirasida talabalar bilan birgalikda universitet kutubxonasiga tashrif tashkil etildi.
🔹 Tashrif davomida talabalar universitet kutubxonasida yaratilgan zamonaviy va qulay sharoitlar, o‘quv zallari, mavjud kitob fondi hamda talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
🔹 Shuningdek, talabalarga kutubxonadan foydalanish tartibi, kerakli adabiyotlarni izlab topish, mavjud resurslardan samarali foydalanish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔹 Tashrif davomida talabalar kutubxonadagi badiiy, ilmiy, o‘quv va xorijiy tillardagi adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlari uchun zarur bo‘lgan kitoblarni izlab topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bizni kuzatib boring ;
📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Repost from O’zDJTU | RGF Yoshlar ittifoqi
+6
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
🇺🇿 7-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan talabalar ishtirokida “Talabalar minbari” mavzusida ochiq va samimiy davra suhbati tashkil etildi.
🔹
Davra suhbati davomida Roman-german filologiyasi fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi Sh. Matlabxonova tomonidan talabalarga Yoshlar ittifoqining fakultetdagi faoliyati, asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🔹 Shuningdek, talabalarni qiziqtirayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, universitet hayotida faol ishtirok etish, turli loyihalarda o‘z g‘oyalarini amalga oshirish hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.💬 Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, Yoshlar ittifoqi faoliyatida ishtirok etish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, fakultet hayotini yanada rivojlantirish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida fikr va takliflarini bildirdilar. 🎯 Maqsadimiz — talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish, faol va iqtidorli yoshlarni birlashtirish hamda universitet hayotida yoshlarning munosib ishtirokini ta’minlash! Bizni kuzatib boring ; 📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Repost from Iqtidorli talabalar | OʻzDJTU
📢 ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
🏆 “REKTOR STIPENDIYASI” TANLOVI E’LON QILINADI!
Iqtidorli, bilimli, ilmiy izlanishga intiluvchan hamda universitet hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor stipendiyasi” tanlovi o‘tkaziladi.
👨🎓 TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
✅ Bakalavriatning 2-, 3- va 4-kurs talabalari
✅ Magistraturaning 2-kurs talabalari
⭐️ NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR:
🔹 O‘quv jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish;
🔹 Mutaxassislik fanlarini asosan “a’lo” baholarga o‘zlashtirgan bo‘lish;
🔹 Universitet hayoti, klub va jamoat ishlarida hamda volontyorlik faoliyatida faol ishtirok etish;
🔹 Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish, ilmiy maqola va tezislarga ega bo‘lish;
🔹 Ilmiy jurnallar, konferensiyalar va turli tanlovlarda faol qatnashish;
🔹 O‘zbekiston tarixini bilish;
🔹 Davlat tilini mukammal bilish;
🔹 O‘rganilayotgan xorijiy til bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish.
📁 FAKULTET BOSQICHIDA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR:
1️⃣ Pasport yoki ID-karta nusxasi;
2️⃣ Akademik transkriptdan tasdiqlangan ko‘chirma;
3️⃣ Ilmiy rahbar faoliyat yuritayotgan kafedra bayonnomasi;
4️⃣ Ilmiy (ijodiy ish) rahbarining fikr-mulohazasi;
5️⃣ Dekanat tomonidan tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning tegishli nusxalari;
6️⃣ Xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat. 🏆 TANLOV BOSQICHLARI VA MUDDATLARI: 🥇 1-bosqich — Fakultet bosqichi 📅 2026-yil 14-sentabrdan 17-sentabrgacha 🥈 2-bosqich — Universitet bosqichi 📅 2026-yil 21-sentabrdan 23-sentabrgacha 📝 Universitet bosqichida nomzodlar 2 ta fandan imtihon topshiradilar: 🇺🇿 O‘zbekiston tarixi — 80 daqiqa, 100 ballik tizimda. ✍️ Davlat tilida insho yozish — 60 daqiqa, 100 ballik tizimda. 💰 STIPENDIYA MIQDORI 🏅 “Rektor stipendiyasi” miqdori oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun belgilangan bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida bo‘lib, o‘quv yili davomida har oy to‘lab boriladi.
⚠️ ESLATMA!
Joriy o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, nomli Davlat stipendiyalari yoki “Aleksandr Fanberg” nomli maxsus stipendiya sohibi bo‘lgan talabalar “Rektor stipendiyasi” tanlovida ishtirok eta olmaydi.🔴TANLOV NIZOMI🔴 📣 BILIMINGIZ, ILMIY SALOHIYATINGIZ VA FAOLLIGINGIZNI NAMOYON ETING!
Repost from Iqtidorli talabalar | OʻzDJTU
🇺🇿 ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️🇺🇿
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida MAQOLALAR TANLOVI start oldi.
📚Tanlov mavzulari:
“Ona Vatanimning buyuk farzandlari”
“O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”
“Vatanga xizmat qilish – buyuk maqsadim”
👥 Tanlov ishtirokchilari: Universitetning bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha talabalar. ✍️ Maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar: Muallif tomonidan mustaqil yozilgan bo‘lishi; Dolzarb, tahliliy va ilmiy-ommabop mazmunga ega bo‘lishi; Muallifning shaxsiy fikri, tahlili, xulosasi va takliflari yoritilishi; Akademik halollik talablariga rioya qilinishi (plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi). 🏆 Baholash mezonlari (100 ball): Mavzuning to‘liq yoritilishi – 20 ball Vatanparvarlik g‘oyasining ta’sirchan ifodalanishi – 20 ball Mustaqil va ijodiy yondashuv – 20 ball Tahliliy fikrlash va dalillarning asoslanganligi – 15 ball Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans g‘oyalari bilan bog‘liqligi – 10 ball Mantiqiy izchillik va uslubiy savodxonlik – 10 ball Akademik halollik va rasmiylashtirish – 5 ball 🥇 G‘oliblar: Har bir mavzu bo‘yicha I, II va III o‘rin sohiblari universitet rahbariyatining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi maqolalar universitetning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.🗓Muddat: 09.09.2026 📥 Maqolalarni yuborish manzili: 🌐Telegram: @ITITFTB 🇺🇿Vatan taraqqiyoti – har birimizning daxldorligimizdan boshlanadi! Barcha iqtidorli talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
+9
🟦🟦🟦
Roman-german filologiyasi fakultetida 1-kurslarni kutib olish tadbiri bo‘lib o‘tdi
7-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida 1-kurs talabalarini kutib olish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitetning Sun’iy intellekt va strategik transformatsiya bo‘yicha rektor maslahatchisi Boltabaev Mahmudjon Rustamovich ochib berdi. Shuningdek, fakultet dekani Xalillayev Adilbek Kurambayevich so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida talabalarga omad tiladi hamda fakultetda yaratilgan sharoitlar va istiqboldagi ilmiy loyihalar haqida ma’lumot berdi.
Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, yosh talabalarning ota-onalari ham ishtirok etdi. Yangi o‘quv yilini boshlayotgan yoshlarga samimiy tilaklar bildirildi.Tadbir davomida fakultet rahbariyati, professor o’qituvchilar, tyutorlar tanishtirildi.
Tadbir so‘ngida eng yuqori ko’rsatkich bilan talaba bo‘lgan yoshlar universitet rektori tomonidan imzolangan sertifikat bilan taqdirlandi, ularning ota-onalariga esa universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
📊 Ma’lumot uchun:
2025–2026 o‘quv yilida Roman-german filologiyasi fakultetiga:
• Kunduzgi ta’lim shakliga — 496 nafar,
• Kechki ta’lim shakliga — 117 nafar talaba qabul qilindi.
Bizni kuzatib boring ;
📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📸 “ENG YAXSHI FOTOALBOM” TANLOVI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar:
• bakalavriat va magistratura talabalari;
• yakka tartibda yoki 2–3 nafardan iborat jamoa shaklida.
📷 Tanlov shartlari:
• har bir ishtirokchi yoki jamoa 1 ta fotoalbom taqdim etadi;
• fotoalbom 10–15 ta fotosuratdan iborat bo‘lishi lozim;
• fotosuratlar ishtirokchilarning shaxsiy ijodiy ishlari bo‘lishi kerak;
• mualliflik huquqiga rioya etilishi shart;
• fotoalbom elektron yoki bosma ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.
🖼 Fotoalbom mavzulari:
umumxalq bayramlari;
milliy qadriyatlar va an’analar;
talabalar hayoti;
universitetda o‘tkazilayotgan madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy tadbirlar.
🏆 Baholash mezonlari:
• kompozitsiya va kadr tanlash mahorati;
• mavzuning mazmunli yoritilishi;
• fotosuratlarning badiiy va estetik sifati;
• ijodiy yondashuv va originallik;
• fotoalbomning umumiy konsepsiyasi.
🪙MUKOFOTLAR
Yakka tartibdagi ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 2 baravari + diplom
🥈 2-o‘rin — bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari + diplom
🥉 3-o‘rin — bazaviy stipendiya miqdorida + diplom
Jamoaviy ishtirokchilar:
🥇 1-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 2 baravari
🥈 2-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1,5 baravari
🥉 3-o‘rin — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorida
⭐ Faol ishtirokchilar universitet tomonidan diplom bilan taqdirlanishi, shuningdek hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlanishi mumkin.
🗓️ Tanlov 16-sentabr kuni o‘tkaziladi.
📋 Tanlovning to‘liq nizomi:
Nizom bilan tanishish
✨ Ijodingizni namoyon eting va tanlovda faol ishtirok eting!
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar o‘z fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga murojaat qilishlari mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
