Elga yor (Elyor)
Open in Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
Show more1 071
Subscribers
-124 hours
+27 days
+11630 days
Posts Archive
1 071
Repost from Jahongir Ganiev⚖️
🆘️Bundan bir necha oy oldin, Koreyada bolalar xavfsizligi hududida (어린이보호구역), o‘zbek ukamiz haydovchilik guvohnomasiz va belgilangan tezlikdan yuqori harakatlanib ketayotib, yo‘l chetidan o‘tayotgan yosh bolani urib yubordi.Ish Juma kuni SEUL MARKAZIY SUDIDA ko'rib chiqilib, ukamizga hukm o‘qildi. Sud unga 6 oy qamoq jazosi (징역) va 2 yil sinov muddati (집행유예) jazosi belgiladi. Shuningdek, jabrlangan bolaga 30 million von miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyati yuklandi.🆘️
"Ushbu postni Koreyadagi barcha guruhlarga ogohlantirish uchun tarqatib qo'ying"Sudning qaroriga ko‘ra, ukamiz quyidagi qonun bandlari asosida aybdor deb topildi: 1⃣. Koreya Yo‘l harakati to‘g‘risidagi qonun (도로교통법) 152-modda, 1-band: Haydovchilik guvohnomasiz avtomobil boshqarganligi uchun. 2⃣. Transport hodisalarini maxsus ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qonun (교통사고처리특례법): Bola jarohat olgani sababli og‘ir jazo talab qilingan. 3⃣. 12 ta og‘ir huquqbuzarlik (12대 중과실): Bu holatda haydovchilik guvohnomasiz avtomobil boshqarish 12 ta og‘ir huquqbuzarlikdan biri sifatida hisoblanadi. Shunga qaramay, sud qarori e’lon qilingach, koreys ota-onalar norozilik bildirdi va og‘irroq jazo talab qilib, apellyatsiya shikoyatini kiritishlarini aytishdi. Jabrlangan bolaning sog‘lig‘i og‘irroq ahvolda ekan. Men sudga tarjimon sifatida emas, men gaplashib bergan ukamizni advokati bilan bordim.Shu bilan birga erkin tinglovchi sifatida qatnashdim. Koreys oila umuman kelishuvga (합의) rozi bo‘lishmadi va qonuniy ravishda og‘irroq jazo berishni talab qilib turishdi. 22 yoshda bo‘lgan, Koreyaga kelganiga hali 1 yil to‘lmagan ukamiz hozirda panjara ortida. Albatta, uning qilgan ishini hech qachon oqlay olmayman. Men Koreyada yashayotgan o‘zbek yurtdoshlarimizni har doim ogohlantirib kelaman: "Haydovchilik guvohnomasiz mashina haydamanglar, ertaga bu sizlarga qimmatga tushadi," deb. Birinchi tergov boshlangandan buyon, ukamizning onasi bilan aloqada bo‘lib turdim. Advokat va kompensatsiya puli uchun ular uy-joylarini sotishlariga to‘g‘ri keldi. Onasi har kuni yig‘lab: "Farzandimni iltimos saqlab qoling," deb murojaat qiladi. O‘rtada Jahongir sarson. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, ukamiz katta qonunbuzarlik sodir etib, kimningdir sevimli farzandini og‘ir ahvolga solganini hech qachon oqlamayman. Mening vazifam advokat bilan maslahatlashib, unga nisbatan qo‘llanayotgan jazoni yengillashtirishga yordam berish bo‘ldi, chunki men birinchi kunidayoq politsiya tergovida qatnashgan edim. Xulosa o'rnida shuni ayta olamanki: Koreyada haydovchilik guvohnomasiz mashina haydash katta muammolarga olib kelishini yana bir bor eslatib o‘taman. Hurmatli yurtdoshlar, haydovchilik guvohnomasiz mashina boshqarishning oqibatlari juda og‘ir bo‘lishi mumkin.Sizlarni qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz. Ya'nada ko'proq ma'lumot uchun kanalga obuna bo'ling: 📱👉@ganiev_tarjimon
1 071
Koreyada D10 viza vakillari qayerdan ish qidirsa bo’ladi?
Ish topish mumkin bo’lgan saytlar:
-Saramin (www.saramin.co.kr) - Ish qidiruvchilar uchun eng mashhur saytlardan biri. Unda turli sohalardagi ish imkoniyatlari mavjud.
-JobKorea (www.jobkorea.co.kr) - Koreyadagi yirik ish qidirish platformalaridan biri bo'lib, unda ko'plab kompaniyalarning vakansiyalari mavjud.
-PeopleNJob (www.peoplenjob.com) - Ayniqsa xalqaro ish qidiruvchilar uchun foydali sayt bo'lib, ingliz tilida ish imkoniyatlari ham mavjud.
-LinkedIn (www.linkedin.com) - Xalqaro professional tarmoq bo'lib, Koreyadagi ish beruvchilar ham bu platformada ish e'lonlarini joylashtiradi.
-WorkNet (www.work.go.kr) - Koreya hukumati tomonidan boshqariladigan saytdir. Bunda mahalliy va xalqaro ish qidiruvchilar uchun turli vakansiyalar mavjud.
-Craigslist Seoul (seoul.craigslist.org) - Xorijliklar uchun ishlashga mos bo'lgan vaqti-vaqti bilan mavjud vakansiyalar joylashtiriladi.
-Wanted (www.wanted.co.kr) - Bu sayt ham ishlash imkoniyatlarini va kompaniya madaniyati haqida ma'lumot beradi.
-Indeed Korea (kr.indeed.com) - Xalqaro ish qidirish sayti bo'lib, Koreyada ham keng qo'llaniladi.
-Glassdoor (www.glassdoor.com) - Ish beruvchilar haqidagi sharhlar va vakansiyalar mavjud bo'lib, Koreyadagi ish imkoniyatlarini topish uchun ham mos.
-Korea Jobs (www.koreajoblink.com) - Koreyada xorijiy ish qidiruvchilar uchun maxsus tashkil etilgan.
-Freelancer Korea (kr.freelancer.com) - Freelancerlar uchun loyihalar va vaqtinchalik ish imkoniyatlarini topish uchun yaxshi platforma.
-WeWorkRemotely (www.weworkremotely.com) - Masofaviy ish qidirayotganlar uchun platforma bo‘lib, Koreyada yashab masofadan ishlash imkonini berishi mumkin.
Ish Topish mumkin bo'lgan Markazlar:
-Seoul Global Center - Bu markaz Koreyada yashayotgan xorijliklar uchun turli xizmatlarni taqdim etadi, jumladan ish qidirish bo'yicha maslahatlar va yarmarkalar.
-Employment Support Centers for Foreigners - Chet elliklar uchun tashkil etilgan bandlik markazlari bo'lib, ular ish qidirish, rezyume tayyorlash va suhbatga tayyorgarlik ko'rishda yordam beradi.
-Hello Work - Bu Koreya hukumati tomonidan xorijiy talabalar va ish qidiruvchilar uchun tashkil etilgan markaz bo‘lib, ish topishga va bandlik bilan bog'liq boshqa masalalarda yordam beradi.
-HRD Korea (www.hrdkorea.or.kr) - Koreya kasbiy rivojlanish va bandlik agentligi bo'lib, turli kasbiy treninglar va ish topish xizmatlarini taqdim etadi.
Shuningdek, Koreya bo’ylab o’tkazilib turiladigan “Job fair” larda faol qatnashib, o’z ish joyingizga ega bo’lishingiz mumkin! Universitet saytlari, chet elliklar markazi va hokimiyat saytlarida ham chet elliklar uchun ish o’rinlari e’lon qilinib turiladi.
📊 Hozirda Koreya hududida 1,500 ga yaqin O’zbekistonliklar aynan D10 viza statusida yashab kelishmoqda.
D10 viza egalariga ish topishda va qimmatli tajriba ortirishda omad tilayman!
Ko’plab foydali ma’lumotlarga ega bo’lish uchun obuna bo’lishni unutmang: @Elyorbilan
1 071
Koreyada O’zbekiston fuqaroligidan voz kechmagan holda, Koreya pasportiga ham egalik qilish mumkinligini bilarmidingiz⁉️
Yaqin kunlarda shu mavzuga oid video yoki post joylayman.
1 071
🇹🇭Taylandlik sherikdan sovg’a
Fevral oyida xizmat safari bilan Pokistonga Tayland orqali uchgan edim. Bir adjuvant (vaksinada ishlatiladi) na’munani Tayland uchun zudlik bilan yuborishga tog’ri kelgan edi. Men Taylandga mas’ul shaxs emas edim, ammo shoshilinch bo’lganiga olib berish ma’suliyatini bo’ynimga olgan edim.
Fevral oyida airport hududini tark etmay, Taylandlik sherikka “adjuvant” ni topshirib Pokistonga ketgan edim.
O’tgan hafta Taylandan sheriklar ish bo’yicha keldi. O’zbekistondan qaytishim bilan ularga hamrohlik qilayotib, men adjuvant bergan aka menga ushbu sovg’ani berayotib:
Esingizda bo’lsa, sizdan na’munani men olib qolgan edim. Vaqtdan yutib hozir qoniqarli natijaga erishdik. O’sha payt yo’q demay olib kelganingiz uchun rahmat, bu scarf sizga menda sovg’a. Kelasi yil workshopga Taylandga kelar ekansiz, sohil bo’yiga borganingizda ishlating deb olib keldim…
deya gapini yakunladi. O’sha payt kayfiyat biroz yo’qroq edi, akaning gapidan keyin ancha hursand bo’lib Taylanda ko’rishishga kelishib oldik. E’tiborning o’zi katta narsa.
Dunyo bo’ylab do’stlar ortirish har qaysi Davlatga sayohat qilish hissini ortiradi.Sizlarga esa hayrli 🌃 tilayman.
1 071
Chet elliklar siyosati
Oktabr oyi oxirida Daejeon shahar hokimiyati, parlament a’zolari va deputatlari ishtirokida Daejeondagi chet elliklar borasida tor doirada forum bo’lib o’tishi kutilayabdi. Qatnashish uchun Daejeondan 1 nafar chet ellikni taklif qilishgan ekan. Markaz direktori meni tavsiya qilgani uchun borib, kichik prezentatsiya va “debat”da ishtirok etadigan bo’lib turibman.
- Daejeondagi chet elliklarga qanday qulaylik yoki muammolar yechilishi haqida taklif va yechimlarni taqdim qilishimni iltimos qilishdi. Agar sizda variantlar bo’lsa marhamat hammasini bildirishga harakat qilaman. Menga tadbirda 15 daqiqa vaqt beriladi.
- Talab takliflar iloji boricha butun chet elliklarga aloqador bo’lishi kerak, Daejeon shahri uchun.
📊Statistika:
-Daejeon aholisining 2.2% chet elliklar tashkil qilib, ulardan 47.5% ish bilan ta’minlangan.
- Hozirda Daejeonda 23,384 nafar chet ellik yashab kelmoqda
-O’rtacha yoshi esa 36.5 ekan. -O’racha yillik daromadi esa 31,356,645 wonni tashkil qilayabdi.
- Koreyslar taxmin qilayotgan muammo esa ish topish va biznes yuritishdagi muammolar deb bilishayabdi.
Daejeon shahrida ilm fa’nga oid ish qiladiganlar 수도권ni hisobga olmaganda Davlat bo’yicha 2 o’rinda turar ekan.
Obuna bo’lish uchun: @Elyorbilan
1 071
📊Statistikadan bir shingil
Koreyada istiqomat qilayotgan O’zbekistonliklarning 2024-yil 31-Avgustga ko’ra, taqdim e’tilgan statistikani jadvallab chiqdim.
- Ko’rishga maksimal qulay bo’lishi uchun umumiy, erkaklar va ayollarga ajratdim. Quvonarli jihati - 90,000 lik dovonni bosib o’tganimiz va talabalar sezilarli ravishda oshgani bo’ldi.
- Eslatib o’tamanki, bu raqamlar rasmiy HiKorea saytida e’lon qilingan. Noqonuniy muhojirlar soni kiritilmagan.
- KOSIS: Manbasiga ko'ra, hozirda Koreyada 8,812 nafar O'zbekistonlik noqonuniy muhojirlar istiqomat
gilishayabdi. Bu umumiy sonning 2.1% deganidir.
Hozirda umumiy 423,675 nafar nogonuniy muhojir mavjud.
* Ana endi bemalol, Koreyada O'zbekistonliklar soni 100 mingdan oshdi deya olar ekanmiz!
- Keyingroq yanada to’liqroq mavzularga, shaharlarga bo’lib ko’rsatishga harakat qilaman!
Foydali ma’lumotlarga ega bo’lish uchun: @Elyorbilan ga a’zo bo’ling!
1 071
Bo’lajak hamkasaba
Bugun Laboratoriyamizga yaqindagina Bakalavr bosqichi yakunlab ish qidirayotgan yoshlarga ishxonamiz bo’ylab “tour” tashkil qilib berdim. Koreyaning turli xil universitetlaridan tashrif buyurishibdi. Seoul Milliy universiteti va Korea University esimda qoldi;)
Barchasi qizlar ekana (bollar allaqachon ishini topib ketibdi), yana ko’pi men o’qigan fakultet bitiruvchilari. (후배) lar. Hammasi Texnopark Biomedical bo’limdan tashrif buyurishibdi. (Shunday community bor)
3 soat davomida hamrohlik qilayotib qaysi bo’limga ishga kirish osonligigacha so’rab olishdi😅
#Fakt Chet elliklardan ko’ra Koreyslar ishga kirishi osonroq bizni Kompaniyaga.
1 071
Bugun 8 oylik rejani yakunlaydigan kunim.
Bir davlatga test qilish uchun “sample” yuborishim kerak edi. Qiziqarli jihati, sample olish jarayonida o’zim ishtirok etib, oxirgi qismi stikker yopishtirishni ham o’zim bajardim.
Boshlagan ishni yakunini kuzatish ham insonga qoniqish hissini bag’ishlaydi. Ana endigi navbat natijaga. Agar hamma jarayon ko’ngildagidek ketsa, men hohlagan davlatga yilda bir chiqib kela olish imkoniga ega bo’laman.
Taxmin qilingchi bu qaysi davlat?
1 071
Bir voqea yodimga tushdi…
Yaqinda O’zbekistonda Xitoy orqali borib kelgan edim. Koreyaga qaytayotganimda Xitoy aeroportining bir qisimiga ishim bilan kirdim. U yerda faqat Xitoylik yo’lovchilar edi. Ammo bir necha guruh O’zbekistonliklarga ko’zim tushdi. Ular Xitoychada shu darajada gapirayotgan ediki, agar yuzini ko’rmasangiz Xitoylik deb o’ylaysiz.
Men biroz hayron bo’lib qarab turib, Inglizchada: Sizlarni O’zbeklar deb o’ylabman deb yubordim😂
Ular bir-biriga qarab kulimsiradi. Va biz Uyg’urlarmiz, O’zbekcha gapiravering deb qolishdi. Shu shu Urumchilik qardoshlarni ko’rib qoldim. Ular Xitoyning boshqa shahriga uchib ketishayotgan edi. Hayrlashib, o’zaro uyg’urchada gaplashavering tushunasizku desam, biri sekin menga qarab bu Xitoyliklarga yoqmaydida.. keyinchalik bizga muammo bo’ladi dedi.
Shu payt bog’zimga bir narsa tiqilgandek bo’ldi qoldi.
Hammamizga nusrat bersin.
@Elyorbilan
1 071
Noxush habar!
Noqonuniy muxojirlarni qonuniylashtirish siyosati borasida kutilayotgan yangilik noma’lum muddatga ortga surildi.
Bunga sabab qilib, Koreya hukumati hozir nazoratga olishi qiyin deb baholabdi.
Koreya ishchi kuchi yaqin yillarda kamayishini hisobga olsak, qachondir baribir ushbu qonun kuchga kiradi.
Kuzatishda davom e’ting, keyinchalik aniq yangilik bo’lsa e’lon qilamiz.
Menga yuborilgan ma’lumotlar hammasi o’chirib tashlanadi (noqonuniy muhojirlarnikini na’zarda tutdim)
1 071
Koreyslarga yoqadigan sovg’a
Ijtimoiy tarmiqlarda juda ko’p Vatandoshlar, Koreys tanishlarimizga O’zbekistondan qanday sovg’a olib kelsa bo’lar ekab deb maslahat so’rab turishadi. Sovg’alar turfa xil. Bugun bir misolni taqdim qilaman:
Asal (Tog’ gul asali, ifori juda zo’r va sifatli)
O’zbekistonni eslatuvchi kichik xaltacha
Umumiy 14 ta ga yaqin tayyorlab olib keldim.
- 🍯Asal idishi 14x10,000so’m = 140,000 so’m (Toshkent, Samarqand darvoza Rombik do’koni)
- 🍯Asal taxminan 700 ml = 200,000 so’m (sifatlisidan oling, Toshkent chorsu bozori, Instagram: honest_honey_)
- Xaltacha 14x9,000 so’m = 126,000 so’m (o’lchamlari ko’p, Toshkent Chorsu bozori)
❗️Ha aytgancha, asal idishi shishadan. Shu sababli sinmasligi uchun qadoqni yaxshilab qiling!
Umumiy 466,000 so’m (37$) sovg’a uchun ishlatibman. Koreyslar asalni yaxshi ko’radi, xaltachani esa doimiy tutib yurishi mumkin. Bu bilan Turizmga xissa qo’shishingiz mumkin. (Koreys tanishlar 🇺🇿 ga borishni reja ham qilishni boshladi)@Elyorbilan
1 071
Esdalik sovg’a
O’zbekistoning bir parchasi Ishxona peshtaxtasidan o’rin oldi. Har qaraganimda yodimga solib tursin deya qo’l mehnatini o’zim bilan birga olib keldim.
Chorsu bozoridan bor yog’i 150 ming so’m (13$) ga sotib oldim.
@Elyorbilan
1 071
#foydali #airport
Agar siz Koreya airportiga yetib kelsangiz-u Koreyadan olgan “외국인등록증“ ID kartangiz bo’lsa, chet elliklar uchun ajratilgan liniyadan emas, balki Koreya fuqarolari uchun ajratilgan liniyadan kirib keta olasiz.
🧐Ho’sh buni nimasi foyda dersiz?
Ba’zida chet elliklar navbati uzundan-uzun bo’ladi. Tabiiyki uzoq vaqt talab etiladi degani. Ammo ID kartangiz bilan bemalol Koreys fuqarolari imtiyozlariga ega bo’lib vaqtdan yutasiz. Bunday qonun-qoida yaqin yillardan boshlab joriy qilindi.
❗️Afsuski, pasportimiz “gologrammasi” yaxshi bo’lmaganligi uchun scan qilishda doimo muammo bo’layabdi. Immigratsiya xodimi ham aparat pasportni o’qimaganini ko’rib, O’zbekiston pasportimi? deb so’rashga odatlanibdi. Agar pasportingiz scan bo’lmasa aparatdan emas jonli tekshiruvdan oson o’tasiz qo’yasiz.
Bir necha kishilar bilmay, ancha vaqtni sovurishayotgani uchun bilganlarimni ulashib qo’ydim.
@Elyorbilan
1 071
Kichik dars
Ertaga Toshkent shahrining TOPIK ACADEMY o’quv markazida:
1. Koreyaga o’qishga borish,
2. Soha tanlash
3. O’qish davomida ishlash kabi mavzularda kichik dars o’tib berishni rejalashtirganman.
Sana: 17-Sentabr (Seshanba)
Vaqt: 13:00-16:00 gacha
Dars: Bepul
Faol qatnashganlarga sovg’alar bor (Koreyadan o’zim olib kelganman)
Kirish soni cheklangan (10-15 nafar)
Savollar uchun: +998 33-306-00-98
Manzil: TOPIK ACADEMY
Koreys tili markazi
📍Bizning manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 3-kvartal, Target binosi, 2-qavat (Mo’ljal: Yuriy Gagarin haykalining yonida)
1 071
Ha aytgancha, men O’zbekistondaman.
Qisqa muddatga ta’tilga kelgan edim. Bugun do’dam bilan qarindoshni oshiga bordik. Nahorgi osh yemaganimga ham 5 yildan oshibdi.
O’n tarafdagi qarindosh, tandir go’shtini, chap tarafdigi qarindosh esa qazi-qartalardan olib menga berishayabdi. Oshqozonik esa shokda:)
Diydor shirin, birgina nahorgi oshda juda ko’p qarindoshlarni ko’rdim.
Yosh bolalar ko’rinmaydi desam, hammasi to’planib olib PubG o’yab o’tirishibdi.
Bu Yunusoboddagi Samara to’yxonasi. Yon atrofi Tol daraxtlari bilan qoplangani uchun ham boshqacha yoqadi.
O’zbekistonning quyoshli non shahri bo’lmish Toshkentdan - alangalik 🔥 salomlar!
1 071
🆘Nelegallarga oid yangilik!
Assalomu alaykum! Hali rasmiy ma’lumot chiqganicha yo’q. Ammo bir necha kichik yangiliklarni aytib o’taman. Shunga qarab tayyorgarlik ko’rib turganingiz yaxshi. (Agar siz nelegal bo’lsangiz)
1. Yoshda chegara bor (45 atrofida deb aytishadi)
2. Kriminal tarixi bo’lmasligi kerak. (Koreyaga kirishda topshirgan hujjatga qaraladi)
Agar bu hujjat avval topshirilmagan bo’lsa, (C1) Koreyani tark etib 1 oy ichida kirib kelinadi. (Teleks viza qilib berishligi kutilayabdi)
3. Qanday viza qilib bera olishligini ayta olmayman (rasmiy ma’lumot chiqmaguncha). Ammo qonuniy ishlash huquqiga ega bo’lasiz. (Keyinchalik E7-4 kabi)
4. Jarimasi bo’ladi. Vaqtga qarab, 3,6 va 9 mln won atrofida. (Yana aniqlashadi)
5. Viza berishdagi sonlar cheklangan bo’ladi.
Ushbu ma’lumotlar hali rasmiy chiqmaganini hisobga oling. Ammo men anchadan beri birga ish qiladigan kishi bilan (Koreys) O’zbeklarimizni iloji boricha legal qilish harakatidamiz, albatta xizmat pullik bo’ladi. Qonuniy va rasmiy bo’ladi. Qonuniy vakolat egalari ariza topshirsa ishonchli shu sabab men ham qonuniy ishlaydiganlar bilan ish qilaman!
Quyidagi Telegram akkauntiga yozsangiz qanday ma’lumotlar kerak bo’lishini aytamiz. (avvaldan tayyor qilish muhim, viza soni cheklangan!)
Telegram akkaunt: @Insaanadmin (telefon emas, sms yozing. Vaqt topishim bn javob yozaman)
Koreya mana endi noqonuniy muhojirlarga nisbatan yengillik qilishi ayon bo’layabdi.
@Elyorbilan
1 071
대표님 추석 선물 / Chuseok sovg’asi
Habaringiz bor, Koreyada keyingi hafta chuesok bayrami (thanksgiving day?). Shu munosabat bilan Kompaniyada rag’atlangirish mablag’idan tashqari Kompaniya Prezidenti ham xodimlarga sovg’a ulashdi.
Kompaniyamizda 180 dan ortiq kishi bor. Hammaga spam mahsuloti (go’sht), menga bo’lsa Jensen (홍삼) olibdi. Tog’risi sovg’a berishsa ham olmayman deb turgan edim, sababi menga mos bo’lmas edi. Ammo alohida e’tibor qaratib, boshqacha sovg’a olgani, yana O’zbekistonga ketishimdan oldin kunni moslab berib ketishgani odamni quvontirdi. Uyga jensen olib o’tirmayman endi.
Kerakli kadr bo’lsangiz, har yerda qadringizga yetishadi.Chuseok bayramida beriladigan dam olish kunlarini ma’roqli o’tkazing!
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
