en
Feedback
PACEMAKER | 2.0 |

PACEMAKER | 2.0 |

Open in Telegram

Fundamental fanlar Klinik fanlar Tez tibbiy yordam ko'rsatish ESC tavsiyalari asosida bilimlarga ega bo'ling. Kanal manzili:👇 https://t.me/PACEMAKER_2 Instagram: cardio_arrythmology https://www.youtube.com/@Pacemaker_academy

Show more
4 808
Subscribers
+524 hours
+137 days
+2430 days
Posts Archive
#мулохаза #мантиқ ВГА ваксинатсия натижасида истма кириши мумкинми?
Anonymous voting

Nega antibiotiklar viruslarni emas, bakteriyalarni o'ldiradi? Antibiotiklar ikkita stsenariyda ishlaydi: Ba'zilar bakteriyalarning o'sishi va ko'payishini, shuningdek, zarur fermentlarning sintezini sekinlashtiradi (videoda). Shunday qilib, ularning populyatsiyasi o'sishni to'xtatadi va tananing infektsiyani tezda engish uchun vaqti bor. Boshqalar bakteriyalarning himoya hujayra devorini qurishiga to'sqinlik qiladi. Qal'aning devorlari bo'lmasa, u qamalga dosh berolmaydi. Viruslar, masalan, hujayra devoriga ega emas va o'z-o'zidan ko'paymaydi. Shuning uchun antibiotiklar viruslarga qarshi ishlamaydi. https://t.me/medical_xpress

​​Гаптенлар ёҳуд чала аллергенлар! Гаптенлар (юн. haptens, hapto — ўзаро таъсирлашиш) — антигенлик ҳусусиятига тўла эга бўлмаган кимёвий моддалар. Бошқачароқ номласак, чала аллергенлардир! Гаптен терминини антиген термини билан биргаликда К.Ландштейнер 1923 йилда фанга киритган. Гаптенлар кичик молекуляр моддалар бўлиб, қачонки улар юқори молекуляр моддалар билан бирга боғлансагина антигенлик ҳусусиятига эга бўлади. Агар боғланмаса гаптенлар аллергик реакцияни чақирмайди. Гаптенлар юқори молекуляр моддалар билан бирикиб тегишли антителолар ёки лимфоцитлар билан ўзига хос ўзаро таъсирлашиш хусусиятига эга (антиген каби). Tўла қийматли антигенлардан ўзи мустақил ҳолатда иммун жавоб қайтара олмаслиги билан фарқ қилади. Тажриба қилиб ҳайвонлар организмига бундай гаптен комплекс юборилганда антителолар ҳосил бўлган. Гаптен табиатли моддалар ёрдамчи моддалар билан кимёвий реакцияга киришиб антиген табиатли моддага айланади. Ҳар хил табиатли моддалар: Аминокислоталар, Пептидлар, Моно, ва ди саҳараридлар, Полисаҳаридлар, Нуклеотидлар, Нуклеин кислоталар, Липидлар, Стероидлар, Витаминлар, Антибиотиклар ва бошқа дорилар гаптенларга мисол бўла олади. Ҳулоса қиладиган бўлсак, гаптенлар организмга кириб, тўқима ва оқсиллар (кўпроқ албуминлар) билан бириккач, аллергия пайдо қилиши мумкин. https://t.me/medical_xpress

Yuqoridagi rasmdagi dori vositasi https://t.me/medical_xpress
Yuqoridagi rasmdagi dori vositasi https://t.me/medical_xpress

1.21 KB

Hushyor bo‘lamiz❗️❗️❗️ https://t.me/medical_xpress
Hushyor bo‘lamiz❗️❗️❗️ https://t.me/medical_xpress

Diabetik bemorlarda parhez birinchi o‘rinda... Endokrinologiyada (XE) "Non birlik" Tushunchasi bor (Insulinga o‘tkazilgan dia
Diabetik bemorlarda parhez birinchi o‘rinda... Endokrinologiyada (XE) "Non birlik" Tushunchasi bor (Insulinga o‘tkazilgan diabetik bemorlar uchun kerak) yuqoridagi rasmda oziq mahsulotlarining qancha non birlikka to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan Shuni e’tiborga olish kerakki, masalan jadvalda sabzining 300 gr.mida 24 gr uglevod bo’lib, 1 XE(non birligi)ga to’g’ri keladi. Bu degani shu 300 gr sabzi ham qonda qandni 4-4.5 mmol/l ga ko’taradi. Bunga 2 ed qisqa ta’sirli insulin kerak. Qolganini o’zingiz o’ylab ko’ring. Shuning uchun bizning kasallarning qandi pastlamaydi….. Post Gipoglikemiya yengil darajaga tushgan bemordano‘ilhomlanib yozildi "Insulin maktabi", Bazis va bolyus haqidayam bir gaplashamiz yana https://t.me/medical_xpress

Аскаридозни унутманг... Бугунги беморимиз 5 яшар нимжонгина қизалоқ Боқча хамшираси сўзидан, тасодифан холати ёмонлашганлигини, эпигастрал сохада оғриқ бўлятканини айтган Боқчада Температураси кўрилганда 35,8 бўлган Оғиз бурун учбурчаги кўкаришни бошлаган Кўрувда нафаси везикуляр,хуши ўзида, бироз сустлашган Эпигастрал сохада оғриқ, палпатсияда ичаклар перисталтикаси ошган Биринчи ёрдам дексаметазон 1.0в/м Глукоза 5% 100.0 в/в Теипература жойига келди. Дз. Под вапрос Аскаридоз Текширувлар ОАМ ОАК СЕСга ахлат анализ Онаси сўзидан, аввал хам бир икки марта шундай бўлган, гелминтозга даволанган фойдаси бўлмаган (албендазол ва бир иккита сироп билан) https://t.me/medical_xpress

Affektiv respirator xuruj (АРП)- bola yig'lagan vaqtida nafasi chiqmay qotib qolishi. Bu kasallik 6 oydan 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda ko'p uchraydi. 2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda kamroq uchraydi. Sababi: ---onaning xomiladorlik vaqtidagi o'tkazgan infeksion kasalliklari. ---xomiladorlik vaqtidagi stress, uyqusizlik. ---asoratli tug'ruq. ---boladagi tug'ma yurak nuqsoni. ---boladagi mikroelementlar (Ca,Mg,K) yetishmovchiligi. Asosiy qo'zg'atuvchi omillar tashqi ta'sir xisoblanada ya'ni: ---bolaning qo'lidagi narsasini tortib olish. ---bola boshini urib olishi. ---ineksiya qilish. ---bolani aytganini qilmaslik va x.k. Affektiv respirator xuruj turlari: 1. Oddiy  ARP --- bolani umri davomida 1 marotaba bo'ladi va 15 soniya ichida o'tib ketadi. Bu turi davo muolaja talab qilmaydi. 2. Ko'k xurujli ARP --- Bunda bola qotib qolganda yuz qismi ko'karadi, xurujdan so'ng bo'shashadi, uxlab qoladi. 3.Oq xurujli ARP --- bunda xuruj vaqtida bolaning yuzi oqaradi, xurujdan so'ng bola xushini yo'qotadi. 4. Asoratlangan ARP --- vaqt o'tishi bilan ARP talvasa sindromiga o'tib ketadi. Davolash: (1 yoshu 5 oylik 15 kgli bolaga buyurilgan va yaxshi natija bergan davo rejasi). 1. Andipal 200 mg ⅙ tabletka 2 mahal 20 kun. 8:00 da         20:00 da. 2. Kalsiy D3 nikomed ½ tabletka 2 mahal 20 kun. 3. Fitin 250mg ½ tabletka 2 mahal 20 kun. 4. Fersinol-Z 30 ml 15 tomchidan 1 mahal 20 kun. 5. Pantogam 100 ml 2 ml dan 2 mahal 20 kun 9:00da       16:00 da. Affektiv respirator xurujni talvasa sindromi bilan farqlash lozim. https://t.me/medical_xpress

photo content

Yana sariqlik haqida Kramer shkalasi? Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi: I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l); II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l); III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l); IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l); V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l).  Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14-21kunigacha yo'qolib ketishi lozim. https://t.me/medical_xpress

Кардиологик касалликларининг клиник баённомалари, ташхислаш ва даволаш стандартлари … Ўзб Рес ССВ томонидан тасдиқланган варианти https://t.me/medical_xpress

Тиббиёт институтларида «суперконтракт» бекор қилинмоқда ва ўқиш қийинлаштирилмоқда! Соғлиқни сақлаш вазири Амрилло Иноятов тиббиёт йўналишига ўқишга киришда «суперконтракт»ни бутунлай йўқотиш бўйича ҳукуматга таклиф киритди. Тиббиёт соҳасида ўқиётган талабалар 4-5-6-курсларда клиник фанлар бўйича ўқитилади ва кейин 2-марта қайтадан имтиҳон топширади. SSV Bosh vaziri https://t.me/medical_xpress

Endokrinolog qabulida. Bemor 35 yoshda ayol kishi Vazni: 68kg. Bo'yi: 168 sm. Shikoyatlari: tomoqda og'riqqa, yurak soxadagi noxuslikka, terining quruqlasishiga, xolsizlik, oxirgi 3 oyda tana vaznining oshishiga (7kg). ich qotishiga. Bemor o'zini 3 oydan beri xasta xisoblaydi, ambulator poliklinikaga tana xaroratining ko'tarilishi, tomoqda og'riq, boshini qimirlatganda bo'yinning old qismida og'riq kuchayishiga yurak tez urishiga shikoyat qilib chiqqan. Umumiy amaliyot shifokori "o'tkir faringit" tashxisini qo'yib, antibakterial terapiya boshlagan. 3 kundan so'ng isitma yo'qolgan, lekin tomoqdagi og'riqlar davom etgan va vaqt o'tishi bilan yuqoridagi shikoyatlar yuzaga kelgan. Ko'ruv vaqtida: Umumiy axvoli o'rta og'ir, xushi joyida xarakati faol, terisi quruq, yuz soxasida shishlar, tomoq shilliq qavati me'yorda, bodomchasimon bezlar kattalashmagan, qizarmagan. Jag' osti limfa tugunlari palpatsiyada kattalashmagan, og'riqlar yo'q. Qalqonsimon bez palpatsiyada og'riqli, kattalashgan, yumshoq konstentsiyali. Nafasi rovon, vezekulyar nafas, yurak tonlari aniq, ritmik (56/min). AQB 100/70, 90/60. Qorin soxasi yumshoq, palpatsiyada og'riqsiz, ich kelishi qabziyatga moil. Qoshimcha tekshiruvlar: Umumiy siydik taxlili Umumiy qon taxlili. Qondagi gormonlar miqdori (TTG,T3,T4) UZI (Qalqonsimon bez) Tashxis: Otkir osti tireoidit. Asorati: Gipoterioz Tavsiyalar: 1. Seftriakson 1.0 Novokain 0.5% 5.0 V/m har 12 soatda sinama bilan 5kun 2. Nachl 0.9% 100. Prednizolon 30 mg V/v 1 Mahal 5 kun. 3. Dolgit krem 1 maxal tomoqqa surtish uchun. 4. Nemisil poroshok 1 mahal ovqatdan so'ng 5 kun 5. L- tiroksin 100 mg 1 tab letka 1 mahal 1 oy. 6. Bir oydan so'ng qondagi TTG, T3, T4 gormonlarining qayta tekshiruvi. P.S. Oilaviy shifokorlar tomonidan ko'p xollarda "o'tkir osti tireoidit", "yiringli tireoidit" kassaligi "o'tkir faringit" va "kataral tonzillit" bilan adashtiriladi. Shuning uchun qalqonsimon bezni palpatsiya qilish, va bo'yin old qismidagi og'riqlarga, va bemorning qo'shimcha shikoyatlariga e'tibor qaratish lozim. https://t.me/medical_xpress

photo content

Левофлоксацин ишлатишга Фтизиатрлар тиш тирноғи билан қарши Лекин босовромиз? https://t.me/medical_xpress

Yana sariqlik haqida Kramer shkalasi? Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydala
Yana sariqlik haqida Kramer shkalasi? Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi: I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l); II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l); III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l); IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l); V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l).  Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14-21kunigacha yo'qolib ketishi lozim. https://t.me/medical_xpress

Битта касалликни классик турини учратдим бугун Қорин бўшлиғи ўнг қисми ва ўнг қовурға остида оғриқ 100 та сомон пресс томга отиб оғриб қопти Оғриқ Харакатга боғлиқ Миалгиямас лекин Ёнбош катта мускулини ён ва юқори қисмида петихиал тошма бор Кўнгил айниш иштахасизлик бор Узига киргизвордим Д/з топиб турингларчи УЗИ сиз https://t.me/medical_xpress