Tarixchi nigohi
Open in Telegram
Shaxsiy fikr, mulohazalar✍️ Iqtiboslar📚 Tarixiy faktlar berib boriladi📜 Qisqasi oʻzimning beshburchak dunyom, gʻalati iqtiboslar, tushunarsiz izohlar🌚
Show more709
Subscribers
+624 hours
+237 days
+1930 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+32
in 0 channels
August '26
+32
in 7 channels
Get PRO
July '26
+26
in 4 channels
Get PRO
June '26
+57
in 3 channels
Get PRO
May '26
+128
in 4 channels
Get PRO
April '26
+106
in 3 channels
Get PRO
March '26
+118
in 5 channels
Get PRO
February '26
+168
in 7 channels
Get PRO
January '26
+90
in 10 channels
Get PRO
December '25
+105
in 6 channels
Get PRO
November '25
+9
in 2 channels
Get PRO
October '25
+8
in 5 channels
Get PRO
September '25
+19
in 1 channels
Get PRO
August '25
+7
in 1 channels
Get PRO
July '25
+7
in 2 channels
Get PRO
June '25
+14
in 0 channels
Get PRO
May '25
+18
in 2 channels
Get PRO
April '25
+32
in 3 channels
Get PRO
March '25
+21
in 3 channels
Get PRO
February '25
+16
in 6 channels
Get PRO
January '25
+36
in 6 channels
Get PRO
December '24
+17
in 1 channels
Get PRO
November '24
+17
in 3 channels
Get PRO
October '24
+14
in 1 channels
Get PRO
September '24
+32
in 5 channels
Get PRO
August '24
+13
in 3 channels
Get PRO
July '24
+15
in 4 channels
Get PRO
June '24
+25
in 2 channels
Get PRO
May '24
+17
in 4 channels
Get PRO
April '24
+21
in 2 channels
Get PRO
March '24
+10
in 2 channels
Get PRO
February '24
+154
in 1 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | 0 | |||
| 09 September | +7 | |||
| 08 September | +15 | |||
| 07 September | +2 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | +5 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
Repost from ●═◄ 𝐊𝐈𝐔𝐓 𝐓𝐚𝐫𝐢𝐱 ►═●
#podcast
Tohiriylar sulolasi (821–873) va Birinchi Renessans davri! 🏛✨
Ushbu podkastimizda Oʻzbekiston va mintaqamiz tarixidagi eng muhim sahifalardan biri — Tohiriylar sulolasi hukmronligi va Sharq madaniyatining gullab-yashnagan davri haqida gaplashamiz. Nima uchun aynan shu davr "Birinchi Renessans" deb ataladi? Davlat boshqaruvi, ilm-fan va madaniyatdagi oʻzgarishlar qanday kechgan? Barchasi haqida qiziqarli va tushunarli tarzda ushbu podkastimizda! Tarixchi ekspert: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Tarix kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Husniddin Mamadaliyev. Moderator: tadqiqotchi Faxriddin Egamberdiyev (@FaxriddinEgamberdiyev). Videoni oxirigacha koʻring, fikrlaringizni izohda qoldiring va kanalimizga obuna boʻling! 🔔
🔗 https://www.youtube.com/watch?v=-Ouw6nmP_u0
| Instagram | Telegram
| Facebook | YouTube
| 2 | Huquqiy ongning inqirozi...
Bu quruq piar va populizmdan boshqa narsa emas. Gaplaridan koʻrinib turibdiki, maqsad ijod emas, balki toʻyda pul ishlash!
Oʻzi aslida oʻzbek estradasini shunga oʻxshab toʻyxona qilib yuborganlar yeb bitirdi.
Muallif oʻlsa ijodi ham u bilan qoʻshilib oʻlmaydi, masalan Sherali Joʻrayev, Tavakkal Qodirov, Muhiddinqori Yoqubovni qoʻshiqlarini hamon eshitamiz, ijodi oʻzlari bilan koʻmilgani yoʻq, bu shunchaki oʻta tor doirada oʻz manfaatidan kelib chiqib aytilgan fikr.
Butun dunyo uchun mualliflik huquqi degan tushuncha bor, bizni qoʻpol qilib aytganda miyasi ogʻilxona saviyali ayrim "ijodkor"larimiz buni qabul qiladimi yoʻqmi bu bir tiyin, mualliflik huquqi toʻgʻrisida avval ham yuqorida yozgan edim.
Bir necha yillar burun ibookda islom dinida mualliflik huquqi mavzusida bir kitob nashri etilishi borasida eʼlonlar paydo boʻlgandi, shundan keyin nashr etildimi yoki yoʻqmi xabarim yoʻq, menimcha nashr etilmay qolib ketdi...
Mabodo nashr etilgan boʼlsa, bu kitobni kengroq targʻib qilish lozim, chunki oʻz manfaati yoʻlida din va populizmdan foydalangan ayrim uddaburonlarga Xudo insof berib, xoh ilmda boʻlsin, xoh sanʼatda koʻchirmakashlik zora kamaysa... | 92 |
| 3 | Daho g'uliyboshi o'z xalqi ruhiyatini chuqur anglagan holda, uning oldiga hech qachon yetib bo'lmaydigan maqsadni belgilab qo'yib, oxiri yo'q yo'ldan ishonch bilan boshqarib boraveradi, yo'l, tabiiyki, tugamaydi.
Ahmad Aʼzam "Roʻyo yoxud Gʻulistonga safar"
@maknunnnnnnn | 135 |
| 4 | 🇺🇿Telegramda manfaat olish mumkin boʻlgan Tarix , Geografiya va boshqa turli sohalarga kanallar jamlanmasini sizlarga taqdim etamiz.
Siz ushbu jildimiz orqali koʻplab bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin.
Kanallarga a'zo boʻlish uchun ushbu yozuv ustiga bosing. | 114 |
| 5 | Ozarbayjonni zabt etish orqali davlat hududini Temur va Shohrux davridagi sarhadlarga yetkazishni maqsad qilgan Sulton Abu Said ushbu harbiy yurish davomida koʻplab strategik xatolarga yoʻl qoʻydi. Chunonchi, u Uzun Hasanni jiddiy raqib sifatida koʻrmagani bois, unga qarshi yetarli darajada ehtiyot choralarini koʻrmadi. Harbiy yurishni tashkil etishda esa qoʻshinning oziq-ovqat, qurol yaroq zaxiralari va boshqa harbiy tadbirlar borasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Mazkur strategik muvaffaqiyatsizlik oqibatida u nafaqat oʻz hayotiga nuqta qoʻydi, balki bir paytlar qudratli saltanat boʻlgan Temuriylar davlatining parchalanishiga va mahalliy bir sulola darajasiga tushib qolishiga ham zamin yaratdi. Dastlab Qoraqoʻyunlilarni, soʻngra Temuriylarni ogʻir magʻlubiyatga uchratgan Uzun Hasan esa Oqqoʻyunlilar davlatini qayta tiklab, saltanat poytaxtini Tabrizga koʻchirdi. Uning bundan keyingi geosiyosiy raqiblari endilikda Mamluklar va Usmonli imperiyalari boʻlajak edi.
"Timurlular" Ensar Macit
@maknunnnnnnn | 235 |
| 6 | SAMARQANDNING UZILMAS QARZI
Samarqanddagi aososiy tarixiy obidalarimiz saqlanib qolgani uchun rus injeneri Emmanuil Matveyevich Gendel (1903–1994) dan minnatdor bo‘lishimiz kerak.
Gendelning eng katta restavratsiya qahramonligi Samarqandda amalga oshirildi. Registon maydonidagi Ulug‘bek madrasasining old tomonidagi ikki minora qulash xavfi ostida edi.
Shimoli-sharqiy minora 1932 yildayoq me’mor M. Mauer va akademik V. Shuxov loyihasi asosida tiklangan edi. Ammo balandligi 32,7 metr bo‘lgan janubi-sharqiy minora 1960-yillarga kelib tik o‘qidan qariyb 1,5 metrga og‘ib ketgandi.
Xorijlik mutaxassislar, jumladan avstriyalik muhandis I. Shreder, minora tanasini ko‘tarib tiklashning iloji yo‘q, ko‘tarish jarayonidayoq qulab tushadi, degan xulosaga kelishgan. Biroq 1965 yilda Gendel muhandis Ye. Nelle hamda Karim Oblaqulov rahbarligidagi besh nafar mahalliy ustadan iborat brigada bilan birgalikda nihoyatda nozik va murakkab operatsiyani amalga oshirdi.
Ikki oy davomida hisob-kitoblar olib borildi, poydevor mustahkamlandi va po‘lat karkaslar o‘rnatildi.
O‘nta gidravlik domkrat yordamida minoraning cho‘kkan tomoni 418 millimetrga ko‘tarildi. Ko‘tarishning eng muhim bosqichi atigi 3 soat davom etdi.
Hosil bo‘lgan oraliq 12 kun davomida temir-beton monolit bilan to‘ldirildi.
Bir necha yil o‘tib, 1972 yilda Gendel Samarqandda yana bir mo‘’jiza yaratdi — shikastlangan Bibixonim masjidi minorasini ham tikladi.
© Jaloliddin Safoyev | 228 |
| 7 | Ulugʻ Temur avlodiman,
Gar boʻlsamda ozari,
Tabarrukdir, ziyoratgoh
Menga oning mozori.
Ulugʻbekning poyin izlab,
Zarafshondan oʻtganman,
Samarqandning tarixini
Yuragimga bitganman.
Maqsud Shayxzoda
@maknunnnnnnn | 229 |
| 8 | Tarixchi olim, proff Shamsiddin Kamoliddinning yozishicha Tojikiston rahbari Emomali Rahmon oʻzini Ismoil Somoniy (849-907) va Xusrav Anushervon bilan taqqoslaydi.
Hatto Ismoil Somoniyning surati ham eʼtibor bergan boʻlsangiz aynan Emomali Rahmon janoblariga qiyosan chizilgan koʻrinadi. 😉
@maknunnnnnnn | 305 |
| 9 | ❗️Qiziqarli Fakt❗️
✨Ulug‘bekning yulduzlar katalogi
Ulug‘bek astronomiya tarixidagi eng muhim asarlardan biri — *Ziji sultoni* ni yaratgan. Bu asar G‘arbda “Ulugh Beg’s Catalogue of Stars” nomi bilan mashhur.
1917-yilda Vashingtonda nashr etilgan va Edward Ball Knobel tomonidan o‘rganilgan ushbu katalogda Ulug‘bek 1018 ta yulduzni qayd etgan. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, shulardan 27 tasi avvalgi manbalardan ko‘chirilgan, qolganlari esa bevosita kuzatishlar asosida tuzilgan.
📝Bundan ko'rinib turibdiki Ulug'bek 1018 ta mas 991 ta yulduzni kuzatgan.
Biroq bu holat katalogning umumiy ilmiy qiymatini kamaytirmaydi. Aksincha, bu Ulug‘bekning ilmiy halolligi va manbalarga tanqidiy yondashganini ko‘rsatadi.
Bu katalog o‘sha davr uchun nihoyatda yuqori aniqlikka ega bo‘lib, ko‘p jihatdan qadimgi yunon astronomi Ptolemey katalogidan ustun turadi.
📚Manba: ULUGH BEG'S CATALOGUE OF STARS
Edward Ball Knobel
Washington 1917 | 272 |
| 10 | Bakalavrni OʻZMU yoki TDSHU (sharqshunoslik)da oʻqishni juda xohlaganman. Baxtga qarshi 2022-yilda tarixni kirish ballari juda baland edi, shu sababdan ikkalasiga ham kira olmaganman. Shunday boʻlsada, uydagilar TDSHUga super-kontrakt qilamiz deb olib kelishgan, lekin TDSHUda sen boshqa universitetlarga oʻqishga kirgansan, borib oʻsha yerda oʻqi deganda ichimdagi togʻlar qulagandi. Super-kontraktga ham qabul qilishmaganda ichikib, qattiq siqilganman.
Oradan 4 yil oʻtdi, bakalavrni bitirdim, magistraturani xususiy universitetda oʻqishni istab, ikkita xususiyga topshirdim. Uydagilarning qistovi bilan nomiga, ularning talabi uchun OʻZMUga topshirib qoʻygandim. Qadar jilvasini qarangki, kechikib boʻlsa-da, OʻZMU talabasi boʻlish arafasidaman😅.
Hayot kutilmagan joydan zarba beradi, baʼzan kutilmagan joydan inʼom qiladi... | 281 |
| 11 | Uzoq yillar Temurbekning bosh munshiysi boʻlib xizmat qilgan Mavlono shayx Shamsiddin Temurning vafotidan keyin isteʼfo beradi, shunda undan nega isteʼfo berganini soʻrashganida, u:
"Men hurmat qilgan yagona inson vafot etdi, uzoq yillar Temurning munshiysi boʻlib xizmat qildim, endi men boshqa bir insonga xizmat qila olmayman, Temurni hurmatidan davlat ishiga chiqmayman. " deya javob beradi.
Manbalarda keltirilishicha, Temur Jazariy hazratlaridan hadis ilmi boʻyicha taʼlim olgan. Temur Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" asarini toʻliq oʻqib tugatadi. Shundan soʻng, Jazariy uni imtihon qiladi va imtihondan keyin unga hadis rivoyat qilishga ijozatnoma yozib beradi. | 360 |
| 12 | Ana endi mening oldimda qiyin tanlov turibdi.
Bir vaqtning oʻzida magistraturaga Oriental, KIUT va OʻZMU ga qabul qilindim. Boshim qotgan, qaysini tanlashni bilmay turibman. Davlatniki yaxshi, xususiy boʻlmaydi degan fikrdan yiroqman ham. Baʼzan bir kelsa qoʻsha-qoʻsha keladi-da 😅 | 314 |
| 13 | 35 yil tarix uchun juda kichik bir muddat... Lekin, bir inson uchun hayotining uchdan biri...
1991-yil 1-sentabr oʻzbek davlatchiligi qayta tiklangan kun. Asrlarning shon-u shavkati, otalarimizning qutlugʻ nomi qaytarilgan kun...
Davlatchiligimiz qayta tiklangan kun-Mustaqilligimiz abadiy va doim oʻzimizniki boʻlsin!
Bu qutlugʻ ayyom barchangizga muborak boʻlsin!
@maknunnnnnnn | 362 |
| 14 | Kutubxonam yana bir nodir manba bilan boyidi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Gʻiyosiddin Alining "Hindiston yurishi kundaligi" Temurbek haqida yozilgan ilk manba sanaladi.
Asarni biroz varaqlab koʻrdim va Temurga nega yoqmaganini sababini tushundim, chunki asar oʻta maqtov va mubolagʻali jumlalarga boy, muallifning oʻzi Temur asarni sodda, ravon va ortiqcha mubolagʻalardan holi ravishda yozishni buyurganini qayd etadi, biroq Gʻiyosiddin Ali Temurni oʻta ulugʻlab yozadi, asar Temurga taqdim etilgach, rivoyatlarga koʻra, Temur uni oʻqib koʻrib, uloqtirib yuboradi.
Asarda yana bir jihat eʼtiborimni tortdi: Gʻiyosiddin Alida va 1420-yillargacha yozilgan manbalarda Temurning tugʻilgan yili qayd etilmagan!.
@maknunnnnnnn | 334 |
| 15 | Tabiatan kimdirni meʼyoridan ortiq maqtash yoki tanqid qilishni yomon koʻraman. Xolislik men uchun asosiy meʼyor.
Kuni kecha Yosh tarixchilarning 5-yozgi oʻqishlari-2026 yakunladik.
Bu yilgi oʻqishlar yanada kengroq mashtabda tashkil qilingan, oʻqishlarda Oʻzbekistondan tashqari Ozarbayjon, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan kelgan vakillar ham ishtirok etishdi.
Avvalo, bir hafta davomida ustozlar master-class darslarini oʻtib berishdi. Surat Kubayevning Turon arxeologiyasi, Odil Zaripovning Turondagi iqtisodiy hayot, Dilnoza Jamolovaning Jadidlar mavzusidagi maʼruzalari menda alohida qiziqish uygʻotdi.
Tashkilotchilar yozgi oʻqishlarni yuqori saviyada yoʻlga qoʻyishgan, darslardan soʻng, kechki madaniy xordiq va sport oʻyinlari tashkil etildiki, bular yoshlarning oʻzaro doʻstlashishi va fikr almashishi uchun ajoyib muhit yaratdi.
Dilnoza Jamolova taklif qilgan, turkiy dunyo tarixchilari oʻrtasidagi tashkilot tuzilishini qoʻllab-quvvatlayman va birinchilardan boʻlib, qoʻshilish tarafdoriman. | 476 |
| 16 | #tarix
Amir Temur davriga kelib, Movarounnahr tarixida birinchi marta pensiya taʼminoti va maoshlar tizimlashtiriladi. U «faqiru miskin, biron kasb qilishga ojiz shol-koʻrlarga nafaqa belgilasinlar»— kabi amr-farmonlar mamlakatning barcha hududlarida amalda boʻlgan. Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy Sohibqiron Amir Temurning bir farmoyishi haqida shunday maʼlumot beradi: «har viloyatdakim, faqiru miskin va darveshu mustahiq boʻlsa yigʻishturub, yillik ozuqa va toʻn va kungalak tanabon va kafsh va etuk va futa va dastor bersunlar va qishlik va yozlik, toʻnlar bersunlar».
📚 Amir Temur diplomatiyasi
✍ Shohista Oʻljayeva
@maknunnnnnnn | 345 |
| 17 | DAVLAT “SIRI” OSHKOR ETILMAYDI
Rossiya xalq artisti, hajvchi Yevgeniy Petrosyan bilan telemuloqot payti shunday savol berildi:
-Siz yaqinda bergan konsertingizda “bizning mamlakatda ahmoqlar juda ko‘p” dedingiz. Ammo, konsertning televideniyeda namoyish etilgan variantida bu gap kesib tashlangan. Buning sababi nimada?
- Chunki, bizda davlat siri televideniye orqali oshkor qilinmaydi.
Jaloliddin Safoyev tarjimasi
@maknunnnnnnn | 418 |
| 18 | Ingliz wikipediasida Temurning tugʻilgan yili sifatida 1320-yil koʻrsatilgan.
Oʻtgan kuni bir tarixchi bilan shu mavzuda kechasi soat birgacha tortishdik. Temurni 1320-yillarda tugʻilgan deydiganlarning ham oʻz asosi bor. Chunki, oʻrta asr arab tarixchilari Temur hijriy 728-yil tugʻilganini yozishgan, masalan, Ibn Arabshohning taʼrifini eslang. U Temurni taʼriflar ekan, 80 yoshlarda ekanini yozadi, shu bilan birga Ibn Tağriberdini asariga ham qaradim, unda ham 728-yil koʻrsatilgan. Biroq, barcha Temuriy tarixchilari Temurni 736-yil (1336) tugʻilganini qayd etishadi.
Avvallari Temurni 8-aprelda tugʻilganmi yoki 9-aprelda deb tortishardik, endi tugʻilgan yilini tortishyapmiz, oxiri oʻzi shunaqa shaxs bormidi deb tortishmasak boʻldi))) | 459 |
| 19 | Shohrux zamonida kumush tanga vazni 4,72 grammga yetdi. Oʻsha davrlarda temuriylar tangasi (tenge-i timurî) bir oltin misqol vaznida ham zarb qilinar edi.
Bu oltin tanga Oʻzbek xonlarining amaldagi (muomaladagi) puliga aylandi. Ushbu davrda maʼlum bir muddat davomida kumush tanga ham unga mos ravishda taxminan 5,2 gramm vaznda Shohrux nomi bilan bosilishda davom etdi.
Shohrux oltin tangasini (tenge-i tala-i Shohrux) zarb davlatlar orasida Qoraqoʻyunlilar ham bor edi. Tilga olingan tanga 849/1446-yilda Bagʻdodda zarb qilingan.
@maknunnnnnnn | 455 |
| 20 | Men eng yomon koʻrgan ish taqlid qilish.
Kimdirning gapirishi, kiyinishi, harakatlariga taqlid qilishni juda yomon koʻraman, taqlid koʻp hollarda insonlarning toʻliq shaxs sifatida shakllanmaganligi oqibatida yuzaga keladi.
Taqlid qilish insonni bir pogʻona koʻtarmaydi, balki bir pogʻonaga tushiradi.
Taqlid qilmaslik uchun inson oʻz ustida ishlashi, shaxs sifatida shakllanishi, oʻzining prinsip, qoidalarini belgilab olishi kerak.
Bizning jamiyatimiz men uchun «taqlidlar jamiyati» boʻlib tuyuladi, boisi, eʼtibor bersangiz odamlarning aksari kimdirlarga taqlid qiladi, televizorda ham odamlarning ongini rivojlantiruvchi dasturlardan ham koʻra qayerdagi, bemaʼni Bollywood batl, aktyor shou, taqlid shou va boshqa taqlidga undovchi koʻrsatuvlar qoʻyiladi.
Ochigʻi, bu koʻrsatuvlar ichida eng bachkanasi Bollywood batl deb oʻylayman, yoshi bir joyga borgan aktyor aktrisalar ham hindcha kiyinib, taqlid qilishi endi, bilmadim hech oʻz darajasiga toʻgʻri kelmasa kerak. | 513 |
