NAJOT ILMDA
Open in Telegram
189
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-1430 days
Posts Archive
189
Repost from Rasul Kusherbayev
Давлатларнинг китоб ўқиш ва ЯИМ бўйича статистикаси
👉 @r_kusherbayev
189
Assalomu alaykum.
Sentyabr oyida oʻqish uchun majburiy kitob: Alixontoʻra Sogʻuniyning "Tarixi Muhammadiy" asari.
Alloh ilmlarimizni ziyoda qilgin.
189
Repost from N/a
Garchi hayot o'tkinchi, lekin katta dars ekan.
Men bersam qarz emas-u, ular bersa qarz ekan.
Har qadamda yaqinimdan, o'zim bilmay pand yedim.
Do'st deganim do'st emas, faqat ona do'st ekan.
Yo'q emish menda yurak, menda ko'ngil yo'q ekan.
Ular sevsa sevgi-yu, men sevsam havas ekan.
O'ylar edim barchani, bir xil deya, teng deya.
Xuddi ular go'yo tog', men bir oddiy xars ekan.
Men uchun noma‘lum muallif.
189
"...Oʻzlari soʻrashmaguncha hech kimga maslahat bermang".
Vikas Svarup. "Harobadan chiqqan millioner".
189
Repost from N/a
ARSLON CHORLAGANDI...
Abdulla Oripov Erkin Vohidovga yozgan misralari.
Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni,
Bizda ham bor edi matonat, bardosh.
Arslon chorlagandi qoshiga bizni,
Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.
Jami tiriklikka tanish shu xatar,
Qumursqa yaralgan yoppa talarga.
Do'stim, alam qilar, arslon bexabar,
Yem bo'lib ketsak shu qumursqalarga.
189
Assalomu alaykum, doʻstlar. Iyun va iyul oyi gʻoliblariga pullar oʻtkazildi. Hamma gʻoliblarni tabriklaymiz. Ilmlaringiz ziyoda va barakotli boʻlsin!
Shuningdek, moliyaviy sabablarga koʻra kitobxonlik uchun beriladigan pullar noma‘lum muddatga toʻxtatiladi. Hozirda loyihalarni davom ettirishga imkonimiz yoʻq. Salomat boʻlasizlar. Ilm uchun oʻqishda davom etasiz degan umidimiz bor.
189
"Nega hali ham bahtingizni topmadiz?" deb soʻrashsa, "Baxt soʻzi "x" bilan yoziladi, shunga" deng😉
189
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh 🥰
NAJOT ILMDA LOYIHASI
IYUL OYI G'OLIBLARI 🥳
QO'RG'ONTEPA
1. Dilshodbek qizi Charos
2. Raimbekova Moxigulxon
3. Botirov Anvarjon
NAMANGAN
1. Abdulqodir Shamsiddinov
QO'QON
1. Matqosimova Dilnozaxon
2. Nazirova Fazilatxon
3. Alisherova Oisha
4. Ovloyorova Firdavsxon
TOSHKENT
1. Ilxomjonova Fotima
2. Nazirova Gulasal
Barchangizni tabriklaymiz! ALLOH ILMLARINGIZNI ZIYODA QILSIN! Xayrli bo'lsin 🤲🏻
189
Repost from Taraqqiyot Education
+4
40ta xorijiy atamaning oʻzbek tilidagi muqobil shakllari.
Manba
🇺🇿@taraqqiyot_edu🇺🇿
189
Assalomu alaykum. Xayrli kun, barchaga 🥰 InshaaAllah, bugun soat 20:00da iyul oyi majburiy kitoblar yuzasidan test bo'lib o'tadi. Albatta, ishtirok eting!☺️
189
Assalomu alaykum. Ertaga, nasib qilsa, bir guruh xodimlarimizni ish faoliyatidagi yutuqlari uchun mukofotlaymiz. Eng yaxshi sovgʻa - bu kitob!
189
"...Arabcha, forschalarni yozish, soʻzlashgina emas, balki bu ikki tilda kitob yozish, she‘r aytish qobiliyati menda boʻlsa ham, oʻz ona tilim turkchani boshqa tillardan ortiqroq koʻrdim. Chunki qaysi bir millatning ona tili oʻz hojatini oʻtay olmay, boshqa yot tillar oldida magʻlubiyatga uchrab, tiz bukar ekan, unday millat koʻp uzoqlomayoq insoniy huquqlaridan ajraydi va uning hayot daftarlari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Bunday millatlar yolgʻizgina vatanlaridan emas, balki butun borligʻi bilan tarix yuzidan yoʻqolishga majbur boʻladilar".
Alixonto‘ra Sogʻuniy. "Turkiston qaygʻusi" kitobidan.
