en
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Open in Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Show more
1 064
Subscribers
-124 hours
-47 days
+11230 days
Posts Archive
Repost from _Koreya_va_Qonun_
𝐃𝐨‘𝐬𝐭𝐥𝐚𝐫, 𝐤𝐢𝐜𝐡𝐢𝐤 𝐭𝐚𝐯𝐬𝐢𝐲𝐚! Koreyada Sungshin Women’s Universityda maktabgacha ta’lim (Early Childhood Education) yo‘nalishida magistratura bosqichida tahsil olayotgan Zarnigor Fayizova tomonidan bolalar tarbiyasi, erta yoshdagi ta’lim va Koreyada bolalar tarbiya tajribasi bo‘yicha foydali postlar ulashilmoqda. Shuningdek, Koreyada bog‘cha yoki maktabda tarbiyachilar va o‘qituvchilar bilan muloqot, tushunmovchiliklar yuzaga kelganda vaziyatni to‘g‘ri anglash va yondashuv bo‘yicha o‘z tajribasi va kuzatuvlari bilan bo‘lishadi. Agar sizga chet elda farzand tarbiyasi, Koreyada bog'cha va ta’lim tizimiga moslashish mavzulari qiziq bo‘lsa, Facebook sahifasi yoki Telegram kanalini kuzatib borishingizni maslahat beraman🌱 https://t.me/globaluzbekkids

Repost from Abdumalik Nabiev
#kiip KIIP darslariga ro'yhatdan o'tish haqida! Aslida juda Osonku do'stlar:) shuning uchun ham 50$~200$gacha berib yurmangla
#kiip KIIP darslariga ro'yhatdan o'tish haqida! Aslida juda Osonku do'stlar:) shuning uchun ham 50$~200$gacha berib yurmanglar eyyyy:( 👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇 https://youtu.be/-7DtAZs1fAc?si=pP9kUd-kJUW3tViD O'zingiz ham qila olasiz!

Repost from Abdumalik Nabiev
#ogohlik Militsiyadan telefon qilishdi( Janubiy Koreyada Mualliflik huquqlari qattiq himoya qilinadi. Bir tanishim Ancha vaqt avval bir saytga kirib kino tortgan ekan. Aslida esa u saytdan tortib olish mumkin emas emush. Tanishimning yashaydigan joyidagi militsiyaxonadan telefon qilishgan. Telefon qilib qachon qayerdan turib kirganigacha aytib mualliflik huquqi buzilgani va bu haqida militsiyaxonaga shikoyat tushgani haqida aytib Militsiyaxonaga kelishini so'rashgan. Tanishim koreys tilini yaxshi bilmagani uchun o'rniga gaplashdim, tanishim koreyaga yangi kelgani, bu ishni bilmay qilgani, tortib olgandan keyin hech kimga tarqatmagani va endi bu ishni qayta qilmasligini yaxshilab tushuntirib aytdim. Militsiya hodimlari, "Mayli biz birinchi marta ogohlantirish sifatida kechiramiz lekin bu ishni qayta takrorlamasinlar yaxshilab tushuntirib qo'ying, agar atayin tortib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborsalar yoki u orqali qandaydur moliyaviy foyda ko'radigan bo'lsa jarima yoki holatga qarab qamoq jazosigacha olib kelishi mumkin"deb aytishdi. Do'stlar, bu kabi holatlarni oldin ham ko'p guvohi bo'lganman. Koreyada Mualliflik huquqlariga e'tiborli bo'laylik! https://t.me/abdulmaliknabiev

Meni rasmdan topa olasizmi? Ishxonamizda 10 dan oshiq to’garaklar bor. Men ham shulardan biriga a’zoman. (Rasm va Art to’gara
Meni rasmdan topa olasizmi? Ishxonamizda 10 dan oshiq to’garaklar bor. Men ham shulardan biriga a’zoman. (Rasm va Art to’garagi) 2026 yildagi ilk yeg’ilishga bormagandim. Ammo o’zlari bilib, rasmimni ham chizib qo’yishibdi. Rasmdan meni topganlarni biriga kofe uchun kupon yuboraman:) Shoshiling 🤓 P.s: Rasmda meni topib, nima uchun men deb o’ylaganingizni ham yozib qoldiring:) Kreativ javobga +1ball. @Elyorbilan

Iye ana, Qizilni bosib qo’yiladigan yoki ish vaqtidan tashqari block ga tiqib qo’yadigan oaytlar kelayabdi shakil:) Men shund
+2
Iye ana, Qizilni bosib qo’yiladigan yoki ish vaqtidan tashqari block ga tiqib qo’yadigan oaytlar kelayabdi shakil:) Men shundoq ham tunda qo’ng’iroq kelsa ko’tarmayman. Avval sms yozing, zarur bo’lsa qayta qilaman deyman. (Agar chet eldan tel kelmasa) @Elyor

Koreyada yillik daromadga qarab odatda qancha soliq to’lanadi? Biz chet elliklar ba’zi soliqlarni to’lamasligimiz mumkin. Mas
Koreyada yillik daromadga qarab odatda qancha soliq to’lanadi? Biz chet elliklar ba’zi soliqlarni to’lamasligimiz mumkin. Masalan (pensiya uchun) Siz 1 dan 8 gachani nechanchi turiga kirasiz? Qancha ko’p olgan saringiz shuncha ko’p soliq to’laysiz 😁 #Elyorbilan

Repost from misterberd
3 yoshgacha bo'lgan farzandimiz borligi uchun Koreyaning Elektr Tashkiloti 한전ga bormasdan turib onlayn ravishda elektrga chegirma (oylik 16ming won chegirma) uchun topshirganimiz haqida qisqacha: 1. 한전 web-sayti orqali 전기요금 할인 신청서 hujjatini yuklab olib, kompyuter orqali to'ldirib, imzoladik. 2. Ota va farzandning ID karta old-orqa tomonlarini rasmga oldik. 3. Qo'shimcha ravishda otaning nomida 정부24 sayti orqali 외국인사실 증명서 ham chiqarib oldik. 4. Yuqoridagi 3ta hujjatni Play Storedagi 모바일 팩스 (Mobile Fax) ilovasi orqali shahrimizga qarashli 한전 tashkilotining faks raqamiga jo'natdik. Taxminan 15 daqiqadan so'ng, hujjatimiz muvaffaqiyatli ravishda tasdiqlangani haqida xabarni oldik. Shunday qilib, har oy elektrdan maksimum 16ming won chegirmaga ega bo'ldik. Siz ham uydan chiqmasdan topshirib ko'ring!

Yakka bo’lib qolish. Men univerda ham ishda ham yagona chet ellik bo’lib ko’rdim. 1. Univerda baholash tizimida qiyinchiliklarga duch kelardim. Baholash sistemasida, Koreyslar bilan taqqoslashdan boshqa iloji yo’qligini aytardi professorlar. Boshqa chet ellik ko’p fakultetlar, baholashda asosan chet elliklar o’rtasidagi raqobatni hisobga olishar edi. Ammo men bir ilojini qila olgan edim. 2. Ishxonada ham men yagona chet ellikman. Qolgan 200 nafardan oshig’i Koreyslar. Ularning sistemasi ham “내국인” native Koreyslarga ixtisoslashgan. Shu sabab ba’zi, 혜택, 복지 va bonuslarga kelganda ularga biroz qiyin bo’ladi. (인사팀, Kadrlar bo’limini na’zarda tutayabman). Ishlayotganimga ham 3 yil bo’ldi, shu sabab menga ishxona tomonidan qilinadigan bonuslar oshishi kerak edi, ammo 내국인 (Koreys) bo’lmaganim uchun ba’zilarini olishimni iloji yo’q ekan. Albatta tushunaman buni, Koreya hukumati tomonidan ajratiladigan narsalar bo’lsa. Bugun ishga kelsam, deyarli barchasini qilib berishga qaror qilishibdi. Albatta 내부 임원 미팅 qilib, yangi sistemalarni ishlab chiqishibdi. Bu esa chet ellik ham birdek foydalana olinadigan sistema ekan. Men ham barchasini olishimni HR xodimi email orqali yozib qoldi. Kompaniya katta bo’lsa o’zining byujeti yoki imkonidan kelib chiqib qilishga harakat qiladi. Kichik startap yoki kompaniyalar qilishi qiyin. Tarjima: 내부 임원 미팅 - Kompaniya yetakchilarining majlisi 내국인 - Fuqaro 복지, 혜택 - ijtimoiy ta’minot, rag’bat va imtiyoz. P.s: Kompaniyamiz boshqaruvidagi odamlar, chet elda ta’lim olgan va uzoq yillab Global Kompaniyada ishlagan kishilar hisoblanadi. Shu sabab ham biz maksimal qilib beramiz deb meni ishga olishgan edi. Va’dani bajarayabdi deb tushundim xolos. @Elyorbilan

Не хочу хвастаться, но у меня сейчас есть такой запас денег, что я могу не работать до конца года:) Hammaga a’lo kayfiyat 🤓

Bir voqea yodimga tushdi. Shu yil Noyabr oyida Toshkentga borgandim. 1 kunga kelganim uchun asosan uyda bo’ldim, menga kerakli narsani ham tanishlar yandex taksi orqali uyga yuborishdi. Telefon qilib, yandexdan yubordik, puli to’langan deb aytishdi. Men bo’lsa hop deb, bir ozdan so’ng kelgan taksi oldiga chiqdim. Kerakli narsani olib, rahmat deb ortga uyga kirib ketayotgan joyimda, taksidagi bola - aka pulini to’lamaysizmi deb aytib qoldi. Men bo’lsam ming hijolatda, aka puli to’lgangan emasmidi? Menga to’lab yubordik deb aytishdi desam - ha yog’e? dedida oynani yopgan holda og’aynisi bilan nimadur degancha ketib qoldi. Taxminan men tengi yoshlar edi.. Shu pulni olsa keyin uyiga olib borib oilasiga yediradida tog’rimi? Yoki og’aynisi bilan ul-bul narsa olib yer. Ammo, bu harom bo’lgan pul tomog’idan silliq o’tarmikan. Shunchalik odatiy holga aylanib qoldimikan deb ishonchsizlik yana bir bor ortdi. Shundaylar bo’lsa albatta, kerakli joyla shikoyat qoldiring. Sizku aldanmassiz, ammo boshqalarni chuv chushirishini oldini olasiz. Shu yergacha edi, bir nemalar demoqchi edimku mayli.. Dam olish kunini maroqli o’tkazing. Men ham 3-4 kunlik sayohat charchog’ini chiqaray:) @Elyorbilan

Qish faslida AA ichish gashtini faqat bilgan biladi. Bilmagan esa bilasizlarmi nima deb o’ylaydi? 🤓
Qish faslida AA ichish gashtini faqat bilgan biladi. Bilmagan esa bilasizlarmi nima deb o’ylaydi? 🤓

Lankawi dagi xotira Bir o’zim quyosh botishiga yaqin Lankawidagi ko’prik tarafda piyoda sayr qilayotgandim. Yoshroq “kompaniy
+4
Lankawi dagi xotira Bir o’zim quyosh botishiga yaqin Lankawidagi ko’prik tarafda piyoda sayr qilayotgandim. Yoshroq “kompaniyaga” ko’zim tushdi, qarasam baliq tutishayotgan ekan. Men ham qo’shilishim mumkinmi deb so’rab birga baliq ovlagandik. Bratishkalardan biri uyiga ovqatga taklif qilgandi. Haqiqiy Malay oilasida taomlanib, kelasi yil qishda kelishim mumkinligini aytgandim. Bugun Instagramdan yozib qolibdi, qishni qaysi oylariga kelasiz deb. Baliq tutishda ancha usta bo’lib qolganini, ajoyib lokatsiya topib qo’yganini ham aytdi. Dunyoning bir chetida, suxbat qurib - bor tashvishlarni unitish imkoniyati axir bu. Dunyoda qancha o’rganadigan narsalar bor, ishtiyoq so’nmasa bo’lgani. @Elyorbilan

Repost from _Koreya_va_Qonun_
JANUBIY KOREYADA ISHLAYOTGAN VATANDOSH! Siz ish joyingizda qonun bilan muhovaza qilinishingizni bilasizmi? Asosan E9 vizasidagi yurtdoshlarimiz tomonidan ko`p uchraydigan holatlardan biri bu ish beruvchining oylikni asossiz kamaytirib yuborishi, ish vaqtlari meyoridan ortiqcha pastlab ketishi natijasida oylik juda past chiqishi, qo`shimcha ish uchun oyliklar hisoblanmasligi bu qonun buzilishi ekanligini eslatib qo`ymoqchimiz. Diqqat qiling agar sizda ish joyingizda yuqoridagi holatlar kuzatilsa bularni bilib oling! 📌근로기준법 — Mehnat Standartlari to‘g‘risidagi Qonun Maqsadi: Ishga qabul qilish, ish vaqti, ish haqi, dam olish, bekor turish, majburiy mehnatni taqiqlash kabi asosiy mehnat huquqlarini kafolatlaydi. 📌 제7조(강제근로의 금지) 7-modda (Majburiy mehnatni taqiqlash) Ma’nosi: Ishchidan kuch bilan, tahdid bilan yoki majburlov yo‘li bilan mehnat talab qilish taqiqlanadi. Masalan: Ish beruvchi tomonidan ishchiga “Tilxat yozsang, ish beraman” kabi bosimlar, kuch bilan hujjat imzolash – qonunga ziddir. 📌 제43조(임금의 직접·전액·정기 지급) 43-modda (Ish haqini bevosita, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lash) Ma’nosi: Ish haqi ishchining o‘ziga, belgilangan vaqtda, to‘liq to‘lanishi shart. Misolida: Kechiktirish, ushlab qolish, bo‘lib-bo‘lib asossiz to‘lash – qonunbuzarlik. 📌 제46조(휴업수당) 46-modda (Bekor turish to‘lovi) - Ma’nosi: Ish beruvchi aybi bilan ish vaqtincha berilmasa, ishchiga o‘rtacha ish haqining kamida 70% to‘lanadi. Misolida: “Ish bermay turish” davri uchun kompensatsiya talab qilish mumkin. Bularni bilib qo`yishingiz huquqingizni buzilishiga yo`l qo`ymaslikka yordam beradi. 🚨 Agar sizda ushbu muammolar kuzatilayotgan bo`lsa biz bilan bog`laning va yechimni 법무법인 금성 advokaturamiz bilan birgalikda ko`rib chiqamiz! Batafsil ma`lumot: 01021979607 @Advokatura_Korea Qo'shimcha ma'lumot: @KoreyavaQonun0070 @KoreyaQonun

초승달 장학생 선발 (한국이슬람교 - Korea Muslim Federation) Manba: [LINK]
초승달 장학생 선발 (한국이슬람교 - Korea Muslim Federation) Manba: [LINK]

photo content

Hayot poyezdga o'xshaydi. Birov chiqadi, birov tushib qoladi. Ma'lum bir bekatlar orasida kim bilandir tanishasan, do'st tutinasan. Ko'nglingga o'tirishib qolsa, yana uchrashishga ahdlashib, xayr-xo'shlashasan. Hayot poyezdidan esa, kimki tushib qolsa, u bilan qayta ko'rishmaysan... Tohir Malik "Charxpalak" P.s: Bu yil hamrohlar ortgani bilan, eskilaridan ba’zi birlari bilan hayrlashishga tog’ri keldi. Tohir Malikni misralari yodimga tushdi. @Elyorbilan

Onalar shunday bo’lishar ekan..
Onalar shunday bo’lishar ekan..

Qayerdadir o‘qigan edim: migrant oilalarda farzandlarning ona tilini saqlab qolishi ota-onaning ta’lim darajasi va ijtimoiy mavqeiga kuchli bog‘liq ekan. Masalan, oliy ma’lumotli va yuqoriroq ijtimoiy qatlamga mansub ota-onalarning farzandlari tilni saqlab qolish ehtimoli ancha yuqori ekan. Eng past ehtimol esa qo‘l mehnati bilan pul topadigan ishchi qatlam oilalarida kuzatilar ekan: bu guruhda ikkinchi avlod vakillari deyarli o‘z ona tilini bilmas ekan. Bu AQShdai xolat. Muhim jihati shundaki, bu jarayonda immigratsiyadan oldingi ijtimoiy holat katta rol o‘ynar ekan. Ya’ni, immigratsiyadan keyin ishchi qatlamga mansub bo'lib qolsa ham, ammo undan oldin o‘qimishli bo‘lgan ota-onalarning farzandlari ona tilini ancha yaxshi saqlab qolar ekan. Bu ko‘rsatkich immigratsiyadan oldin ham, keyin ham qo‘l mehnati bilan shug‘ullangan ota-onalar farzandlariga nisbatan sezilarli darajada yuqoriroq ekan. https://t.me/psixolingvist/773

Anaqa… Meni faqat uylanganlar tushunsa kerak:) Uylanmaganlar emas 😁
Anaqa… Meni faqat uylanganlar tushunsa kerak:) Uylanmaganlar emas 😁

Koreys 외사협력관 dan ajoyib, O’zbek tilida maslahat! 외사협력관 O’zbekchada qanday tarjima qilinadi? (Oson, jaydari tilda) Aka, iltimos qonunga rioya qilinglar deb oxiri O’zbekcha gapirib yubordi:) @Elyorbilan