en
Feedback
Manfaatli

Manfaatli

Open in Telegram

Manfaatli Sizga! Postlarimizni manbaa bilan oling❗ . . Murojaat @Ulamolar_hikmatlari_bot

Show more
593
Subscribers
-324 hours
-77 days
-4330 days
Posts Archive
Abu Xurayradan rivoyat qilinadi: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan  «Insonlar ichida go‘zal muomila (yaxshilik )qilishga kim haqliroq?»- deb so‘ragan edi, Rasululloh (s.a.v): «Onang, keyin onang, keyin yana onang, so‘ng otang», deb aytdilar. Imom Buxoriy, imom Muslim rivoyati. @Manfaatli_sizga

Qo'rg'oshin qalam yozuv chiroyli bo'lishi uchun ba'zi yog'ochlarga yo'n berib, ortga qaytadi. Sen ham gohida ortga qaytishdan
Qo'rg'oshin qalam yozuv chiroyli bo'lishi uchun ba'zi yog'ochlarga yo'n berib, ortga qaytadi. Sen ham gohida ortga qaytishdan qo'rqma! Kamsitib senga zarar bergan kimsa gohida asli yaxshilik qilgan bo'ladi. @Manfaatli_sizga

#manfaatli • "Fotiha" surasi - Allohning qahridan saqlaydi. • "Yasin" surasi - Oxiratda chanqog‘ingizni qondiradi. • "Voqea" surasi - Kambag‘allikdan, ochlikdan saqlaydi. • "Mulk" surasi - Qabr azobidan saqlaydi. • "Ixlos" surasi - Ikkiyuzlamachi, yomonlardan saqlaydi. • "Falaq" surasi - Kulfatdan saqlaydi. • "Nas" surasi - Yomon hayollardan saqlaydi. • "Yusuf" surasi - Yurak siqilishi, mazlumlik, g‘am qayg‘uda foyda. @Manfaatli_sizga

☺️Tashvish va mahzunlikda o‘qiladigan #duo : ( اللهُمَّ إِنِّي عَبْدُكَ، ابْنُ عَبْدِكَ، ابْنُ أَمَتِكَ، نَاصِيَتِي بِيَدِكَ، مَاضٍ فِيَّ حُكْمُكَ، عَدْلٌ فِيَّ قَضَاؤُكَ، أَسْأَلُكَ بِكُلِّ اسْمٍ هُوَ لَكَ، سَمَّيْتَ بِهِ نَفْسَكَ، أَوْ أَنْزَلْتَهُ فِي كِتَابِكَ، أَوْ عَلَّمْتَهُ أَحَداً مِنْ خَلْقِكَ، أَوِ اسْتَأْثَرْتَ بِهِ فِي عِلْمِ الْغَيْبِ عِنْدَكَ، أَنْ تَجْعَلَ الْقُرْآنَ رَبِيعَ قَلْبِي، وَنُورَ صَدْرِي، وَجَلاءَ حُزْنِي وَذَهَابَ هَمِّي ) . Ey Allohim! Albatta, men Sening qulingdirman. Qulingni o‘g‘liman. Cho‘ringni o‘g‘liman. Peshonam qo‘lingda (ya’ni men Sening saltanating-hukming ostidaman). Hukming mening ustimda joriydir. Mening ustimdagi qazo (amr-hukming) adolatdir. Sening uchun bo‘lgan har bir ism bilan Sendan so‘rayman. U ism bilan O‘zingni nomlagan eding yoki biron kitobingda nozil qilgan eding yoki uni biron bandangga bildirgan eding yoki O‘z oldingdagi g‘ayb ilmida olib qo‘ygan eding. Shu ismlarning hammasi bilan so‘rayman. Qur’onni kalbimning bahori, ko‘nglimning nuri, mahzunligimni ketishi (ketkazuvchi) va tashvishimni ketishi (arituvchi) qil. (Ahmad rivoyati. Alboniy sahih degan). @Manfaatli_sizga

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم🫀

✅ UYIMIZGA SHAYTON KIRMASIN DЕSAK: ▪️Ibodatlarga loqayd bo‘lmasligimiz kerak. Ayollar namozlarini qoldirmasliklari lozim, erkaklar esa uylarida nafl namozlar ham o‘qib turishlari kerak. ▪️Uyimizda zikrlar qilinsin. Kunlik Qur’ondan vazifalarimiz bo‘lishi kerak. Bularni jiddiy tatbiq qilish lozim. ▪️Uyimiz ilm bilan mashg‘ul insonlarning uyi bo‘lishi kerak: qancha hadis o‘qildi, qancha hadis yodlandi, qaysi suralar o‘qildi va tafsirlar o‘qishning ahamiyati katta. Ilmsiz, johil inson shaytondan qanday qilib himoyalanolsin?! Uyimizda haftalik , oylik darslar bo‘lishi kerak. Eshiklarimizni ilm shaydolariga ochishimiz, kitoblar mutoala qilishimiz kerak. ▪️Televizor, kompyuter kabi jihozlarga sarflaydigan vaqtimizni chegaralashimiz lozim. Ularni jiddiy nazorat qilib foydalanish kerak. ▪️Uyimizga keladigan mehmonlarning qanday insonligiga ahamiyat berishimiz kerak, kelganlar uyimizga fitna olib kelishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. ▪️Uy zindon kabi bo‘lmasligi kerak, shariatimizga uyg‘un bo‘lgan joylarda sayr qilish va dam olish uchun imkoniyat yaratish kerak. ▪️Ilmiy va shar’iy majlislarga qatnashib turish kerak. ▪️Uylarimiz eshigi qarindoshlarga har doim ochiq bo‘lishi kerak. ▪️Solih insonlarni, ilm ahillarini oila a’zolarmizning ulardan o‘rnak olishlari va ularning nasihatlarini eshitishlari uchun uyimizga chaqirib turishimiz kerak. ▪️Uylarimizda it boqmasligimiz va jonli narsalarning rasmlari bo‘lmasligi kerak. ▪️Uy ahli hech bo‘lmaganda yilda bir marta Baqara surasini  o‘qishlari kerak. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uylaringizni qabrga aylantirmanglar. Baqara surasi o‘qilgan uyga shayton kirmaydi», dedilar». (Termiziy rivoyat qilgan). 📚 «Qiblagoh uylar». Shayx Nuriddin Yildiz @Manfaatli_sizga

✅ Hamisha o‘qib yuriladigan #duo.. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘p (qilib yuradigan) duolari اللَّهُمَّ آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ 📖O‘qilishi: Allohumma atina fid-dunya hasanatav vafil axirati hasanatav vaqina 'azaban-nar. 🔖Ma’nosi: Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qil, oxiratda ham yaxshilik ato et va bizni do‘zax azobidan asra. 📚Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

☝️Ramazon ro‘zasining inson uchun foydalari: 1. Ro‘za tutgan kishining taqvodorligi oshadi. 2. Ro‘za tufayli ro‘zador sog‘ligini tiklab oladi. 3. Ro‘za havoi nafsni sindiradi. 4. Ro‘za tufayli inson shaytonga qahr ko‘rsatadi. 5. Ro‘za bilan ro‘zadorning qalbi musaffo bo‘ladi. 6. Ro‘za tufayli ro‘zadorning gunohlari mag‘firat qilinadi. 7. Ro‘zador ro‘zasi tufayli farishtalar sifati bilan sifatlanadi. 8. Ro‘zador ro‘za tufayli sabr bardoshli kishi sifatiga ega bo‘ladi. 9. Ro‘za ro‘zadorda rahm shafqat sifatini shakllantirishga yordam beradi. @Manfaatli_sizga

Muammoga duch kelsang, uning vaqtincha ekanini, taqdirda bitib qo'yilganini va sabr qilsang buning uchun ajr-mukofot berilish
Muammoga duch kelsang, uning vaqtincha ekanini, taqdirda bitib qo'yilganini va sabr qilsang buning uchun ajr-mukofot berilishini esla! @Manfaatli_sizga

#duo 🍃FARZAND TALAB QILISHDA QUR’ONIY DUO رَبِّ لَا تَذَرْنِي فَرْدًا وَأَنتَ خَيْرُ الْوَارِثِينَ 📖O‘qilishi: Robbi laa tazarniy fardav va anta xoyrul vaarisiyn. 🔖Ma’nosi: «Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma, Sen, O‘zing vorislarning eng yaxshisisan» . (Anbiyo surasi, 89-oyat). @Manfaatli_sizga

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم🫀

🍃Jobir roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir mast qiluvchi narsa haromdir. Mast qiluvchi ichimlikni ichgan kishini «Tiynatul xobal»dan (chiqindilar aralashmasi) sug‘orish xususida Alloh huzurida ahd, qat’iy qaror bor», dedilar. «Yo Rasululloh, «Tiynatul xobal» nima?» deb so‘rashgan edi, «Do‘zax ahlining terlari yoki do‘zax ahlidan ajralgan suyuqliklar», deya javob berdilar» (Muslim rivoyati). @Manfaatli_sizga

#manfaatli Har sajdaga borganingizda ota onangizga mag‘firat so‘rab bir marta «Allohummag‘firliy vali validayya» (Allohim ota onamni mag‘firat et!) deb duo qilib qo‘yishga odatlaning Shunda bir kunda ular uchun 64 bora istig‘for aytgan bo‘lasiz. Agar ular vafot etgan bo‘lsa, nomai-a’moliga savob yozilib turadi. Tirik bo‘lsalar, gunohlari kechirilib turadi. Qiyomat kuni kishiga notanish bo‘lgan ulkan savob taqdim etilar ekan. «Bu qayerdan keldi menga» deb so‘rasa, «Farzandingni senga aytgan istig‘fori» deb javob berilar ekan. Bu bizni dunyoga kelishimizga sababchi bo‘lgan aziz insonlar uchun arziydigan sovg‘adir. Sajdada qilingan duo InshaAlloh qaytarilmaydi! @Manfaatli_sizga

🤲Duo qanday kuchga ega bilasizmi? Duo - bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qalblarni birlashtiradi. Duo - muammolaringizga yechim bo‘ladi. Duo - boriga shukr, yo‘g‘iga sabr qilishni o‘rgatadi. Duo - Allohga yaqinlashtiradi. 🍃Duosiz qalb muzlaydi, qalbingizga shafqat qiling.. @Manfaatli_sizga

Aql bilan til o'rtasida shunday qarama-qarshilik bor: aql kichraygan sari til uzunlashib boraveradi. @Manfaatli_sizga
Aql bilan til o'rtasida shunday qarama-qarshilik bor: aql kichraygan sari til uzunlashib boraveradi. @Manfaatli_sizga

#duo 🍃Xotirani kuchaytirish uchun va ilmni eslab qolish uchun duo اللَّهُمَّ إنِّي اسْأَلُكَ عِلْمًا نَافِعًا وَرِزْقًا طَيِّبًا وَعَمَلاً مُتَقَبَّلاً 📖O‘qilishi: «Allohumma inniy as'aluka ’ilman nafi’an va rizqon toyyiban va ’amalan mutaqobbala» 🔖Ma’nosi: "Allohim, Sendan foydali ilm, pokiza rizq, qabul bo‘ladigan amal so‘rayman" @Manfaatli_sizga

#duo 🍃GUNOHLARNI TAKR ETISHGA YORDAM BO‘LUVCHI DUO اللّهمّ مغفرتك أوسع من ذنوب و رحمتك أرجي عندي من عملي. 📖O‘qilishi: Alloohumma mag‘firotuka avsa’u min zunuubiy va rohmatuka arjaa ’indiy min ’amaliy. 🔖Ma’nosi: Ey Alloh! Sening mag‘firating mening gunohlarimdan kengroqdir va Sening rahmating mening nazdimda amalimdan umidliroqdir. @Manfaatli_sizga

Alloh taolo Zumar surasing 38-oyatida shunday deydi: "Ayting: Endi xabar beringlarchi, sizlar Allohni qo'yib duo-iltijo qilayotgan butlaringiz- agar Alloh menga biron ziyon yetkazishni istasa -o'sha butlar U Zotning ziyonini arita oluvchilarmi? Yoki Alloh menga biron marhamat qilishni iroda qilsa, o'sha butlar u zotning marhamatini ushlab qoluvchilarmi? Ayting: Menga Allohning o'zi yetarlidir. Tavakkul qiluvchi-suyanuvchi zotlar yolg'iz unga tavakkul qilurlar". Imom Axmad Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kim tumor taqsa, Alloh uning ishini oxiriga yetkazmasin", dedilar. Boshqa rivoyatda esa: "Kim tumor ossa shubhasiz shirk amalini qilibdi", dedilar. Imom Termiziy Abdulloh ibn Ukaym roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kim biron narsaga bog'lansa Alloh taolo uni tashlab qo'yadi", dedilar.