PACEMAKER | 2.0 |
Ir al canal en Telegram
Fundamental fanlar Klinik fanlar Tez tibbiy yordam ko'rsatish ESC tavsiyalari asosida bilimlarga ega bo'ling. Kanal manzili:👇 https://t.me/PACEMAKER_2 Instagram: cardio_arrythmology https://www.youtube.com/@Pacemaker_academy
Mostrar más4 808
Suscriptores
+524 horas
+137 días
+2430 días
Archivo de publicaciones
4 807
#мулохаза
#мантиқ
ВГА ваксинатсия натижасида истма кириши мумкинми?
4 807
Nega antibiotiklar viruslarni emas, bakteriyalarni o'ldiradi?
Antibiotiklar ikkita stsenariyda ishlaydi:
Ba'zilar bakteriyalarning o'sishi va ko'payishini, shuningdek, zarur fermentlarning sintezini sekinlashtiradi (videoda). Shunday qilib, ularning populyatsiyasi o'sishni to'xtatadi va tananing infektsiyani tezda engish uchun vaqti bor.
Boshqalar bakteriyalarning himoya hujayra devorini qurishiga to'sqinlik qiladi. Qal'aning devorlari bo'lmasa, u qamalga dosh berolmaydi.
Viruslar, masalan, hujayra devoriga ega emas va o'z-o'zidan ko'paymaydi. Shuning uchun antibiotiklar viruslarga qarshi ishlamaydi.
https://t.me/medical_xpress
4 807
Гаптенлар ёҳуд чала аллергенлар!
Гаптенлар (юн. haptens, hapto — ўзаро таъсирлашиш) — антигенлик ҳусусиятига тўла эга бўлмаган кимёвий моддалар. Бошқачароқ номласак, чала аллергенлардир! Гаптен терминини антиген термини билан биргаликда К.Ландштейнер 1923 йилда фанга киритган.
Гаптенлар кичик молекуляр моддалар бўлиб, қачонки улар юқори молекуляр моддалар билан бирга боғлансагина антигенлик ҳусусиятига эга бўлади. Агар боғланмаса гаптенлар аллергик реакцияни чақирмайди.
Гаптенлар юқори молекуляр моддалар билан бирикиб тегишли антителолар ёки лимфоцитлар билан ўзига хос ўзаро таъсирлашиш хусусиятига эга (антиген каби).
Tўла қийматли антигенлардан ўзи мустақил ҳолатда иммун жавоб қайтара олмаслиги билан фарқ қилади.
Тажриба қилиб ҳайвонлар организмига бундай гаптен комплекс юборилганда антителолар ҳосил бўлган. Гаптен табиатли моддалар ёрдамчи моддалар билан кимёвий реакцияга киришиб антиген табиатли моддага айланади.
Ҳар хил табиатли моддалар: Аминокислоталар, Пептидлар, Моно, ва ди саҳараридлар, Полисаҳаридлар, Нуклеотидлар, Нуклеин кислоталар, Липидлар, Стероидлар, Витаминлар, Антибиотиклар ва бошқа дорилар гаптенларга мисол бўла олади.
Ҳулоса қиладиган бўлсак, гаптенлар организмга кириб, тўқима ва оқсиллар (кўпроқ албуминлар) билан бириккач, аллергия пайдо қилиши мумкин.
https://t.me/medical_xpress
4 807
Diabetik bemorlarda parhez birinchi o‘rinda...
Endokrinologiyada (XE) "Non birlik"
Tushunchasi bor (Insulinga o‘tkazilgan diabetik bemorlar uchun kerak)
yuqoridagi rasmda oziq mahsulotlarining qancha non birlikka to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan
Shuni e’tiborga olish kerakki, masalan jadvalda sabzining 300 gr.mida 24 gr uglevod bo’lib, 1 XE(non birligi)ga to’g’ri keladi. Bu degani shu 300 gr sabzi ham qonda qandni 4-4.5 mmol/l ga ko’taradi. Bunga 2 ed qisqa ta’sirli insulin kerak. Qolganini o’zingiz o’ylab ko’ring.
Shuning uchun bizning kasallarning qandi pastlamaydi…..
Post
Gipoglikemiya yengil darajaga tushgan bemordano‘ilhomlanib yozildi
"Insulin maktabi",
Bazis va bolyus haqidayam bir gaplashamiz yana
https://t.me/medical_xpress
4 807
Аскаридозни унутманг...
Бугунги беморимиз 5 яшар нимжонгина қизалоқ
Боқча хамшираси сўзидан, тасодифан холати ёмонлашганлигини, эпигастрал сохада оғриқ бўлятканини айтган
Боқчада Температураси кўрилганда 35,8 бўлган
Оғиз бурун учбурчаги кўкаришни бошлаган
Кўрувда нафаси везикуляр,хуши ўзида, бироз сустлашган
Эпигастрал сохада оғриқ, палпатсияда ичаклар перисталтикаси ошган
Биринчи ёрдам
дексаметазон 1.0в/м
Глукоза 5% 100.0 в/в
Теипература жойига келди.
Дз. Под вапрос Аскаридоз
Текширувлар
ОАМ
ОАК
СЕСга ахлат анализ
Онаси сўзидан, аввал хам бир икки марта шундай бўлган, гелминтозга даволанган фойдаси бўлмаган
(албендазол ва бир иккита сироп билан)
https://t.me/medical_xpress
4 807
Affektiv respirator xuruj (АРП)- bola yig'lagan vaqtida nafasi chiqmay qotib qolishi.
Bu kasallik 6 oydan 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda ko'p uchraydi. 2 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda kamroq uchraydi.
Sababi:
---onaning xomiladorlik vaqtidagi o'tkazgan infeksion kasalliklari.
---xomiladorlik vaqtidagi stress, uyqusizlik.
---asoratli tug'ruq.
---boladagi tug'ma yurak nuqsoni.
---boladagi mikroelementlar (Ca,Mg,K) yetishmovchiligi.
Asosiy qo'zg'atuvchi omillar tashqi ta'sir xisoblanada ya'ni:
---bolaning qo'lidagi narsasini tortib olish.
---bola boshini urib olishi.
---ineksiya qilish.
---bolani aytganini qilmaslik va x.k.
Affektiv respirator xuruj turlari:
1. Oddiy ARP --- bolani umri davomida 1 marotaba bo'ladi va 15 soniya ichida o'tib ketadi. Bu turi davo muolaja talab qilmaydi.
2. Ko'k xurujli ARP --- Bunda bola qotib qolganda yuz qismi ko'karadi, xurujdan so'ng bo'shashadi, uxlab qoladi.
3.Oq xurujli ARP --- bunda xuruj vaqtida bolaning yuzi oqaradi, xurujdan so'ng bola xushini yo'qotadi.
4. Asoratlangan ARP --- vaqt o'tishi bilan ARP talvasa sindromiga o'tib ketadi.
Davolash:
(1 yoshu 5 oylik 15 kgli bolaga buyurilgan va yaxshi natija bergan davo rejasi).
1. Andipal 200 mg
⅙ tabletka 2 mahal 20 kun.
8:00 da 20:00 da.
2. Kalsiy D3 nikomed
½ tabletka 2 mahal 20 kun.
3. Fitin 250mg
½ tabletka 2 mahal 20 kun.
4. Fersinol-Z 30 ml
15 tomchidan 1 mahal 20 kun.
5. Pantogam 100 ml
2 ml dan 2 mahal 20 kun
9:00da 16:00 da.
Affektiv respirator xurujni talvasa sindromi bilan farqlash lozim.
https://t.me/medical_xpress
4 807
Yana sariqlik haqida
Kramer shkalasi?
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi:
I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l);
II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l);
III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l);
IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l);
V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l).
Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14-21kunigacha yo'qolib ketishi lozim.
https://t.me/medical_xpress
4 807
Кардиологик касалликларининг клиник баённомалари, ташхислаш ва даволаш стандартлари …
Ўзб Рес ССВ томонидан тасдиқланган варианти
https://t.me/medical_xpress
4 807
Тиббиёт институтларида «суперконтракт» бекор қилинмоқда ва ўқиш қийинлаштирилмоқда!
Соғлиқни сақлаш вазири Амрилло Иноятов тиббиёт йўналишига ўқишга киришда «суперконтракт»ни бутунлай йўқотиш бўйича ҳукуматга таклиф киритди.
Тиббиёт соҳасида ўқиётган талабалар 4-5-6-курсларда клиник фанлар бўйича ўқитилади ва кейин 2-марта қайтадан имтиҳон топширади.
SSV Bosh vaziri
https://t.me/medical_xpress
4 807
Endokrinolog qabulida.
Bemor 35 yoshda ayol kishi
Vazni: 68kg.
Bo'yi: 168 sm.
Shikoyatlari: tomoqda og'riqqa, yurak soxadagi noxuslikka, terining quruqlasishiga, xolsizlik, oxirgi 3 oyda tana vaznining oshishiga (7kg). ich qotishiga.
Bemor o'zini 3 oydan beri xasta xisoblaydi, ambulator poliklinikaga tana xaroratining ko'tarilishi, tomoqda og'riq, boshini qimirlatganda bo'yinning old qismida og'riq kuchayishiga yurak tez urishiga shikoyat qilib chiqqan. Umumiy amaliyot shifokori "o'tkir faringit" tashxisini qo'yib, antibakterial terapiya boshlagan. 3 kundan so'ng isitma yo'qolgan, lekin tomoqdagi og'riqlar davom etgan va vaqt o'tishi bilan yuqoridagi shikoyatlar yuzaga kelgan.
Ko'ruv vaqtida: Umumiy axvoli o'rta og'ir, xushi joyida xarakati faol, terisi quruq, yuz soxasida shishlar, tomoq shilliq qavati me'yorda, bodomchasimon bezlar kattalashmagan, qizarmagan. Jag' osti limfa tugunlari palpatsiyada kattalashmagan, og'riqlar yo'q.
Qalqonsimon bez palpatsiyada og'riqli, kattalashgan, yumshoq konstentsiyali. Nafasi rovon, vezekulyar nafas, yurak tonlari aniq, ritmik (56/min).
AQB 100/70, 90/60.
Qorin soxasi yumshoq, palpatsiyada og'riqsiz, ich kelishi qabziyatga moil.
Qoshimcha tekshiruvlar:
Umumiy siydik taxlili
Umumiy qon taxlili.
Qondagi gormonlar miqdori (TTG,T3,T4)
UZI (Qalqonsimon bez)
Tashxis: Otkir osti tireoidit.
Asorati: Gipoterioz
Tavsiyalar:
1. Seftriakson 1.0
Novokain 0.5% 5.0
V/m har 12 soatda sinama bilan 5kun
2. Nachl 0.9% 100.
Prednizolon 30 mg
V/v 1 Mahal 5 kun.
3. Dolgit krem
1 maxal tomoqqa surtish uchun.
4. Nemisil poroshok
1 mahal ovqatdan so'ng 5 kun
5. L- tiroksin 100 mg
1 tab letka 1 mahal 1 oy.
6. Bir oydan so'ng qondagi TTG, T3, T4 gormonlarining qayta tekshiruvi.
P.S. Oilaviy shifokorlar tomonidan ko'p xollarda "o'tkir osti tireoidit", "yiringli tireoidit" kassaligi "o'tkir faringit" va "kataral tonzillit" bilan adashtiriladi. Shuning uchun qalqonsimon bezni palpatsiya qilish, va bo'yin old qismidagi og'riqlarga, va bemorning qo'shimcha shikoyatlariga e'tibor qaratish lozim.
https://t.me/medical_xpress
4 807
Левофлоксацин ишлатишга
Фтизиатрлар тиш тирноғи билан қарши
Лекин босовромиз?
https://t.me/medical_xpress
4 807
Yana sariqlik haqida
Kramer shkalasi?
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi:
I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l);
II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l);
III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l);
IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l);
V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l).
Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14-21kunigacha yo'qolib ketishi lozim.
https://t.me/medical_xpress
4 807
Битта касалликни классик турини учратдим бугун
Қорин бўшлиғи ўнг қисми ва ўнг қовурға остида оғриқ
100 та сомон пресс томга отиб оғриб қопти
Оғриқ Харакатга боғлиқ
Миалгиямас лекин
Ёнбош катта мускулини ён ва юқори қисмида петихиал тошма бор
Кўнгил айниш иштахасизлик бор
Узига киргизвордим
Д/з топиб турингларчи УЗИ сиз
https://t.me/medical_xpress
