en
Feedback
Shinavandatopia

Shinavandatopia

Open in Telegram

Eng yaxshi yozilgan fentezi tushlar tilida yozilgan. - R. R. Martin Murojaat va takliflar uchun: @shinavanda_asoschilari @QalandarovAbror Donat qilmoqchi bo'lganlar uchun: @shinavandatopiadonaters

Show more
989
Subscribers
No data24 hours
+27 days
-1230 days
Posts Archive
Jorj Lukas tomonidan Los-Anjelesdagi Exposition Park’da barpo etilayotgan Lucas Museum of Narrative Art — shunchaki muzey ema
+1
Jorj Lukas tomonidan Los-Anjelesdagi Exposition Park’da barpo etilayotgan Lucas Museum of Narrative Art — shunchaki muzey emas, balki kosmik kemadek samoga intilayotgan vizual san'at ibodatxonasidir. ​Pekinning MAD Architects studiyasi loyihalashtirgan bino 28 000 kvadrat metr maydonni egallaydi. Uning egrilikka boy futuristik shakli xuddi olis galaktikalardan kelib qo'ngan kemani eslatadigan ​1 milliard dollarlik xazinadir .Lukas muzeyga 100 000 dan ziyod eksponatdan iborat shaxsiy kolleksiyasini bag'ishlagan. Bu yerda Star Wars ning afsonaviy original rekvizitlari, Ralf Makkuarrining ilk koinot eskizlari, Darth Vader niqobidan tortib, Indiana Jons artefaktlarigacha joy olgan. ​Galaktik afsonalardan tashqari, Norman Rokvell mo'yqalamiga mansub kartinalar, mumtoz illyustratsiyalar, tasviriy san'at durdonalari va zamonaviy grafik romanlar yonma-yon saqlanadi. ​Infrastruktura: Majmua tarkibida 2 ta eng so'nggi texnologik kinoteatr, ulkan ilmiy-tadqiqot kutubxonasi, ijodiy ustaxonalar hamda 11 gektarlik ochiq yashil park mavjud. #starwars @shinavandatopia

Soqqalar TURO'O'larning ajralmas qismi bo'lib, O'yinchilar amalga oshiradigan va natijasi noaniq bo'lgan har bir xatti-harakatlarining muvaffaqiyat qozonishi yoki qozonmasligi aynan ularga bog'liq. Tepadagi misolni davom ettirgan holda, agar o'yinchilar qilich bilan o'rgimchakni oyoqlariga zarba berishni tanlashsa, odatiy AVY(D&D) o'yinida O'yin Ustasi ulardan 20 tomonli soqqa(D20) tashlashlarini so'raydi. Qilinajak harakatning qanchalik qiyinligiga qarab(katta o'rgimchakning oyoqlariga zarba berish oson emas) O'yin Ustasi Qiyinlik Darajasini(Difficulty Class) belgilaydi, aytaylik, o'yinchilar o'rgimchakka muvaffaqiyatli zarba berishlari uchun soqqada 15dan yuqori raqamni olishlari kerak. Agar o'yinchilar 15dan yubori soqqa tashlashsa, unda ular o'rgimchakning oyoqlariga zarba bera olishadi, akincha bo'lsa, unda harakatlari zoe ketadi. Shuni ahm aytib o'tish kerakki, har bir o'yinchi alohidadan biror ishni qiladi, masalan, o'rgimchakka hamma bittada zarba bermaydi, masalan, siz o'rgimchakka qilich bilan zarba berasiz, sizdan keyin esa do'stingiz sehr bilan o'rgimchakka hujum qiladi, ya'ni jang uslubi doim galma-galdan sodir bo'ladi, hamma bittada hujum qilolmaydi. Jangdan tashqari holatlarda, masalan, bir yerdan boshqa yerga sayohat qilish, oddiy O'BQlar(O'ynab Bo'lmas Qahramonlar) bilan suhbat qurish yoki atrofni o'rganib chiqish kabi ishlarda esa o'yinchilar galma-galdan ish qilishlari shart emas, bunda ular qahramonlarining nima qilishlarini yoki qilayotganliklarini tasvirlashsa bo'lgani va O'yin Ustasi barini tushuntirib beradi. Har bir TURO'O'ning o'z tizimi va olami mavjud. AVY(D&D) va Yo'ltopar(Pathfinder) o'yinlarining o'z farqlari va o'xshashliklari bor. Agar istasangiz, o'z olamingizni yaratib, shunchaki o'yin tizimidan ham foydalanishingiz mumkin. Har doim mavjud AVY olamidan foydalanishingiz shart emas. TURO'O'da bu Qo'lbola Yaratish(Homebrewing yoki Worldbuilding) deyiladi. Ko'pchilik zamonaviy o'yinchilar(Tanqidiy Rol bunga misol) shunday qilishadi. Bu maqola TURO'O'(TTRPG)larga umumiy nigoh edi. Hali har bir o'yinning ikir-chikirlariga kirganimiz yo'q. Agar biror o'yinlar, masalan AVY(D&D), haqida chuqur tahlil istasangiz, izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring. #ttrpg #dnd @shinavandatopia

"Ajdarlar va Yerto'lalar"(Dungeons And Dragons) yoxud Taxta Usti Rol O'ynash O'yinlari(Tabletop Role-Playing Games) aslida nima? Ko'pchilik o'zbek muhlislari "Ajdarlar va Yerto'lalar"(Dungeons And Dragons) so'zini mashhur "G'alati Ishlar"(Stranger Things) serialidan eshitishgan. Yodingizda bo'lsa, Mayk va uning do'stlari serial boshida aynan shu AVY(Ajdarlar va Yerto'lalar) o'yini o'ynayotgan, so'ng uyga qaytishda Uill g'oyib bo'lgan edi. Serialni ko'rgan muhlislarning va uni ko'rmagan, ammo AVY(D&D) haqida eshitgan har bir insonning hayolidagi eng muhim gap shu ekanligi aniq: AVY yoki D&D nima o'zi? Bugun shu savolga javob topamiz. AVY aslida butun bir katta janrga mansub o'yin bo'lib, ushbu janr "Taxta Usti Rol O'ynash O'yinlari"(Tabletop Role-Playing Games) deb ataladi. Ushbu janr o'z ichiga ko'plab o'yinlarni oladi, hammamiz bilgan AVY(D&D) bunday o'yinlarning eng mashhuri xolos aslida. AVYdan tashqari, Taxta Usti Rol O'ynash O'yinlariga(TURO'O') boshqa ko'plab o'yinlar kiradi, bularga misollar quyidagicha: qo'rquv(horror) elementlariga ega "Kasulu Chaqiruvi"(Call of Cthulhu), fentezi janrida AVY bilan raqobat qilib kelayotgan "Yo'ltopar"(Pathfinder), shahar fentezisida ixtisoslashgan "Vampir: Maskarad"(Vampire: The Masquerade), "Yulduzlar Jangi" muhlislarining sevimlisi "G'arbiy Chegara O'yinlarining Yulduzlar Jangi: Rol O'ynash O'yini(The West End Games (WEG) Star Wars: The Roleplaying Game) va Tanqidiy Rol(Critical Role) tomonidan yaratilgan "Xanjaryurak"(Daggerheart) o'yini. Modomiki AVY(D&D) shunchaki TURO'O'(TTRPG) janrining bir o'yini ekan, o'zi TURO'O' nima? TURO'O' bu bir nechta kishilar tomonidan o'ynaladigan va yaratiladigan hikoyaviy o'yindir. Unda har bir o'yinchi o'zi uchun qahramon yaratadi, masalan, siz kamonchi elf rolini yoki sehrgar inson rolini o'ynashingiz mumkin. TURO'O'lar odatda 3-4dan ortiq o'yinchilarni o'z ichiga oladi va o'yinchilar ikki guruhga bo'linadi: O'yinchi Qahramonlar(Player Characters) va O'yin Ustasi(Game Master). O'yinchi Qahramonlar tepada tasvirlagan qahramonlardir, ya'ni har bir o'yinchi o'zi uchun tanlagan qahramonlar. O'yin Ustasi esa o'yinni boshqaruvchi inson bo'lib, ular O'yinchi Qahramonlarga atrofni, vaziyatni va holatni tasvirlab beradilar, O'ynab Bo'lmas Qahramonlarni(NPCs) o'ynaydilar va o'yinning to'g'ri o'ynalishini ta'minlaydilar. Odatdagi TURO'O' o'yini 3-4 ta oddiy O'yinchi Qahramonlar va 1ta O'yin ustasini o'z ichiga oladi. O'yin Ustasi O'yinchilarga vaziyatni tasvirlab beradi va ulardan nima qilishlarini so'raydi. Aytaylik, O'yinchilarga katta o'rgimchak hujum qilmoqda, O'yin Ustasi o'rgimchakni qandayligini tasvirlab o'yinchilardan nima qilmoqchi ekanliklarini so'raydi. O'yinchilar esa, misol uchun, o'rgimchakka hujum qilishni tanlashlari mumkin. Mana shu yerda endi bizga soqqa(dice) kerak bo'ladi. #ttrpg #dnd @shinavandatopia

"Ajdarlar va Yerto'lalar"(Dungeons And Dragons) yoxud Taxta Usti Rol O'ynash O'yinlari(Tabletop Role-Playing Games) aslida ni
"Ajdarlar va Yerto'lalar"(Dungeons And Dragons) yoxud Taxta Usti Rol O'ynash O'yinlari(Tabletop Role-Playing Games) aslida nima? #ttrpg #dnd @shinavandatopia

Aemon Targaryen "The Dragonknight" - Martinning shaxsan o'zi uni Westeros tarixidagi eng yaxshi Gvardiyachi sifatida tan oladi. 5 qirolga absolyut sadoqat bilan xizmat qilgan, 2 Qirolini muqarrar o'limlardan saqlab qolgan ritsar. Lekin uning bu jasorati yaxshilikga yetakladimi ? Aegon IV, u ham Westeros tarixida "eng" sifati qo'shilib eslanadi, ammo eng yomon qirol sifatida. Butun faoliyati tomonida yaqinlariga faqat zarar bergan, begunoh Naerysga tinimsiz azob berib, unga tuhmatlar yog'dirgan kimsa. Aemonning o'zi ham Naerysga qarshi qilingan tuhmat sabab uni ximoyasi uchun duelga tushadi (tuhmat ham Aegon homiyligida tarqalgan degan xabarlar mavjud), va Toyne xonadoni qirolga qarshi suiqasd amalga oshirganda u yana o'rtaga chiqadi va uni hayotini saqlash uchun o'z hayotini qurbon qiladi, lekin bu yaxshilikga olib keldimi ? Aegon tirik qolganidan so'ng qahramon ukasining merosini ulug'lash o'rniga jirkanch tuhmatlarni avj oldirdi va butun boshli fuqarolar urushi boshlanishiga sababchi bo'ldi. Barristan Selmy "Bold" - Jasoratlar ro'yxati jihatdan unga yetadigani yo'q, umuman imkonsiz, Maelysni 1vs1 jangda yengib, Blackfyre isyoni va katta ehtimol ildizini tugatgan ritsar. Uning Duskendaledagi jasorati aqlga sig'maydi, Qiroli hayoti xavfga qolganda yolg'iz o'zi bir qancha jangchilarni yengib Qirolini sog' salomat ortga qaytaradi. Ammo yana yuqoridagi savol. Qirol qutqarishga arzidimi ? Aerys ozodlikga chiqqandan keyin yanada paranoid va zolim bo'lib qoldi, Darklyn xonadoni qirib tashlandi, Aerysning ichki telbaliklari oshib bordi. Eng yomoni Barristan uning Rhaellaga nisbatan zoʻravonliklari, Rickard va Brandon Stark qatliga etiroz, qarshi pozitsiya koʻrsatmadi, ha bu Gvardiyachi uchun eng qatiy qonun, ammo moral jihatdan, bilmadim..) Isyon yakunida esa Aerys o'zi bilan birgalikda butun boshli Poytaxt aholisini ham o'limini istadi, bu total qirg'in esa navbatdagi Gvardiyachi tomonidan to'xtatib qolindi. Jaime Lannister "The Kingslayer" - “Agar qasamni bajarish begunoh odamlarni o‘ldirishga olib kelsa, qasamga sodiq qolishning o‘zi axloqsizlik emasmi?” savoliga javob izlagan ilk gvardiyachi. Jaime ilk bora ushbu bo'limga qabul qilinganda atrofidagi sharafli, ulug' nomli ritsar bilan bir qatorda turish, Qirolga xizmat qilish uchun eng buyuk ishlardan edi, ammo Rhaegar va Serseya nikohi o'xshamagani, Tywin esa Casterlyga qaytishi natijasida Jaime emotsional jihatdan yolg'iz, tutqunlikdagi asirga o'xshab qoladi, Aerys uni Tridentga yubormay o'zi bilan olib qolgani sababi ham, Jaimeni mumkin bo'lgan xavf amalga oshganda ishlatish edi. Mag'lubiyat xabari yetib kelganda, Aerys Poytaxtni yoqish va Tywinni boshini olib kelish bo'yicha buyruqni beradi, Jaime unga yalinishiga qaramasdan uni tinglamaydi, Jaime dastlab olovni yoqishga yo'l olgan pyromancer Rossartni va Aerysni o'ldiradi, ko'p vaqt o'tmay Eddard Stark voqea guvohiga aylanadi va faqat ko'rganlariga ishonib Jaimega baho berishda davom etadi. Aemon va Barristan eng yomon qirollar hayotini qutqarish evaziga bo'lsa ham Gvardiyachi qasamini mukammal asrashdi, xalq va jangchilar orasida hurmat bilan eslanishdi, ammo ushbu qasamlarni so'roq ostiga olgan va qirolini o'ldirgan Jaime esa hamma tomonidan ermak, haqoratlar ostiga olindi. Uning bu "sharafsizligi" yuz minglab insonlar hayotini saqlagan bo'lsa ham. Endi esa savol, Gvardiyachi uchun qaysi muhimroq ? Qiroli va qasamlariga har qanaqa vaziyatda ham sodiq qolish, yoki agar Qirolning aynan o'zi xalqi uchun eng katta xavfga aylanganda qasamni buzish ? Muhokama va javoblar qiziq)

Qirol Gvardiyachilari — Westerosdagi qurolli kuchlar orasidagi eng sharafli va eng mas’uliyatli jangchilar. Qirolning hayoti,
+2
Qirol Gvardiyachilari — Westerosdagi qurolli kuchlar orasidagi eng sharafli va eng mas’uliyatli jangchilar. Qirolning hayoti, sirlari va hech kimga ko‘rsatmaydigan tomonlari aynan shu ritsarlarga ma’lum. Ularning qasamyodi esa oddiy: qirolni jonini berib bo‘lsa ham himoya qilish. Lekin, qirolni himoya qilish har doim ham to‘g‘ri ish bo‘lganmi? Agar qirolning o‘limi butun xalqqa yengillik olib kelsayu, Gvardiyachi uni o‘z sharafi uchun himoya qilsa, bu haqiqatan ham yaxshilikmi? Yoki aksincha, ba’zi qirollarning o‘limi Westeros uchun eng yaxshi ssenariy bo‘lganmi? Bugun aynan shu savolga uch buyuk Gvardiyachi misolida javob izlaymiz: Aemon “The Dragonknight” Targaryen. Barristan “The Bold” Selmy. Jaime “The Kingslayer” Lannister. Soon…

"Buyuk To'qqizlik"(The Mighty Nein) — "Voks Makina Afsonasi"ning yanada jiddiyroq xilimi? Fentezi olamiga doir ajoyib durdonalar haqida maqolalar yozishda davom etamiz. "Buyuk To'qqizlik" ham, xuddi "Voks Makina Afsonasi" singari, "Tanqidiy Rol"(Critical Role) jamoasining "Ajdarlar va Yerto'lalar"(Dungeons and Dragons) o'yinidan ekranga ko'chirilgan noyob animatsion serialdir. 2025-yilda serialning dastlabki fasli chiqdi. Muhlislar va tanqidchilar serialni ijobiy baholashdi. IMDB saytida 8.4 baholangan serial Rotten Tomatoes saytida tanqidchilar tomonidan 100%, muhlislar tomonidan esa 89% ball bilan taqdirlandi. Ushbu animatsion serial "Tanqidiy Rol" jamoasining ikkinchi "Ajdarlar va Yerto'lalar" o'yinidan olingan bo'lib, serial voqealari "Voks Makina Afsonasi"dan 20 yil keyin sodir bo'ladi. "Buyuk To'qqizlik" seriali "Voks Makina Afsonasi" bilan bir xil olamda — Eksandriyada yuz beradi, faqat "Voks Makina Afsonasi" Taldore qit'asidagi ishlarni o'z ichiga oladi, "Buyuk To'qqizlik" esa Taldorening sharqida joylashgan Vayldmaunt qit'asida ro'y beradi. Bu qit'ada anchadan buyon Dvendalien Imperiyasi va Krin sulolasi o'rtasida katta-kichik ziddiyatlar bo'lib kelayotgan edi. Shu paytda, Volstrakerlar deb nomlangan maxfiy sehrgar-qotillar guruhi tomonidan Krin sulolasining eng muhim narsasi bo'lmish Mayoq o'g'irlanadi. Krin Qirolichasi bunda Dvendalien Imperiyasini ayblaydi va agar Mayoq tezda qaytarilmasa, asrlar davomida ko'z ko'rib, quloq eshitmagan katta urushni boshlashga va'da beradi. Shu yerda bizning jamoamiz sahnaga chiqadi. "Buyuk To'qqizlik" jamoasi "Voks Makina" dan farqli ravishda o'z ishlarining zo'rlari emas, ular serial davomida bir-birlari bilan tanishib, do'stlashib borishadi. Jamoa a'zolari: o'ta achinarli va daxshatli o'tmishga ega tilanchi afsungar Keylb Vidogast, o'zini ko'rsatib bu urushni oldini olishni istaydigan Bou, spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan, kuchli xavotiri bor goblin Nott Jasur, ustozining merosini yelkalashga urinayotgan sodda Ford Stoun, sho'x tabiatli Jester, xotiralarini yo'qotgan, o'tmishidan bexabar Qon Ovchisi Mollimauk va yuzta polvonning kuchiga ega Yasha. Guruhimiz ushbu Mayoqning o'g'irlanishida qo'li bo'lishi mumkin bo'lgan Dvendalien Imperiyasining Fuqarolik Ta'siri bo'yicha Sehrgar-Vaziri — Trent Ikitonga qarshi yurish qilishadi. Imperiyadagi eng xavfli va qudratli sehrgar hisoblangan Trent Ikitonga qarshi qahramonlarimiz muvaffaqiyat qozona olishadimi? Ikki qirollik o'rtasidagi urushning oldini olib, millionlab insonlarni halokatdan saqlab qololishadimi? Ushbu savollarga javobni serialni ko'rish orqali bilib oling. Bizning "Buyuk To'qqizlik"ga bergan bahomiz: 10/10. Hammaga ushbu serialni ko'rishni tavsiya qilamiz. #mighty_nein #critical_rola @shinavandatopia

"Buyuk To'qqizlik"(The Mighty Nein) — "Voks Makina Afsonasi"ning yanada jiddiyroq xilimi? #mighty_nein #critical_rola @shinavandatopia

"Voks Makina Afsonasi"("The Legend of Vox Machina") zamonamizning eng yaxshi fentezisimi? "Voks Makina Afsonasi" animatsion seriali dastlab 2022-yillardan boshlab ekranlarda namoyish etila boshladi va muxlislar tomonidan juda yaxshi kutib olindi. 7 kishidan iborat Voks Makina guruhining sehrli Taldore qit'asidagi ajoyib sarguzashtlaridan hikoya qiluvchi ushbu serial tanqidchilar va tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo'ldi va IMDB saytida 8.4, Rotten Tomatoes saytida esa 93% ballarga erishdi. Bugun ushbu serialning muvaffaqiyati siriga va tarixiga yuzlanamiz. "Voks Makina"ning kelib chiqishi iqtidorli ovoz aktyorlaridan tashkil topgan "Tanqidiy Rol"("Critical Role") guruhiga borib taqaladi. Ushbu guruh vakillari shunchaki yaqin do'st-birodarlar bo'lishadi va 2015-yillarda bir-birlari bilan yig'ilib "Ajdarlar va Yerto'lalar"(Dungeons and Dragons) o'yini o'ynashadi. Dastlab do'stlar orasidagi oddiy ko'ngilochar o'yin sifatida boshlangan narsa keyinchalik ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'ladi va "Tanqidiy Rol" jamoasi o'z o'yinlarini YouTubega joylay boshlashadi. Jamoa vakillarini hayron qoldirgan holda, ushbu jonli o'yinlar muhlislar tomonidan seviladi va qisqa vaqt ichida juda ko'p obunachilarga va a'zolarga ega bo'lishadi. Ularning birinchi o'yini aynan mana shu "Voks Makina Afsonasi" haqida bo'ladi. Ushbu o'yinni millionlab insonlar tomosha qilishadi va o'yinning o'z serialiga ega bo'lishini istashadi. Serialda voqealar Voks Makina guruhi atrofida aylanadi. Guruhning vakillari egizak opa-ukalar Veks(kamonchi) va Vaks(yollanma qotil va o'g'ri), oilasi uchun qasos olish o'tida yonadigan Persiy(mergan), qabilasi oldidagi burchini bajarishni xohlaydigan va 4 unsurni(ha xuddi Avatardek) boshqarishni o'rganishi kerak bo'lgan Kiylis, jarohatlarni tuzatish qobilyatiga ega gnom Payk, musiqasidan sehr chiqadigan gnom Skenlen va o'ta baquvvat Grogdan iborat. Har bir qahramon o'zining qobilyatlari, ichki kurashlari va maqsadlariga ega. Aynan mana shu ularni o'ta qiziqarli guruh qiladi. Va nihoyat, 2022-yilda Amazon tomonidan o'yinning animatsion seriali suratga olinib, ommaga havola etiladi. Muhlislar baxtiga, serial tepasida aynan mana shu "Tanqidiy Rol"("Critical Role") jamoasi turardi. Shunday qilib, bir paytlar oddiy o'yin sifatida boshlangan narsa oxiri millionlab muhlislarga ega qadrli mediaga aylandi. Bizning "Voks Makina Afsonasi"ga bergan bahomiz: 10/10. Hammaga ushbu serialni ko'rishni tavsiya qilamiz. #vox_machina #critical_rola @shinavandatopia

"Voks Makina Afsonasi"("The Legend of Vox Machina") zamonamizning eng yaxshi fentezisimi? #vox_machina #critical_rola @shinav
"Voks Makina Afsonasi"("The Legend of Vox Machina") zamonamizning eng yaxshi fentezisimi? #vox_machina #critical_rola @shinavandatopia

Nolan Alpomishniyam ekranizatsiya qil! 😭🙌
Nolan Alpomishniyam ekranizatsiya qil! 😭🙌

photo content

Sening Odisseying, mening Alpomishim! “Yosh Verterning iztiroblari” kitobini o‘qib yurar ekanman, uning Gomerning “Odisseya”
+1
Sening Odisseying, mening Alpomishim! “Yosh Verterning iztiroblari” kitobini o‘qib yurar ekanman, uning Gomerning “Odisseya” dostoniga muhabbati menga ham ko‘chgandek bo‘lib o’qishga kirishgandim. Yaqinda Nolanning ekranizatsiyasi bu postni yozishga turtki bo’ldi. DIQQAT, SPOYLERLAR! Odissey Troya urushidan so‘ng, ona yurti Itakaga qaytish orzusida yo‘lga chiqishi bilan davom etadi. Uni ma’budlar yo‘ldan adashtirib, uzoq sohillarga eltib tashlaydi. Huddi shunday alp yigit Alpomish ham fitnalar ostida o‘z eli — Qo‘ng‘irotdan uzoqda qolib ketadi. Meni eng o‘ylantirgan narsa esa, bu ikki dostonning naqadar o‘xshash ekanligi bo‘ldi.
Odisseyning ayoli Penelopa dong’i ketgan go’zal ayol bo’lsa, Barchin ham shunday edi. Odisseyning Telemakdek o‘g‘li bo‘lsa, Alpomishning Yodgordek o‘g‘li bor edi. Bu ikkisi elining jasoratlisi, bahodiri va yetakchisi edi. Uzoq ayriliqda esa ikkala o‘g‘il ham o‘z otasini tanimay o‘sdi. Ammo otasi haqidagi g‘oyat ulkan fikrlarni eshitib, unga iqbol qilib o’sdi. Otasining yo‘qligida Odisseyning uyini talagan sovchilar uning o‘rnini ko‘zlab, go‘zal xotiniga erishmoqchi bo‘lsa, Alpomishda Ultontoz Barchinning qo‘lini so‘rab, Qo‘ng‘irot eliga bosh bo‘lmoqchi bo‘ldi. Ikkala ayol ham sadoqatini ko‘rsatib, o‘z erlarini kutdi. Faqat bosim juda ko’payib ketgandagina er qilish uchun, har xil musobaqa uyushtirishni e’lon qilishdi.
Odisseyning qaytishi ham, Alpomishning qaytishi ham parallelliklarga boy.
Odissey tilanchi ko‘rinishida qaytsa, Alpomish ham boshqa qiyofada o‘z yurtiga kirib keladi. Avvaliga ular o‘zligini oshkor qilmaydi. Zulm va sitamlarga ko‘z yumib, barcha vaziyatni, oila va elidagi sadoqat va xiyonatni tekshiradi. Eng yakunidagina biri kamondan o‘q uzib, 12 bolta ko‘zidan o‘tkazsa, boshqasi kamon va turli bellashuvlar orqali o‘z yori va eliga qaytadi.
Rostini aytsam, o‘qib turib bunday o‘xshashliklarga duch kelganimdan hayron qoldim.
Axir, bu ikkala doston ham o‘z xalqlarining dostonlarida eng katta o‘rin tutadigan asoslardan biri emasmi? Nega bunchalik o‘xshashlik? Ikki xalq orasidagi tarixiy bog‘liqlik — savdo aloqalari, sayohatchilar, elchilar va boshqa aloqalarning ahamiyati qanday? Xalqlar kelib chiqishida dostonlarning o‘rni qanday?
#dostonlar #Odissey #Alpomish @shinavandatopia

"Obsession" filmi orqali ko'pchilikga ma'lum bo'lgan Inde Navarrette "Ajdar Xonadoni" 4 mavsumda mashhur Johanna Lannister ob
+1
"Obsession" filmi orqali ko'pchilikga ma'lum bo'lgan Inde Navarrette "Ajdar Xonadoni" 4 mavsumda mashhur Johanna Lannister obrasini o'ynash uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi. Ma'lumot uchun, Lord Jason Lannister o'limidan so'ng Lady Johanna o'z yerlarini Dalton "Red Kraken" Greyjoydan regent sifatida mardonavor ximoya qilgan. Mos tanlov boʻladi deb o'ylaysizmi ?

"Ajdar Xonadoni" 1 mavsumdan buyon ko'pchilik muxlislarni (jumladan meni ham) bir narsa juda qiziqtirib qo'ydi. Dance davrida
+1
"Ajdar Xonadoni" 1 mavsumdan buyon ko'pchilik muxlislarni (jumladan meni ham) bir narsa juda qiziqtirib qo'ydi. Dance davrida eng ulkan, hatto Balerionga yaqin darajada kattalashgan Vhagar qanaqasiga yashirinish va "sneak" hujumlarga bu qadar usta ? Bir qancha hazil teoreyalar ham mavjud, ko'pchilikga ma'lumki Aegon Westerosga ilk marotaba kelganda Vhagar 3 ajdardan eng kichigi bo'lgan, shu sababli Visenya ajdarini yashirinish va qo'qqisdan hujumlarga tayyorlagan degan taxmin ancha ommalashdi😂 Lekin haqiqatdan ham, 1 mavsumda Luceryc, 2 mavsumda Rhaenysga qarshi jang va 3 mavsumda Vhagar o'ta ulkan gavdasi bilan ham juda osonlikcha yashirinmoqda, va deyarli har bir harbiy operatsiyada "qo'qqisdan hujum" taktikasini mukammal qo'llamoqda. Xo'sh, sizning taxminingiz bo'yicha bunga sabab Visenyaning birga olib borgan mashqlarimi yoki Aemond shu darajada mohir chavandozmi, balki buni shunchaki serialdagi xatolik deyarmiz😁

Bu guruhga 1. Loras Tyrell - No comment, serialda qanchalik yerga urishmasin u kitobda Martin tomonidan eng yuqori darajada tasvirlangan ritsarlardan, Jaime uni o'zining yosh versiyasiga qiyoslaydi, musobaqada Jaime ham unga yutqazgan. Kitobdagi eng muhim nomlardan, 5 kitob orasida katta ehtimol ayni paytdagi eng kuchli 5 jangchidan biri. U Renly o'limidan so'ng 3 gvardiyachini o'ldirgan. 2. Brienna Tarth - Martin uni o'zining ritsari sifatida bejizga tanlamagan, Loras, Sandor va Jaime(haa charchagan, zanjirlangan, yarim kuchi ham bo'lmagan) 1 vs 1 da mag'lub etgan, talonchilarga qarshi juda ajoyib yutuqlarga ega, uni ham ayni paytdagi Top 5-7 jangchilardan biri deyolaman. 3. Robar Royce - Royce xonadoni Corbraylar bilan birgalikda Vodiydagi eng mashhur ritsarlar oilasi hisoblanishadi. Robar Royceda canon yutuqlar kam bo'lsa ham iqtidorli jangchi bo'lgan deb bemalol aytolamiz. 4. Ser Guyard Morrigen - Renly o'limidan so'ng Stannisga qo'shilgan gvardiyachi, tajribali ritsar, ko'pchilik tomonidan Blackwater jangida aynan u Stannis qo'shinidagi eng mohirlardan biri bo'lgan deb hisoblaydi, haa u shu jangda o'ldirilgan, ammo kimsan Ser Garlan Tyrellga yengilish unchalik ham ojizlik emas) (Hozirda Westerosdagi Top 5 lardan) 5. Ser Bryce Caron - Stannis bilan jangda Renly chap qanotni uni boshqaruviga topshirgani, shu bilan birga ko'plab nomzodlardan orasidan Yettilikga kirolgani uni mohir deyishga arziydi deb o'ylayman. 6. Ser Emmon Cuy 7. Ser Parmen Crane Bundan tashqari Renly uzoq muddat 7 o'rinni ochiq qoldirgan (Brienna tanlanishidan oldin), va "A Clash of Kings" kitobida bir necha marotaba Barristan haqida ma'lumot izlagan. Agar Barristan ham ushbu ro'yxatga kirganda shubhasiz afsonaviy guruhlardan biriga aylangan bo'lardi. Yana qaysi qirol gvardiyachilari haqida to'liq ma'lumot bilishni xohlaysiz ?

Har doim "Qirol Gvardiyachilar" guruhi eslanganda biz hech ikkilanmasdan Aerys II, Jaeherys I, Daeron II ga xizmat qilgan rit
+1
Har doim "Qirol Gvardiyachilar" guruhi eslanganda biz hech ikkilanmasdan Aerys II, Jaeherys I, Daeron II ga xizmat qilgan ritsarlar hayolimizga keladi, lekin shaxsiy fikrimcha Renly Baratheonning "Rainbow Guard" guruhi ham juda kuchli, Top-7 likga bemalol raqobat qiloladi. Shu haqida gaplashamiz)

Baelor va, ehtimol, uning otasi Daeron II ajdarlar va bashoratlardan voz kechib, o'zlari yashayotgan jamiyatga moslashish, kamtarlikni o‘rganish va o‘zlarini “ustun” deb biladigan takabbur Targaryenlar kabi tutish o‘rniga haqiqiy siyosat orqali sulolaning obro‘sini yaxshilash kerakligini chinakam tushungan yagona Targaryenlar edi. Baelor o‘z sulolasi xalq orasida unchalik sevilmasligini va ularning bitta noto‘g‘ri qadami ham qo‘zg‘olon boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligini tushungan. Shuning uchun ham Maekar o‘zini mehmon sifatida kutib olgan lordlarga nisbatan jahli chiqib, qo‘pollik qilganida, Baelor uni koyigan. Shuning uchun ham u o‘z farzandlariga ajdodlari yoki mashhur Targaryenlarning ismlarini berish o‘rniga, o‘ziga xos ismlar (Valaar, Matarys) tanlagan deb o'ylayman. Chunki bunday ism bolani mag‘rurlikka yetaklashi yoki uning zimmasiga katta bosim yuklashi mumkinligini bilgan. Axir Baelorning o‘zi ham yoshligida kuchsiz qirolga adash bo'lgani uchun masxara qilingan. Bundan tashqari u jiyaniga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishga, aka ukalar orasidagi keraksiz nizoni oldini olishga harakat qilgan. Chunki u Ajdarlar raqsi qanday yakunlanganini va o‘z bobosi (Aegon IV ) o‘z qarorlari bilan oilani qanday ikkiga bo‘lib, oxir-oqibat fuqarolar urushiga olib kelganini juda yaxshi bilardi. Agar Baelor yashab, qirol bo‘lganida, ehtimol, u Targaryenlar sulolasini ancha yaxshi tomonga o‘zgartirgan bo‘lardi. Nima deb o'ylaysiz, Baelorning taxtga chiqishi Westerosning keyingi hayotini yaxshiroq holatga olib kelarmidi ?

Jorj Martin intervyularidan birida Baelorning o'limi "butun Westeros ahvoliga ta'sir ko'rsatgan" falokatlardan biri ekanligin
Jorj Martin intervyularidan birida Baelorning o'limi "butun Westeros ahvoliga ta'sir ko'rsatgan" falokatlardan biri ekanligini aytib o'tgandi. Keling shu haqida gaplashamiz. Nega Baelor o'limi siyosiy jihatdan Targaryenlarga jiddiy zarba bo'lgandi ? Soon...

Cho‘l monstrlaridan tub aholigacha: Jorj Lukas va Deyv Filonining Tuskenlarga bo‘lgan qarashlaridagi falsafiy inqilob ​Star W
+1
Cho‘l monstrlaridan tub aholigacha: Jorj Lukas va Deyv Filonining Tuskenlarga bo‘lgan qarashlaridagi falsafiy inqilob ​Star Wars olamidagi deyarli yarim asr davomida ro‘y bergan eng qiziqarli va sezdirmay o‘tkazilgan epizodik evolyutsiyalardan biri — bu Tatooinening qum tepaliklarida yashovchi Tuskenlar (Tusken Raiders / Sand People) obrazidir. ​Dastlab 1977-yilda ekranga chiqqan bu mavjudotlar shunchaki "cho‘l yirtqichlari" edi. Ammo oradan yillar o‘tib, uzoq-uzoq galaktikadagi eng murakkab va chuqur madaniyatlardan biriga aylandi. Xo‘sh, Jorj Lukas va Deyv Filoni o‘rtasidagi bu tushunchaviy farq nimadan iborat ? ​1. Jorj Lukas (Klassik Vestern va Arxetipik Vaxshiylik) ​Jorj Lukas Original va Prequel trilogiyalarini yaratishda 1950-yillardagi Amerika vesternlaridan, xususan Jon Ford rejissyorligidagi filmlardan juda katta ilhom olgan. Vesternlarda ko‘chmanchi fermerlarga to‘satdan hujum qiladigan, tili va yuzi tushunarsiz "yovvoyilar" qanday rol o‘ynagan bo‘lsa, Lukas Tuskenlarga ham aynan shunday vazifani yukladi. ​Sujetdagi roli: ​A New Hope: Tuskenlar Luke Skywalker uchun Tatooinning qanchalik xavfli va shafqatsiz maskan ekanligini ko‘rsatib beruvchi birinchi jismoniy to‘siq. ​Attack of the Clones: Bu yerda ularning roli yanada qorong‘ulashadi. Kligg Larsning iborasini eslaylik: ​"Ular odamga o‘xshab yuradi, lekin shafqatsiz, aqlsiz monstrlar." ​Lukas Tuskenlarni qasddan yuzsiz va shafqatsiz qilib ko‘rsatdi. Chunki ular dramaturgiya nuqtai nazaridan bitta bosh vazifani bajarishi kerak edi: Anakin Skayuolkerni sindirish, uni g‘azab va nafrat domiga tortish. Shmi Skayuolkerni qiynab o‘ldirgan bu qabila Anakinning Qorong‘u tomonga o‘tishidagi birinchi ommaviy qirg‘inini ("nafaqat erkaklarni, ayollar va bolalarni ham") amalga oshirishi uchun zarur fojia katalizatori edi. ​Lukas falsafasi: Tuskenlar — sivilizatsiyadan tashqaridagi, muloqotga kirishib bo‘lmaydigan arxetipik tahdid. Ular tushunilishi kerak bo‘lgan xalq emas, balki bosh qahramonning ruhiy inqirozini yuzaga chiqaruvchi tashqi kuchdir. ​2. Deyv Filoni va Antropologik burilish (Tub aholi va Post-kolonial nigoh) ​Endi oradan yillar o‘tib, Deyv Filoni (Jon Favro bilan birgalikda The Mandalorian va The Book of Boba Fett seriallarida) maydonga tushadi va Tuskenlarga xuddi antropolog yoki sotsiolog kabi yondashadi. ​Filoni Lukas yaratgan konsepsiyani inkor etmadi, balki ob'ektivni biroz surib, boshqa rakursdan qaradi: Tatooinning haqiqiy egalari kim va ular nima uchun bunday tajovuzkor? ​Madaniy va ijtimoiy qayta talqin: ​Resurslar urushi va Kolonizatsiya: Filoni ko‘rsatib berdi-ki, Tuskenlar sababsiz tajovuzkor emas. Ular Tatooin hali okeanlarga boy bo‘lgan davrlardan beri yashab kelayotgan tub aholi (indigenous people). Fermerlar, konchilar va poyezdlarda o‘tib borayotgan jinoyatchilar ularning muqaddas yerlarini payxon qiladi va eng qimmatli resurs — suvni ochiqchasiga o‘g‘irlaydi. ​Tili va Etikasi: Filoni ularga mukammal tana tili va ishoralar san'atini (sign language) berdi. Din Djarin (Mandalorian) ular bilan muloqot qiladi, resurslarni adolatli bo‘lishish evaziga Krayt-ajdarhosi oviga qo'shiladi . ​Ruhiy e'tiqod va Oila: Boba Fett Tuskenlar qabilasiga asir tushib, keyinchalik ularning a'zosiga aylanganda, tomoshabin birinchi marta Tuskenlarning ruhiy dunyosini ko‘radi. Ularning tushlar orqali ruhlar bilan bog‘lanishi, sehrli kaltakesak yordamida o‘z Gaffi tayog‘ini (Gaffi stick) yasash marosimi va qabila ichidagi jipslik ularni to‘liq insoniy darajaga olib chiqadi. ​Filoni falsafasi: Gumanizm va dekonstruksiya. Siz "yovvoyi monstr" deb bilgan har qanday guruh ortida, shunchaki siz tushunmagan murakkab madaniyat, tarix va ota-bobolarining yerini himoya qilish istagi yotadi. Lukas Tuskenlardan Anakinning qorong‘ulikka qulashini oqlash va fojia yaratish uchun dahshatli niqob sifatida foydalangan bo‘lsa, Filoni o‘sha niqobni yechib, ortida urib turgan insoniy yurakni va jamiyatni ko‘rsatib berdi. Bu evolyutsiya Star Wars koinotining vaqt o‘tishi bilan qanchalik ulg‘aygani va murakkablashganining yaqqol isbotidir. #starwars @Shinavandatopia