en
Feedback
Manfaatli

Manfaatli

Open in Telegram

Manfaatli Sizga! Postlarimizni manbaa bilan oling❗ . . Murojaat @Ulamolar_hikmatlari_bot

Show more
593
Subscribers
-324 hours
-77 days
-4330 days
Posts Archive
بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

Kechki duo ✨🌙 َعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّاتِ مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ A’uuzu bikalimaatilatillahit taammaati min sharri
Kechki duo ✨🌙 َعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّاتِ مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ A’uuzu bikalimaatilatillahit taammaati min sharri ma xolaq Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kishi kelib: «Ey Rasululloh, kecha meni chayon chaqib oldi», dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kech kirganida: «A’uuzu bikalimaatillahit taammaati min sharri ma xolaq», desang, senga hech narsa zarar bermaydi», dedilar. Ma’nosi: «Allohning hamma kalimalari bilan U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman» (Muslim rivoyati). Boshqa rivoyatda esa: «Shu duoni kech kirganda 3 marta o`qigan kishiga tunning zarari etmaydi» deyilgan. (Termiziy, Ahmad, Nasoiy, va Ibn Moja rivoyati) @Manfaatli_sizga

Ertaga hayotni sinovlari juda og'ir, tayyor turing☝️ © Sardor domla @Manfaatli_sizga

7. Kim Allohning valiyyi, do‘sti bo‘lishni istasa, Allohga taqvo qilsin: “Ogoh bo‘lingkim, Allohning do‘stlariga xavf yo‘qdir va ular mahzun ham bo‘lmaslar. Ular iymon keltirganlar va taqvo qilganlardir”, Yunus surasi, 62 – oyat. 8. Bilingki, Allohga taqvo qilishga tavsiya barcha avvalgilaru oxirgilarga bo‘lgan tavsiyadir: “Batahqiq, sizdan oldin kitob berilganlarga ham, sizga ham: «Allohga taqvo qilinglar», – deb tavsiya qildik”, Niso surasi, 131 – oyat. @Manfaatli_sizga

Kim ilm istasa, Allohga taqvo qilsin: 1. “Allohga taqvo qiling. Va Alloh sizga ilm beradir”, Baqara surasi, 282-oyat. 2. Kim
Kim ilm istasa, Allohga taqvo qilsin: 1. “Allohga taqvo qiling. Va Alloh sizga ilm beradir”, Baqara surasi, 282-oyat. 2. Kim rizq istasa, Allohga taqvo qilsin: “Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadi. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur”, Taloq surasi, 2-3 oyatlar. 3. Kim ishlarida yengillik istasa, Allohga taqvo qilsin:  “Kim Allohga taqvo qilsa, U Zot uning ishida osonlik qilib beradir”, Taloq surasi, 4-oyat. 4. Kim  haq bilan botilni tanib olishga tavfiq istasa, Allohga taqvo qilsin: “Ey iymon keltirganlar! Agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon qilib beradi”,  Anfol surasi, 29 – oyat. 5. Kim oxiratda najot istasa, Allohga taqvo qilsin:  “So‘ngra taqvo qilganlarga najot beramiz va zolimlarni unda tiz cho‘kkan hollarida qoldiramiz”,  Maryam surasi, 72 – oyat. 6. Kim jannat istasa, Allohga taqvo qilsin:  “Ana o‘sha – bandalarimizdan taqvodor bo‘lganlariga meros qilib beradigan jannatimizdir”. Maryam surasi, 63 – oyat. @Manfaatli_sizga

Hasan Basriy aytdilar: - Istig‘for aytadigan kishini Alloh azoblaydi deb o‘ylamayman. - Nima uchun? - deyishdi. - Isig‘for aytishni uning ko‘ngliga kim soldi? - dedi. - Alloh, - deyishdi. - Qanday qilib o‘zi kechirim so‘rashga undab, yana azoblashi mumkin?! - dedi. وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيُعَذِّبَهُمْ وَأَنْتَ فِيهِمْ ۚ وَمَا كَانَ اللَّهُ مُعَذِّبَهُمْ وَهُمْ يَسْتَغْفِرُونَ. «Modomiki ular istig‘for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblamas». (Anfol surasi 33-oyat). @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

Romantika nima? Romantika - bu siz Qurʼon oʻqiyotganingizda ayolingiz koʻz yoshlarini toʻkib tinglashidir; Romantika - bu tunda namoz oʻqish uchun ayolingiz sizni ohista uygʻotishidir; Romantika - bu siz imom, ayolingiz muqtadiy boʻlib tahajjud namozini oʻqishingizdir; Romantika - bu ayolingiz bilan birga qoʻllaringizni duoga ochib, solih farzand soʻrashingizdir; Romantika - bu bir-biringizni tushuna bilishingizdir; Romantika - bu ota-onangiz xizmatida ayolingiz bilan shay boʻlib turishingizdir; Romantika - bu farzandingizga birgalikda Qurʼon oʻqishni oʻrgatishingizdir; Romantika - bu qarigan chogʻingizda Qurʼon oʻqish uchun koʻzoynagingizni izlaganingizda ayollingiz topib berishidir; Romantika - bu Alloh uchun bir-biringizni sevishingizdir; Haqiqiy romantika - bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollari bilan oʻrtalaridagi munosabatdir. @Manfaatli_sizga 🌝

Ali karramallohu vajhahu kichik eshik oldiga yetib kelganlarida, Ibn Muljim unga tashlanib, xanjar sanchdi. Shunda Olloh rozi
Ali karramallohu vajhahu kichik eshik oldiga yetib kelganlarida, Ibn Muljim unga tashlanib, xanjar sanchdi. Shunda Olloh rozi bo‘lsin, Alining qizi Ummu tashkariga chiqib dedi: «Vo ajab! Bu nimasi?! Erim — amirul mo‘minin (Umar roziyallohu anhu) bomdod namozi paytida o‘ldirilgan edi. Endi ayni shu mahal otam (Ali roziyallohu anhu)ning xam joniga qasd qilindi!»Rivoyat qilinadi: «Ibn Muljim pichoq sanchgan paytda Ali karramallohu vajhaxu dedilar: «Ka’baning Rabbiga qasamki, men g‘olib bo‘ldim».Muhammad ibn Alidan rivoyat kilinadi: «Joniga qasd etilganidan so‘ng hazrati Ali o‘g‘illariga vasiyat qildilar. Keyin oxirgi nafaslarigacha «La ilaxa illalloh»dan o‘zga so‘zni tilga olmadilar». 📚Imom G'azzoliy "O'limni eslash" @Manfaatli_sizga

Abu Xurayra vafoti (Ibrat oling) Abu Xurayra kasali og‘irlashib qolganida qattiq yig‘ladi Undan so‘rashdi: “Seni nima xafa qildi, ey Abu Xurayra?” “Men sizlarni ushbu dunyolaring uchun yig‘layotganim yo‘q. Balki yo‘lim uzoq va sarmoyam ozligi uchun yig‘layapman. Men yo‘lni chetida, oxiridaman. U tomonla meni yoki Jannat, yoki Jaxannam kutmoqda. Qayerda mening makonim ekanligini bilmayman!”. Uning xabarini olib kelgan Marvon ibn Xakam shunday dedi: “Ey Abu Xurayra Alloh senga shifo bersin!” U javoban: “Allohim men sen bilan uchrashishga mushtoqman! Uchrashishimni tezlatgin”. Marvon Abu Xurayrani uyidan chiqib ulgurmay, u jon taslim qildi. Alloh Abu Xurayra roziyallohu anxuga Islom va musulmonlariga qilgan yaxshiliklari uchun mukofotini oliy qilsin! @Manfaatli_sizga

📚Rasululloh ﷺ dedilar: «Agar farzand o‘ng qo‘li bilan chap qo‘lini tanisa, namozga buyuring» ✍Abu Dovud rivoyati. @Manfaatli
📚Rasululloh ﷺ dedilar: «Agar farzand o‘ng qo‘li bilan chap qo‘lini tanisa, namozga  buyuring» ✍Abu Dovud rivoyati. @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

Zakotning maqomi haqida! © Shukurulloh domla @Manfaatli_sizga

#manfaatli O’ynading Kulding Yig’lading Yeding-ichding Ranjitding Gunoh qilding Tavba qilding Yana gunoh qilding Namozni tark
#manfaatli O’ynading Kulding Yig’lading Yeding-ichding Ranjitding Gunoh qilding Tavba qilding Yana gunoh qilding Namozni tark qilding Allohni unutding… “Allohga nima deyman” dedingmi? Ranjigan ko’ngillar haqqini o’yladingmi? Yetimlar haqqini o’yladingmi? Omonatlar haqqini o’yladingmi? Zulmlaring uchun beradigan javobingnichi? Haromdan topilgan davlat haqqinichi? O’lim senga jon tomiringdan ham yaqin bo'lsa, Alloh senga shoh tomirlaringdan ham yaqindir... Balki hozir Balki 1 soatdan keyin Balki 1 soniya Hafta, kun, yil… Sen Unga qaytasan! Kech ekanligini bilganingda vaqt orqaga qaytmaydi! Allohga taqvo qiling, va o'lmasingizdan oldin unga qayting! @Manfaatli_sizga

#duo 🤲 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday duo qilar edilar: “Allohim, Sendan (bergan) ne’mating zavol topishi, ofiyating (notinchlikka) almashinishi, to‘satdan keluvchi azobing va barcha g‘azabingdan panoh berishingni so‘rayman!” (Imom Muslim rivoyati). اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ زَوَالِ نِعْمَتِكَ، وَتَحَوُّلِ عَافِيَتِكَ، وَفُجَاءَةِ نِقْمَتِكَ، وَجَمِيعِ سَخَطِكَ Allohumma inniy a’uzu bika min zavali ni’matika va tahavvuli ’afiyatika va fuja-ati niqmatika va jamiy’i saxotika @Manfaatli_sizga

Qur'oni karimni 7-kunda hatm qilish uslubi! Kun 1! fotiha surasidan Niso surasi 74-oyatgacha. Kun 2! Niso surasi 75-oyatdan A'rof surasi 155-oyatgacha. Kun 3! A'rof surasi 156-oyatdan Ra'd surasi 5-oyatgacha. Kun 4! Ra'd surasi 6-oyatdan Anbiyo surasi 90-oyatgacha! Kun 5! Anbiyo surasi 91-oyatdan Rum surasi 50-oyatgacha. Kun 6! Rum surasi 51-oyatdan Zuxruf surasi 10-oyatgacha. Kun 7! Zuxruf surasi 11-oyatdan An-Nas surasigacha! "Keling Qur'on yodlaymiz" kitobidan📚 @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

Musulmonning kofirdan farqi@Manfaatli_sizga

Birlashgan o'zar, Birlashmagan to'zar!!! @Manfaatli_sizga
Birlashgan o'zar, Birlashmagan to'zar!!! @Manfaatli_sizga