Elga yor (Elyor)
الذهاب إلى القناة على Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
إظهار المزيد1 062
المشتركون
-124 ساعات
+47 أيام
+730 أيام
أرشيف المشاركات
1 062
Bugun bir markazdan yozib qolishdi.
엘료르씨 Mana shu kunlariga O’zbekistondan delegatsiya kelayotgan edi, tarjimon tanishlaringiz bormi? Iloji bo’lsa, viza turi F bo’lishi kerak.
Qarasam, o’zimni vaqtim bo’ladigan kun ekan. Mana menda o’sha tarjimon deb - ishni o’zim olib qo’ya qoldim 😃. Keyin nima uchun aynan F viza bo’lishi kerakligini so’radim. (Taxminan sababini bilardim)
So’ngra ular:
1. Elyor bilasiz, D2 vizadagilar alohida ruhsat olishi kerak, kamida ertaga soliqqa ariza qilinsa, bir necha yil o’tib, o’chirib berishni iltimos qilishayabdi.
2. E7 vizadagilar esa 2 ta ish mumkin emas deb pulni naqd so’rashadi.
3. Boshqa vizalarga hujjatlar qilib berish kerak, bu bizni nazdimizda ortiqcha ish.
Shu sababdan F vizadagilar bizga optimal variant deb javob berishdi.
Xulosa: Iloji boricha F vizaga o’tishga harakat qiling. Agar hozirda imkoningiz bo’lsa, ikkilanmay F vizani oling. Nafaqat ishda, ko’chmas mulk sotib olishda va juda ko’p joylarda bu katta “status” deganidir.
Men ham ushbu vizaga o’tganimdan so’ng, ancha imkoniyatlar ochilganini ko’rib kelayabman.
@Elyorbilan
#foydali@Elyorbilan
#tavsiya@Elyorbilan
1 062
Repost from Azamat Akbar | Lektorium
Қуйидаги 6 нарсани одамларга айтишдан эҳтиёт бўлинг:
1. Режаларингизни ошкор қилманг – кераксиз маслаҳатлар ва тўсиқларга дуч келасиз.
2. Заифликларингизни айтманг – баъзилар буни сизга қарши ишлатади.
3. Омадсизликларингизни бўлишманг – одамлар сизга доимо шубҳа билан қарайди.
4. Катта режаларингиз ҳақида гапирманг – қилаётган ишларингиз натижа орқали гапирсин.
5. Сирларингизни сақланг – ишончли бўлиш ҳар доим ҳам хавфсиз эмас.
6. Даромадингиз ёки пул манбаингиз ҳақида гапирманг – камтарлик кўпроқ таъсир қилади.
1 062
Vaqtida qilingan skrinshot - sug’urta demakdur.
Har qanday shubhali jarayonga duch kelsangiz, skrinshot qilishni tavsiya qilaman. Ba’zi skrinlar bir necha yildan so’ng as qotishi mumkin.
@Elyorbilan
#ogoh@Elyorbilan
1 062
Vakansiya - O’zbekistonda
Tarjimonlik: Qolgan ma’lumotlar rasmda ko’rsatilgan.
@Elyorbilan
#ishtopish@Elyorbilan
#offer@Elyorbilan
1 062
GKS uchun mentorlik kurslarini tavsiya (balki reklama) qilish bu har qanday reklamadan ko’ra foydali bo’loshi mumkin. 📌
GKS da o’qiganlar buni gashtini juda yaxshi bilishadi. Shu sabab, bu kvota uchun maksimal O’zbekistonliklar yutishini, bepulga ta’lim olishini xoxlaymiz.
Aksariyat GKS yutganlar, bor e’tiborini asosan o’qishga qaratishadi. Bu esa, qadrli kadr bo’lishda muhim omil deb bilinadi.
Shu sabab, Sadulla aka ochgan kursdan maksimal foydalanishingizni so’rayman. Bilishimcha kurs narxi juda qimmat emas.
1 062
🇰🇷2026-yilgi GKS-U bakalavr granti mentorlik guruhi
Hudoxohlasa 2026-yilgi GKS-U grantiga hujjat topshirishni boshlanishiga ham 2 oycha muddat qoldi.
Shu sababli bu grantni yutishga yordam beradigan mentorlik guruhini ochmoqchiman.
Bu mentorlik guruhi qanday ishlaydi deysizmi?
1) Guruhda GKS granti haqida umumiy ma'lumot, hujjatlarni qanday tayyorlash, essaylar (personal statement va study plan) va tavsiyanomani qanday yozish, suhbatga qanday tayyorlanish, viza olishda kerakli ma'lumotlar beriladi.
2) Hujjatlarni qanday qilish va har bir essayni qanday yozish uchun video darslar guruhga yuboriladi. Essaylarni ko'rib chiqib, yaxshilash uchun har bir guruh a'zosi bilan birga-bir onlayn dars o'tkaziladi.
3) GKS-U granti uchun universitet va yo'nalish tanlashda kerakli maslahatlar beriladi. Tayyor hujjatlarni tekshirib berib, ularni Koreyaga yuborish uchun yo'l-yo'riq ko'rsatiladi.
Qisqasini aytganda GKS grantini yutish uchun hamma yordam beriladi. Boshidan oxirigacha:)
Hozircha bunday mentorlik guruhi orqali 15 tadan 20 gacha bo'lgan o'quvchim Koreyada GKS grantini yutib, o'qishyapti.
Darslar davomida shu o'quvchilarim bilan suhbatlar ham qilamiz InshaAlloh.
2 oy davomida GKS ganti uchun hamma hujjat va essaylarni yozib, tayyor qilish eng asosiy maqsaddir.
Shunga mentorlik guruhiga qattiq ishlab, GKS grantini yutish uchun ter to'kishdan qo'rqmaydiganlar qo'shilishi kerak!
GKS mentorlik guruhiga qo'shilish talablari:
1 - 24 yoshdan kichik bo'lgan
2 - atestat yoki diplom baholari umumiysi (GPA) 80% dan kam bo'lmagan
3 - Koreys yoki Ingliz tilini insho yozish darajasida yaxshi biladiganlardir!
Guruhga qo'shilish uchun to'lov ham bor
P.s. Guruhga qo'shilishni xohlaganlar menga @sadulla91 orqali yozishlari mumkin! GKS yutish uchun yozda yaxshilab ter to'kmoqchi bo'lganlar bormi?😁
@allimtv
1 062
Men qayta-qayta o’qisam ham zerikmaydigan O’zbek romanini Koreys tiliga tarjima qilinganligi quvonarli.
Koreys do’stlarimga sovg’a qilish uchun ajoyib kitob bo’libdi. Ayniqsa ular, qadimgi va hozirgi O’zbek madaniyatini tushunishida ham zo’r vosita bo’la oladi.
Kitobdagi holatlar meni shaxsiy hayotimda ham o’xshashlik bo’layotgani, qayta-qayta o’qishga undasa ne ajab.
@Elyorbilan
1 062
Repost from SALOM KOREYA kanali
+9
📣 ❤️🔥❤️🔥❤️🔥 KOREYADA TARIXIY VOQEA❗️
Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" romani koreys tilida nashr etildi
"O’tkan kunlar" romani Abdulla Qodiriy (1894–1938) tomonidan 1922-1925-yillarda “Inqilob” jurnalida bosma shaklda chop etilgan, 1926-yilda kitob sifatida ommaga taqdim qilingan. Ushbu asar o'zbek adabiyotida birinchi to'liq roman sifatida tarixga kirgan.Shu kungacha bir necha chet tillariga tarjima qilingan bu roman mana endi koreys tiliga tarjima qilinib, "아팠던 시간들" nomi bilan nashr etildi. Tanlangan koreyscha nom ham o'ziga xos va chuqur ma'noga ega. Nima uchun bu tarjima alohida ahamiyatga ega? Qodiriyning asari milliyligimizni, tarixiy tajribamizni va insoniy qadriyatlarimizni dunyoga tanitadi. Bu tarjima shunchaki til ko'prigi emas, balki madaniyatlar o'rtasidagi chuqur aloqa, haqiqiy madaniy va ilmiy yutuqdir. Qolaversa, Janubiy Koreyada yashovchi o'zbek jamiyati uchun ham bu ayniqsa katta ahamiyatga ega. Endi biz o'z madaniy merosimizni tarjima qilingan asar yordamida koreys do'stlarimiz, hamkasblarimiz, professorlarimiz, rahbarlarimiz va turli tashkilotlarda ishlovchi boshqa kishilarga yetkazishimiz mumkin. Loyiha va uning muhim ishtirokchilari: Bu tarjima Koreyadagi professor Kim Tschung‑sun (김중순 교수) tomonidan amalga oshirilgan.
Tarjima muallifiga oid ma’lumotlar: - 계명대학교 실크로드 중앙아시아연구원 (Keimyung universiteti Ipak yo’li – Markaziy Osiyo tadqiqot instituti): [Youtube kanal] - 위대한 유산 우즈베키스탄 (Legacy of Uzbekistan) kitobi: KyoboBook, Yes24, Aladin.2,5 yilga yaqin davom etgan bu loyiha va ilmiy-madaniy hamkorlik – 🔸 Janubiy Koreyadagi O'zbekiston elchixonasi rahbar-xodimlarining qo'llab-quvvatlovi, xususan, maslahatchi-vakil Fazliddin Arziyevning bevosita va asosiy ishtiroklari, yuqori darajadagi sa’y-harakatlari natijasida, 🔸 Ozodbek Nazarbekovning (O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri) kitobga yozilgan kirish so'zlari, 🔸 Xondamir Qodiriy (Abdulla Qodiriyning nabirasi va Qodiriy uy-muzeyining direktori) taqdim etgan bebaho materiallari, matnning asl ma'nosini saqlash uchun maslahatchi sifatidagi ishtiroklarida, 🔸 Akmal Nurning (O‘zbekiston xalq rassomi, O'zbekiston milliy badiiy akademiyasi direktori, Keimyung universiteti tasviriy san'at kolleji maxsus professori) ijodlariga oid nafis tasviriy-illyustratsiyalari, 🔸 Nazokatxon Askarxo'jayevaning tarjima sifatini tekshirishdagi yordami va professor Dilnoza Kalanovaning adabiy tahlili, hamda yana ko'plab boshqa mutaxassislarning hamkorligi natijasida amalga oshdi. Elchixonamiz tomonidan Koreyadagi xorijiy diplomatik korpus vakillari uchun ushbu kitobning taqdimoti tashkil qilinib, tarjima muallifi ishtirokida maxsus tadbir o'tkazildi. Biz qanday hissa qo'sha olamiz? Adabiy merosimizni yanada kengroq ommaga yetib borishi uchun: ✅ avvalo, Koreyadagi kitob do'konlaridan sotib oling va o'zbekcha asli bilan yonma-yon qo'yib o'qing va zavqlaning (KyoboBook, Yes24, Aladin), ✅ #UtkanKunlar #아팠던시간들 hashtaglarini ishlatib, ijtimoiy tarmoqlarda kitob haqida o'zbek va koreys tillarida post qoldirish orqali ulashing va tavsiya qiling, ✅ koreys yaqinlaringiz va tanishlaringizga qimmatli sovg'a sifatida hadya qiling, ✅ Koreyadagi kitobxonlik guruhlari, universitet to'garaklarida o'qib muhokama qiling, madaniy tadbirlar va sahna ko'rinishlarini tashkil eting, bu romanning ahamiyati haqida kengroq aytib bering, ✅ postni o'rtoqlashing. Sizning qo'llab-quvvatlovingiz "O'tgan kunlar" tarixiy romanini nafaqat til, madaniyat va tarix mutaxassislari orasida, balki qalblar va g'oyalar o'rtasidagi ko'prik bo'lishiga yordam beradi. Kelajakda loyiha haqida hujjatli film yoki uning ishtirokchilari bilan kengaytirilgan intervyu ishlanishini umid qilib qolamiz. #UtkanKunlar #AbdullaQodiriy #Qodiriy #아팠던시간들 #압둘라코디리 #코디리 —— "O'tgan kunlar" filmi: [LINK] Abdulla Qodiriyning uy-muzeyida uning nabirasi bilan suhbat: [LINK] Roman haqida (Rahmon Qo'chqor): [LINK] "O'tkan kunlar"ning amerikalik tarjimoni Mark Edward Reese bilan o'zbek tilidagi suhbat (2019): [LINK] —— Kanalga a'zo bo'lish uchun: 👉 t.me/SalomKorea Koreyadagilar uchun guruh: 👉 t.me/SalomKoreya
1 062
Vakansiya - Anvarjon aka yozayabdilar:
Assalomu alaykum, hammaga
Men ilgari ishlagan kompaniya hozirda Overseas Sales Manager lavozimi uchun nomzod izlamoqda. Maqsad — Qozogʻiston va boshqa Markaziy Osiyo bozorlariga kirish.
Agar sizda shu sohaga qiziqish, tajriba yoki salohiyat bo‘lsa, bemalol murojaat qilishingiz mumkin.
🌍 Job Opening: Overseas Sales & Marketing Specialist
Location: 180 Osongsaengmeong10ro, Osong-eup, Cheongju-si, South Korea
Company: Noanix Corporation – Innovators in medical coating solutions and devices
🧭 About Noanix
Noanix is a leading developer of hydrophilic, antimicrobial, and antithrombogenic coatings and coating equipment manufacturer for medical devices.
💼 Position Overview
We’re seeking a dynamic Overseas Sales & Marketing Specialist to expand our global footprint—especially in Central Asia and Europe. This role blends strategic market research, customer engagement, and international representation.
📝 Key Responsibilities
- Conduct market research to identify export opportunities for Korean medical devices
- Discover and onboard new customers for Noanix’s coating devices and solutions
- Promote and distribute Korean medical equipment in overseas markets
- Represent Noanix at international exhibitions and trade shows
- Deliver product introductions and presentations to potential clients
🌐 Requirements
- Languages: Fluent in English, Russian, and Korean Topic-4
- Strong communication and presentation skills
- Willingness to travel internationally for exhibitions and client meetings
- Both experienced and new graduate applications are welcome to apply
🎓 Preferred Qualifications
- Bachelor’s degree in Engineering or Chemical Engineering
- Experience in medical device sales is a plus
📧 Application Submission:
Send your resume and cover letter to anvarabdurashidov960@gmail.com with the subject line “Overseas Sales & Marketing Application.”
@Elyorbilan
#ishtopish@Elyorbilan
#offer@Elyorbilan
1 062
Repost from Mansurbek (Ph.D) | Insights
AI sohasidagilarning ketmoni uchadigan davr kelayabdi.
Yaqinda UNIST InnoCORE tomonidan e’lon qilingan 50 ta tadqiqotchi uchun e’longa e’tibor bering. Barchasi AI ni integratsiya qilgan sohalar. Koreyada yangi hukumat kelishi bilanoq, AI ning kuchaytirish ishlari boshlab yuborildi.
Eng qizig’i yillik maoshi 90 mln va qo’shimcha sug’urta va bonuslar. Uy bilan ta’minlash, barcha eng ilg’or jixozlardan foydalanish imkoniyati. Advisorlar, Koreyadagi top scientistlar. Bundan ortig’i bo’lmasa kerak 😄.
AI ni haligacha hype deb boshlamay yurganlar, boshlash vaqti kelmadimikan?
Havola: https://inno4h2.cafe24.com
Rasm linkedindan uxlatildi.
Va’da bergan joyim bo’lmaganda apply qilib yuborardim.
@mansurbek_blog
1 062
+1
🇰🇷K-Brand xalqaro camp
Koreyaning xalqaro brendlari o'z maxsulotlarini chet elliklarga tanishtirish uchun 2 kunlik camp ga taklif qiladi.
Kimlar uchun:
Koreyada yashovchi 100 nafar chet elliklar
Camp muddati: 26, 27-Avgust kunlari
Turar joy (Konjiam dam olish maskani) va ovqat tashkilotchilar tomonidan ta'minlanadi, ya'ni bepul:)
Bu tadbirda Koreyaning BBQ, Nongshim, Amore Pacific va boshqa kompaniyalari ishtirok etadi.
Tadbir davomida kompaniyalarning zavodlariga borib, yaqindan tanishishingiz mumkin.
Campda qatnashishga ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdJdA6Wsa8LTS70fuaIWDg60qGg9XPSQFp1eaI0MaOuy27SgA/viewform
Bu orqali balki ishga kirishda ham foyda olarsiz.
P.s. Koreya kompaniyalarida ishlaydigan O'zbeklar ko'payishini tilab qoluvchi admin Sadulla😊
@allimtv
1 062
+1
Haydovchilik guvohnomasi haqida savol ⁉️
Bu kichik muammo bo’lsada, ammo ko’p bosh og’riqlarga sabab bo’ladi. Shu sabab, sizda ham o’xshash holat bo’lsa, to’liq ismingizni yozdirishingiz kerak.
Savol va javobni rasmdagi email orqali tekshirishingiz mumkin. Foydali bo’lishi uchun sizlar bilan ham ulashayabman.
@Elyorbilan
#foydali@Elyorbilan
#haydovchilikguvohnomasi@Elyorbilan
1 062
+2
Madaniyatsizlik haqida ❗️
Ko’pchiligingiz ko’rgandursiz, Koreyaning eng gavjum va mashxur ko’chalarining birida dasturxon yozib, osh yegan 3 nafar “shovvoz” larning videosini.
Men bu odam haqida bir necha yill avval ham yozgan edim, rasmda ko’rishingiz mumkin. (Kostyum shimli mlogger)
Bundaylar odam bo’lishi qiyin, o’zi hohlamagunicha. Shu sabab, qonuniy chora ko’rish kerak bo’ladi qachondur.
- Bir izohga ahamiyat berishingizni so’rardim. Insonga, bosayotgan layk, yozayotgan uzoh va ulashayotgan kontentiga qarab ham baho bera olasiz. Video izohiga yana boshqa blogger yozgan izohni ko’ring, va o’zingiz uchun xulosa qiling.
Nima uchun Subyektiv Koreyaga kelganda juda ko’pchilik, “mlogger” larni olib chiqmang deganini endi tushungandursiz?
@Elyorbilan
#aktual@Elyorbilan
1 062
Savol ⁉️
Siz ushbu insonning o’rnida bo’lganingizda nima qilar edingiz?
Yoki qanday maslahat berar edingiz?
1 062
Bangladeshlik 🇧🇩do’stim haqida
CNU da birga Liderlik qilgan Bangladeshlik Abdurahman ga kecha hol ahvol so’rab aloqaga chiqgan edim. Sababi chet elliklar markazi tomonidan uyishtirilgan eventda ko’rinmagani, ahvoli qanday ekanligini so’ragandim.
U bo’lsa, Elyor eslaysanmi senga Koreya “Long Term” uchun mos Davlatdek tuyulmaganini aytgan edim deb qoldi. Men bo’lsa, ha esimda, desam u Amerikaga ketganini va kelajagini u yerda qurayotganini aytib qoldi.
Gap orasida, agar imkoning bo’lsa ikkilanmay USA ga kelishingni tavsiya qilaman, chet ellik o’laroq, bu yerda hech qanday to’siqlarni sezmaysan deb yozib yuboribdi.
Qanday to’siqlay ekanligini aytmasam ham o’zingiz yaxshi tushungandursiz.
Sizchi siz? Koreyani “long term” davlat sifatida ko’rasizmi? Yoki qaysidir maqsadingiz yo’lidagi Koprik davlat xolosmi?
@Elyorbilan
1 062
Repost from Mentoriy
🎙 Diqqat, diqqat! 🎉
5-iyul(shanba), 22:00 (Koreya vaqti)da, bizning podkastimiz boshlanadi! 🔜
Ushbu tarixiy lahzada biz bilan hozirda Business Development (senior specialist) bo'lib ishlab kelayotgan Elyor Nurdinov (Elga yor) bo‘ladilar va qiziqarli mavzularni muhokama qilamiz! 🌟
Ajoyib suhbatlar, yangi g‘oyalar 💡 va ilhom baxsh etuvchi daqiqalarni ⏳o‘tkazib yubormang!
Sizning fikringiz 💬 biz uchun muhim! Ushbu post ostida yoki jonli efir paytida 📱 YouTube da izoh qoldirishingiz mumkin. Sizni qiziqtirgan har bir savollarga podcast davomida javob beramiz.
📱 YouTubeda kuzating!
📱 Instagramda kuzating!
📍 Jonli efir YouTube va Instagram platformalarida bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzatib boring va podcastimizga qo‘shiling!
Eslatma:
🗓 SANA: 5-iyul (SHANBA)
🇺🇿 UZB vaqti⏱: 18:00
🇰🇷 KR vaqti⏱: 22:00
📱 @MashaqqaTV
#podcast #LiveStream
1 062
+2
Bugun Community liderlari uchun tashkil qilingan uchrashuvda bir jihat ancha esda qolarli bo’ldi.
- Chet elliklar markazi, Team Leader tinglovchilarga yuzlanib so’radi: Kim bepul haydovchilik guvohnomasi olish kursimizni eshitgan?
- Faqat men qo’l ko’tardim. Haqiqatda ham bepulga kurs eshitim imtixondan o’tib, guvohnoma olgan edim. (Hozirgi darslarda hatto, a’lochilarga imtixon pullarigacha to’lab berishayotgan ekan)
Shunda Team leader bizga qarab, bu kursni tashkil qilishni Militsiya xodimlari iltimos qilishgan. Juda ko’p chet elliklar, haydovchilik guvohnomasiz mashina haydab - qonun buzganlari, odam urib yuborganliklari ko’paygani bois, bu holatlarni chorasi sifatida shuni ko’rishdi deb aytdi. Men bo’lsa, asosan bu qonun qoidalarni o’zimizni qorako’zlar buzishini, ammo bu kurslar ularga foyda berishiga ishonchim komil bo’lmay tinglab o’tirdim. Tog’risiyamda, “pravasiz” mashina haydagan odam, bir necha soat “bir yerini” qo’yib dars qila olarmidi? Qunt qilishga aqli yetarmidi?
Shuncha bepulga dars va kurs lar tashkil qilinganda ham qonun buzib, aka endi men nima qilaman? Yo’l yo’riq ko’rsating desa, tog’ri deportatsiya qilinadigan xonani ko’rsatgim keladi. Inson o’zini hurmat qilmagandan keyin, birovlarni hurmat qilishini kutishlik aqlsizlikdur.
@Elyorbilan
1 062
Parrandalarda yuqumli kassaliklardan bo’lgan Flu bo’yicha rasman, seminar o’tish huquqini qo’lga kiritdim.
Bu sertifikat faqat Kompaniya ichki qismiga tegishli bo’lib, chet el yoki boshqa Veterinarlar bilan muhokamada ishtirok huquqini beradi.
Kecha imtixon topshirgan edim, bugun natijasi chiqibdi. 2024 yil martdan beri tayyorgarlik ko’rayotgan edim.
Eshitishimcha, bu kabi imkonga hozir Koreyada 3 nafar chet ellik egalik qilar ekan. (Men bilan hisoblaganda)
@Elyorbilan
