Elga yor (Elyor)
الذهاب إلى القناة على Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
إظهار المزيد1 110
المشتركون
+224 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
+530 أيام
أرشيف المشاركات
1 110
Repost from Shon Khasanboev
Telegram kanalimga qo'shiling:
https://t.me/shon_khasanboev
Assalomu alaykum‼️
📅 15 Noyabr kuni bo’lib o’tadigan Zoom konferensiyamizda quydagi mavzularda suxbatlashamiz:
🔹 Amerika universitetlaridan 100% gacha grant olish
🔹 Qanday qilib o’zingizga mos universitet tanlash
🔹 Qanday xujjatlarni tayyorlash
🔹 Qachon o’qishga topshirishni boshlash
🔹 Amerika Elchixonasida eng ko’p beriladigan savollarni ko’rib chiqamiz birgalikda
Barchangizni konferensiyada kutib qolaman‼️
🇺🇿O’zbekiston vaqti bilan ⏰ 19:00
🇰🇷Korea vaqti bilan ⏰ 23:00
🇺🇸Amerika vaqti bilan ⏰ 9:00
Zoom link:
──────────
Shon Khasanboev is inviting you to a scheduled Zoom meeting.
Join Zoom Meeting
https://ncsu.zoom.us/j/5063467162?omn=99808815538
Meeting ID: 506 346 7162
1 110
Koreyslarning ham xatosini topadigan kunlarniyam ko’rdik mana😅
Ba’zi da freelancer lik ham qilib turaman. Shu kabi so’rovda vaqt 2 xil ko’ringan edi. O’zim taxmin qilib, tog’irlab yuborgan edim.
Natijada esa ularni ham o’zimni ham vaqtim tejaldi.
1 110
Kichik tajribadan.. (Info post)
Agar siz shu paytgacha Iphone telefonlarining Pro rusumligini ishlatgan bo’lsangizu, ana endi pro emas shunchaki Iphone 16 olmoqchi bo’lsangiz - bu shashdingizdan qayting.
Men ham o’tgan hafta 16 ni o’zini olgan edim (rangi yoqgani uchun). Ungacha 14 pro ishlatayotgan edim. Mana bir necha kunki o’zimni majburlab ishlatayotganga o’xshayman.
*Asosiy farqi 16 da 60 Hz, 14 pro da 120 Hz chastolali hisoblanadi. Bu esa, 14 pro interfeysi 16 ga qaraganda silliq va tezroq ishlaydi degani.
Hozir telefonim qotib ishlayotgandek tuyulayabdi.
Olishdan avval bir birini solishtirib ko’rish uchun rasmiy magazinlariga borganimda balki bu xatoni qilmagan bo’lardim.
#afsus #turkumidan
1 110
Hali ko’rmaganlar uchun alohida joylayabman:)
Manzil: Incheon, Inspire (aeroport yaqinida)
@Elyorbilan
1 110
+1
Pepero day 1️⃣1️⃣
Bugun Koreyada Pepero day! Qanday bayram ekanligini esa, rasmda ChatGPT tushuntirib bergan.
Men ham oldim, “kutilmagan joydan” ammo hech kimga berganimcha yo’q. (Hozircha)
@Elyorbilan
1 110
Kecha green card to’ldirib qo’ydim.
Eng ko’p chiqish imkoniyati Abdujabborda. 3 kishi bo’p o’ynaldi unga. (Ingliz tilinu kuchaytirib turvur)
1 110
Men sinfdoshlarim bilan tushgan rasmimni Koreyslar ko’rganida ularning tasavvuri..
Chapdagi oxirgi odam men deb tasavvur qilinsin😅
#Yumor
1 110
ChatGPT ishlatasizmi?
Agar javobingiz ha bo’lsa, ushbu 2 ta savolni ChatGPT dan so’rab ko’ring. Javoblardan balki qandaydur taasurot olarsiz..
- Savollar! ❓
1. Menga bizning oldingi suhbatlarimiz asosida o‘zim bilmagan qandaydir jihatim haqida aytib bera olasizmi?
2. Siz bilan hozirgacha yozishgan yozishmalarimizdan kelib chiqib, kelajakdagi “men” ga qanday 5 ta savol bergan bo’lar edingiz?
Javoblarni o’qib, albatta fikringizni ushbu post izohlarida yozib qoldiring.
Men olgan kichik taasurot:
Huddi o’zim bilan o’zim yolg’iz qolib suxbatlashgandek bo’ldim. Qo’shimchasiga tashqaridan sizga, umuman olganda “obyektiv” yondashuv qanday bo’lishini taxmin qila olasiz.
Obuna bo’lish uchun: @Elyorbilan
1 110
+4
Islomning madori sanalmish hadislardan biri “Albatta, amallar niyatlarga bog’liqdir” haqida..
O’ylab ko’rgandursiz, hozirgi vaziyatingiz, holatingizni qachonlardur hayol qilgansiz yoki niyat qilgansiz!? Yuqoridagi hadisni bejizga yozmadim.
Ba’zi voqea yoki muvaffaqiyatga erishganingizda, beehtiyor qachonlardur shuni o’ylagan edima deb qolasiz.
Men bunday vaziyatlarga takror va takror duch kelayabman.
Misol uchun: Yoshligimda, Televizor orqali Koreyada parranda gripi “Avian Flu” tarqagani haqida yangiliklarda ko’rgan edim. O’sha payt tonnalab tovuqlarni yo’q qilish sahnasini oynaviy jahon orqali ko’rayotib, nahotki shuncha parrandani yo’q qilib yuborish mumkin bo’lsa? Juda havfli virus ekan degan xulosalar qilib hayratlanganim kechagidek yodimda.
O’tgan hafta esa aynan shu virus bo’yicha tadqiqod olib boruvchi olimlar, Veterinariya jamiyati raislari ishtirokida congress yeg’ildi. O’sha yerda bu virus hali ham aktualligi, Davlatlar qanday strategiya orqali kurashotganligi muhokama qilindi. Amerika va Xitoy olimlarining tortishuvlariga to’g’ridan tog’ri guvoh bo’lib, men bu vaziyatni qachonlardur hayol qilgan edim degan xulosam yana bir bor o’z tasdig’ini topdi. Ushbu virus bilan laboratoriyada uzoq ishladik, ko’plab parrandalarni yo’qotishga to’g’ri ham keldi.
Kecha esa, yovvoyi hayvon sanalmish “yenot” larga vaksina qo’yib keldik. O’rmon bag’riga vaksinani yashirdik. Tungi kameralar sur’atga ololsa sizlar bilan ham lavhalarni bo’lishaman.
Hozircha FAVA 2024 dan kichik rasmlarni qoldirayabman. Ushbu tadbir orqali juda ko’p olimlarni tanidim. Saudiyalik Halal sertifikati taqdim qiladigan markaz bosh inspektori bilan ham suxbatimiz uzoq davom etdi. Aytishicha oxirgi yillar go’shtlarni so’yishda va halollashda juda ko’p qiyinchiliklar vujudga kelayotgani, texnika rivojlangan sari ixtilof ham rivonlanib borayotganini takrorladi. Juda ko’p gaplar bo’ldi…
Hozircha shu yerda yakunlayman. Niyatni xolis qiling, ze’ro ertaga amalga oshish foizi yuqori;)
1 110
Yaponiyadan “mozorbosti” sovg’a
Qiziqishlarimni xonadoshimchalik yaxshi biladigan inson bo’lmasa kerak. (2-3 kishinigina nazarda tutayabman)
Qayerga bormay men ham esdalik sovg’a olishga harakat qilaman, ular ham.
*Sovg’a uchun rahmat Ilhomaka!
Albatta bir kuni Yaponiyadan turib rasm ulashaman sizlarga;)
1 110
Koreyadagilarga (chet eldagilar) ga tegishli;
Ba’zida Koreyslarni bizga qilayotgan munosabati adolatsizdek tuyuladi. Men chet ellik bo’lganim uchun, yoki Musulmon bo’lganim uchun shunday munosabatda bo’layabdimikan deb o’ylab qolasan kishi..
Ammo, bugun o’xshash masalada bir Koreys tanishim bilan suxbatlashdim. Aynan o’sha adolatsiz munosabat sengagina bo’layabdimi yoki qolganlarga ham o’xshashmi? - deb savol berdi.
Javob berishga ikkilandim..
U bo’lsa gapida davom etdi, agar faqatgina senga shunday munosabat qilsa albatta qarshi reaksiya bildirishing kerak. Ammo hammaga shunday munosabat qilsa demak u odamni tabiati (xarakter) i shundaydur? Nima deb o’ylaysan aytganing bilan u o’zgaradimi?
Men suxbatlashgan kishi yoshi kattaroq odam edi. U insonlarni boricha qabul qilish ba’zida insonni o’ziga foyda ekanligini ta’kidladi.
Lekin men aksariyat gapini ma’qullagan bo’lsam ham, ba’zi qismlariga qo’shilishni xohlamadim. Shu sabab ham bir kitob sotib oldim. Iloji boricha bu hafta yakunlab, taqriz yozishga harakat qilaman. Kitobda, toksik odamlarga qanday munosabat qilish, chiroyli “yedirish” kabi ma’lumotlar bor.
*kitob nomini taqriz payti aytaman. Sababi hali tavsiya qilishga arziydimi yo’qmi bilmayman.
1 110
Bugun bir mavzuda suxbatlashdik.
CRISPR haqida edi. (Gen muhandislik texnologiyasi, “Gene editing”)
Azaldan qiziqtirgan bu mavzu bo’yicha kichkina ma’lumot darsi o’tish meni navbatim edi.
Shu sabab:
1. Avvalgi sotib olgan kitoblarimni qayta varroqladim. (2018-yil ham o’rgangan edik)
2. Insonlardagi tajriba ma’qolalarini o’qib chiqdim.
3. O’simliklar borasidagi tajribani mutahassis akadan so’radim.
4. Hayvonlar borasida esa, Minisota professori emailiga bir necha savollar bilan murojat qildim.
5. Umumlashtirib, CRISPR sohasida o’qib hamda ishlayotgan yuqori kurs akadan bir necha ma’lumotlar oldim.
6. Hammasini tushunarli bo’lishi uchun soddalashtirib, 40 daqiqalik prezentatsiya tayyorladim.
O’zbek tilida prezentatsiya qilish gashti boshqacha. O’z fikringizni ona tilingizda ifoda qilish ham bir baxt aslida;)
1 110
Koreyscha Ingliz tili bu-Konglish
Agar siz Kompaniyamiz bo’lim boshlig’i Ingliz tilisini tushunsangiz, demak siz “lyuboy” shevadagi Inglizchani tushuna olasiz.
U kishi Inglizchani “saqich chaynayotgandek” yeb yuboradi. Kamiga o’ziga ishongan holda gapiradi. Grammatikani ishlatish yo’q, so’zlarni o’zini tanlab qandaydur tovushlar bilan ulab ketadi.
Hozir ham bir professor darsidaman. Bir gap bilan boshlagan edi, biroz o’ylanib qoldim… (nima dedi hozir deb?).. keyin Koreyscha o’ylab qarasam javobini topdim.
“It’s other case” ni Professor “ij oje keji” deb tallafuz qila boshladi. Qo’limdagi kofeni uloqtirsamda;)🤔
@Elyorbilan
Qulog’imni qonatayabdi…
1 110
2024 - Quiz on Korea
Ushbu bellashuvda yana bir O’zbekistonlik Vatandoshimiz yutganini ko’rib - Koreys tilida O’zbekistonliklar haqiqatda kuchli degan xulosamni yana bir bor tasdiqlayabman.
*2022-yil ham O’zbekistonlik vatandoshimiz Sadulla aka g’alab qozongan edi.Yashavor Mohira, yumshoq qilib aytganda “yanchib” tashlading🏆 Siz ham ko’rishingizni tavsiya qilaman. Izohlarda Mohirani tabriklab qo’ysangizlar yanada foydali bo’ladi. 🎉 @Elyorbilan Link: https://youtu.be/hila_aGnUL0?si=0iW5P1SeMQUmFcjb
1 110
Gapida jon bor.
Agar o’ta yaqin bo’lmasangiz, o’zi aytmagunicha birovdan maoshini so’rash odobdan sanalmaydur:)
1 110
Ona-tilim 21-Oktabr
Bugun O’zbek tili Davlat tili deb e’lon qilinganligiga mana 35 yil to’ldi. O’zbek tilimiz (Turkiy) doimo o’zligini saqlab qolishiga umid bildirgan holda, ushu misralarni yozib qoldiraman:
Ona tilim – necha asrlar,
Kurashida yenggan polvonim.
Necha ajdod, necha nasllar,
Suyib o‘tgan turkiy zabonim.
“Muallif esda yo’q”
1 110
Din, millat va irqi uchun chet ellik talaba universitetda Professorlar tomonidan siquvga olinib kamsitilsa, nima qilish kerak?
Javob: Voalaykum assalom. Bu holatni birinchi bor ko’rayotganimiz yo’q. Shunaqa rasist professorlar ham bor afsuski. Kamiga Professorlarga juda ko’p narsa bog’langan bo’lgani uchun “vlast” ularni qo’lida bo’ladi. Talabalar majburlikda bitirib olish uchun ham chidaydi.. Ammo, sizning do’stlaringizni vaziyati juda achinarli.
Ariza kiritish mumkin bo’lgan saytlar ro’yxati:
외국인들이 종교 차별을 당했을 때 교수나 다른 사람들에 대해 신고하거나 불만을 제기할 수 있는 몇 가지 기관과 웹사이트는 다음과 같습니다.
1. 국가인권위원회 (National Human Rights Commission of Korea, NHRCK)
• 웹사이트: www.humanrights.go.kr
• 한국의 국가 인권 보호 기관으로, 종교 차별을 포함한 인권 침해에 대한 불만을 접수할 수 있습니다. 이곳에서 온라인으로 신고서를 작성해 제출할 수 있습니다.
2. 이주민 인권센터 (Migrant Rights Center)
• 웹사이트: www.migrants.or.kr
• 이 센터는 한국 내 외국인 이주민들을 대상으로 인권 보호 및 법적 지원을 제공합니다. 종교적 차별에 대한 문제도 다룰 수 있습니다.
3. 외국인종합지원센터 (Korea Support Center for Foreigners)
• 웹사이트: www.liveinkorea.kr
• 한국에 거주하는 외국인들이 직면한 문제에 대해 도움을 주는 기관입니다. 종교적 차별이나 인권 침해와 관련된 지원을 받을 수 있습니다.
4. 법무부 출입국·외국인정책본부 (Korea Immigration Service)
• 웹사이트: www.immigration.go.kr
• 외국인 거주자들이 한국에서 경험하는 문제를 처리하는 곳으로, 종교적 차별 문제도 포함될 수 있습니다.
5. 국제앰네스티 한국지부 (Amnesty International Korea)
• 웹사이트: www.amnesty.or.kr
• 전 세계적으로 인권 보호를 위한 비정부기구로, 종교 차별과 같은 인권 침해 사례에 대한 도움을 받을 수 있습니다.
6. https://www.epeople.go.kr/index.jsp (Inglizchada yozsa ham bo’ladi.
이 기관들에 문의하거나 불만을 접수함으로써 종교적 차별 문제에 대해 적절한 조치를 받을 수 있을 것입니다.
💬Tip: Bir vaqtning o’zida hamma dalillarni yeg’ib hamma saytga, tegishli idoralarga ariza kiriting. Ingliz tilida ham ariza kiritish mumkin. Agar bu ham ish bermasa, Jurnalistlarni ma’lumotlarini ulashaman. Sayt, You Tube va TV larga olib chiqishga harakat qilib ko’rishadi.
Ko’proq ma’lumot olish uchun: @Elyorbilan ga obuna bo’ling!
Bir necha universitet, professor va siquvga olgan xodimlarni mazasini qochirgan odam sifatida aytamanki, huquqni talab qila olishni bilish kerak. Agar chidayversa battar bo’lsa bo’ladiku, ammo vaziyat o’zgarmasligi mumkin.
1 110
Ba’zida bir kunda juda ko’p tadbir yoki programmalar chiqib qoladi. Afsuski birini tanlashga tog’ri keladi.
26-Oktabr
1. Misol uchun 26-Oktabr kuni bir tanishim uylanayabdi. To’yga boshqa shaharga borish kerak.
2. Kechga esa bir aka yangi uyga ko’chganlari munosabati bilan ziyofatga taklif qilganlar.
3. O’sha kuni yana, chet elliklar markazi tomonidan “Cultural Diversity” bo’yicha seminar ham bor ekan. Spikker esa inson huquqlari direktor o’rinbosari. U kishiga bir necha “shirin” so’zlarim ham bor edi.
4. Andong shahriga esa 2 kunlik influenserlar uchun mutlaqo bepul tour tashkil qilingan.
5. Qo’shimcha ish iltimos qilishgan.
Ana endi o’ylab ko’ringchi men qaysi birini tanladim?
Raqam va sababini yozib qoldiringchi, mos kelsa mendan sizga bir kitob 📚 hadya bo’ladi.
