Bashiyra
Open in Telegram
583
Subscribers
-324 hours
-187 days
-7130 days
Posts Archive
583
Ey dunyo, agar senga qo'ygan muhabbatimni toshga bersaydim, gul ochardi balki u tosh..
Mehmet Yildiz
583
Shariatimizda qo'shnichilik haqqi qattiq himoya qilinadi. Hatto qo'shni och bo'la turib o'zi to'q holda uxlagan kishi haqiqiy mo'min hisoblanmasligi aytilgan. Bu degani qo'shningizni uyi sizning uyingiz degani emas. Huddi o'zingizni uyingizdek eshigini bir tepib kirib kelaverasiz degani emas!
Qaysidir sabablar bilan darvoza mudom qulf turmasligi mumkin. Shunda ham taqillatib, chaqirib, izn bersa keyin kirishingiz kerak.
Yo'q, faqat bizdami yoki boshqalarda ham shunaqami, qo'shnilar katta xolasinikiga kirib kelayotgandek kirib kelaveradi. Iloji bo'lsa uyni ichiga ham kirib keladi. Shuning uchun odam o'zini uyida ham bemalol o'tirolmaydi. Hovliga chiqsa ham ro'mol o'rab chiqishga majbur!
Men eng yomon ko'radigan narsalarimdan bir ham shu.
583
O'qishga kirolmagan yoki kirishni xohlamaganlar, sizlarni hurmat qilaman.
Shuni bilingki, jamiyat qurgan qonun-qoidalar qadringizni belgilab bermaydi. Bir parcha qog'oz taqdiringizni ham, jamiyatdagi o'rningizni ham anglatmaydi. Chunki, oldinda sizni uzun va katta hayot kutyapti. Bilmaysizki, o'sha universitet siz uchun hayrli bo'lmasligi mumkin. Va uning nomisiz ham buyuk odamga aylanishingiz mumkin.
Robbim sizga undan yaxshilarini tayyorlab qo'ygan. Siz eng yaxshilariga loyiqsiz.
Ichingizdan o'tadigan ayblovlarni his qilgan holda @bashiyra💚
Yoki hamma kirib ketganmi?💚
583
Kamayib ketyapmiz a?
Do'st-u birodarlaringizni g'arib sahifamizga taklif qilmaysizmi?🔹
T.me/bashiyra
583
Ehtimol, dengizga, sohilga ehtiyojimiz bor...
Va yana qushlarga, kapalaklarga, bir finjon qahvaga, yaxshi suhbatdoshga, to'g'ri tanlangan so'zlarga, kitobga va cheksiz tasavvurlarga...🔹
583
Bir kun yo'ling yo'qotsang,
Qayerdaman desang-u, hamma sukut saqlasa,
Deraza oldidagi gullar so'lgan bo'lsa,
Hech bir shamol kemangni sohilga haydamasa,
Oyoqlaringda darmon qolmasa,
Qalbingda umid qolmasa,
Yordam so'rab yuborgan xatlaringga javob kelmasa,
Katta ko'chaning o'rtasida yolg'iz qolsang,
Bahor pallasi ham quyosh ilita olmasa seni,
Yomg'irlar yolg'izligingni yuzingga solayotgan bo'lsa,
Damlangan choy suhbatingga hamroh bo'lmayotgan bo'lsa,
Qushlar yemayotgan bo'lsa bergan ushog'ingni,
Gullar yuzin o'girsa qo'ling uzatgan dam,
To'dasin yo'qotgan ko'chmanchi qush kabi mahzun qolganingda,
Boshing ham bo'lganda, yetim qolgan qizchadek,
Ko'zlaring to'lib, yig'lab yubormaslik uchun o'zing tutib turganingda...
Robbingga qayt!..
Robbing egangdir, yurtingdir, sening uyingdir.
Robbing qalbingning yolg'izligini his ettirmaydi...
#kitobdan
@bashiyra
583
Gohida rizq, seni baxtiyor qilish uchun Alloh sen tomon yo'llaydigan qalblar bo'ladi🪻
-Mubashshir Ahmad
583
Ko'rishingizni va fikr qilishingizni judayam xohlardim. Jamiyat islohi uchun, hech bo'lmasa o'zingizni isloh qilishingiz uchun.
583
Fahsh kontentlar bu - iblisning bozoridir. Kim iblisning bozorini obod etsa, bas u, oxiratdagi nasibasidan mahrum bo'lgay!
https://youtu.be/hRQWc_47kgE?si=PrS8zcTbpQQjpsHz
