Manfaatli
Open in Telegram
Manfaatli Sizga! Postlarimizni manbaa bilan oling❗ . . Murojaat @Ulamolar_hikmatlari_bot
Show more593
Subscribers
-324 hours
-77 days
-4330 days
Posts Archive
593
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman!
2-Baqara:
148 - Har kimning yuzlanadigan tarafi bor. U o‘shanga boqadi. Yaxshiliklarga shoshiling. Qayerda bo‘lsangiz ham, Alloh sizlarni jamlaydi. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
@Manfaatli_sizga
593
Miya o‘smasi hastaligidan azoblanayotgan ayolni kasalxonaga yotqizishdi. Uning o‘g‘li va qarindoshlari ham shu yerda edi. Ayol bir necha soat o‘tib vafot etdi. Uning o‘g‘li kun bo‘yi, toki ovozi qolmaguncha yig‘ladi.
Ertasiga tobi qochgan holda uyiga qaytgach onasining yotoqxonasidagi stol ustida qoldirilgan maktubni kurdi. Shuningdek, stol ustida bir nechta tabletkalar ham bor edi. Qo‘li titrab xatni o‘qidi:
“Bu dorilarni ichib ol, bilaman shuncha yig‘laganingdan keyin tomog‘ing og‘riyotgan bo‘lsa kerak" Onang!
@Manfaatli_sizga
593
ABU ZUR’A ROZIY RAHMATULLOHI ALAYHNING GO‘ZAL XOTIMASI..Imom Abu Zur’a Roziy rahmatullohi alayh katta muhaddis va olim o‘tganlar. U kishiga sanoqsiz hadislar yod edi. U kishi vafotlari arafasida bemor bo‘ldilar. Bir kuni bir necha nufuzli ulamolar va muhaddislar u kishini ziyorat qilish uchun hozir bo‘ldilar. Suhbat mobaynida: "Hazrat, biz sizdan biror hadis eshitishni istaymiz", - dedilar. Imom Abu Zur’a rahmatullohi alayh bemorlik holatida ham hadis aytib berdilar. Uning mazmuni quyidagicha edi: "Kimning oxirgi so‘zi "La ilaha illalloh" bo‘lsa, u jannatga kiradi". Imom Abu Zur’a bu hadisni so‘zlab berish uchun oldin uning sanadini bayon qildilar. Keyin: مَنْ كَانَ آخِرُ كَلَامِهِ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ (Kimning oxirgi so‘zi "La ilaha illalloh" bo‘lsa) dedilar. Lekin hali «» (u jannatga kiradi) jumlasi tillaridan chiqmagan ham edi, jonlari qabz qilindi. ("Siyaru a’lomin-nubalo”, 13/85) Mashaallox, naqadar yaxshi o‘lim, hadis so‘zlab turib «Shaxodat»ni aytdilar. Lekin «» (u jannatga kiradi) ni aytishdan oldin o‘zlari jannatga ketdilar.. @Manfaatli_sizga
593
بسم الله الرحمن الرحيم🫀
Sen va o‘zimni jannatda o‘tirgan holda ko‘ribman.
Dunyoning mahzun kunlarini kulishib eslayotgan ekanmiz...
Assalamu alaykum va rohmatillohu va barakatuh!
O‘TINCH!
Shabonning ilk kunida...
Ey Robbim! Meni hayot va uning o‘zgarishlaridan berkit va himoya qil!
Ey Allohim! Menga ne’matlaringni, fazlingni va rahmatingni bardavom qil!
Ey Allohim! Mening ahvolimni eng yaxshi holga o‘zgartir. Menga oddiy ko‘rinib qolgan va men shukridan g‘ofil bo‘lgan ne’matlarni mendan tortib olma!
Ey Robbim! Men qilib so‘ngra unutgan gunohlar bilan meni jazolama. Gunohlarimni avf qil!
Ey Allohim! Mening hayotdagi zulmatlarni, yomon o‘zgarishlarni, to‘satdan tushadigan kulfatlarni his qilishimga yo‘l qo‘yma!
Ey Robbim! Meni kutilmagan rizqlar ila rizqlantir, aqlimga kelmagan yaxshiliklar ila nasibalantir. Men amri-muhol deya o‘ylagan orzularimni ro‘yobga chiqar!
Ey Allohim! Orzu va umidlarimning yaxshisini ber. Men yuradigan har yo‘lda menga tavfiq ato ayla. Ortda qolgan kunlarim eng qiyin kunlarim bo‘lsin. Menga ishlarni qiyin qilma. Har tanglikdan chiqib ketadigan bir yo‘l ko‘rsat. Meni pokiza rizq ila rizqlantir. Menga yashashga, rozi bo‘lishga kuch ber. Jannating ila rizqlantir. Jannatda ne’mat bergan bandalaringga hamroh qil!
La havla vala quvvata illa billah!
Allohim! Bizga Sha’bonni barakali qilgin. Ramazonga sog‘-salomat yetkazgin!
@Manfaatli_sizga
593
O‘lsangiz kim yig‘laydi....?
Tasavvur qiling vafot etdingiz... Qanchalik sovuq eshitilmasin, bu bir kun barchamiz boshimizdan o‘tkizadigan va muddatini Alloh taologina biladigan holat...
Vafot etdingiz, sizni olib ketishyapti... Sizni vafot etganizni eshitgan borki, keldi...
Uyingiz odamga, qadrdonlaringizga limmo-lim to‘ldi...Hamma sizni qanday inson ekanizi eslab ko‘z yosh to‘kmoqda...Va sizni olib borib so‘ngi manzilga kuzatib kelishdi... Siz duolarga istig‘for va Qur’on tilovatiga har doimgidanda ortiqroq, ko‘proq muhtoj bo‘ladigan maskanga... Hamma o‘z uyiga tarqab ketti... Juda og‘ir eshitilsada juda ko‘p insonlar yo‘qligingizga osongina ko‘nikdi va o‘z yumushlari bilan mashg‘ul bo‘lib ketdi... Do‘stlaringiz.. ular sizni ancha vaqtgacha eslab yurishdi... Va hayot... Afsus hayot davom etadi, umr ummoniga, o‘z muammolari va shaxsiy hayotlariga sho‘ng‘ib ketishdi...Endi ular sizni faqat tug‘ilgan kunizda, bayramlarda, suhbat ustida va tushlarida ko‘rishgandagina eslashadi... Suyganingiz... U ancha vaqtgacha azob chekdi, siz sabab... Ammo hayot, taqdir ...U ham o‘z juftini topib ketdi... Uni shirin xortiralarida qoldingiz... Juda achiq bo‘lsa ham shunday... Siz ketdingiz, hayot davom etaveradi... Faqat, faqat ba’zi insonlar uchun hayot o‘z manosini yo‘qotib qo‘ydi ...
Onangiz... siz sabab ko‘z yosh to‘kmagan, yuragi o‘rtamagan kun qolmadi... Alamdan uyqusiz o‘tgan kunlari kamdek, ozgina, bir lahzagina ko‘zi ilinsa, tushlarida ham sizni ko‘rib,yostig‘i nam bo‘lmagan tunlari qolmadi...
Atrofida shuncha farzandlari bor... Lekin 10 ta bo‘lsa ham hech biri sizni o‘rningizni u uchun bosa olmaydi, Kiyimlaringizni quchib hidingizni tuygandek bo‘ladi..Kòchadan o‘tib ketayotgan do‘stlaringizni ko‘rib sizni ko‘rgandek bo‘ladi... Bir kunda bir lahzada qarib, sochlari oppoq bo‘lib qoldi... Otangizni ham onangizni ham... Butun umr yuragida kemtik bilan, azob bilan yashaydi endi... Butun umr duolariga ismingizni qo‘shib o‘tadi endi... Faqat ular emas... Akangiz, ukangiz opa singlingiz... Dasturxon ustida sizni o‘rningiz bo‘sh ekanligini ko‘rib, ko‘z yoshini qanday yashirishni bilmay qiynaladigan jigarlaringiz... Urushsangiz qattiq gapirganizda ham sog‘inib yashaydigon qondoshlaringiz... Sizni hech kimga hech qachon alishmaydigan oilangiz...
Tasavvur qildingizmi?
Balki siz ham men kabi ko‘z yoshlaringizni tiya olmagandirsiz.. Endi o‘zingizga keling, siz hayotsiz (siz tiriksiz) sizda yana bir kun yana bir imkon bor...
Sizdan keyin o‘rningizni hechkimga alishmaydiganlarni va unutmaydiganlarni qadrlang... Otangiz... Onangiz..
Jigarlaringizni avaylang..ularni o‘rinlarini va qiymatlarini alishtirib qo‘ymang... Yaqinlaringiz baxtiga umringiz uzoq bo‘lsin...
Hozir meni gaplarimdan kimningdir jahli chiqqandir kimgadir ta’sir qildimi bilmadimu, lekin bu gaplardan keyin kimdir o‘z yaqinlarini yoniga borib ularga menga keraksizlar deya ayta olar balki..
@Manfaatli_sizga
593
Sa’d ibn Muoz roziyalloxu anhu. 30 yoshida musulmon bo‘ldi. 36 yoshida vafot etdi. Bor yo‘g‘i 6 yil Islomda yashadi, lekin Islomga shunday hizmat qildiki hatto vafot etganida Rahmonning Arshi titradi..
Biz necha yildan beri Мусулмонмиз.? Va Islomga qanday hizmat qildik…??
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar:
"Sa’d ibn Muozni janozasi oldimizda edi, Nabiy sallallohu alayhi vassallam: "Uning vafoti tufayli Rahmonning arshi titradi" - dedilar".
(Muslim rivoyati: 2466)
Hadisga izoh: Ibn Hajar rahimahulloh "Fathul boriy"da aytadilar: "Uning ruhi kelayotganidan hursand bo‘lib titragan".
(7/134)
@Manfaatli_sizga
593
BILASIZMI❓❗️
1⃣. Qur’oni karim 30 poradan iborat.
2⃣. Suralari soni 114 ta.
3⃣. Qur’on 6236 ta oyatni o‘z ichiga olgan.
4⃣. Atoning fikriga ko‘ra, Qur’oni karim 77439 ta so‘zdan tashkil topgan.
5⃣. Ibn Abbos so‘ziga qaraganda, Qur’onda 323671 ta harf qatnashgan.
6⃣. Unda 8804 ta zamma. (U)
7⃣. 53242 ta фатҳа.(А)
8⃣. 39582 ta kasra. (I)
9⃣ 1771 ta mad (cho‘zish).
🔟. 1252 ta tashdid alomati.
1⃣1⃣. 134550 ta nuqta ishlatilgan.
1⃣2⃣. Qur’ondagi eng katta-uzun sura - BAQARA.
1⃣3⃣. Qur’ondagi eng kichik sura - KAVSAR.
1⃣4⃣. Qur’ondagi eng uzun oyat - BAQARA surasining 282-oyati (qarz oyati).
@Manfaatli_sizga
593
- Va bir kun dunyodan ( hech vaqosiz ) o‘tib ketamiz...
Janozamni ko‘rsanglar, “Ayriliq, ayriliq”, demanglar. O‘lim mening visol onimdir. Qabrga qo‘yganda ham “Alvido”, demanglar.
Jonni Jonon olsa, o‘lim shakarday totlidir. O‘lmoq ila Unga yetishar ekansan, o‘lim jondan ham shirin ko‘rinadi...
“Mashhurlarning so‘nggi damlari” kitobidan..
@Manfaatli_sizga
593
#manfaatli
Farishtalar sening haqqingga duo qiladigan sakkiz holat
• Birinchisi: Jamoat namozida birinchi safda hozir bo‘lganingda.
• Ikkinchisi: Namoz tamom bo‘lgandan so‘ng masjidda duo qilib o‘tirganingda.
• Uchinchisi: Kasal ko‘rgani borgan vaqtingda.
• To‘rtinchisi: Alloh yo‘lidagi do‘stingni ziyorat qilganingda.
• Beshinchisi: Birodaringni g‘oibda eslab, uning haqqiga duo qilganingda.
• Oltinchisi: Insonlarga yaxshilikni ta’lim bergan vaqtingda.
• Yettinchisi: Tahoratli holda uyquga yotgan vaqtingda.
• Sakkizinchisi: Saharlik tanovul qilayotgan vaqtingda
Subhanalloh✨ Yaqinlaringizga ham ulashing🌚👇🏻
@Manfaatli_sizga
593
Qayerda yig‘ilamiz, qaysi choyxonada yoki kafeda emas, balki qaysi masjidda yig‘ilamiz!
Qancha puling qoldi deb emas, qancha umring qoldi!
Telegramda nima gap, instagramda nima gap, tik tokda nima gap emas, Quronda, uning suralarida nima gap, nima mano deb savollar berilsa, oxiratda yaxshigina javoblar olamiz In shaa Alloh!
Rostan ham umrimizni zoye’ qilyapmiz😢
@Manfaatli_sizga
593
☝️Bomdod namozidan keyin kimki 10 marta ushbu zikrni aytsa. Uning 10 ta xatosi o'chiriladi. Unga 10 ta savob yoziladi. Uning darajasi 10 marta ko‘tariladi. Unga gunox xam yaqinlashmaydi IN SHAA ALLOH modomiki o‘zi shirk keltirmagan bo‘lsa..
© Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf
@Manfaatli_sizga
593
#manfaatli
#hadis
Insondan qoladigan eng yaxshi 3 narsa
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Inson o‘zidan keyin qoldirgan narsalarning eng yaxshisi uchtadir: Duo qilib turuvchi solih farzand, sadaqai joriya, o‘zidan keyin foydalaniladigan ilm" (Ibn Moja rivoyati).
@Manfaatli_sizga
593
✅Qur’oni karimda qaysi payg‘ambar necha marta zikr etilgan?
1. Odam alayhissalom 25 marta
2. Idris alayhissalom 2 marta
3. Nuh alayhissalom 43 marta
4. Hud alayhissalom 10 marta
5. Solih alayhissalom 8 marta
6. Ibrohim alayhissalom 69 marta
7. Lut alayhissalom 27 marta
8. Ismoli alayhissalom 12 marta
9. Is'hoq alayhissalom 15 marta
10. Ya’qub alayhissalom 16 marta
11. Yusuf alayhissalom 27 marta
12. Ayyub alayhissalom 4 marta
13. Shuayb alayhissalom 11 marta
14. Muso alayhissalom 136 marta
15. Horun alayhissalom 20 marta
16. Dovud alayhissalom 16 marta
17. Sulaymon alayhissalom 17 marta
18. Yunus alayhissalom 4 marta
19. Ilyos alayhissalom 3 marta
20. Alyasa’ alayhissalom 2 marta
21. Zulkifl alayhissalom 2 marta
22. Zakariyo alayhissalom 7 marta
23. Yahyo alayhissalom 5 marta
24. Iso alayhissalom 25 marta
25. Muhammad sollallohu alayhi va sallam 4 marta
@Manfaatli_sizga
593
Ba'zan o'ylab qolasiz:
Nega men? Nega doim? Nega qolganlar baxtli? Nega ulardek bo'la olmayman? Nega hamma meni yomon ko'radi? Nega omadsizman? Nega... Nega... Nega...
Bu ''nega'' laringiz aslo tugamaydi, to'g'rimi?
Negaligini aytaymi, chunki siz xato "nega" bilan savol beryapsiz. To'g'ri nega masalan qanday bo'lgan bo'lardi:
Nega Alloh taolo meni yaratdi? Nega inson bo'lib yaraldim? Nega ota-onam meni har qanday holatda yaxshi ko'radi? Nega bugun hotirjam uyg'onish yoki uyquga ketish baxtiga musharraf bo'ldim? Nega kulsam chiroyli bo'lib ketaman? Nega menga baxt yarashadi?
Qiyin savollarga javob berishga urinmang. Shunchaki savollarni o'zgartirib, Allohga hamd aytib, hayot yo'lingizda baxtli yashashda davom eting!
Alloh taolo har bir bandasini albatta yaxshilik bilan siylaydi, O'zi to'g'ri yo'l ko'rsatadi
@Manfaatli_sizga
