Manfaatli
Open in Telegram
Manfaatli Sizga! Postlarimizni manbaa bilan oling❗ . . Murojaat @Ulamolar_hikmatlari_bot
Show more593
Subscribers
-324 hours
-77 days
-4330 days
Posts Archive
593
Sura: Fotiha oyat: 5
إِيَّاكَ نَعۡبُدُ وَإِيَّاكَ نَسۡتَعِينُ
Faqat Sengagina ibodat qilamiz va faqat Sendangina yordam so‘raymiz.
593
Aql bilan til o'rtasida shunday qarama-qarshilik bor: aql kichraygan sari til uzunlashib boraveradi.
@Manfaatli_sizga
593
Qiyomat kuni to‘rt toifa inson to‘rt zotga muhtoj bo‘ladi:
1. Boylar Sulaymon ibn Dovud alayhimassalomga muhtoj bo‘lishadi. Boylar: “Ey Rabbimiz, bizning boyligimiz ko‘p edi, boyligimiz bizni Senga ibodat qilishdan to‘sib qo‘ydi”, deyishadi. Shunda Alloh taolo: “Sulaymon sizlardan ham boy edi, lekin uning boyligi Menga ibodat qilishdan to‘smadi”, deydi.
2. Qullar Yusuf alayhissalomga muhtoj bo‘lishadi. Ular Alloh taologa: “Bizning qulligimiz Senga ibodat qilishdan to‘sdi”, deyishadi. Alloh talo: “Yusuf ham qul edi. Lekin uning qulligi Menga ibodat qilishdan to‘smadi”, deydi.
3. Faqirlar Iso alayhissalomga muhtoj bo‘lishadi. Ular Alloh taologa: “Bizning faqirligimiz Senga ibodat qilishdan to‘sdi”, deyishadi. Alloh taolo: “Iso juda faqir edi. Lekin uning faqirligi Menga ibodat qilishga mone bo‘lmadi”, deydi.
4. Kasallar Ayyub alayhissalomga muhtoj bo‘lishadi. Ular: “Kasalligimiz tufayli senga ibodat qila olmadik”, deyishadi. Alloh taolo: “Ayyub ham juda og‘ir xasta edi, lekin uning xastaligi Menga ibodat qilishga g‘ov bo‘lmadi”, deydi.
Qiyomat kuni hech bir bahona, vaj, uzr qabul qilinmaydi. Shu bois har bir banda oxirat tadorigini ko‘rib borishi, ezgu ishlarning payida bo‘lishi zarur. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: “Hisob-kitob qilinmasdan avval o‘zlaringizni hisob-kitob qilinglar”, degan.
"Musulmon uchun 30 va’z" kitobidan.
@Manfaatli_sizga
593
#duo
Farzandlari namozxon bo‘lishini so‘rash duosi
﴿رَبِّ اجْعَلْنِي مُقِيمَ الصَّلَاةِ وَمِنْ ذُرِّيَّتِي رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَاءِ﴾
O‘qilishi: “Robbij’alniy muqiymas solaati va min zurriyyatiy Robbanaa va taqobbal du’aai”.
Ma’nosi: “Robbim! Meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin. Robbimiz, duoni qabul etgin” (Ibrohim surasi, 40-oyat).
@Manfaatli_sizga
593
Sabr - o'zi achchiq lekin natijasi go'zal dori kabidir.
Allohim, bizga go'zal sabr ato qilgin!
@Manfaatli_sizga
593
#manfaatli
Eslab qoling:
— ribo (foiz puli) kirgan xonadonda huzur-halovat bo‘lmaydi;
— harom luqma kirgan xonadondan solih-soliha nasl chiqmaydi;
— ota-onaga hurmat bo‘lmagan xonadonda baraka bo‘lmaydi;
— qarindoshlar bilan aloqa uzilgan xonadonda duo qabul bo‘lmaydi;
— er-xotinlar bir-biriga muloyim bo‘lmagan xonadonda ofiyat bo‘lmaydi;
— bomdod namozi o‘qilmagan xonadonni Alloh taolo muhofaza qilmaydi.
@Manfaatli_sizga
593
❄️ QOR PARCHASINI KO‘RIB, TAFAKKUR QILING!
🌨 Osmondan chayqalib tushayotgan qor uchqunlarining shakli betakrordir. Qor zarralarining birortasi boshqasiga o‘xshamaydi.
✍️ Balki shuncha qor zarralari orasida bitta-ikkita o‘xshashlari bo‘lsa kerak, degan gumonga borarsiz. Yo‘q, bir-biriga o‘xshash ikki qor zarrasini hech topolmaysiz!
☝️ Robbimiz har bir qor zarrasini boshqasidan farqli shakl va o‘lchovda yaratgan.
☪️ "Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir" (Nahl surasi, 11-oyat).
593
Sura: Fotiha oyat: 2
ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ
Hamd olamlarning Robbi – Allohgadir.
593
📿USHBU ZIKR 100-MARTA O‘QILSA OG‘IR GUNOHLAR KЕCHIRILADI (INSHAALLOH)
"Astag‘firulloh al aziym allaziy la ilaha illa huva al hayyul qayyum va a’tuvbu ilayh"
© Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
@Manfaatli_sizga
593
Alloh bergan umrni rohat va salomatlikda yashash uchun Payg‘ambarimiz quyidagilarga albatta amal qilishimizni buyurganlar:
1. Doimo halol-pokiza ovqatlarni iste’mol etish.
2. Taomni juda issiq ham, juda sovuq ham yemaslik.
3. Uzoq chaynab, shoshilmay yeyish.
4. Ovqatdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish.
5. Dasturxonga ishtahali holatdagina kelish, ko‘p taom yemaslik.
6. Ovqatlanish davomida ko‘p suyuqlik ichmaslik.
7. Qishda ko‘proq yog‘li, yozda esa yengilroq ovqatlar va ko‘katlarni tanovul qilish.
8. Xurmoni ko‘p iste’mol etish.
9. Uzum, xurmo va zaytun Allohga shukr etishimizda sihat va quvvat beradi.
10. Charchagan paytlar shirinlik yeyish.
11. Siniq idishdan foydalanmaslik.
12. Dasturxon ustida yaxshi kayfiyatda bo‘lish, yolg‘iz ovqatlanmaslik.
13. Taomdan so‘ng duo o‘qib Allohga shukr qilish.
14. Har oyda bir kun ro‘za tutish, toki ichki a’zolar dam olsin.
15. Asal yeb turish, u ming dardga davodir.
16. Sut ichib, ustidan baliq yemaslik, chunki bu qonni buzadi. Qur’oni karimning hech bir hukmi zamonaviy ilmga zid kelmaganidek, Payg‘ambarimizning (alayhissalom) bu tavsiyalari ham tibbiyotning o‘zgarmas qonunlari kabi yashab, isbot topib kelayotgani sir emas.
"Hidoyat" jurnalidan
@Manfaatli_sizga
593
#duo
🤲 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday duo qilar edilar: “Allohim, Sendan (bergan) ne’mating zavol topishi, ofiyating (notinchlikka) almashinishi, to‘satdan keluvchi azobing va barcha g‘azabingdan panoh berishingni so‘rayman!” (Imom Muslim rivoyati).
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ زَوَالِ نِعْمَتِكَ، وَتَحَوُّلِ عَافِيَتِكَ، وَفُجَاءَةِ نِقْمَتِكَ، وَجَمِيعِ سَخَطِكَ
Allohumma inniy a’uzu bika min zavali ni’matika va tahavvuli ’afiyatika va fuja-ati niqmatika va jamiy’i saxotika
@Manfaatli_sizga
593
Sura: Fotiha oyat: 1
بِسۡمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحۡمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
Rohman va Rohiym Allohning nomi ila (boshlayman).
@Manfaatli_sizga
