en
Feedback
Manfaatli

Manfaatli

Open in Telegram

Manfaatli Sizga! Postlarimizni manbaa bilan oling❗ . . Murojaat @Ulamolar_hikmatlari_bot

Show more
593
Subscribers
-324 hours
-77 days
-4330 days
Posts Archive
1- Kim tumorni foyda yoki zarar yetkazadi, deb osib olsa shirk akbar ya'ni, katta shirk amalini qilibdi, chunki bu kishi Allohdan boshqasi ham foyda va zarar beradi, deb e'tiqod qiladi, ammo tumor foyda yoki zararga sabab bo'ladi desa kichkina shirk qilgan bo'ladi. 2- Tumor osish mumkin emas. Shu o'rinda agar tumor Qur'ondagi oyatlardan iborat bo'lsachi? degan savol tug'ilishi mumkin. Bu masalada ulamolar ixtilof qilishgan, ba'zilari joiz, ba'zilari joiz emas deyishgan. Joiz emas deganlarning dalili: *Tumor osib olgan odam, tumor bilan nopok o'rinlarga kirib oyatlarni xorlashga sabab bo'ladi ; *Tumor osgan odamning qalbi Allohga emas, balki tumorga bog'lanadi; *Ko'pchilik, tumorlarni Qur'on oyatlaridan iborat deb o'ylashadi, lekin tumor oddiy qog'oz yoki ba'zi najosatlardan iborat bo'lishi mumkin; 3- Shuningdek bu xukmga darvoza, sayyora va boshqa narsalarga ko'z tegmasin, deb osilgan tumor, katta yoki kichik hajmdagi Qur'on, latta va munchoqlar ham kiradi.

+1
#manfaatli Tumor, ko'zmunchoq va shunga o'xshash narsalarni osish hukmi❕ Alloh taolo Zumar surasing 38-oyatida shunday deydi: "Ayting: Endi xabar beringlarchi, sizlar Allohni qo'yib duo-iltijo qilayotgan butlaringiz- agar Alloh menga biron ziyon yetkazishni istasa -o'sha butlar U Zotning ziyonini arita oluvchilarmi? Yoki Alloh menga biron marhamat qilishni iroda qilsa, o'sha butlar u zotning marhamatini ushlab qoluvchilarmi? Ayting: Menga Allohning o'zi yetarlidir. Tavakkul qiluvchi-suyanuvchi zotlar yolg'iz unga tavakkul qilurlar". Imom Axmad Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kim tumor taqsa, Alloh uning ishini oxiriga yetkazmasin", dedilar. Boshqa rivoyatda esa: "Kim tumor ossa shubhasiz shirk amalini qilibdi", dedilar. Imom Termiziy Abdulloh ibn Ukaym roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kim biron narsaga bog'lansa Alloh taolo uni tashlab qo'yadi", dedilar. @Manfaatli_sizga

#duo 🍃Bosh og‘rig‘i, isitma va boshqa og‘riqlarda o‘qiladigan duo 📔Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barcha kasalliklarga va isitma chiqqanida: بِسْمِ اللهِ الكَبِيرِ نَعُوذُ بِاللهِ العَظِيمِ مِنْ شَرِّ عِرْقٍ نَعَّارٍ وَمِنْ شَرِّ حَرِّ النَّارِ 📖O‘qilishi: «Bismillahil kabiyr, na’uzu billahil ’aziym, min sharri ’irqin na’’ar, va min sharri harrin nar», deb aytishni o‘rgatar edilar. 🔖Ma’nosi: Buyuk Allohning ismi bilan boshlayman. Ulug‘ Allohning nomi ila tomirdan shovullab oquvchi qonning yomonidan va do‘zax o‘tining yomonidan panoh tilayman. ©Ibn Sunniy rivoyatlari @Manfaatli_sizga

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم🫀

Allohim, barchamizga o'zing rozi bo'ladigan bandalaring ila ulfat qilgin. Seni eslatib turguvchi solih va soliha do'st ato et. Amiyn🤲🏻 @Manfaatli_sizga

ٱتَّبِعُواْ مَن لَّا يَسْــَٔلُكُمْ أَجْرًۭا وَهُم مُّهْتَدُونَ Sizdan ajr-haq so‘ramaydigan, o‘zlari hidoyatda bo‘lgan shaxslarga ergashing! [Yasin:21] @Manfaatli_sizga 🌱

#duo 🍃GUNOHLARNI TAKR ETISHGA YORDAM BO‘LUVCHI DUO اللّهمّ مغفرتك أوسع من ذنوب و رحمتك أرجي عندي من عملي. 📖O‘qilishi: Alloohumma mag‘firotuka avsa’u min zunuubiy va rohmatuka arjaa ’indiy min ’amaliy. 🔖Ma’nosi: Ey Alloh! Sening mag‘firating mening gunohlarimdan kengroqdir va Sening rahmating mening nazdimda amalimdan umidliroqdir. @Manfaatli_sizga

ASLO UMIDNI UZMANG! Maryam onamiz o‘z qornida bir payg‘ambarni ko‘tarib turganini bilmagani uchun: “Qani edi, mana shundan (tug‘ishdan) oldin o‘lsam va butunlay unutilib ketsam edi”, deganlar. (Maryam surasi, 23-oyat) Ha, sizni qayg‘uga botirgan ba’zi g‘am-tashvishlar goho yashirin ravishda o‘zi bilan  shunday ajoyibotlarni olib keladi-ki, ko‘rib hayratda qolasiz. Shuning uchun g‘am-tashvish uzoq davom etib qolsa ham aslo umidni uzmang! "Xikmatlar chashmasi"dan @Manfaatli_sizga

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم🫀

#manfaatli Tirik jonzotlar rasmini chizgan har bir kimsa do'zaxiydir‼️ @Manfaatli_sizga

مَآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْقُرْءَانَ لِتَشْقَىٰٓ Senga Qur’onni badbaxt bo‘lishing uchun nozil qilganimiz yo‘q. [Toxa:2] @Ma
مَآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْقُرْءَانَ لِتَشْقَىٰٓ Senga Qur’onni badbaxt bo‘lishing uchun nozil qilganimiz yo‘q. [Toxa:2] @Manfaatli_sizga

#duo ✅Qayg‘u kelganda o‘qiladigan duo: حَسْبِيَ اللَّهُ لا إِلَـهَ إِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ 📖O‘qilishi: “Hasbiyalloh. Laa ilaaha illaa huva ’alayhi tavakkaltu va huva Robbul-’arshil-’aziym”. 🔖Ma’nosi: Alloh menga kifoya qiluvchidir. Undan o‘zga (haq) iloh yo‘q. Unga tavakkal qildim va U ulkan arshning Robbidir. (Yetti marta aytiladi). @Manfaatli_sizga

Odamlarni ayblamang! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimki, birodarini tavba qilib bo‘lgan biror gunohi tufayli ayblasa, toki o‘zi ham o‘sha gunohni qilmagunicha vafot etmaydi" dedilar (Imom Termiziy rivoyati). Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar: "Agar biror banda gunoh ish qilgan bo‘lsa, keyin u o‘sha gunohdan tavba qilsa, uni "sen shunday gunoh qilgan eding" deya uni qayta-qayta o‘sha gunohda ayblashingizni Alloh taolo yoqtirmaydi. Alloh taolo aytadiki: "Men uning gunohini berkitdim va avf qilib yubordim. Men uning gunohini nomai a’molidan o‘chirdim. Endi, unga e’tiroz bildiradigan va u gunohda ayblaydigan sen kimsan? Agar sen ayblasang, u holda Biz seni u gunohga mubtalo qilamiz". Shuning uchun biror musulmonning aybini fosh qilish yoki gapirish va uni tarqatish juda og‘ir gunohdir. @Manfaatli_sizga

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم🫀

Repost from Manfaatli
Kechki duo ✨🌙 َعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّاتِ مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ A’uuzu bikalimaatilatillahit taammaati min sharri
Kechki duo ✨🌙 َعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّاتِ مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ A’uuzu bikalimaatilatillahit taammaati min sharri ma xolaq Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kishi kelib: «Ey Rasululloh, kecha meni chayon chaqib oldi», dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kech kirganida: «A’uuzu bikalimaatillahit taammaati min sharri ma xolaq», desang, senga hech narsa zarar bermaydi», dedilar. Ma’nosi: «Allohning hamma kalimalari bilan U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman» (Muslim rivoyati). Boshqa rivoyatda esa: «Shu duoni kech kirganda 3 marta o`qigan kishiga tunning zarari etmaydi» deyilgan. (Termiziy, Ahmad, Nasoiy, va Ibn Moja rivoyati) @Manfaatli_sizga

"Va men juda mag'firatliman". - (Qur'on 39:53) @Manfaatli_sizga

#manfaatli ☝️Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarga amal qilishimizni buyuradilar: ☝️Doimo toza ovqatlarni yeng. ☝️Juda issiq va juda sovuq yemang. ☝️Ko‘p chaynab, sekin yeng. ☝️Ovqatdan oldin va keyin qo‘llaringizni yuving. ☝️Doimo ovqatdan ishtahali bo‘lib turing, ko‘p yemang. ☝️Ovqat yeyish davomida ko‘p suv ichmang. ☝️Qishda biroz ko‘proq yog‘li ovqatlar, yozda esa yengilroq ovqatlar va ko‘katlardan yeng. ☝️Ovqatlaringizdan xurmoni kam etmang. ☝️Uzum, xurmo va zaytun. Allohga shukur etmoq uchun sizga sihat va quvvat beradi. ☝️Charchagan vaqtingizda shirinliklarni yeng. ☝️Siniq kosalarda ovqat yemang, bunday idishda suv ham ichmang. ☝️Ovqatlanayotganda doimo yaxshi kayfiyatda bo‘ling, yolg‘iz ovqat yemang. ☝️Doimo ovqatdan so‘ng duo o‘qib, shukr qiling. ☝️Har oyda bir kun ro‘za tutingki, vujudingiz dam olsin. ☝️Asal yeb turing, u ming dardga davodir. «Ilohiy mo‘jizalar» kitobidan. @Manfaatli_sizga

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُواْ رَبَّكُمْ‌ۚ إِنَّ زَلْزَلَةَ ٱلسَّاعَةِ شَىْءٌ عَظِيمٌ Ey odamlar! Robbingizdan qo‘rqing! Albatta, (qiyomat) soati zilzilasi ulkan narsadir. Haj surasi 1-oyat @Manfaatli_sizga

#hadis 📚Rasululloh ﷺ dedilar: «Musulmonning boshqa bir musulmon ustida beshta haqqi bordir: 1.Salomiga alik olish. 2.Каsаl bo‘lsa, borib ko‘rish. 3.O'lsa, janozasiga qatnashish. 4.Таom yoki biror narsaga chaqirsa, borish. 5.Аksa urib «Alhamdulillah», desa, «Yarhamukalloh», deb javob berish. © Buxoriy va Muslim rivoyati (Abu Hurayra roziyallohu anhudan) @Manfaatli_sizga

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم🫀