Shinavandatopia
الذهاب إلى القناة على Telegram
Eng yaxshi yozilgan fentezi tushlar tilida yozilgan. - R. R. Martin Murojaat va takliflar uchun: @shinavanda_asoschilari @QalandarovAbror Donat qilmoqchi bo'lganlar uchun: @shinavandatopiadonaters
إظهار المزيد1 002
المشتركون
+124 ساعات
-17 أيام
-1230 أيام
أرشيف المشاركات
1 002
+1
Benjamin Evan Ainsworth rasman Ajdar xonadoni serialida shahzoda Daeron Targaryen aktyori sifatida e'lon qilindi. Aktyor 3 mavsum 4, 5, 6, 7, 8 qismlarda ko'rinish beradi.
1 002
Antony Starr yana bir marotaba Emmy taqdirlash marosimidan chetda qolmoqda. Aktyor 5 mavsum davomida Homelander roli uchun umuman nomzodlar qatoriga kiritilmagani biroz nohaqlikday.
Sizningcha agar nomzodi qo'yilganda aktyor ushbu rol bilan yutolarmidi ?
1 002
Emmy taqdirlash marosimida "Yetti Qirollik Ritsari" seriali 9 yo'nalish bo'yicha kurashadi. Bular :
Outstanding Drama Series
Outstanding Fantasy/Sci-Fi Costumes
Outstanding Period or Fantasy/Sci-Fi Hairstyling
Outstanding Sound Editing for a Comedy or Drama Series
Outstanding Special Visual Effects in a Single Episode
Outstanding Stunt Performance
Outstanding Music Composition for a Series
Outstanding Production Design for a Narrative Program
Outstanding Cinematography for a Series
9 yo'nalishdan nechtasida g'olib chiqadi deb o'ylaysiz ?
1 002
+1
Tasavvur qiling: insoniyat koinotning gultoji emas, balki shunchaki adashib paydo bo'lib qolgan, hech kimga kerak bo'lmagan bir "mikrob"dir. Yovuzlik bizga qarshi kurashmaydi, chunki biz ularning e'tiboriga ham arzimas darajada kichikmiz.
Aynan shu g'oya Lovecraftian horror janrining yuragi hisoblanadi.
Janr Yaratuvchisi :
Hovard Phillips Lovecraft (1890–1937) — amerikalik yozuvchi. U hayotligida tanilmagan, qashshoqlik va ruhiy iztiroblar, yolg'izlik va tushkunlik ichida yashab o‘tgan. Biroq vafotidan so'ng u yaratgan qorong'u koinot unga "Dahshat adabiyotining otasi" maqomini olib keldi. Uning asarlari bevosita uning kechinmalari va qo'rquvlarining qog'ozdagi aksidir.
Lovecraftian Horror falsafasi .
Lovecraftian horror qon, arvohlar yoki an'anaviy yirtqichlardan foydalanmaydi. Uning asosiy quroli — falsafiy qo‘rquv va noma'lumlik.
Bu olamning o'ziga xos qoidalari bor:
Koinotning befarqligi: Ktulxu kabi qadimiy va qudratli mavjudotlar insoniyatga qasd qilmaydi. Ular bizning mavjudligimizga mutlaqo befarq. Biz ular uchun yo'ldagi chumolidekmiz.
Bilim — bu la'nat: Qahramon koinot sirlarini, chuqur tarixni qanchalik ko'p anglasa, shunchalik tez aqldan ozadi. Inson ongi bunday dahshatli miqyosni qabul qilishga ojiz.
Agar Nitshe yoki Shopengauerning "Nihilizm" (hayotning asl mazmuni yo'qligi) haqidagi g'oyalarini yirtqich maxluqot ko'rinishiga keltirilsa — aynan Lovecraft olami paydo bo'ladi. Bu koinot bizga dushman emas, u shunchaki... mutlaqo befarq.
Siz bilmagan qiziqarli faktlar:
Betmen va Lavkraft: "Betmen" olamidagi mashhur Arkham ruhiy kasalliklar shifoxonasini bilasizmi? Bu nom aslida komiks ijodkorlari tomonidan o'ylab topilmagan! Uni H.P. Lavkraft o'zining asarlaridagi doimiy voqealar sodir bo'ladigan xayoliy "Arkham shahri" nomidan olib, adabiyotga kiritgan.
Taxtlar o'yini (GoT) siri: Jorj R.R. Martin Lovecraftning ashaddiy muxlisi! Asardagi Temir orollar, ularning e'tiqodi bo'lmish "Cho'kkan Xudo" (Drowned God) va dengiz tubidagi qadimiy yovuzlik konsepsiyasi to'g'ridan-to'g'ri Lovecraftning Ktulxu (Cthulhu) mifologiyasidan ko'chirib olingan.
🎬 Ommaviy madaniyatdagi Lovecraft izlari:
Biz har kuni ko'radigan ko'plab asarlarning tomirida shu qorong'ulik oqadi:
Berserk (Manga): Agar siz ushbu asarni o'qigan bo'lsangiz, God Hand (Ilohiy Qo'l) a'zolarini eslang. Ularning insonlar taqdiri bilan xuddi qo'g'irchoqdek o'ynashishi, inson azobiga tushunarsiz befarqligi kosmik dahshatning 100% lik namunasidir.
Kinematografiya: Ridley Skotning afsonaviy "Alien" (O'zga sayyoralik) filmi dizayni hamda "True Detective" serialining 1-faslidagi qorong'u, yechimsiz mistika aynan shu janrdan oziqlangan.
"Insoniyatning eng qadimiy va kuchli tuyg'usi — bu qo'rquv. Eng qadimiy va kuchli qo'rquv esa — noma'lumlik oldidagi titroqdir." — H.P. Lavkraft.
@shinavandatopia
1 002
Sizlar bilan fentezi olamlari haqida gaplashar ekanmiz, men ko‘pincha qahramonlarning taqdirini bo‘lajak shifokor nigohi bilan kuzataman. Ko‘p hollarda film ijodkorlari voqealar rivojini boyitish uchun turli xil "dahshatli" kasalliklardan foydalanishadi. Bugun "Taxtlar O‘yini"dagi o‘sha mashhur va barchani vahimaga soladigan "Greyscale" (kulrang kasallik) haqida gaplashamiz. Bu postda ushbu kasallikning fantastik dunyodagi ko‘rinishi va uning real tibbiyotdagi prototiplarini tahlil qilamiz.
"Greyscale" — bu "Vesteros" dunyosidagi o‘ta yuqumli, teri to‘qimalarini asta-sekin toshga aylantiruvchi kasallik. Uning klinik kechishi: teri rangi kulrangga kirib, qattiqlashadi, qavatlanadi va oxir-oqibat sezgirligini butunlay yo‘qotadi. Infeksiya tanada yoyilib borar ekan, bemor nafaqat tashqi ko‘rinishini, balki aqliy barqarorligini ham yo‘qotishi mumkin (serialdagi "tosh odamlar" shundan dalolat).
Kasallik qanday aniqlanadi? Serialda uni teridagi o‘ziga xos "toshsimon" dog‘lar va qotib qolgan to‘qimalar orqali tashxislashadi. Bu kasallik bilan og‘rigan eng mashhur qahramonlarimiz – Sir Jorah Mormont va Shireen Baratheon. Shireen kasallikni bolaligida yuqtirib olgan bo‘lsa-da, uni to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lgan, Jorah esa kasallikni yengib o‘tish yo‘lida juda murakkab jarrohlik va tibbiy muolajalarni boshdan kechirgan.
Tibbiyot nuqtai nazaridan Greyscale faqat fantastika emas, u bizga tanish bo‘lgan bir nechta dermatologik va infeksion jarayonlarning jamlanmasi kabi ko‘rinadi:
Lepra (Moxov): Mycobacterium leprae nomli mikroorganizm keltirib chiqaradigan bu kasallik teri sezgirligini yo‘qotadi va nerv tolalarini shikastlaydi. Greyscale'dagi tananing "toshga aylanishi" va nerv impulslari o‘tmay qolishi aynan moxovning og‘ir bosqichlarini eslatadi.
Sklerodermiya: Bu autoimmun jarayon bo‘lib, teri va biriktiruvchi to‘qimalar haddan tashqari ko‘p kollagen ishlab chiqarishi natijasida qattiqlashadi. Teri "yog‘och"dek harakatsiz bo‘lib qoladi, bu esa Jorah Mormontning terisi qotishiga o‘xshaydi.
Ixtioz: Genetik mutatsiya bo‘lib, keratinizatsiya jarayonining buzilishi bilan kechadi. Teri haddan tashqari quruq va qalin, baliq tangachasiga o‘xshash qatlamlar bilan qoplanadi. Agar buni bakterial infeksiya bilan birlashtirsak, Greyscale'ning vizual ko‘rinishi to‘liq namoyon bo‘ladi.
Ho'sh sizga fentezi olamlardagi yana qanday bedavo dardlar qiziq ?
Albatta ularning barchasiga birgalikda aniqlik kiritib, real hayotdagi prototiplarini topishga harakat qilamiz !)
#got #greyscale
@shinavandatopia
1 002
Jaehaerys I Targaryen — Targaryenlar sulolasining eng qudratli davri.
Ko‘pchilik muxlislar va Westeros tarixchilari Jaehaerys I hukmronligini Targaryenlar sulolasining oltin davri deb hisoblaydi.
Nima uchun uning davri eng qudratli edi?
Jaehaerys 55 yil hukmronlik qildi va bu davrda juda ko'plab islohotlarni amalga oshirdi. Uning eng katta ishlaridan biri
Maegordan keyingi tartibsizliklarga barham berdi. Yetti Qirollikning deyarli barchasi o‘nlab yillar davomida tinchlikda yashadi. Savdo-sotiq butun qirollik bo‘ylab rivojlandi, soliq tizimi tartibga solindi. Yo'l tizimi butunlay inqilob darajasiga olib chiqildi.
Bundan tashqari, Qirollik oilasi juda ko‘p ajdarlarga ega edi. Ko‘plab ajdarlarning mavjudligi isyon ko‘tarishni deyarli imkonsiz qilgan. Isyon ko'tarilganda ham juda qisqa muddatda yo'q qilingan
Buyuk lordlar Temir Taxtga qarshi chiqishga jur'at eta olmasdi.
Temir Taxt kuchi esa eng qudratli davriga chiqdi katta xonadonlar Targaryenlar hokimiyatini to'liq tan olgan edi.
E'tiqod va toj o‘rtasidagi mojarolar hal qilindi. Jaehaerys mojarolarni zo‘ravonlik bilan emas, diplomatiya orqali hal qildi. Qal'alar, portlar va davlat boshqaruvi mustahkamlandi. Bu savdo, aloqa va qo‘shinlarning harakatlanishini ancha osonlashtirdi.
Jaehaerys va Septon Barth Westeros qonunlarini tartibga soldi. Turli hududlardagi qarama-qarshi qonunlar birlashtirildi. Natijada Temir Taxt butun qirollikni samaraliroq boshqara boshladi.
Jaehaerys va Alysanne Targaryenning ko‘plab farzandlari bo‘lgan. Sulolaning kelajagi mustahkam ko‘rinardi. (Ko'rinardi)
Chavandozlar bo'yicha muammo mavjud emas edi.
Aynan Jaehaerys davrida Targaryenlar tinchlik, boylik, Temir Taxtning nufuzi va kuchli qonunlar va boshqaruv jihatdan oltin davriga yetdi. U Vizerisga oltin bilan to'lgan g'azna, sodiq lordlar, kuchli qo'shin, ajdarlar qudratini meros qoldirdi.
https://t.me/shinavandatopia/4137 bu esa Jaehaerys davrida sodir bo'lgan barmoq sanarli urushlardan biri
Vizeris I haqida esa keyinroq gaplashamiz)
1 002
+1
Targaryenlar tarixida ko'plab qirollar, davrlar o'tgan, lekin ushbu uzoq davr mobaynida aynan qaysi qirol davrida sulola va imperiya iqtisodiy va harbiy qudrat cho'qqisida bo'lgandi ?
Mening tanlovim : Jaeherys I va Vizeris I.
Izoh - post uchun aynan kuchli davr inobata olindi. Siz uchun boshqa qirol bo'lsa izohlarda yozishingiz mumkin)
1 002
Kommunizm — xususiy mulkni bekor qilish, sinfsiz jamiyat qurish va ishlab chiqarish vositalarini umumiy mulkka aylantirishni maqsad qilgan siyosiy-iqtisodiy mafkura.
Asoschilari: Karl Marks va Fridrix Engels. Va bu g'oya haqidagi ilk mashhur asar The Communist Manifesto 1848 da omma e'tiboriga taqdim etilgan.
Yaxshi, lekin nega to'satdan admin Kommunizm va Marksni eslab qoldi deb hayron qolishingiz mumkin. Lekin 3 qismdan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tomonidan "Kommunist Rhaenyra" g'oyasi hazil va tanqid aralash avj olmoqda. Ushbu tanqidlarga asosiy sabab Rhaenyra o'zini xalqparvar yetakchi sifatida ko'rsatishga urinishi hisoblanadi. U ochlikdan aziyat chekayotgan oddiy xalqni tinchlantirish uchun zodagonlar yig'ib qo'ygan oziq-ovqat zaxiralarini musodara qilib, ularni Poytaxt aholisiga tarqatdi.
Ammo bunda katta ironiya bor edi: shahardagi ocharchilikning asosiy sabablaridan biri aynan Rhaenyraning flot tomonidan uyushtirilgan dengiz blokadasi edi. Ya'ni, u avval muammoni kuchaytirib, keyin esa o'zini uni hal qilayotgan qahramon sifatida namoyish qilinishi fandom orasida kinoyaviy hazillar avj olishiga sabab bo'ldi. Muxlislar nazarida u soxta kommunist leader timsoli, balki Robin Hood tipidagi.
Umuman olganda qism va "Kalamush ziyofati" sahnasi menga yoqdi (bu aslida Qirolichaning qo'pol siyosiy yurishi bo'lsa ham). Xo'sh, siz ham ushbu qismda Rhaenyrada kommunizm g'oyasini kuzatdingizmi)
1 002
+1
Long live my Communist Queen, Rhaenyra Targaryen. The first true comrade and leader of the people.
Soon...)
1 002
Jigarlar Targaryenlarni ko’zi binafsha rang bo’ladi. BINAFSHA. Soxta Daeron sahnasi o’talar krinj va kitobdan uzoqlashish bo’lib ketdi. Lekin buni chunsa bo’ladi bir paytlar Deyneris linza taqishni rad etgan kundan beri bu olamda ular binafsha ko’z emas. Ho’p ko’z yumsa bo’ladi. Lekin baribirga Daemondekl odam sezmagani personajni shaxsiyatiga tushmagan harakat va ishonchsioz sahna bo’ldi. Helenaku shaxsidan chiqb ketib bo’ldi kitobdagi Helena bilan bu Helena 2ta odam.
Men buni katta kamchilik deb bilmayman lekin yana bir narsa sodir bo’ldi Tumbletown uchun jangda motivlar o’zgardi. Yani bu kelajak jangda yashillar qoralardan tortib olish uchun kurashgan bo’lsa serialdagi fanficda teskarisi bo’ladigan bo’ldi va 99.9% ehtimol bilan honeywine janggi ekranlashtirilmaydi.
Reynira kitobdagidek ko’proq qonashi kerak edi. Yani temir taxtga har safar o’tirganda tax tuning tanasida jarohat qoldirgan kitobda.
Reynira va Alisent orasidagi sahnalarni iloji bo’lsa kamaytiraylik akalar yoshlikdagi Gullar iztirobini qayta ko’ryapmanmi dep o’ylab qolyapman bazida.
Umuman olganda 10 dan 8 lik yaxshi qism.
@shinavandatopia
1 002
#hotd
S03E03
Zafar quchgan Reynira
Nima istayotganingizga ehtiyot bo’ling deb nomlayasayam bo’ladigan epizod. Reynira g’alaba qozondi shuncha payt istagan taxtiga o’tirdi. Lekin aytishganiday eng baxtli kunning ham ertasi bor. Qirol yog’e qirolichalikni yutish boshqa, qirolicha bo’lish boshqa. Reynira poytaxtni egalladi lekin mamlakat g’aznasi bo’sh, kitobda ham yashillar xazinani 4ga bo’lib 4ta joyda saqlagan shu sababli Reynirada xazinani endi faqat 1 qismi bor xolos. Bu esa mamlakatni normal ishlashiga halaqit beradi. O’zim ham iqtisodchi bo’lganim uchun menga bu qism boshqacha yoqdi ko’plab fentezi olamlarda talab va taklif va shaharning normal ishlashi uncha yaxshi ochilmaydi bu qismda esa bu yaxshi ochib berilgan. Keyin Aegon ham Reynira ham aslida qirollikni boshqarishga qanchalik noloyiq ekani ko’rinmoqda ikksi ham taxt haqida o’yladiyu taxtni ustida nima qilishga tayyor emas edi.
Aslida bu unaqa qo’rqinchli holat emas tinchlik osoyishtalik zamonlarda, iqtisodda bozor iqtisodiyoti tinchlik davrda mamlakat aralashuvisiz o’zi yaxshi ishlaydi, faqat keskin vaziyatlarda keynschilik maktabidagidek davlat aralashuvi zarur anashunaqa paytda taxtda yaxshi odam o’tirgan bo’lishi kerak. O’zi asli Westeros tarixida ko’plab boshqarishni eplolmaydigan odamlar taxtga o’tirgan lekin ular davrida tinch zamonlar bo’lip qolganidan ularni ovsarligi bilinmagan. Masalan Vizeris va Robert ikkisi ham rasvo qirol lekin tinchlik zamonda hech barsa qilmagan ularni eng togri ishiyam shu hech niam qimay belgilangan soliqni yigib tursa ozi hammasi bir tekis ketaveradi.
Biz qism davomida Reyniradan oldingi monarxlar qanday boshqargan degan savolga duch keldik. O’zlari ham bu savolga javob berishdi Vizeris nima qilgan bo’lardi deganda banket berish haqida o’yladi birinchi bo’lib Reynira. Bu ko’p narsalarni ko’rsatadi tinchlik va urush vaqtida mamlakat boshqarish tubdan farq qiladi. Undan oldingilar davrida ichki urush bo’lmagan va urush oqibatlari doim uzoqroqda mamlakat yuragidan chetroqda bilingan o’zi shu paytgacha faqat Dorn bilan jiddiyroq jangler bo’lgan xolos, Maegor davridagi janglarni shkalasi hozirgidan ancha kam bo’lgan. Reynira o’zini Councilator derb o’ylagani menga Serseyani o’zini ayol tayvin deb o’ylagan vaqtlarni eslatdi, ikkisi ham hayolidagi odamlar emas.
Dragonseedlar bilan munosabat esa bu sezonda qilinayotgan eng yaxshi arka, Reynira ularga ancha katta vadalar bergan edi, lekin Arya bir paytlar aytganidek so’zlar shamol uchib ketadi. Bu kelajak syujet qurish uchun poydevor qurishni to’g’ri qilin gan shaklidir. Korlis va Reynira munosabati ham ajoyib U o’tgan qismda farzandlariga ismimni beraman depqoygan bo’lsa ham qirollik farmoyishisiz bu imkonsiz. Ular o’rtasida ham asta sekin konflikt shakllanmoqda.
Taxt va Septonlar munosabati bu doim nozik mavzu. Bu qismda ham yana shuni opchiqishdi. Makavellining to’g’ri gaplari ko’p doim din bilan munosbatda ehtiyot bo’lish kerakligini takidlagan. Bu qismda ham bizga bu yana bir bor eslatilyapdi. Umuman Reyniraning qulayotgan olamiga yana bir katta zarba bo’lgan sahnalardan bittasi.
Zodagonlar bilan kechqi ovqat sahanasi ham menga yoqdi. Grchi bu sahna haqida aytar so’zim kam bo’lsada kichik detallar yaxshi ushlangan birinchi qismdan keyin Aegon hamma kalamush tutarlarni qirgan natijada kalamshu ko’paygan mana shunday kichik detallarga e’tibor odamni mamnun qiladi.
Reynira va Daemon dialogi ham qismni etiborga molik qismlaridan. Rostdan ham odamni o’ylantiradigan savolni berdi Daemon. Butun olam turganda mayda chuyda ishlarga nima bor? Ularda 6ta Ajdar bor Aegon 3 ta ajdar bilan Westerosni egallagan ediku nega endi ular essosni egallamasligi kerak. Reynirani javobi yaxshi bo’di juda ko’p qudrat ham yaxshi narsa emas dep. Lekin keeling 1 daqiqa o’ylab ko’ramiz ular uringanda ham bu ishni qila olarmidi? Albatta yo’q. Aegonni 3ta Ajdaridan 1tasi Balerion 1tasi Vhagar edi uni ustiga Dorn 1ta ajdarni o’ldira olgan. Gullet ham yana bir bor Ajdarlar ham oddiy o’ladigan jonzot ekanini isbotlab bo’lgan.
Endi esa bir oz tanqidlar.
1 002
Batman mening ko'zimda doim eng yaxshi super qahramon hisoblangan. Bu postni yozishdan oldin bir qancha reyting va so'rovnomalarga qarab menga hamfikr insonlar ko'pligini his qildim. Xo'sh Batman bu darajada sevimli bo'lishni qanday uddaladi ?
1. Super kuchlarga ega bo'lmagan qahramon. Batman na Hulk kabi mutatsiyaga ega, na Kapitan Amerika kabi "lab experiment" va Thor kabi mifologik tangri. U eng boshidan oddiy odam bo'lgan, bizlar kabi. U o'zidagi barcha jismoniy va aqliy kuchlarga tinimsiz va og'ir mehnat orqali erishgan. Albatta, bu o'rinda otasidan qolgan merosning rolini inkor qilolmaymiz) Lekin nega bu xususiyatlar uni "O'zgacha" qilish kerak ? Aksincha odamlar orasida ma'bud bo'lish, o'zgacha bo'lish emasmi ? Oddiy inson bo'lish qahramon uchun zaiflik hisoblanmaydimi ?
Haa Batmanda bu zaiflik mavjud. U kaltak yeydi, tuzoqqa tushadi, xatolar qiladi. Lekin aynan shu kamchiliklar muxlislarda empatiya uyg'otishda katta rol o'ynaydi. Umuman olganda "super qahramon" larga nisbatan empatiya his qilish biroz qiyinroq. Chunki barbir oxir-oqibat biz bu qahramonlar real hayotda hech qanaqasiga mavjud bo'lolmasligini, kino davomida hech bo'lmasa 1 marta his qilamiz.
Batman kabi kamchiliklarga ega, super kuchi bo'lmagan, oddiy inson muxlislarga "Agar Batman kabi qahramon mavjud bo'lsa, hamma qahramon bo'loladi" degan kuchli xabarni yo'llaydi.
"Batman could be anybody. That was the point".
Bu birinchi qism edi) post esa Meksikada jinoyatchilarni jazolashda faol ish ko'rsatayotgan "Batman" dan ilhomlanib yozildi. Post uzunlashib ketmasligi uchun davomini esa keyinroqqa qoldirdim.
Aytgancha, siz uchun "O'zgacha" hisoblanadigan qahramon qaysi ?
1 002
+1
Super qahramonlar zamonaviy madaniyatning bir qismi hisoblanishadi. Ularni tomosha qilarkanmiz, hayajon, intriga his qilamiz, ularga muxlislik qilamiz va ilhom olamiz.
Lekin bu qahramonlardan birining o'rni men uchun o'zgacha qadrli.
Batman. Nega Batman "o'zgacha" qahramon ? Shu haqida gaplashamiz.
Sooon...
1 002
1. Gobi sahrosidan Arrakisgacha"Dyuna" qum qurtlarining siri "Dyuna" asarining muallifi Frenk Herbert o‘z vaqtida sayyoradagi ulkan qum qurtlari (Shai-Hulud) ekotizimini yaratishda Markaziy Osiyoning eng sirli go‘shasi — Mo‘g‘ulistonning Gobi cho‘lidagi afsonaviy qum qurti (Olgoi-Xorxoi) haqidagi rivoyatlardan ilhomlangan edi. Qarangki, aynan shu vahshiy Gobi cho‘lida uzoq yillar davomida eng yirik ilmiy ekspeditsiyalarni boshqargan inson Jek Horner edi. Horner o‘zining dala kundaliklarida cho‘lning shafqatsiz tabiati va eng muhimi — ulkan qumtepalarning shamol hamda ichki bosim ostida siljishidan hosil bo‘ladigan past chastotali seysmik tebranishlar (akustik effektlar) haqida qiziqarli ilmiy gipotezalarni yozib qoldiradi. Oradan o‘n yillar o‘tib, rejissyor Denis Vilnyov "Dyuna" filmini suratga olishga kirishganida, u qum qurtlarini shunchaki fantastik maxluq emas, balki biologik jihatdan real mavjudotdek ko‘rsatishni maqsad qildi. Uning jamoasi aynan Hornerning o‘sha dala kundaliklariga murojaat qildi. Natijada, filmda Fremenlarning ritmsiz yurishi, qurtlarning seysmik tebranishlar orqali ov qilishi va ularning qum ostidagi harakat mexanikasi aynan paleontologning cho‘l xotiralari asosida mukammal shaklda ekranga ko‘chdi.
2. "Velotsiraptor" va kino olamidagi eng katta ilmiy hiylaKo‘pchilik Stiven Spilbergning "Yura davri parki" filmidagi odam bo‘yi keladigan, aqlli va dahshatli velotsiraptorlarni yaxshi eslaydi. Ammo haqiqiy ilm-fanda Velotsiraptorlar aslida bor-yo‘g‘i bir kurka qushidek keladigan, patlar bilan qoplangan kichik jonzotlar bo‘lgan. Xo‘sh, filmdagi u dahshatli maxluq qayerdan keldi? Spilberg filmga bosh ilmiy maslahatchi sifatida Jek Hornerni taklif qilgan edi. Horner rejissyorga o‘zi Shimoliy Amerikada kashf etgan va o‘rgangan Deinonychus (Deynonix) nomli ancha yirik dinozavr turini asos qilib olishni taklif qildi. Kinematografik joziba va jarangdorlik uchun esa uning nomi filmda "Velotsiraptor" deb o‘zgartirildi. Ya'ni, bugun butun dunyo qo'rqadigan o'sha vahshiy dinozavr qiyofasi — bevosita Hornerning ilmiy kashfiyotidir.
3. Indiana Jons elementlari va Jek Horner merosiJorj Lukas va Stiven Spilberg "Indiana Jons" personajini yaratish va uning sarguzasht ruhini boyitishda kabinetda o‘tiradigan emas, balki real hayotdagi qat’iyatli, "dala olimi" qiyofasini qidirishgan. Ularga eng mukammal namuna bo'lib aynan Jek Horner xizmat qildi. Shaxsiy elementlar: Hornerning dala tadqiqotlarida doim kiyib yuradigan keng jiyoli charm shlyapasi, quyoshda qoraygan terisi, chang-to‘zon ichidagi plashi va qo‘pol etiklari Indiana Jons vizual arxetipining ajralmas qismiga aylandi. Xarakter va tabiat: Indiana Jons qadimiy artefaktlar ortidagi haqiqat uchun barcha qonun-qoidalarni buzishga tayyor bo‘lganidek, Horner ham o‘z davrida paleontologiya olamidagi barcha eski dogmalarni parchalab tashlagan radikal olim edi. U dinozavrlarni sovuqqonli maxluqlar emas, balki issiqqonli va o‘z bolalariga g‘amxo‘rlik qiluvchi jonzotlar bo‘lganini birinchi bo‘lib isbotlagan. Spilberg keyinchalik Indiana Jonsdagi o‘sha sarguzashtsevarlik va dala kiyimlariga bo‘lgan muhabbatni "Yura davri parki"dagi Doktor Alan Grant obraziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazdi. Grant obrazi — 100% Jek Hornerning hayotdagi aksidir. Jek Horner — shunchaki muzeyda suyak tozalaydigan olim emas. U o'zining Gobi cho'li kundaliklari bilan "Dyuna" qum qurtlariga biologik hayot bergan guvoh, ilm-fandagi inqilobi bilan Velotsiraptorni dahshatli brendga aylantirgan mutaxassis va o'zining charm shlyapayu sarguzashtli hayoti bilan Indiana Jons hamda doktor Alan Grant kabi qahramonlarga poydevor bo'lgan tirik afsonadir. U Hollywood ssenariynavislariga eng muhim haqiqatni isbotlab berdi: haqiqiy olim — zerikarli inson emas, balki hayoti sarguzashtlarga boy bo‘lgan eng qiziqarli personajdir. @shinavandatopia
1 002
Dyuna - Velotsiraptor - Indiana Jons
Bir biridan ancha yiroq bo'lgan bu uchlikni bir nuqtaga olib kelgan kim ?
Tasavvur qiling: ulkan qum qurtlari kezib yurgan vaqt va makon tashqarisidagi sayyora ("Dyuna"), bo‘r davrining eng aqlli va xavfli yirtqichi ("Velotsiraptor") hamda qo‘lida qamchi bilan qadimgi sivilizatsiyalar sirini qidirib yurgan arxeolog ("Indiana Jons"). Bir-biridan millionlab yillar va mutlaqo boshqa janrlar bilan ajralib turgan bu uchlik qanday qilib bitta nuqtada kesishishi mumkin?
Bunga ishonish qiyin, ammo bu uchta ulkan pop-madaniyat fenomenining markazida dunyoga mashhur paleontolog va evolyutsion biolog Jek Horner (Jack Horner) turibdi. Kelgusi safar ushbu filmlarni tomosha qilayotganingizda parda ortidagi voqealarni mutlaqo boshqacha ko'rishingizga sabab bo'luvchi pinhona bog'liqliklarni taqdim etamiz.
@shinavandatopia
1 002
Film, serial, kitoblarda — DID!
Oldin ham aytganimdek (bu fikrni chopib olganman), biz nimadir o‘qisak yoki ko‘rsak-u, u bizda emotsiyalar bo‘ronini yarata olmasa, u asar biz uchun qadrli emas.
Umuman olganda, did masalasiga kelsak, ko‘pchiligimiz buni shunchaki film yoki kitobning janridan kelib chiqib baholaymiz va bu ko‘p jihatdan to‘g‘ri. Masalan, o‘zim Body Horror janrini o‘lgudek yomon ko‘raman, lekin undan zavq oladiganlar ham bor.
Lekin menimcha, did faqat janr bilan cheklanib qolmaydi.
Nega ba'zi loyihalar "eng zo'r" sifatida tan olinadi? Nima, ular har bir tomoshabinga aynan bir xil zavq bera olganmi? Qanday qilib atigi 2–3 ta janrga mansub loyiha shunchalik ko‘p odamlarning sevimlisiga aylanishi mumkin?
Mening fikrimcha, ko‘rgan va o‘qiganlarimiz ko‘paygani sari didimiz ham shunchalik o’sadi. Avvallari shunchaki "yoqdi" yoki "yoqmadi" deb o'tib ketgan narsalarimizni keyinchalik, boshqa ko‘z bilan ko‘ra boshlaymiz.
Masalan, men uchun asosiy personajning o‘zgarish yo‘li qiziq bo‘lsa, boshqasi uchun jang sahnalari muhim. Kimdir syujetdagi burilishlardan zavqlanadi, yana kimdir soundtracklardan. Boshqa birov esa operatorlik ishi yoki dialoglarni qadrlaydi.
Shuning uchun ham bir asar menga yoqqani uni hamma uchun mukammal qilmaydi. Xuddi shuningdek, menga yoqmagani ham uning yomon asar ekanini anglatmaydi. "Menga yoqmadi" bilan "bu yomon yozilgan" degan gap har doim ham bir xil ma'noni bermaydi.
Balki ayrim loyihalar "eng zo'r" deb tan olinishi ham shundandir. Ular har bir tomoshabinga bir xil hissiyot bera olmagandir, lekin personajlari, ssenariysi, rejissurasi, musiqasi yoki boshqa jihatlari bilan juda ko‘p inson qadrlaydigan elementlarni o‘zida jamlay olgan. Natijada, turli didga ega odamlar ham u yerdan o‘ziga kerakli narsani topa oladi.Yana bir qiziq tomoni shuki, did ham o‘zgarmas narsa emas. Bir necha yil oldin zerikarli tuyulgan film bugun sevimli filmingizga aylanishi mumkin. Chunki asar emas, uni tomosha qilayotgan inson o‘zgargan bo‘ladi. Shunday ekan, did tufayli paydo bo‘lgan qarashlarni tanqid qilish ham biroz xato emasmi? @shinavandatopia
1 002
S03E02
Qirolichaning qo’nishi
Emma Darsidan uzr so’rab boshlamasam bo’lmas gapimni. Ha mana sal o’xshatib rol o’ynasa bo’lar ekanku. Agar shu mavsumning 1-2-qismlarini oldingi mavsum finali qilishganda bormi…
Taxtlar o’yinida 9-qism o’limlari bilan ajralib turgan, bu anana ham davom etgan bo’lardi ham bu qism sezonning ajoyib finali bo’lgan bo’lardi va biz kitobdan voqealar qanaqa tugashini bilsakda intiqlik bilan keying mavsumni kutgan bo’lardik.
Bir maqtaganda to’liq maqtavolay, opening sahnasi o’ta go’zal, mana buni san’at deydilar. Yana bir meni hursand qilgan jihad Korlisning topilgani o’tgan qismdan keyin bir oz qorqib qolgan edim naxot ular shu darajagacha borishdi? Axir kitobda uning roli hali anchagina ediku deb. Kitobdagidan ko’ra ko’proq e’tibor berishyapti Korlis va uning bastardlariga kitobda hech kim ovoz chiqarib aytmas edi men buni ytaxshi deyishga hali shoshilmayman, lekin men bu o’zgarishga zarracha qarshi emasman.
Nettles o’rniga Rhaena tanlanganini haligacha ko’p chunmasamda brogan sari unga ko’proq vaqt ajratilmqoda, ko’ramiz agar bu chiroyli amalga oshirilsa va Nettles kitobda keyinchalik qilgan ishlardan uzoqlashib ketmasa unchalik yomon emas. Men takrorlashdan charchamayman kitobdan chiqib ketish u darajada yomon emas agar hech bo’lmaganda yaratilgan yangi syujetda personajlarning boshqacha shakklanish yo’I ishonchli va doimiy o’shanday qolsa deb.
Bu qismda yana bir bor Daemon va Aemond o’rtasidagi jangga belgilar qoldirishyapti bu juda chiroyli qilinyapti. Ha yana shahar tansoqchilari Daemon topmonga o’tib ketishi yaxshi chiqdi, o’zi bu narsaga kitobda anchayin e’tibor berilgan hali Vizeris tirik paytlaridan boshlab Daemon va tilla plashlar munosabati bot bot takrorlangan mavzu.
Reyniraning Ottoni o’ldirib taxtga o’tirishi ham ajoyib drama bo’ldi. Daemonning dragonseedlarga munosabati esa menga juda yoqdi, dragonseedlar o’rtasidagi o’tgan qismdagi dialog ham o’sha qismdagi eng yaxshi sahnalardan biri edi, dragonseedlarning keying qiladigan ishlari va motivlariga bu 2 epizoda anchayin dastak bo’lib berishi tayin.
Qismda deyarli kamchiliklar yo’q faqat Baellaning ajdari kitobdagidan ancha katta ko’rinib qolgan bu qismda va albatta bashorat qismi. Menimcha Martin ham bu mavsumdan norozi bo’lganining asosiy sababi aynan shu bashorat qismi, axir bashoratga ko’proq Jon tushadi kitoblar mazmunidan kelib chiqsak.
Helena esa kitobda bu paytga kelib ancha befarq bo’lib qolishi kerak edi uni shaxs sifatida bior oz o’zgartirishyapti, Alicentning sahnasi ham bir oz keraksiz qismdek ko’rindi men hech qachon unday sahnalarga qarshi emasman agar syujetga nimadir qo’shsa lekin ko’p narsa qo’shmadi u sahna.
Umuman olganda 10 dan 10 qism. Garchi ular yangi syujet yaratishayotgan bo’lsada bu syujet o’z o’ziiga qarshi chiqayotgan joylar hozircha yo’q.
@shinavandatopia
1 002
Darth Sidius qanchalik kuchli ? Boshladik.
Darth Sidius Gallaktik Respublikaning so'nggi senatori va Ilk Gallaktik Imperiyaning 1-imperatori edi. Uning haqiqiy ismi Sheev Palpatine.
Sidius odatda Form 7 texnikasida jang qilsa ham, u barcha jang uslublarida ajoyib harakat qilardi. Ammo Sidius ning mukammal ustunligi bu Kuch chaqmog'i edi. Sidius soniyalar ichida raqibini o'ldiradigan chaqmoq kuchini chiqara olardi. Uning chaqmog'i shu darajada qudratli ediki, xatto nur qilichlarini ham buka olardi.
Shuningdek , Sidius Forse Valor - jang paytida yanada kuchli va jasoratli bo'lish, Kuch uloqtirish, Kuch himoyasi, Jedilarning mashhur, Zehn hiylasi orqali qarshisidagi jonzotni o'ziga qul qila olish, Force Niqoblanish ( aynan shu tufayli hech kim uni aslida kim ekanligini aniqlay olmadi), va eng asosiysi Yangi Hayot Yaratish kuchi ( Anakin aynan shu kuch orqali dunyoga kelgan) kabi aqlingizga keladigan barcha Kuchlarda mukammal edi.
U o'zining mukammal rejasi orqali "Tanlangan" Anakin ni o'z tarafiga og'dira oldi va 66-buyruq orqali Gallaktika dagi ko'plab Jedilarni qirib tashladi.
Balki siz uchun Sidius eng kuchli Sith bo'lmasligi mumkin. Lekin u eng muvaffaqiyatli Sith bo'lgani aniq.
Darth Sidius kuch darajasi 10/10
@Shinavandatopia
1 002
Fallen angel va Redemption – kuchnin g qorong’u tomoniga o’tgan qahramonlar doim ham ezgulik yo’liga qaytmaydi lekin ko’pincha bu 2 element birga keladi ayniqsa shonen animelarda. Umuman olganda bunga Anakin Skywalkerdan yaxshiroq misol bormi? Nafqat uning qahramonining unutilmasligi va uning qulashi ham qaytishi ham eng yaxshi aqurilgan arkalardan ekanligi bilan qolgan hammasidan ajralib turadi.
Bular menimcha eng keng tarqalgan syujet elementlari edi. Sizga qaysi element ko’proq yoqadi?
@shinavandatopia
