cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

𝑺𝒂𝒎𝒕𝒎𝒎𝒕𝒃 20

Advertising posts
389
Subscribers
-124 hours
-57 days
-630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Taqdirlash_marosimi “Turon” maktab teatri tanlovi g’oliblari xorijga ta’lim sayohatiga borishadi! 🔴 Buxoro shahrining "Poyi Kalon" ansamblida “Turon” maktab teatri tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. ✔️Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va bu kabi tadbirlarning yoshlarning iqtidorini kashf etishdagi ahamiyati haqida so’z yuritdi. Shundan so’ng, tanlovning yakuniy natijalari e’lon qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan qo’yilgan ballarga ko’ra: 🥇Navoiy viloyatining “Ibrat“ jamoasi 1-o’rin, 🥈Namangan viloyatining “Ibrat izdoshlari“ jamoasi 2-o’rin, 🥉Qoraqalpog’iston Respublikasining “Tan nuri“ jamoasi 3-o’rinni egalladi. ❗️G'olib jamoa xorijga ta'lim sayohatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. ➖ Shuningdek, maktab jamoalari tanlov davomida namoyish etilgan sahna ko’rinishlari uchun “Eng yaxshi sahna spektakli”, “Eng yaxshi rejissorlik ishi”, “Eng kreativ jamoa” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi. ⚡️Xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasining “Tan nuri” jamoasi a’zosi Niyozbek Boynazarov “Eng yaxshi aktyor”, Xorazm viloyati “Yosh teatrchilar” jamoasi vakili Dinara Safayeva esa “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g’olib deb topildi. Barcha g’oliblarni chin dildan tabriklab, kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz! Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Show all...
👍 7
👍 6
# BITIRUVCHI 2024 🇺🇿 Joriy yilning 1-iyun sanasida Samarqand tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 20-maktabda "1- iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan tadbir ótkazildi. Tadbirda maktab MMIBDO' A.Xomitov, o'qituvchilarimiz N.Mo'minova,G.Qo'shboyeva ,F.Abulxayerova va Sh.Namozovalar ishtirok etishdi. Unda rasmlar tanlovi, tógarak faoliyatidan musiqiy namoyishlar uyushtirildi. Homiylar tomonidan óquvchilarga muzqaymoq tashkil etildi. 🎉 Aziz o‘quvchilar barchangizni kelgusidagi o‘qish va ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lishini hamda yozgi ta'til vaqtini sermazmun o'tkazishingizni tilab qolamiz! © Samarqand tuman 20-maktabi axborot xizmati.
Show all...
7.97 MB
👍 3👏 3
Repost from Hilola Umarova
00:32
Video unavailableShow in Telegram
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar! Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi… Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi. Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi. Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin. Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Show all...
Vazirlik 1-Iyun Bolalar Kuni.mp412.64 MB
1
18.24 MB
🔥 13👍 2👏 1
🔹SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ BAYRAM TADBIRI ✅ Samarqand tumanidagi 20- umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktabimiz direktori bitiruvchilarga Prezidentimiz tabrigini o‘qib eshittirdi. Maktab direktori SH.Zoxidova yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli va chuqur islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning bilim olishlari va mehnat qilishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, bitiruvchilarga boshlanayotgan mustaqil hayotida omad tiladi.O‘quv yili davomida muvaffaqiyatga erishgan o‘qituvchi va o‘quvchilarga hamda faol o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.        
Show all...
🔥 4👍 2 1👏 1
Go to the archive of posts
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.