cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Manfaatli

Manfaatli Sizga! Postlarimizni manbaa bilan oling❗ . . Murojaat @Ulamolar_hikmatlari_bot

Show more
Advertising posts
593
Subscribers
-824 hours
-197 days
-9630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman! 2-Baqara: 148 - Har kimning yuzlanadigan tarafi bor. U o‘shanga boqadi. Yaxshiliklarga shoshiling. Qayerda bo‘lsangiz ham, Alloh sizlarni jamlaydi. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir. @Manfaatli_sizga
Show all...
❤‍🔥 4 2
00:57
Video unavailableShow in Telegram
Jannatda ham siz bilan birga bo’lishni xoxlayman… © Sardor domla @Manfaatli_sizga
Show all...
IMG_2495.MP44.99 MB
👍 2
#manfaatli Allohga nima deyman😢 @Manfaatli_sizga
Show all...
3.46 MB
🔥 2😢 1😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
Miya o‘smasi hastaligidan azoblanayotgan ayolni kasalxonaga yotqizishdi. Uning o‘g‘li va qarindoshlari ham shu yerda edi. Ayol bir necha soat o‘tib vafot etdi. Uning o‘g‘li kun bo‘yi, toki ovozi qolmaguncha yig‘ladi. Ertasiga tobi qochgan holda uyiga qaytgach onasining yotoqxonasidagi stol ustida qoldirilgan maktubni ku‌rdi. Shuningdek, stol ustida bir nechta tabletkalar ham bor edi. Qo‘li titrab xatni o‘qidi: “Bu dorilarni ichib ol, bilaman shuncha yig‘laganingdan keyin tomog‘ing og‘riyotgan bo‘lsa kerak" Onang! @Manfaatli_sizga
Show all...
💔 9👍 2🔥 2
ABU ZUR’A ROZIY RAHMATULLOHI ALAYHNING GO‘ZAL XOTIMASI..
Imom Abu Zur’a Roziy rahmatullohi alayh katta muhaddis va olim o‘tganlar. U kishiga sanoqsiz hadislar yod edi. U kishi vafotlari arafasida bemor bo‘ldilar. Bir kuni bir necha nufuzli ulamolar va muhaddislar u kishini ziyorat qilish uchun hozir bo‘ldilar. Suhbat mobaynida: "Hazrat, biz sizdan biror hadis eshitishni istaymiz", - dedilar. Imom Abu Zur’a rahmatullohi alayh bemorlik holatida ham hadis aytib berdilar. Uning mazmuni quyidagicha edi: "Kimning oxirgi so‘zi "La ilaha illalloh" bo‘lsa, u jannatga kiradi". Imom Abu Zur’a bu hadisni so‘zlab berish uchun oldin uning sanadini bayon qildilar. Keyin: مَنْ كَانَ آخِرُ كَلَامِهِ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ (Kimning oxirgi so‘zi "La ilaha illalloh" bo‘lsa) dedilar. Lekin hali «» (u jannatga kiradi) jumlasi tillaridan chiqmagan ham edi, jonlari qabz qilindi. ("Siyaru a’lomin-nubalo”, 13/85) Mashaallox, naqadar yaxshi o‘lim, hadis so‘zlab turib «Shaxodat»ni aytdilar. Lekin «» (u jannatga kiradi) ni aytishdan oldin o‘zlari jannatga ketdilar.. @Manfaatli_sizga
Show all...
❤‍🔥 2
بسم الله الرحمن الرحيم🫀 Sen va o‘zimni jannatda o‘tirgan holda ko‘ribman. Dunyoning mahzun kunlarini kulishib eslayotgan ekanmiz... Assalamu alaykum va rohmatillohu va barakatuh! O‘TINCH! Shabonning ilk kunida... Ey Robbim! Meni hayot va uning o‘zgarishlaridan berkit va himoya qil! Ey Allohim! Menga ne’matlaringni, fazlingni va rahmatingni bardavom qil! Ey Allohim! Mening ahvolimni eng yaxshi holga o‘zgartir. Menga oddiy ko‘rinib qolgan va men shukridan g‘ofil bo‘lgan ne’matlarni mendan tortib olma! Ey Robbim! Men qilib so‘ngra unutgan gunohlar bilan meni jazolama. Gunohlarimni avf qil! Ey Allohim! Mening hayotdagi zulmatlarni, yomon o‘zgarishlarni, to‘satdan tushadigan kulfatlarni his qilishimga yo‘l qo‘yma! Ey Robbim! Meni kutilmagan rizqlar ila rizqlantir, aqlimga kelmagan yaxshiliklar ila nasibalantir. Men amri-muhol deya o‘ylagan orzularimni ro‘yobga chiqar! Ey Allohim! Orzu va umidlarimning yaxshisini ber. Men yuradigan har yo‘lda menga tavfiq ato ayla. Ortda qolgan kunlarim eng qiyin kunlarim bo‘lsin. Menga ishlarni qiyin qilma. Har tanglikdan chiqib ketadigan bir yo‘l ko‘rsat. Meni pokiza rizq ila rizqlantir. Menga yashashga, rozi bo‘lishga kuch ber. Jannating ila rizqlantir. Jannatda ne’mat bergan bandalaringga hamroh qil! La havla vala quvvata illa billah! Allohim! Bizga Sha’bonni barakali qilgin. Ramazonga sog‘-salomat yetkazgin! @Manfaatli_sizga
Show all...
🕊 3❤‍🔥 2
O‘lsangiz kim yig‘laydi....? Tasavvur qiling vafot etdingiz... Qanchalik sovuq eshitilmasin, bu bir kun barchamiz boshimizdan o‘tkizadigan va muddatini Alloh taologina biladigan holat... Vafot etdingiz, sizni olib ketishyapti... Sizni vafot etganizni eshitgan borki, keldi... Uyingiz odamga, qadrdonlaringizga limmo-lim to‘ldi...Hamma sizni qanday inson ekanizi eslab ko‘z yosh to‘kmoqda...Va sizni olib borib so‘ngi manzilga kuzatib kelishdi... Siz duolarga istig‘for va Qur’on tilovatiga har doimgidanda ortiqroq, ko‘proq muhtoj bo‘ladigan maskanga... Hamma o‘z uyiga tarqab ketti... Juda og‘ir eshitilsada juda ko‘p insonlar yo‘qligingizga osongina ko‘nikdi va o‘z yumushlari bilan mashg‘ul bo‘lib ketdi... Do‘stlaringiz.. ular sizni ancha vaqtgacha eslab yurishdi... Va hayot... Afsus hayot davom etadi, umr ummoniga, o‘z muammolari va shaxsiy hayotlariga sho‘ng‘ib ketishdi...Endi ular sizni faqat tug‘ilgan kunizda, bayramlarda, suhbat ustida va tushlarida  ko‘rishgandagina eslashadi... Suyganingiz... U ancha vaqtgacha azob chekdi, siz sabab... Ammo hayot, taqdir ...U ham o‘z juftini topib ketdi... Uni shirin xortiralarida qoldingiz... Juda achiq bo‘lsa ham shunday... Siz ketdingiz, hayot davom etaveradi... Faqat, faqat ba’zi insonlar uchun hayot o‘z manosini yo‘qotib qo‘ydi ... Onangiz... siz sabab ko‘z yosh to‘kmagan, yuragi o‘rtamagan kun qolmadi... Alamdan uyqusiz o‘tgan kunlari kamdek, ozgina, bir lahzagina ko‘zi ilinsa, tushlarida ham sizni ko‘rib,yostig‘i nam bo‘lmagan tunlari qolmadi... Atrofida shuncha farzandlari bor... Lekin 10 ta bo‘lsa ham hech biri sizni o‘rningizni u uchun bosa olmaydi, Kiyimlaringizni quchib hidingizni tuygandek bo‘ladi..Kòchadan o‘tib ketayotgan do‘stlaringizni ko‘rib sizni ko‘rgandek bo‘ladi... Bir kunda bir lahzada qarib, sochlari oppoq bo‘lib qoldi... Otangizni ham onangizni ham... Butun umr yuragida kemtik bilan, azob bilan yashaydi endi... Butun umr duolariga ismingizni qo‘shib o‘tadi endi... Faqat ular emas... Akangiz, ukangiz opa singlingiz... Dasturxon ustida sizni o‘rningiz bo‘sh ekanligini ko‘rib, ko‘z yoshini qanday yashirishni bilmay qiynaladigan jigarlaringiz... Urushsangiz qattiq gapirganizda ham sog‘inib yashaydigon qondoshlaringiz... Sizni hech kimga hech qachon alishmaydigan oilangiz... Tasavvur qildingizmi? Balki siz ham men kabi ko‘z yoshlaringizni tiya olmagandirsiz.. Endi o‘zingizga keling, siz hayotsiz (siz tiriksiz) sizda yana bir kun yana bir imkon bor... Sizdan keyin o‘rningizni hechkimga alishmaydiganlarni va unutmaydiganlarni qadrlang... Otangiz... Onangiz.. Jigarlaringizni avaylang..ularni o‘rinlarini va qiymatlarini alishtirib qo‘ymang... Yaqinlaringiz baxtiga umringiz uzoq bo‘lsin... Hozir meni gaplarimdan kimningdir jahli chiqqandir kimgadir ta’sir qildimi bilmadimu, lekin bu gaplardan keyin kimdir o‘z yaqinlarini yoniga borib ularga menga keraksizlar deya ayta olar balki.. @Manfaatli_sizga
Show all...
🕊 3❤‍🔥 1
بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم🫀
Show all...
❤‍🔥 3
Sa’d ibn Muoz roziyalloxu anhu. 30 yoshida musulmon bo‘ldi. 36 yoshida vafot etdi. Bor yo‘g‘i 6 yil Islomda yashadi, lekin Islomga shunday hizmat qildiki hatto vafot etganida Rahmonning Arshi titradi.. Biz necha yildan beri Мусулмонмиз.? Va Islomga qanday hizmat qildik…?? Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar: "Sa’d ibn Muozni janozasi oldimizda edi, Nabiy sallallohu alayhi vassallam: "Uning vafoti tufayli Rahmonning arshi titradi" - dedilar". (Muslim rivoyati: 2466) Hadisga izoh: Ibn Hajar rahimahulloh "Fathul boriy"da aytadilar: "Uning ruhi kelayotganidan hursand bo‘lib titragan". (7/134) @Manfaatli_sizga
Show all...
👍 2😢 2💯 1
BILASIZMI❓❗️ 1⃣. Qur’oni karim 30 poradan iborat. 2⃣. Suralari soni 114 ta. 3⃣. Qur’on 6236 ta oyatni o‘z ichiga olgan. 4⃣. Atoning fikriga ko‘ra, Qur’oni karim 77439 ta so‘zdan tashkil topgan. 5⃣. Ibn Abbos so‘ziga qaraganda, Qur’onda 323671 ta harf qatnashgan. 6⃣. Unda 8804 ta zamma. (U) 7⃣. 53242 ta фатҳа.(А) 8⃣. 39582 ta kasra. (I) 9⃣ 1771 ta mad (cho‘zish). 🔟. 1252 ta tashdid alomati. 1⃣1⃣. 134550 ta nuqta ishlatilgan. 1⃣2⃣. Qur’ondagi eng katta-uzun sura - BAQARA. 1⃣3⃣. Qur’ondagi eng kichik sura - KAVSAR. 1⃣4⃣. Qur’ondagi eng uzun oyat - BAQARA surasining 282-oyati (qarz oyati). @Manfaatli_sizga
Show all...
👍 3💯 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.