ch
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

前往频道在 Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

显示更多
1 062
订阅者
-124 小时
+47
+730
帖子存档
New Lahoredan alangalik salomlar. 🇵🇰 Qaranglar bu yerda ham yangi va eski Lahore bor ekan. Huddi O’zbekistondagidek:) Bugun
+6
New Lahoredan alangalik salomlar. 🇵🇰 Qaranglar bu yerda ham yangi va eski Lahore bor ekan. Huddi O’zbekistondagidek:) Bugun dam olish kunimiz edi aslida, ammo do’stlarimiz qo’ymay shahar aylantirishayabdi. @Elyorbilan

New Lahoredan alangalik salomlar. 🇵🇰 Qaranglar bu yerda ham yangi va eski Lahore bor ekan. Huddi O’zbekistondagidek:) Bugun
+1
New Lahoredan alangalik salomlar. 🇵🇰 Qaranglar bu yerda ham yangi va eski Lahore bor ekan. Huddi O’zbekistondagidek:) Bugun dam olish kunimiz edi aslida, ammo do’stlarimiz qo’ymay shahar aylantirishayabdi. @Elyorbilan

Navbatga turish? Nima u degan Davlatga keldim. Koreyaga ancha moslashib qolibman, O’zbekligimni yoqdimda po’sh po’sh arava de
Navbatga turish? Nima u degan Davlatga keldim. Koreyaga ancha moslashib qolibman, O’zbekligimni yoqdimda po’sh po’sh arava deb chemodanni tiqib yubordim 🤓 Koreys hamkasbim esa, hamon o’sha yerda kutib turibdi. @Elyorbilan

🔴 Hanshin universitetidagi o'zbekistonlik talabalarning majburiy deportatsiyasi bo'yicha ochilgan jinoyat ishi cho'zilayotga
🔴 Hanshin universitetidagi o'zbekistonlik talabalarning majburiy deportatsiyasi bo'yicha ochilgan jinoyat ishi cho'zilayotgani uchun Koreya prokuraturasi tanqidga uchramoqda 🔴 (2026-01-29) "The Korea Times" nashrida mazkur ish bo'yicha maqola chop etildi. Koreyaning Hanshin universiteti 2023-yilning 27-noyabrida 22 nafar o'zbekistonlik talabani majburan vataniga qaytarib yuborgan edi. Usha paytda jabrlanuvchilarning arizasiga muvofiq Koreya politsiyasi bu holat bo'yicha jinoiy ish ochgan edi. Ish Koreya prokuraturasiga yuborilganidan keyin ham mana 20 oy (1 yilu 8 oy) davomida ishga aloqador kishilarga ayblov e'lon qilinmagach, adolatga erishilmayotgani ta'kidlanmoqda, hamda o'zbekistonlik jabrlanuvchilar va Hanshin universitetining mahalliy koreys talabalari tezkor tergov va adolat talab qilmoqda. Ish prokuraturada to'xtab qolgani uchun advokat va jabrlanuvchilar tomonidan tergovning haddan tashqari cho'zilishi tanqid qilinib, prokuratura tergovini baholash uchun maxsus komissiya tashkil qilish so’ralmoqda. Ushbu ish Janubiy Koreyada xalqaro talabalar huquqlarini himoya qilishda qanday bo'shliqlar mavjudligini ko'rsatib berdi. Hanshin universiteti talabalari va advokatlar prokuraturaning uzoq davom etayotgan tergovi jabrlanuvchilarni huquqiy noaniqlikda qoldirganini aytmoqda.
2023-yil 27-noyabr kuni ertalab Hanshin universitetida ta'lim olayotgan O'zbekistonning 23 nafar fuqarosi avtobusga o'tqazilib, dastlab ularga chet elliklarning ID kartasini olish uchun immigratsiya idorasiga borilishi aytilgan. Biroq, yo'lda avtobusga xususiy qo'riqlash firmasi xodimlari ham mindirilib, talabalar to'g'ri Incheon xalqaro aeroportiga olib borilgan. U yerda Hanshin universiteti va xususiy qo'riqlash firmasi xodimlari talabalarni O'zbekistonga oldindan buyurtma qilingan reysga o'tqazib, vatanlariga qaytarib yuborgan. KunUz maqolasida kengroq ma'lumot berilgan: 👉 https://kun.uz/85150272
Koreya politsiyasi 3 nafar universitet xodimini odamlarni noqonuniy ushlab turish va majburlash kabi ayblovlar bilan prokuraturaga havola qilgan, shuningdek, universitet xodimlarining "mehmondorchiligi"dan bir nechta marta manfaatlangan Adliya vazirligi immigratsiya bo'limi rasmiysi ham ayblanuvchilar qatoriga kiritgan edi. O'zbekistonlik jabrlanuvchilar huquqini himoya qilayotgan advokat Choi Jung-kyu "The Korea Times" nashriga prokuraturaning sekin ishlashini oqlashning hech ham iloji yo'qligini aytdi. Politsiya 6 oyda tergovni yakunlab, ishni prokuraturaga yuborgan edi. Biroq prokuraturada shu ish uchun 3 barobar ko'proq vaqt ketyapti, dedi advokat Choi. "The Korea Times" nashri chop etgan maqolaning to'liq matni va bu ish bilan bog'liq kengroq tafsilotlar haqida quyidagi link orqali tanishish mumkin: https://www.koreatimes.co.kr/southkorea/society/20260129/prosecutors-criticized-for-delay-in-hanshin-university-deportation-probe Kanalga a'zo bo'lish uchun: 👉 t.me/SalomKorea Koreyadagilar uchun guruh: 👉 t.me/SalomKoreya

Issiqina tandirdan uzilgan non. Woosong university, Daejeon.
+1
Issiqina tandirdan uzilgan non. Woosong university, Daejeon.

Ushbu “life hack” ga 100% qo’shilaman. 👨‍🎓 Men ham Koreyaga kelgan paytim dars 90% Koreyschada va darsliklar ham Koreyschada bo’lgan edi. Ochig’ini aytaman o’qishda hali bunchalik qiynalmagan edim. 2017 yilgi paytlar haqida ketayabdi gap. Oddiy termin - Organic Chemistry ni biz Ingliz tilida o’qisak osonroq tushunamiz. Sababi terminlarga ko’zimiz o’rgangan. Ammo Koreys tilida buni 유기화학 deb o’z ona tilisida nomlanishi bor. Endi o’ylab ko’ravering qancha terminni Koreyschada bilish kerak. 1 semestr o’qidim, natijalar men o’ylagandek yaxshi chiqmadi. Shundan so’ng, har safar dars olayotganda (수강신청) payti, dars jadvali va mundarijani avvaldan ko’rib olardim. Har bir dars qanday mavzuda o’tilishi haqida avvaldan ma’lumot beriladi (강의계획서). Har safar darsdan avval men ham kitobni o’qib chiqar, va You Tube dan ozgina tushuntirish videolarini ko’rardim. Keyinroq menga qiziqroq mavzuda savollar tayyorlab borar edim avvaldan. Bilasiz Koreyslar dars payti juda “mute” bo’ladi. Savollar ham deyarli bermaydi. Men yagona chet ellik bo’lib savol berar, darsni yanada diqqat bilan tinglashga erishardim. Huddi bu darsni 2 marotaba eshitayotgandek tassavur uyg’otardi menda. Shu usulni hozircha 1-2 tanishimga aytganman xolos. Ularda ham ishlayabdi degan umiddaman. To’g’ri, men fakultetda eng yaxshi va a’lochi o’quvchi bo’la olmadim. Ammo o’z sohamda, qiziqgan ishim bilan shug’ullanishga erishdim. O’zi umuman chet ellik bo’la turib, eng yaxshi o’quvchi bo’lish juda qiyin, xatto GKS o’quvchilari uchun ham. Biroz uzunroq yozib yubordim, ammo bu usulni siz ham qo’llab ko’ring. Hech bo’lmasa darsni qunt bilan qiziqarli eshitishga erishasiz. Bu esa oraliq va yakuniy imtixonlarda tushadigan savollarga javob berishingizda madad bo’ladi. Koreyada o’qiganlar juda yaxshi biladi - Professorlar ba’zida ataylab, kitobda yo’q, ammo leksiya payti aytib o’tgan jumlalardan savol tayyorlaydi. Barchaga o’qishda omad tilagan holda, Hurmat bilan Elyor. @Elyorbilan

Life hack Agar mavzularni o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, oddiy, lekin ishlaydigan bitta usul bor. Sinab ko‘ring. Men bu usulni yillar davomida o‘quvchilarimda qo‘llab, natijasini ko‘rganman. Talabalik paytimizda Sanjar degan kursdoshimiz bor edi. Universitetimizdagi eng oldi talabalaridan biri. Ketma-ket 3 yil *Student of the Year* bo'lgan. Deyarli barcha fanlari 30/30 yopgan (100% natija). Magistratura uchun Italiyaga grant, keyin student exchange orqali AQSh da o'qigan. Gap Sanjar haqida emas. Gap — u qanday o‘qigani haqida. Avval uni “talant” deb o‘ylardim. Bir kuni darsda yonida o‘tirib qoldim. Sanjar ustozga savol berdi. Ustoz javob bermadi va shunday dedi: “Bu savolni berish uchun mavzuni oldindan bilish kerak.” Sanjar indamadi, kulib qo‘ydi: “Mayli, unda kutaman.” O‘sha joy meni o‘ylantirdi. Keyin so‘radim. U siri bilan o‘rtoqlashdi. U nima qilarkan: • ertangi dars mavzusini oldindan bilib olar ekan - YouTube yoki platformalar orqali mavzuni o‘zi ko‘rib chiqarkan - 30–40% tushunib olar ekan - tushunmagan joylarini savol qilib yozib qo‘yar ekan - darsga yarim tayyor holatda kelar ekan Dars unga: - yangi mavzu emas, - mustahkamlash va savollarga javob olish bo‘lar ekan. Shu oddiy odat uni eng oldi talabaga aylantirgan. Keyinchalik har bir o‘quvchimga shu usulni aytaman. Ko‘pchilik amal qilmaydi. Lekin amal qilganlarning barchasida o‘sish bo‘lgan. Agar hozirgacha “darsda tushunaman” deb kutib yurgan bo‘lsangiz, bir marta shuni sinab ko‘ring. Farqini o‘zingiz sezib qolasiz.

Men biror bir Davlatga xizmat safariga ketishdan avval 2 narsa uchun xursand bo’laman. 1. Chemodan taxlash 2. Dollar olish 😁
Men biror bir Davlatga xizmat safariga ketishdan avval 2 narsa uchun xursand bo’laman. 1. Chemodan taxlash 2. Dollar olish 😁 P.s: ziqnaligim uchun bo’lsa kerak, qarz bermayman.

Bir Musulmon Davlatga viza qilayotgan edik. Koreysdan otasining ismini so’radim. U bo’lsa, buni vizaga qanday ahamiyati bor deb hayron qoldi. Muslim davlatlarda otasini ism sharifi muhim ekanligini tushuntirdim. U bo’lsa, Englishda ismni yozayotib, otamni ko’rmaganimga ham 2 yil bo’libdi, Incheonga borib yo’qlab kelaman deb ho’rsinib qo’ydi. Shunaqa.

Men ham ishlayotganimga 3 yildan oshgan bo’lsa ham, ba’zilari Ukraina bilan adashtiradi. Agar Yevropa yoki Amerikadan bo’lgan
Men ham ishlayotganimga 3 yildan oshgan bo’lsa ham, ba’zilari Ukraina bilan adashtiradi. Agar Yevropa yoki Amerikadan bo’lganimdami:) uhlab yotgan joyida turg’izib so’rasa ham aytib beradigan darajada bo’lardi. Ungacha shunday, Uzpakistan bo’lib yuraveramiz. 😁

Repost from _Koreya_va_Qonun_
𝐃𝐨‘𝐬𝐭𝐥𝐚𝐫, 𝐤𝐢𝐜𝐡𝐢𝐤 𝐭𝐚𝐯𝐬𝐢𝐲𝐚! Koreyada Sungshin Women’s Universityda maktabgacha ta’lim (Early Childhood Education) yo‘nalishida magistratura bosqichida tahsil olayotgan Zarnigor Fayizova tomonidan bolalar tarbiyasi, erta yoshdagi ta’lim va Koreyada bolalar tarbiya tajribasi bo‘yicha foydali postlar ulashilmoqda. Shuningdek, Koreyada bog‘cha yoki maktabda tarbiyachilar va o‘qituvchilar bilan muloqot, tushunmovchiliklar yuzaga kelganda vaziyatni to‘g‘ri anglash va yondashuv bo‘yicha o‘z tajribasi va kuzatuvlari bilan bo‘lishadi. Agar sizga chet elda farzand tarbiyasi, Koreyada bog'cha va ta’lim tizimiga moslashish mavzulari qiziq bo‘lsa, Facebook sahifasi yoki Telegram kanalini kuzatib borishingizni maslahat beraman🌱 https://t.me/globaluzbekkids

Repost from Abdumalik Nabiev
#kiip KIIP darslariga ro'yhatdan o'tish haqida! Aslida juda Osonku do'stlar:) shuning uchun ham 50$~200$gacha berib yurmangla
#kiip KIIP darslariga ro'yhatdan o'tish haqida! Aslida juda Osonku do'stlar:) shuning uchun ham 50$~200$gacha berib yurmanglar eyyyy:( 👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇 https://youtu.be/-7DtAZs1fAc?si=pP9kUd-kJUW3tViD O'zingiz ham qila olasiz!

Repost from Abdumalik Nabiev
#ogohlik Militsiyadan telefon qilishdi( Janubiy Koreyada Mualliflik huquqlari qattiq himoya qilinadi. Bir tanishim Ancha vaqt avval bir saytga kirib kino tortgan ekan. Aslida esa u saytdan tortib olish mumkin emas emush. Tanishimning yashaydigan joyidagi militsiyaxonadan telefon qilishgan. Telefon qilib qachon qayerdan turib kirganigacha aytib mualliflik huquqi buzilgani va bu haqida militsiyaxonaga shikoyat tushgani haqida aytib Militsiyaxonaga kelishini so'rashgan. Tanishim koreys tilini yaxshi bilmagani uchun o'rniga gaplashdim, tanishim koreyaga yangi kelgani, bu ishni bilmay qilgani, tortib olgandan keyin hech kimga tarqatmagani va endi bu ishni qayta qilmasligini yaxshilab tushuntirib aytdim. Militsiya hodimlari, "Mayli biz birinchi marta ogohlantirish sifatida kechiramiz lekin bu ishni qayta takrorlamasinlar yaxshilab tushuntirib qo'ying, agar atayin tortib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborsalar yoki u orqali qandaydur moliyaviy foyda ko'radigan bo'lsa jarima yoki holatga qarab qamoq jazosigacha olib kelishi mumkin"deb aytishdi. Do'stlar, bu kabi holatlarni oldin ham ko'p guvohi bo'lganman. Koreyada Mualliflik huquqlariga e'tiborli bo'laylik! https://t.me/abdulmaliknabiev

Meni rasmdan topa olasizmi? Ishxonamizda 10 dan oshiq to’garaklar bor. Men ham shulardan biriga a’zoman. (Rasm va Art to’gara
Meni rasmdan topa olasizmi? Ishxonamizda 10 dan oshiq to’garaklar bor. Men ham shulardan biriga a’zoman. (Rasm va Art to’garagi) 2026 yildagi ilk yeg’ilishga bormagandim. Ammo o’zlari bilib, rasmimni ham chizib qo’yishibdi. Rasmdan meni topganlarni biriga kofe uchun kupon yuboraman:) Shoshiling 🤓 P.s: Rasmda meni topib, nima uchun men deb o’ylaganingizni ham yozib qoldiring:) Kreativ javobga +1ball. @Elyorbilan

Iye ana, Qizilni bosib qo’yiladigan yoki ish vaqtidan tashqari block ga tiqib qo’yadigan oaytlar kelayabdi shakil:) Men shund
+2
Iye ana, Qizilni bosib qo’yiladigan yoki ish vaqtidan tashqari block ga tiqib qo’yadigan oaytlar kelayabdi shakil:) Men shundoq ham tunda qo’ng’iroq kelsa ko’tarmayman. Avval sms yozing, zarur bo’lsa qayta qilaman deyman. (Agar chet eldan tel kelmasa) @Elyor

Koreyada yillik daromadga qarab odatda qancha soliq to’lanadi? Biz chet elliklar ba’zi soliqlarni to’lamasligimiz mumkin. Mas
Koreyada yillik daromadga qarab odatda qancha soliq to’lanadi? Biz chet elliklar ba’zi soliqlarni to’lamasligimiz mumkin. Masalan (pensiya uchun) Siz 1 dan 8 gachani nechanchi turiga kirasiz? Qancha ko’p olgan saringiz shuncha ko’p soliq to’laysiz 😁 #Elyorbilan

Repost from misterberd
3 yoshgacha bo'lgan farzandimiz borligi uchun Koreyaning Elektr Tashkiloti 한전ga bormasdan turib onlayn ravishda elektrga chegirma (oylik 16ming won chegirma) uchun topshirganimiz haqida qisqacha: 1. 한전 web-sayti orqali 전기요금 할인 신청서 hujjatini yuklab olib, kompyuter orqali to'ldirib, imzoladik. 2. Ota va farzandning ID karta old-orqa tomonlarini rasmga oldik. 3. Qo'shimcha ravishda otaning nomida 정부24 sayti orqali 외국인사실 증명서 ham chiqarib oldik. 4. Yuqoridagi 3ta hujjatni Play Storedagi 모바일 팩스 (Mobile Fax) ilovasi orqali shahrimizga qarashli 한전 tashkilotining faks raqamiga jo'natdik. Taxminan 15 daqiqadan so'ng, hujjatimiz muvaffaqiyatli ravishda tasdiqlangani haqida xabarni oldik. Shunday qilib, har oy elektrdan maksimum 16ming won chegirmaga ega bo'ldik. Siz ham uydan chiqmasdan topshirib ko'ring!

Yakka bo’lib qolish. Men univerda ham ishda ham yagona chet ellik bo’lib ko’rdim. 1. Univerda baholash tizimida qiyinchiliklarga duch kelardim. Baholash sistemasida, Koreyslar bilan taqqoslashdan boshqa iloji yo’qligini aytardi professorlar. Boshqa chet ellik ko’p fakultetlar, baholashda asosan chet elliklar o’rtasidagi raqobatni hisobga olishar edi. Ammo men bir ilojini qila olgan edim. 2. Ishxonada ham men yagona chet ellikman. Qolgan 200 nafardan oshig’i Koreyslar. Ularning sistemasi ham “내국인” native Koreyslarga ixtisoslashgan. Shu sabab ba’zi, 혜택, 복지 va bonuslarga kelganda ularga biroz qiyin bo’ladi. (인사팀, Kadrlar bo’limini na’zarda tutayabman). Ishlayotganimga ham 3 yil bo’ldi, shu sabab menga ishxona tomonidan qilinadigan bonuslar oshishi kerak edi, ammo 내국인 (Koreys) bo’lmaganim uchun ba’zilarini olishimni iloji yo’q ekan. Albatta tushunaman buni, Koreya hukumati tomonidan ajratiladigan narsalar bo’lsa. Bugun ishga kelsam, deyarli barchasini qilib berishga qaror qilishibdi. Albatta 내부 임원 미팅 qilib, yangi sistemalarni ishlab chiqishibdi. Bu esa chet ellik ham birdek foydalana olinadigan sistema ekan. Men ham barchasini olishimni HR xodimi email orqali yozib qoldi. Kompaniya katta bo’lsa o’zining byujeti yoki imkonidan kelib chiqib qilishga harakat qiladi. Kichik startap yoki kompaniyalar qilishi qiyin. Tarjima: 내부 임원 미팅 - Kompaniya yetakchilarining majlisi 내국인 - Fuqaro 복지, 혜택 - ijtimoiy ta’minot, rag’bat va imtiyoz. P.s: Kompaniyamiz boshqaruvidagi odamlar, chet elda ta’lim olgan va uzoq yillab Global Kompaniyada ishlagan kishilar hisoblanadi. Shu sabab ham biz maksimal qilib beramiz deb meni ishga olishgan edi. Va’dani bajarayabdi deb tushundim xolos. @Elyorbilan

Не хочу хвастаться, но у меня сейчас есть такой запас денег, что я могу не работать до конца года:) Hammaga a’lo kayfiyat 🤓

Bir voqea yodimga tushdi. Shu yil Noyabr oyida Toshkentga borgandim. 1 kunga kelganim uchun asosan uyda bo’ldim, menga kerakli narsani ham tanishlar yandex taksi orqali uyga yuborishdi. Telefon qilib, yandexdan yubordik, puli to’langan deb aytishdi. Men bo’lsa hop deb, bir ozdan so’ng kelgan taksi oldiga chiqdim. Kerakli narsani olib, rahmat deb ortga uyga kirib ketayotgan joyimda, taksidagi bola - aka pulini to’lamaysizmi deb aytib qoldi. Men bo’lsam ming hijolatda, aka puli to’lgangan emasmidi? Menga to’lab yubordik deb aytishdi desam - ha yog’e? dedida oynani yopgan holda og’aynisi bilan nimadur degancha ketib qoldi. Taxminan men tengi yoshlar edi.. Shu pulni olsa keyin uyiga olib borib oilasiga yediradida tog’rimi? Yoki og’aynisi bilan ul-bul narsa olib yer. Ammo, bu harom bo’lgan pul tomog’idan silliq o’tarmikan. Shunchalik odatiy holga aylanib qoldimikan deb ishonchsizlik yana bir bor ortdi. Shundaylar bo’lsa albatta, kerakli joyla shikoyat qoldiring. Sizku aldanmassiz, ammo boshqalarni chuv chushirishini oldini olasiz. Shu yergacha edi, bir nemalar demoqchi edimku mayli.. Dam olish kunini maroqli o’tkazing. Men ham 3-4 kunlik sayohat charchog’ini chiqaray:) @Elyorbilan