cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yangiyer shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi axborot kanali

Yangiyer shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy telegram kanali. Telegram: https://t.me/yangiyer_mmtb Facebook: https://www.facebook.com/Yangiyer.XTB Murojaat uchun: @Yangiyer_xtbot 📞 Ishonch telefoni raqami: (67) 350-17-82

Show more
Advertising posts
245
Subscribers
-124 hours
-37 days
-1030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ijod_maktablari 📣📣📣📣📣 🔔 IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI. ✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi. ⏳ Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 📨 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o‘z “Shaxsiy kabinet”iga kirishi kerak. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги — Праздничное поздравление молодежи Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi. Yoz mavsumida “Yangi Oʻzbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi. Shuningdek, jamoaviy sport oʻyinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish boʻyicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi oʻtkaziladi. Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, sheʼrxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi. Har bir istirohat bogʻi, sayilgoh va xiyobonlarga bepul “vay-fay” oʻrnatish vazifasi qoʻyildi.
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi. “Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes oʻrtasida muloqot maydonchasi boʻladi. Jamgʻarma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million soʻmgacha ssuda beradi. Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million soʻm imtiyozli kredit beriladi.
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Turon” teatri tanlovida 12 mingdan ziyod teatr jamoasi qatnashdi. Tanlov natijasida har bir tumanda o‘ziga xos kichik teatr jamoasi shakllandi. “Turon” teatri tanlovi har yili maktab o‘quvchilari orasida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Gʻolib bo‘lgan o‘quvchilar Ijod maktablariga qabul qilinadi.
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Nogironligi boʻlgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi. Jumladan, chet tili boʻyicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qoʻlda yozish imkoniyati boʻlmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi. Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy koʻnikmalar kam boʻlgani uchun pastroq ball olayapti. Endi, Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik koʻradi.
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tayinlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug'i bilan Gaymnazarov Odiljon Kurbanovich — Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari lavozimiga tayinlandi. O.Gaymnazarov mazkur tayinlovga qadar Boyovut tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Tayinlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug'i bilan Xolbayeva Nargiza Ibodullayevna — Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi. N.Xolbayeva mazkur tayinlovga qadar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i v.v.b lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
Show all...
Repost from Digital.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🔵 Oliy ta’lim muassasalarida IT sohasidagi o‘qish imkoniyatlardan xabardormisiz? 🗣 Bugungi kunda yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda ushbu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun maqsadli kreditlar ajratish, IT-sertifikatlar, "IT Talents" dasturi, masofaviy ta’lim dasturlari kabi imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Mana shunday imkoniyatlardan yoshlarni xabardor qilish va keng jamoatchilikka to‘liq ma’lumot berish maqsadida 29-iyun kuni soat 10:00 da “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tadi. ⏺ Jonli efirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori, TATU, Inha, Amiti, IT Park universitetlari rektorlari va Acharya universiteti direktori ishtirok etadi. 💬 IT-ta’lim bo‘yicha savollaringizni quyidagi havola orqali yozib qoldirishingiz mumkin: https://www.facebook.com/share/p/5m1sWr91dqDSM3re/ Jonli efirni Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin. 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Show all...
👍 1
⚡️Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi Guliston shahridagi “Farovon“ tantanalar uyida umumta’lim maktablarini a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Joriy o‘quv yilida Sirdaryo viloyatidagi 337 ta umumta’lim maktablarining 11-sinfini 10 ming 361 nafar yigit-qiz muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga yo‘llanma oldi. Bitiruvchilarning 249 nafari oltin va 42 nafari kumush medalga sazovor bo‘ldi. Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokim Akmaljon Maxmudaliyev bugun mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida navqiron avlod kamoloti yo‘lida beqiyos imkoniyatlar yaratib berilayotganini ta’kidlarkan, yigit-qizlarni bu imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaslikka chaqirdi, umrning yoshlik fasli o‘qib-izlanish, hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun eng qulay fursat ekanini qayd etdi. O‘quv yili viloyatimizda ta’lim sohasi uchun muvaffaqiyatli yakunlanmoqda, deyish mumkin. Boisi, bitiruvchilarning 358 nafari muddatidan oldin nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalariga aylandi, 13 nafari xalqaro grantlar sohibi bo‘ldi, 542 nafari xorijiy til bilish sertifikatlariga ega bo‘ldi. Shuningdek, “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati a’zolarining 68 nafari imtiyozli tavsiyanomalarni qo‘lga kiritdi. 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.