Bashiyra
Open in Telegram
583
Subscribers
-324 hours
-187 days
-7130 days
Posts Archive
583
Modomiki, bizda yo'q narsalar bilan maqtalar ekanmiz, o'zimizda yo'q narsa ila yomonlangan bo'lsak, hechqisi yo'q.
583
Modomiki, bizda yo'q narsalar bilan maqtalar ekanmiz, o'zimizda yo'q narsa ila yomonlangan bo'lsak, hechqisi yo'q.
583
Hayot degani bir kema. Sen undan xohlasang, Nuh (alayhissalom) ning kemasini yasab najot topgaysan. Xohlasang nafs istaklari ila Titanik yasab, cho'kishga mahkum bo'lasan. Modomiki qalb ummoning ko'tarilayotgan ekan, kemaga chiqish vaqti keldi, qaysi kemaga chiqishni tanlash vaqti keldi.
"Ishqparast"
Adem O'zbay
Robbisini sog'ingan, unga borishni, uni his qilishni, uni sevishni sog'ingan har bir kishiga qalb ko'zlari bilan o'qishni tavsiya qilaman...
P.s: Bu kitobni ancha oldin Hadis muallimamiz hadya qilgandilar. Ichini bir varoqlab ko'rib "qiziq" emasdek tuyilgandi. Balki bu kitobni o'qishga tayyor bo'lmagandurman. Kecha o'z-o'zidan shu kitobni olib o'qigim keldi va qanday tugatganimni ham bilmay qoldim. Alloh muallimamdan va muallifdan rozi bo'lsin!
583
Yer yuzida bo'layotgan daxshatlarni sassiz, jimgina kuzatar bo'ldik..
Mazlumlarni ko'ra turib damimiz chiqmas bo'ldi..
O'zgalar dardini tinglash o'rniga yuzimizni burar bo'ldik..
Hastalar uchun darmon, yo'qsillar uchun umid bo'lmay qo'ydik..
Qalbimizni eng go'zal suratda yaratib qo'ygan bo'lsang-da, undan binoyidek foydalanolmayapmiz..
"Ishqparast"@bashiyra
583
Sabr qanchalar go'zal!
💕Quduqda nursiz qolib Yusuf (alayhissalom) dek sabr qilish qanchalar go'zal!
💕Olovga tashlanib Ibrohim (alayhissalom) dek sabr qilish qanchalar go'zal!
💕Toif yo'llarida toshbo'ron bo'lib, kovushlari qonga to'lgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam singari sabr qilish qanchalar go'zal!
Sabr go'zaldir, chunki Alloh o'ta sabrli va sabr qilguvchilarni sevadi!
"Ishqparast" Afam O'zbay
583
Kecha bu savolni botga yuborishibdi, lekin botni o'chirib tashlashibdi, javob bersam ketmadi. Shu yerda javob bera qolay.
Ochiqchasiga gapiradigan bo'lsam, uyida gilami bo'lmasa, xonasida mebel bo'lmasa, derazasida pardasi bo'lmasa, oshxonasida idish tovog'i bo'lmasa kechirib qo'ysin-u kim aytibdi unga uylanishni??!! Xotinlarni orqasiga turib olmasdan bir og'iz "o'zim qilaman hammasini" deya olmabdimi? Agar sharoiti yo'q bo'lsa "sharoitim bo'lganda olib beraman kelin olib kelgani kerakmas" deyish haqiqiy erkakka shunchalik qiyinmi? Bo'libam, sharoiti bor ekan, onasini orzu havasini o'zi olib bersin.
Shariatimiz nikoh to'yi bilan bog'liq hamma xarajatlarning kuyov tomon zimmasida bo'lishini ta'kidlagan!
"Non sindirish"mi, fotihami, to'ymi, yana men bilmagan bir dunyo urf odatmi, hammasini kuyov tomoni qiladi. Kelinni shuncha yil voyaga yetkazgani, tarbiyalagani, imkon topganlari o'qitib, ma'lumotli qilgani uchun uning ota-onasiga rahmat aytish, mukofotlash o'rniga bo'yniga shuncha xarajatni "ilish" mard odamning ham ishi emas.
Sizga o'sha insonga turmushga chiqing yoki to'yni buzing demayman. Chunki hamma o'zini holatini yaxshi biladi. Lekin faqat istihora namozini o'qing deyolaman. O'qiyvering Alloh hayrli tomonga burib yuboradi!
583
#qoida
Seni bir marta ranjitgan insonni ikkinchi bor ranjitishiga hech qachon yo'l qo'yma!
583
Bir qizning (balki ayolning) sahifasi bor, deyarli har bir gaplari yurak yuragimga yetib boradi, soatlab o'ylashga majbur qiladi. Har bir postini necha marotabalab o'qib chiqsam ham yangidek ta'sir qiladi. Shunda tushunganim, qalbdan chiqqan so'zlar qalbgacha yetib borarkan..
O'zlari bilan suhbatlashgim kelgan, lekin yozmaganman. Chunki begonalar bilan "online" tanishib, suhbatlashgim kelmaydi.
Sahifa linkini so'ramanglar, shaxsiy sahifa, qayerdandir kirib qolganman o'zim ham.
(Shunchaki aytgim keldi)
583
Bahor va kuzgi
Razmeri: 46 , 48 ga tòģri keladi
Narxi: 280 000
Soni: 1 ta
( bir marta kiyilgan, zarurat sababli sotilayapti)
Murojaat uchun: @Bintuu_Shuhrat
583
Turkiya kardegani
Razmer: 46 , 48
Narxi: 200 000
Soni: 2 ta
( bir marta kiyilgan, zarurat sababli sotilayapti)
Murojaat uchun: @Bintuu_Shuhrat
583
Bilaman, qo'limizdan hech narsa kelmaydi. Borib ularni himoya qilolmaymiz. Lekin qiyomatda hech bo'lmasa duo qilmaganimiz uchun ham so'ralamiz.
Duolaringizda ularni ham unutmang!
