Elga yor (Elyor)
Open in Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
Show more1 069
Subscribers
+124 hours
+107 days
+11530 days
Posts Archive
1 070
Repost from Mentoriy
🎙 Diqqat, diqqat! 🎉
5-iyul(shanba), 22:00 (Koreya vaqti)da, bizning podkastimiz boshlanadi! 🔜
Ushbu tarixiy lahzada biz bilan hozirda Business Development (senior specialist) bo'lib ishlab kelayotgan Elyor Nurdinov (Elga yor) bo‘ladilar va qiziqarli mavzularni muhokama qilamiz! 🌟
Ajoyib suhbatlar, yangi g‘oyalar 💡 va ilhom baxsh etuvchi daqiqalarni ⏳o‘tkazib yubormang!
Sizning fikringiz 💬 biz uchun muhim! Ushbu post ostida yoki jonli efir paytida 📱 YouTube da izoh qoldirishingiz mumkin. Sizni qiziqtirgan har bir savollarga podcast davomida javob beramiz.
📱 YouTubeda kuzating!
📱 Instagramda kuzating!
📍 Jonli efir YouTube va Instagram platformalarida bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzatib boring va podcastimizga qo‘shiling!
Eslatma:
🗓 SANA: 5-iyul (SHANBA)
🇺🇿 UZB vaqti⏱: 18:00
🇰🇷 KR vaqti⏱: 22:00
📱 @MashaqqaTV
#podcast #LiveStream
1 070
+2
Bugun Community liderlari uchun tashkil qilingan uchrashuvda bir jihat ancha esda qolarli bo’ldi.
- Chet elliklar markazi, Team Leader tinglovchilarga yuzlanib so’radi: Kim bepul haydovchilik guvohnomasi olish kursimizni eshitgan?
- Faqat men qo’l ko’tardim. Haqiqatda ham bepulga kurs eshitim imtixondan o’tib, guvohnoma olgan edim. (Hozirgi darslarda hatto, a’lochilarga imtixon pullarigacha to’lab berishayotgan ekan)
Shunda Team leader bizga qarab, bu kursni tashkil qilishni Militsiya xodimlari iltimos qilishgan. Juda ko’p chet elliklar, haydovchilik guvohnomasiz mashina haydab - qonun buzganlari, odam urib yuborganliklari ko’paygani bois, bu holatlarni chorasi sifatida shuni ko’rishdi deb aytdi. Men bo’lsa, asosan bu qonun qoidalarni o’zimizni qorako’zlar buzishini, ammo bu kurslar ularga foyda berishiga ishonchim komil bo’lmay tinglab o’tirdim. Tog’risiyamda, “pravasiz” mashina haydagan odam, bir necha soat “bir yerini” qo’yib dars qila olarmidi? Qunt qilishga aqli yetarmidi?
Shuncha bepulga dars va kurs lar tashkil qilinganda ham qonun buzib, aka endi men nima qilaman? Yo’l yo’riq ko’rsating desa, tog’ri deportatsiya qilinadigan xonani ko’rsatgim keladi. Inson o’zini hurmat qilmagandan keyin, birovlarni hurmat qilishini kutishlik aqlsizlikdur.
@Elyorbilan
1 070
Parrandalarda yuqumli kassaliklardan bo’lgan Flu bo’yicha rasman, seminar o’tish huquqini qo’lga kiritdim.
Bu sertifikat faqat Kompaniya ichki qismiga tegishli bo’lib, chet el yoki boshqa Veterinarlar bilan muhokamada ishtirok huquqini beradi.
Kecha imtixon topshirgan edim, bugun natijasi chiqibdi. 2024 yil martdan beri tayyorgarlik ko’rayotgan edim.
Eshitishimcha, bu kabi imkonga hozir Koreyada 3 nafar chet ellik egalik qilar ekan. (Men bilan hisoblaganda)
@Elyorbilan
1 070
Repost from PSIXOEKSPERIMENT
Bugun biroz aql o'rgatmoqchiman.
Xullas, hayotingiz davomida quyidagi 3 ta qoidaga amal qilishga harakat qiling. O'zim ham iloji boricha xar doim shu qoidalarga ergashishga harakat qilaman. Bu qoidalarni balki avval ham eshitgandirsiz, lekin bu postda nega shunday qilinishi lozimligini ilmiy asosini ham keltirib o'taman:
1️⃣Hech qachon jahlingiz chiqqan paytda javob bermang.
G‘azab holatida miyaning hissiy qismi — amigdala faol bo‘ladi, bu esa frontal korteks (ya’ni, mantiqiy fikrlash va qaror qabul qilish uchun mas’ul miya qismi)ni vaqtincha "bloklab" qo‘yadi. Bu holatda odam ko‘proq impulsiv (ya’ni, o‘ylamay) javob beradi.
🔖 Ilmiy asos:
Baumeister & Vohs (2004) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hissiy holatlarda o‘z-o‘zini nazorat qilish susayadi.
“Amygdala hijack” atamasi (Daniel Goleman, 1995) bu holatni tushuntiradi: kuchli g‘azab miya nazorat markazini bosib, fikrlashni buzadi.
2️⃣Hech qachon xursand bo‘lganingizda va'da bermang
Haddan tashqari quvonch holatida odamlar xavfni baholash qobiliyatini yo‘qotishi va reallikdan ko‘ra ko‘proq optimistik qarorlar qabul qilishi mumkin.
🔖 Ilmiy asos:
Positive affect bias — odam kayfiyati yaxshi bo‘lganida voqealarni haddan tashqari ijobiy qabul qiladi (Isen, 2000).
Bu holatda dopamin gormoni ko‘p ajraladi, bu esa "bajarish oson" degan noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otadi, natijada odam bo‘lar-bo‘lmas va’dalar beradi.
3️⃣Hech qachon xafa bo‘lganingizda qaror qabul qilmang
Depressiv yoki g‘amgin holatlarda odamda o‘ziga nisbatan past baho, umidsizlik va real bo‘lmagan salbiy fikrlar paydo bo‘ladi. Bunday holatda qabul qilingan qarorlar ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib keladi.
🔖 Ilmiy asos:
Beck’s Cognitive Triad (Aaron T. Beck, 1967)ga ko‘ra, depressiya holatidagi odamlar o‘zlari, kelajagi va atrofdagilar haqida salbiy fikrlashadi.
Bu esa qaror qabul qilishda kognitiv buzilishlarga olib keladi (ya’ni, haqiqatni noto‘g‘ri qabul qilinadi).
Hayotimizda ko‘p narsa qanday holatda qaror qabul qilganimizga bog‘liq. Shuning uchun g‘azab – jim turishni, quvonch – kutishni, g‘am esa – sabrni talab qiladi.
PSIXOEKSPERIMENT
1 070
+1
Orqangda kim turibdi?
Deb aytishsa, ana endi bemalol O’zbekiston deya olsam kerak 😁
Ramziy ma’noda rasmga ham ega bo’ldim.
Yoshlar forumi ajoyib o’tdi. Forumdan palovxon to’ragacha!
@Elyorbilan
1 070
Vakansiya
Assalomu alaykum!
Bir koreys tanishimning iltimosiga binoan yozayotgandim. Seul 역삼역 (Yeoksam Station) atrofida joylashgan kosmetika eksporti bilan shug‘ullanadigan kompaniya rus va koreys tillarida mukammal so‘zlasha oladigan xodim qidirmoqda.
Ish haqida batafsil ma‘lumotni quyidagi post orqali ko‘rib chiqishingiz mumkin.
Mabodo qiziqqanlar bo'lsa manga aloqaga chiqsalaringiz, korxonadagi xodim bilan bog'lanish uchun kontaktlarni beraman.
@Elyorbilan
#ishtopish@Elyorbilan
#offer@Elyorbilan
1 070
Vakansiya: Quality Assurance (QA) Engineer
Ish joyi: O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan Koreyaning "thinkForBL" kompaniyasi
Talab qilinadigan ko‘nikmalar:
- 3 yildan ortiq ish tajribasi QA yo‘nalishida
- Mahsulot va jarayon sifatini ta’minlash bo‘yicha nazariy bilimlar
- Test jarayonlarini rejalashtirish, o‘tkazish va hujjatlashtirish bo‘yicha amaliy tajriba
- AI (Sun’iy intellekt) yordamida QA faoliyatini baholash bo‘yicha tushuncha yoki tajriba (afzal)
- Bug-tracking tizimlarida ishlash (JIRA, TestRail va boshqalar)
- Jamoaviy ishlash, tahliliy fikrlash va muammolarga yechim topish ko‘nikmalari
Aloqa ko‘nikmalari:
- Ingliz tilida erkin yoki ishchi darajada muloqot qila olish
Aloqa uchun: Berdikobilov Nodirbek (Seul shahridagi IT Park O'zbekistan vakolatxonasi rahbar)
Rezyumelarni quyidagi manzilga yuborishingiz so‘raladi:
n.berdiqobilov@outsource.gov.uz
@Elyorbilan
#ishtopish@Elyorbilan
#offer@Elyorbilan
1 070
Vakansiya: Software Engineer
Ish joyi: O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan Koreyaning "thinkForBL" kompaniyasi
Talab qilinadigan ko‘nikmalar:
- 3 yildan oshiq tajriba
- Biror yo‘nalish bo‘yicha chuqur tajriba (mobil ilovalar, backend yoki frontend dasturlash)
- Git/GitHub yordamida versiyalarni boshqarish
- Jamoa bilan ishlash, kodni ko‘rib chiqish (code review) va muhokama qilish tajribasi
- Agile/Scrum muhitida ishlash tajribasi (afzal)
Aloqa ko‘nikmalari:
- Ingliz tilida erkin yoki ishchi darajada muloqot qila olish
Aloqa uchun: Berdikobilov Nodirbek (Seul shahridagi IT Park O'zbekistan vakolatxonasi rahbar)
Rezyumelarni quyidagi manzilga yuborishingiz so‘raladi:
n.berdiqobilov@outsource.gov.uz
@Elyorbilan
#ishtopish@Elyorbilan
#offer@Elyorbilan
1 070
Yangi viza? E-7-Y 🇰🇷
Koreyada bir qarashni juda yomon ko’raman. Aksariyat Koreyslar chet elliklarga arzon ishchi kuchi sifatida qaraydi. Quyidagi yangilik ham buni tasdiqlayabdi. Nimamush, kollejni (yuqori maktab) bitiriboq, ishchi viza qilib berish tizimi ekan. Ahmoq ham biladiku, Koreysdan ko’ra chet elliklar Koreya universitetlariga osonroq o’qishga qabul qilinishini.
Qog’ozga o’rab, yo’q sen oliygohga kirma, mana senga ishlash vizasi, ferma yoki dalaga chiq degandek tuyuldi. Juda achinarli aslida bu. Keyin aholi kam hudduda yashasa, F2-R ga o’zgartirib berishar ekan. Bu viza haqida aytmasam ham tushunchaga egasiz deb o’ylayman.
🇰🇷Koreyada yangi VIZA turi paydo bo'ldi... E-7-Y Vizasi Tarixi Boshlanmoqda!
E-7-Y — bu Koreya hukumati tomonidan 2024-yil mart oyida joriy etilgan ishchi vizaning yangi turi bo‘lib, o‘rta maktab diplomiga ega bo‘lgan migrant yoshlar uchun mo‘ljallangan.
Bu viza Koreyada ulg‘aygan, lekin oliy o‘quv yurtiga kirishga imkoniyati bo‘lmagan immigrant o‘quvchilarga ish topish va mamlakatda qonuniy yashash imkonini beradi.
Batafsil o'qish
Manba: uzbek_students_korea
@Elyorbilan
#viza@Elyorbilan
1 070
📌 Ha aytgancha, qiziqarli savol bergan yoki meni savolimga javob bergan insonlarga bir necha sovg’alar olib boraman.
1 070
- Shanba kuni vaqtingizni ajratib kelganingizga yarasha, men ham bir necha hafta qo’shimcha izlandim.
- Bir necha HR xodimlar, Chet ellikni ishga olmoqchi bo’lgan CEO va Chairman lar, shuningdek Tajribali Chet elliklar bilan kofe ustida yoki online fikr almashdik. *Men asosan ularni eshitdim.
- Darslikni update qilib, shanba kungi forumda ulashaman. Videoga alohida yozib olinmaydi.
- Forum payti, 10 ga yaqin ish e’lonlarini birga ko’rib chiqamiz. Ularga o’zi kimlar kerak? Qanday topshirsa e’tiborni torta oladi? Va albatta Kompaniyada yashab qolishgacha bo’lgan “mashaqqatli” yo’llarni tushuntirib beraman.
Elchixonada ko’rishguncha!
Yuqoridagi postda ro’yxatdan o’tish uchun link qoldirilgan.@Elyorbilan
1 070
Repost from WAYU Korea
📣 KOREYADAGI O‘ZBEK YOSHLARI FORUMI – 2-QISM
Ish Topish, Intervyu va Ishdagi Muvaffaqiyat
🗓 28-iyun (shanba)
📍 O'zbekiston Elchixonasi | 서울 종로구 운니동 1
🕑 Vaqt: 14:00 – 17:00
Forumimizning ikkinchi qismi Haksenguz jamiyati tashabbusi bilan – "Yuksalishga Yo‘l" deb nomlangan netvorking uchrashuvi bo‘lib, bu safar Koreyada ish topish, intervyu jarayonlari va ish joyidagi muvaffaqiyat mavzulariga bag‘ishlanadi!
🎤 Mehmon-spiker:
Elyor Nurdinov – Senior specialist, CAVAC (vaksina kompaniyasi)
Mavzu: “Kompaniya muhitiga moslashish kerakmi?”
Uchrashuv davomida sizni kutadiganlar:
- CV va rezyume yozish bo‘yicha foydali tavsiyalar
- Ishga kirish intervyulariga tayyorgarlik
- Kompaniya madaniyatiga moslashish bo‘yicha amaliy maslahatlar
- Soha vakillari bilan tanishuv va networking
- Savol-javoblar va real tajriba asosida maslahatlar
🍛 Forum davomida o‘zbekcha osh va ichimliklar bilan mehmon qilamiz.
👥 Joylarimiz yetarlicha – do‘stlaringizni ham olib keling!
📌 Ro‘yxatdan o‘tish (majburiy): https://forms.gle/wiYVg1sWxjXNm3bp9
📌 Eslatma: Bu forumning 2-qismi bo‘lib, soat 10:00 dan 12:40ga qadar IT haqida suhbatlashiladi (oldingi postlarda).
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
1 070
Saramin - Marketing sohasi vakillari uchun ish
- Koreyada Fintechda marketing bo’yicha CIS hududiga qaraydigan xodim izlashayabdi. Talab va qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi link orqali ko’rishingiz mumkin.
Tip 📌
SMM sohasida qilgan ishlaringiz yoki marketing ga oid Portfolio bo’lsa albatta belgilab ko’rsatib o’ting. Online va offline marketing qila olishingizni va odamlar bilan suxbatlashish yoqishini ham bildirishga harakat qiling (albatta shunday bo’lsa).
@Elyorbilan
#ishtopish@Elyorbilan
#offer@Elyorbilan
1 070
Ayniqsa bizning shahar Daejeonda. Birgina kichkina hududida bir necha O’zbeklarimiz shu muammo sabab qamoqda.
Kattalari esa allaqachon “survorgan”
1 070
Repost from Jahongir Ganiev⚖️
Judayam g'alati ishlar bo'lyapti birodarlar.🤔
Kartasida noqonuniy pul aylantirgan ko'p bollarni politsiya ushlab, qamoqqa olib kirib tashlayapti.Kartasida qancha pul aylanganidan qat'i nazar hammasi ketyapti.Qing'ir ishi qiyig'i qachondir chiqadi. Oson pul topaman deb, kartasidan millionlab pullarni aylantirib bergan bollar hammasi bitta-bitta qamoqqa ravona qilinyapti. Ko'pchiligi bu pullar qayerdan kelgani bilmasdan, ma'lum bir pul evaziga bank kartasini pulni aylantirib, jinoyatga sherik bo'lyapti. Iltimos, akalar-ukalar, oson pul topaman deb hayotizni barbod qilmanglar.
1 070
Repost from Jahongir Ganiev⚖️
So‘nggi paytlarda ba’zi talabalar va ishchi vizadagilar “oson pul topaman” degan niyatda o‘zlarini jinoyatga sherik qilib qo‘yishmoqda.
Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda “hisob raqamingdan pul o‘tkazamiz, senga hech narsa bo‘lmaydi, faqat o‘tkazib berasan, evaziga foiz olasan” degan takliflar juda ko‘paygan.
Ko‘pchilik bunga rozi bo‘lib, o‘zining bank kartasini (masalan, TossBank, Hanabank,vahakazo) berib qo‘ygan.Yoki noma'lum pullarni qabul qilib,(pul so'mmasi judayam katta 300-400mln won)boshqa odamga o'tkazib berishgan.Keyin esa hisob raqamiga kelgan pullarni boshqa joyga o‘tkazib bergan va buning evaziga pul olgan. Biroq bu yordam emas — jinoyatga sheriklik hisoblanadi.
Ayni paytda shunday holatga tushgan 6-7nafar bola hozirda qamoqqa olingan. Ular firibgarlik (사기) jinoyatiga aloqadorlikda ayblanmoqda. Koreyada bu juda jiddiy jinoyat hisoblanadi.Agar siz o‘z bank kartangizni firibgarlar uchun ishlatishga bersangiz yoki o‘zingiz orqali o‘tkazilgan pullarning firibgarlik bilan bog‘liqligini bilmasangiz ham — baribir siz jinoyat sherigi bo‘lib hisoblanasiz.
Koreyada bunday jinoyatlar uchun quyidagi jazolar mavjud: 5 yilgacha qamoq yoki katta miqdorda jarima (15–30 million vona gacha).Moliyaviy jinoyat deb ro‘yxatga olinadi va vizangiz, kelajagingiz xavf ostiga tushadi. Katta ehtimol bilan deportatsiya bo'lib ketasiz.
Shuning uchun hech qachon o‘z nomingizdagi hisob raqamni boshqa odamga bermang.Begona shaxsdan kelgan pulni ham boshqa birovlarga o'tkazib ham bermang.“Faqat pul o‘tkazganman”,"men ularni tanimas edim" degan gaplar ham sizni qutqarmaydi.Sudda bu ishlar “bilmaganman” degan gap bilan yopilmaydi.Oson pul topish— ko‘pincha og‘ir jazoga olib keladi. Bir daqiqalik foyda uchun butun kelajagingizni xavf ostiga qo‘ymang.Firibgarlik ortidan topilgan pullar evaziga ma'lum bir muddat o'zizni baxtli his qilishingiz mumkin, lekin bu baxt uzoqqa bormaydi.Undan ko'ra aqlizni ishlatib, o'qing, ITni o'rganing, chalg'imasdan zavodizda ishlang, arbaytga chiqing.
Yomg'ir sezon boshlanish arafasida bu postni ulashib qo'yay, ish yo'q deb har xil yo'llarga kirib ketib qolmanglar yana.😬
@ganiev_tarjimon
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
