en
Feedback
Manfaatli

Manfaatli

Open in Telegram

Manfaatli Sizga! Postlarimizni manbaa bilan oling❗ . . Murojaat @Ulamolar_hikmatlari_bot

Show more
593
Subscribers
-324 hours
-77 days
-4330 days
Posts Archive
#manfaatli
Hazrati Imom G‘azzoliy rohimahullohning ko‘chada yurish-turish qoidalariga oid nasihatlari
• Yo‘l va ko‘chalarda to‘planishib turmang; • Suhbatlashish uchun do‘konlarni tanlamang; • Odobsiz, tarbiyasiz va badxulq kishilar bilan tortishmang; • Fikr bildirganda: "Bu – mening qarashlarim", deb ayting; • Biror narsa yoki birortasini maqtaganda, oshirib yubormang; • Yaxshi gapga diqqat bilan quloq soling; • Xushbo‘y hidli narsalardan foydalanganda, me’yorni biling; • Ayrim orzular ro‘yobi uchun o‘zingizni o‘tga-cho‘qqa uravermang; • Sizga nisbatan muomala me’yorini buzganlarga ham vazmin bo‘ling; • Boylar saxovati qoshida o‘zingizni zinhor kamsitilgandek his qilmang; • So‘z berdingizmi, bajarishga qat’iylik bilan kirishing; • Faqat va faqat rost gapiring; • Har yerda maqbul so‘z ayting, chiroyli gapirishga harakat qiling; • Vujudingiz rohatini istasangiz, oz yeng va oz iching! • Tinglovchingiz bo‘lgandagina gapiring; • Bitta so‘zni qaytaraverishdan saqlaning; • Hech kimni aldamang, masxaralamang; • Sotgan narsangizni yoqtirmay, qaytarib olib kelishsa, qabul qiling; • Yolg‘on so‘zlashni tajriba qilmang va odatlanmang; • Chanqaganda, suv ichishdan oldin og‘zingizni chayqang; • Bozorda yurganda, hech kimga ozor bermang; • Egasining ruxsatini olmasdan, biroving narsasiga tegmang; • Og‘zingizda luqma bilan gapirmang; • Gapirganda qo‘l, barmoqlar bilan ortiqcha ishorat qilmang. @Manfaatli_sizga

Uchta narsa hech qachon qaytib kelmaydi: Vaqt. Aytilgan so‘z. Imkoniyat! 📍 Uch narsani yo‘qotib bo‘lmaydi: Tinchlik, Umid, G‘urur! 📍Uch narsa qadrli: Sevgi. Ishonch. Halollik! 📍 Uch narsa o‘tkinchi: Mansab. Omad. Barqarorlik! 📍Uch narsa odamni qandayligini aniqlaydi: Mehnat. To‘g‘rilik. Erishilgan natija! 📍 Uch narsa odamni harob qiladi: Kibr. Harom. Zulm! 📍 Uchta gapni aytish qiyin: Seni sevaman. Kechir. Yordam ber! @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

Qiyomatda ko'ramiz demang! ©Shayx Alijon qori @Manfaatli_sizga

PARVARDIGORO! Bizni «alif» uchun ulfat, «ba» uchun barakot, «ta» uchun tavba, «sa» uchun savob, «jim» uchun jamol, «ha» uchun
PARVARDIGORO! Bizni «alif» uchun ulfat, «ba» uchun barakot, «ta» uchun tavba, «sa» uchun savob, «jim» uchun jamol, «ha» uchun hikmat, «xo» uchun xayr (yaxshilik), «dal» uchun dalil, «zal» uchun zakiylik, «po» uchun rahmat, «za» uchun zakot (poklik), «sin» uchun saodat, «shin» uchun shifo, «sod» uchun sidq, «zod» uchun ziyo, «to» uchun tarovat (yumshoqlik), «zo» uchun zafar, «ayn» uchun ilm, «g‘oyn» uchun g‘ino (boylik), «fa» uchun falah (najot), «qof» uchun kurbat, «kaf» uchun karomat, «lam» uchun lutf, «mim» uchun mav’iza, «nun» uchun nur, «vov» uchun vasila, «ha» uchun hadya, «yo- ya» uchun yaqin (ya’ni, qat’iy ishonch) bilan rizqlantirgin. (Amiyn) @Manfaatli_sizga

Ota-onangizni oldilariga borsangiz, muammolar haqida gap ochmang. Iloji boricha o‘tmishdagi qiziq va yaxshi xotiralarni esga solib, suhbatlashishga harakat qiling. Ularning ko‘zlariga qarab turing, qaysi mavzuda gap ochilsa, ko‘zlari chaqnab yuzlariga tabassum yugursa, o‘sha mavzuni davom ettiring. Biron bir yutuqlariingiz haqida gap ketsa, albatta, bunda ularning hissalari katta ekanligini ta’kidlab o‘ting. Siz bilmaysiz, unib-o‘sagan uyingizga borib kelsangiz Onam aytdilar "Bolam sen kelib ketganingdan keyin dadang yaxshi uxlaydilar" deb. Menga bu juda katta mukofotday tuyuldi. Ota-onalarimiz qarib borishyapti. Har bir daqiqa g‘animat. Umrlari uzoq bo‘lsin! Tafakkur qiling! @Manfaatli_sizga

Shayx Ulvondan so'rashdi: – Ilm talab qilib yurgan paytlaringizda sizga foyda bergan eng afzal narsa nima? Shayx javob berdi: — "Quydagi duoni hech tark qilmas edim: اللهم أعني على ذكرك وشكرك وحسن عبادتك Ey Alloh, menga O'zingni zikr qilishga va Senga shukr qilib go'zal ibodat qilishga yordam bergin! Ilm zikrlarning eng ulug'laridan hisoblanadi". Yana aytar edilar: — "O'zimda va ayniqsa ilm talabida mana shu duodan ko'ra barakaliroq narsani ko'rmadim". @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

Payg‘ambarimiz (ﷺ) aytadilar: "Er-xotin bir-biriga mexr ko‘zi bilan qarasa, Alloh ham ularga rahmat nazari bilan boqadi. Bir-birlarining qo‘llaridan tutsalar, barmoqlari orasidan gunohlari to‘kilib ketadi" @Manfaatli_sizga

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍۢ Darhaqiqat, Biz Qur’onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?! 54:17 📖 Ibn Rajab (roziyallohu anhu) aytdilar: “Kishining Alloh taologa yaqinlashadigan eng katta ne’matlari Qur’onni tez-tez o‘qish va tafakkur va tushunib tinglashdir”. @Manfaatli_sizga

▪️Shayton oldingizda turib, iymonnni tark qilishlikka chaqiradi va agar unga itoat qilsangiz–sizdan din ketadi. ▪️Nafs o‘ng tomoningizda turib, gunoh qilishlikka chaqiradi va agar unga bo‘ysunsangiz–sizdan ruhoniyat ketadi. ▪️Havoi-nafs chap tomoningizda turib, shahvatga chaqiradi va agar unga itoat etsangiz–sizdan aql ketadi. ▪️Dunyo ortingizda turib, uni olishlikka chaqiradi va agar unga bo‘ysunsangiz–sizdan oxiratingiz ketadi. ▪️A’zolaringiz atrofingizda turib, gunohlarga chaqiradi va agar ularga itoat qilsangiz–sizdan jannat ketadi. ▪️Alloh taolo qudrati bilan ustingizda turib, jannat va mag‘firatga chaqiradi va agar unga itoat qilsangiz–sizdan yomon amallar ketadi, barcha yaxshiliklarga erishasiz. @Manfaatli_sizga

Farishtalar sening haqqingga duo qiladigan sakkiz holat • Birinchisi: Jamoat namozida birinchi safda hozir bo‘lganingda. • Ikkinchisi: Namoz tamom bo‘lgandan so‘ng masjidda duo qilib o‘tirganingda. • Uchinchisi: Kasal ko‘rgani borgan vaqtingda. • To‘rtinchisi: Alloh yo‘lidagi do‘stingni ziyorat qilganingda. • Beshinchisi: Birodaringni g‘oibda eslab, uning haqqiga duo qilganingda. • Oltinchisi: Insonlarga yaxshilikni ta’lim bergan vaqtingda. • Yettinchisi: Tahoratli holda uyquga yotgan vaqtingda. • Sakkizinchisi: Saharlik tanovul qilayotgan vaqtingda @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

Uxlashdan oldin Rasululloh sallollohu alayhi vasallam quyidagi maʼnoda duo oʻqir edilar: ‎بِاسْمِكَ اللَّهُمَّ أَمُوتُ وَأَحْيَا “Bismika Alloohumma amuutu va ahyaa!” Ma'nosi: 'Allohning ismi bilan tirilib, yana uning ismi bilan o'laman " Alloh uchun yaxshi ko’rgan yaqinlaringizga yuboring! @Manfaatli_sizga 🌔

Bir yigit ijtimoiy tarmoq orqali notanish bir qiz bilan tanishmoqchi bo‘libdi. Aniqrog‘i, u qizni ermak qilmoqchi bo‘libdi. Qizning "shaxsiy"siga "SIZ bilan tanishsak bo‘ladimi?" deb yozibdi. Qizning javobi bunday bo‘libdi: - Albatta, tanishsak bo‘ladi. Meni tanimaysizmi? Men sizning qovurg‘angizdan yaratilgan Havvoman. Menga ozor bermasligingiz, meni sira unutmasligingiz uchun sizning bir bo‘lagingizdan yaratilganman. Men sizning onangiz, opa-singlingiz, qizingiz va xonadoningiz bekasi bo‘lmish ayolingizman. Men "niso", "nur", "mujodala", "maryam" va "taloq" suralariman. Men oyog‘ining ostida jannat bo‘lgan onaman. Men Alloh taolo mening ta’minotimni zimmangizga yuklagani uchun sizdan ikki marta kam meros ajratgan ayolman. Men Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "ayollarga yaxshi muomala qilinglar" deb vasiyat qilgan ayolman. Men agar soliha bo‘lsam solih bo‘lmagan mingta erkakdan yaxshi bo‘lgan ayolman. SIZ agar o‘yin o‘ynamoqchi bo‘lsangiz o‘yin sahifasiga kiring. Men esa, ijtimoiy tarmoqqa Allohni eslatish, Rasulullohning fazilatlarini yoyish va nafslarini Shaytonga qul qilganlarni tartibga chaqirish uchun kirganman. Endi, SIZ o‘zingizni tanishtiring, SIZ kimsiz? Yigitning javobi shunday bo‘ldi: - Men Allohga tavba qilgan gumrohman. Sizni dunyoga keltirgan va tarbiya bergan ota-onangizga rahmat. Manfaatli bo'lgan bo'lsa yaqinlaringizga ham ulashing 🙂👇🏻 @Manfaatli_sizga

#manfaatli Juma namoziga shoshiling❕ @Manfaatli_sizga

O‘zi qo‘riqchi va qo‘riqchiga muhtoj ne’matlar Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) aytdilar: “Ilm moldan yaxshi, chunki molni qo‘riysan, ilm esa seni qo‘riydi. Molni xarj qilsang, tugaydi. Ilmni tarqatganing sayin ziyoda bo‘lib boraveradi, ilm hokimdir, mol esa mahkumdir. Molni yiqqanlar tirikligida halok bo‘ldilar, ulamolar zamonlar osha yashaydilar, tanalari yo‘qolib ketsa ham, asarlari qalblarda barhayotdir”. "Arab hikmatlari va maqollari" kitobidan. @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

- Ummat qabul qila olmaydigan 3 ta fakt..) @Manfaatli_sizga

Kelayotgan sovuq Allohning rahmati bo‘lsin! Qor yoki yomg‘ir yoqqanda o‘qiladigan duo اللهم إني أسألك خيرها وخير ما فيها، وخير ما أرسلت به، ‏وأعوذ‎ ‎بك من شرها، وشر ما فيها، وشر ما أرسلت به “Allohim, Sendan uning yaxshiligi va undagi yaxshilikni hamda uning bizga yuborilishidagi yaxshiliklarni so‘rayman. Sendan uning yomonligi, undagi yomonlik va uning bizga yuborilishidagi yomonliklardan panoh so‘rayman!” @Manfaatli_sizga