cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Gullayotgan yurak

Muallif: IRODA XOLBEKOVA O'qigan kitoblarim va boshqa ko'plab mavzular haqida o'z fikrlarimni yozib boraman. Boshqa kanallarim: @withkholbekova @mytranslationdiary

Show more
Uzbekistan37 739The language is not specifiedBooks15 375
Advertising posts
736
Subscribers
+124 hours
+707 days
+6330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

3/3 Eshmat faqat kitob o'qiydigan botanik emas, deb aytdim. U judayam qiziq odam. Kitob o'qishdan boshqa hobbilari ko'p. Qo'lida zo'r hunari bor. Yangiliklarni kuzatib boradi, sport bilan shug'ullanadi, u bilan gaplashgan odam zerikmaydi. U bilan deyarli istalgan mavzuda gaplashish mumkin. Faqat uyda kitob o'qib o'tiravermagani sababli sarguzashtsevar inson, ma'lumki undan judayam qiziq voqealarni eshitish ehtimoli katta. Eshmat muomala madaniyatini maromiga yetkazadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bekorga vaqt sarflab, o'zining ham, boshqalarning ham nerviga o'ynab, gnidalik qilmaydi. Xoh yuzma-yuz, xoh online suhbat bo'lsin, suhbatdoshiga hurmati baland. Shaxsiy chegaralarni hurmat qiladi. Unda faqat aql va intellekt emas, farosat ham ishlaydi. Любой joyda o'zini yig'ishtirib yuroladi, shilqim yoki tarbiyasi buzuq emas. Kamiga qayerda bo'lmasin haq-huquqini himoya qiloladi. U bilan bemalol begona joyga ham birga borishdan qo'rqmaslik mumkin yoki bir o'zi qayerga ketsa ham uning to'g'ri va bexatar yurishiga bemalol ishonsa bo'ladi. Eshmat hammani birdek ko'radi, ofitsantga ham, restoran boshlig'iga ham birdek muomala qiladi. Odam ajratmaydi. Xato qilsa, kechirim so'raydi. Yaqinlari bilan kichik muammolar tufayli aloqani uzishga yoki oralaridagi munosabatga putur yetishiga yo'l qo'ymaydi. Muammodan qochishga emas, uni birga hal qilishga harakat qiladi. Eshmat shunaqa zo'r odam. Bugundan boshlab hammamiz Eshmatdek yaxshi inson bo'lamiz. P/s - tugadi shekilli💅 @gullayotganyurak
Show all...
🔥 6❤‍🔥 2😁 1
2/3 Aqlli, ya'ni botanik bo'lmagan kitobxon Endi Eshmatjon yoki Eshmatoy haqida gaplashamiz. U rosayam zo'r odam. Eshmat ham G'ishmat kabi ko'p kitob o'qiydi, lekin u kitobga haddan ortiq yopishib olmagan, hayotidagi hamma narsani balansda ushlashni biladi. Eshmat karyera, oila, ish, o'qish va shaxsiy hayotda ham o'zi o'rnini topgan. Qayerga borsa uni hurmat bilan kutib olishadi. U tashqi ko'rinish oliy o'rinda turmasligini biladi, ammo bu narsani e'tiborsiz ham qoldirmaydi. Sport bilan shug'ullanadi, sog'lom. Kasaldek o'ta ozg'in yoki juda ham semiz emas. Hamma havas ko'zi bilan qaraydigan tanasi bor. U avval bunday tanaga ega emasdi, ammo sport bilan shug'ullanib sog'lig'ini ham yaxshiladi, tashqi ko'rinishini ham. U G'ishmatga o'xshab, odamlar yovuz, ularning qalbi xunuk, faqat tashqi ko'rinishga e'tibor beradi bular, deb nolib o'tirmaydi. Har qanday joyda tashqi ko'rinishga qarab kutib olishlarini anglab, o'z ustida ishlagan. G'ishmat qimmat kiyimga pulim yo'q deydi, Eshmat esa qimmat bo'lmasa-da, hamyonbop ham o'ziga yarashadigan va sifatli kiyinadi. U qayerga nima kiyish kerakligini biladi. Kiyimlarini did bilan tanlaydi. Eshmat kompyuterni bilmaymanda, deb bahona qilmaydi. Ishlarini ilg'or texnologiyalardan unumli foydalangan holda tez va sifatli bitiradi. Garchi kompyuter haqida chuqur bilmasada, ishda o'ziga kerak platforma va dasturlardan foydalanishni biladi. Eshmat o'z o'qiyotgan/ishlayotgan sohasida ilg'or kadr. Internetda doim sohasi haqida yangiliklarni o'qib boradi, turli dasturlarda ishtirok etib, yana qo'shimcha o'qib bilimlarini mustahkamlaydi. Eshmat ona tilim, jon-u dilim, deb qotib qolmagan. O'zbek tilida do'stlari bilan gap sotib o'tirganidek kamida ingliz va rus tillarida ham boplab sayraydi. Voydod, oylik kamda, hech narsamga yetmayapti, deb nolimaydi G'ishmat. Yuqori maosh olish uchun bilimlarini oshiradi, effektiv ishlashda davom etadi. Shu bilan birga unda qo'shimcha daromad manbasi ham mavjud. Kichik bo'lsada, bizneschasi bor. Eplayapti, xullas. p/s - hali tugamadi. @gullayotganyurak
Show all...
🔥 4❤‍🔥 3👍 1
Botanik kitobxonlar haqida 1/2 Kitobxonlarni shaxsan o'zim ikkita toifaga ajrataman: botanik kitobxonlar va botanik bo'lmagan kitobxonlar. Masalan, G'ishmat umuman kitobdan boshini ko'tarmaydi. Kitob o'qib hali zo'r bo'lib ketaman, deb o'ylaydi, afsuski qo'lidan kitob o'qishdan boshqa baloniyam eplolmaydi. U o'qigan shaxsiy rivojlanish haqidagi kitoblarda sport bilan shug'ullanish, tashqi ko'rinish va shaxsiy gigiyenaga e'tibor qilish, kiyinish va muomala madaniyati, yaxshi kadr bo'lish uchun bir nechta chet tillarini bilishi lozimligi, sohasiga doir yangi bilimlar olishdan to'xtamasligi haqida o'qigan. Afsuski botanik va to'nka G'ishmat yoki G'ishmatoy bularning hech qaysiga amal qilmaydi. Yuqorida aytganimdek, u faqat kitob o'qiyverib oyga uchishni ham reja qilgan. G'ishmatning qo'lidan kitob tushmagani bois, oddiygina ofis dasturlaridan foydalanishni ham bilmaydi. Sohasiga doir yangi bilimlar u yoqda tursin, o'zining sohasini нормально o'rganmaydi ham. G'ishmat kam ovqatlanganidanmi yoki chiniqmaganidanmi judayam nimjon. Tashqi ko'rinishi, kiyinish stili ustida ishlamaydi, kamiga unga e'tibor berishmasliklaridan noliydi. To'g'ri, ichki dunyo birinchi o'rinda, ammo odamlarda uning ichki dunyosini titkilab o'tirishga vaqti yo'qligini tushunmaydi. To'nka G'ishmat kamiga ish yo'q, oylik kam, deb yuraveradi. Qo'shimcha daromad manbaalarini yaratishga aqli yetmaydi shuncha kitob o'qigan bo'lsa ham! Kitob o'qish va qahramonlarning kechinmalarini tahlil qilishga yetgan kallasi, negadir boshqa narsalarga kelganda ishlamay qoladi... P/s - davomini endi yozyapman. @gullayotganyurak
Show all...
❤‍🔥 2
Faqat ko'p kitob o'qiydiganlar botanik hisoblanadimi, sizningcha?
Show all...
00:13
Video unavailableShow in Telegram
Ertaga 4:15 gacha turdiiim, mana deb video tashlamasam, 15-qavatga piyoda chiqaman. Gapim gap!
Show all...
🔥 9💅 3😁 2🤷‍♂ 1👏 1
Shu hafta bolalar uchun yozilgan she'rlarimni kanalda ulashmoqchiman. Aniq o'qib feedback beradiganlar, mendirman o'sha deb kommentga yozvorizlarchi. Yozganlarimni o'zim bilan go'rga ob ketish niyatim yo'q ekan, o'ylab qarasam. Shu paytgacha xato qilishdan qo'rqib yozmayotgandim💅.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
O'n olti yoshimda shunaqa hikoya yozaman, deb reja qilgan ekanman, yozolmadim hali. Yozishni boshlasammi yoki hali kutsammi🫠. @gullayotganyurak
Show all...
❤‍🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
10-sinfda yozgan hikoyam ekan😭, yig'layotgan emojini bekordan-bekorga qo'ymadim, rostdan yig'layapman nahotki man yozganman shu hikoyani deb. O'qiysizlarmi?
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Hikoya yozaman, tahrir qilaman. E'lon qilsamchi, deyman, yana o'ylanaman shoshib qo'ymay deb. Dasturlash sohasida o'qiyman, 3ta tilni bilaman, ammo asosiy hobbiyim adabiyot va ijod! Kanalimni ochilganidan beri kuzatadiganlar bo'lsa, bilishadi. 2020-yilda o'zbek tilidan rus tiliga qilgan badiiy tarjimalarim Rossiyadagi "Kamerton", AQShdagi "Чайка", Germaniyadagi "Masterskaya", Ukraina va Qozog'istondagi jurnallar nomini eslolmadim, xullas o'nga yaqin davlatlarda chop etilgandi. O'n olti yosh qizcha uchun zo'r yutuq edi ular. O'zbek tilidan rus tiliga badiiy tarjima qiyin edi, xatolarim ham bo'lgan. Yoshligimda yosh bo'lganman, sizlar havas ko'zi bilan qaraydigan yozuvchilarning asl yuziniyam ko'rganman va ijodkorning faqat ijodini o'rganish kerak, degan fikrga kelganman. Ijodkor bo'la turib, atay aniq fanlarni o'rganayotganim alam qiladi, o'zimdagi iste'dodni ko'mib yashayapman, deb, ammo yangi sohani o'rganyapman, deb xursand bo'laman. Agar mandan saviyali yozuvchi chiqsa, armosiz o'lardim.
Show all...
🔥 6❤‍🔥 3 2