𝐵o𝓎𝓈𝒶𝓇𝒾𝓎𝑒𝓋 𝑀𝒶𝓃𝓈𝓊𝓇 𝓈𝒽𝒶𝓍𝓈𝒾𝓎 𝒷𝓁𝑜𝑔𝒾
Open in Telegram
@MansurBoysariyev Sizga: 📙 Hayotiy xulosalar 🎰 Muvaffaqiyat sirlari 💡 Hobby ☯️ Pozitiv kayfiyat ulashib boramiz.
Show more626
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-3530 days
Posts Archive
#YANGI_TAYINLOV
💼 Yoshlar ishlari agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Boysariyev Mansur Yangibayevich - Agentlikning markaziy apparati Kitobxonlik, ijtimoiy faollik va ekologik diplomatiya bo‘limi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
M.Boysariyev tayinlovga qadar ushbu bo'limda bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.
Assalom alaykum! Hurmatli kuzatuvchilar nokamtarlik qilishga majburman! Chunki o'sha gap o'zimga ravo ko'rganni boshqalarga baham ko'raman!
#Tavsiya
Har doim kanalni kim yuritadi, komanda kerakmi degan takliflar berishadi, kanal avvalo o'zimga ravo ko'rganni boshqalarga tavsiya qilaman!
XX asr 30 yillarida dunyoning yrtakchi davlatlarida Yevgenika fanid ustida olimlar bosh qotira boshladi. Inson irqi va genini yaxshilash bilan bog'liq tarjibalar o'tila boshlandi. Bu adabiyotda ham o'z aksini topdi.
“Yoshlar” telekanalining 26 yil avvalgi yaxshi bir roligini qayta olishibdi. 26 yil avvalgi haydovchining o‘zi bilan. Ajoyib!
Bugun oilamiz uchum quvonchli kun! O'g'lim Usmonbek Sergili ixtisoslashgan maktabi ( 1-o'rin), Shayhontohur ixtisoslashgan maktabi ( 1-o'rin), Al- Xorazmiy nomidagi respublika ixtisoslashgan maktabi (88-o'rin) kirgandan so'ng asosiy maqsadi Toshkent shahridagi Prezident maktabiga 16-o'rinda o'qishga kirdi! Barcha ustozlariga, Algoritm o'quv markazi rahbariyatiga, 332-maktab jamoasi va sinf rahbari Rajabova Nargiza ustoziga rahmat aytaman!
#Dushanbe
Ta'tildan foydalanib Tojikiston poytaxtidamiz, musofir bo'lgach o'zimizdagi qulayliklarni his qilar ekansiz!
Repost from STEAM AKADEMIYASI
+3
🚀 STEAM WEEK — 4-MAVSUM
Yangi bilimlar. Yangi tajribalar. Yangi imkoniyatlar.
Agar siz ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika yo‘nalishlariga qiziqsangiz — STEAM Week 4-mavsumida ishtirok eting!
Bu mavsumda siz:
🔺 amaliy mashg‘ulotlarda qatnashasiz;
🔺 yangi bilim va ko‘nikmalarni egallaysiz;
🔺 kreativ loyihalar ustida ishlaysiz;
🔺 yangi insonlar bilan tanishasiz;
🔺 o‘z g‘oyalaringizni sinovdan o‘tkazasiz.
📍 O‘z g‘oyangizni rivojlantirish, bilimlaringizni amaliyotda sinash va STEAM muhitining bir qismiga aylanish vaqti keldi!
STEAM WEEK 4-MAVSUM — ishtirok eting va o‘zgarishni o‘zingizdan boshlang!
📲 Ro‘yxatdan o‘tish: [havola]
#yoshlik_xazinasidan
Yozguvchining ibodati
– Ey xudoyim, bergil menga ilohiy rag‘bat.
– Marhamat!
– Va oz-moz pul-muldan, kelmasa malol.
– Bemalol.
– Bir mashina bo‘lsa... sutrang, sozidan.
– Roziman!!!
– Chog‘roqqina chorbog‘ ko‘plik qilmasdi.
– Balki shu basdir?!
– Ham xorijga besh bor sayohat yilda.
– Insofni bilda!
– Kattaroq unvonga etsayding noil.
– Qoyil!
– Eng muhimin unutibman – iste’dod g‘ami.
– Sengami?
– Yo‘q mengamas! Falonchiga bermagin uni.
– Nedir mazmuni?
– Shundog‘am ishlari yurishar doim.
– Xudoyim-m-m...
Lyudmila Xanadeyeva
Ruschadan Qing‘ir Mirzo tarjimasi
“Yoshlik”/1988/11
#Xalq do'stligi kuni
Kecha "Vatandoshlar" jamoat fondi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda uzozq-yaqindan kelgan o'zbek vatandoshlari farzandlari o'rtasida "Zukko kitobxon" tanlovini tashkil etdik. 250 dan ortiq 7-16 yosh dagi yoshlarimiz o'zbek tili, adabiyoti, san'atini va urf odatlarini uzoq o'lkalarga unitilmas esdalik sifatida olib ketishdi deb o'ylayman!
Assalom alaykum do'stlar fikrimlarimga nima deysiz!? Men e'tibor bermagan jihatlar ham bormi? Izohlarda fikrlaringizni kutaman!
Тошкент модернизмининг 10 та объекти ЮНЕСКО Бутунжаҳон мероси рўйхатига киритилди
Тошкентдаги XX аср модернизм меъморчилигига оид 10 та иншоот ЮНЕСКОнинг Бутунжаҳон мероси рўйхатига киритилди. Қарор Жанубий Кореянинг Пусан шаҳрида ўтаётган Бутунжаҳон мероси қўмитасининг 48-сессиясида қабул қилинди.
ЮНЕСКО Ўзбекистон томонидан тақдим этилган «Тошкент модернизм меъморчилиги: Марказий Осиёда замонавийлик ва анъаналар» номинациясини маъқуллади. Унга пойтахтнинг жамоат, маданий, турар жой ва муҳандислик архитектурасини акс эттирувчи қуйидаги объектлар киритилди:
— «Марварид» («Жемчуг») турар жой биноси;
— Ўзбекистон тарихи давлат музейи;
— Халқлар дўстлиги санъат саройи;
— Ўзбекистон давлат санъат музейи;
— Тошкент давлат цирки;
— Ўзбекистон Бадиий академиясининг Марказий кўргазмалар зали;
— Ўзбекистон кино санъати саройи — собиқ «Панорама» кинотеатри;
— «Эски жува» — Чорсу бозори;
— «Космонавтлар» метро бекати;
— Тошкент вилоятидаги «Қуёш» гелиомажмуаси.
Ушбу иншоотлар асосан 1960–1980-йилларда барпо этилган бўлиб, зилзиладан кейин қайта қурилган Тошкентнинг янги меъморий қиёфасини акс эттиради.
Биноларда модернистик архитектура, Марказий Осиё анъаналари ва маҳаллий иқлим хусусиятлари уйғунлашган.
Президент администрацияси раҳбари Саида Мирзиёева бу қарорни нафақат бир нечта бинонинг, балки зилзиладан кейинги Тошкентни қайта барпо этиш билан боғлиқ бутун бир тарихий даврнинг халқаро эътирофи, деб баҳолади.
Маълум қилинишича, бу Ўзбекистоннинг сўнгги 25 йил ичида ЮНЕСКО Бутунжаҳон мероси рўйхатига киритилган биринчи миллий номинациясидир. Шунингдек, Ўзбекистон Марказий Осиё ва МДҲ давлатлари орасида XX аср модернизм архитектурасини мазкур рўйхатга киритган биринчи мамлакат бўлди.
Бунга қадар Ўзбекистоннинг ЮНЕСКО Бутунжаҳон мероси рўйхатида 5 та маданий ва 2 та табиий мерос объекти мавжуд эди.
Telegram| Instagram | You Tube | Facebook | X
Repost from Kitobxonlik jamg‘armasi
+3
Yosh yozuvchilar tanlovi g‘oliblari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida g‘oliblarning ijodiy ishlari asosida 1 000 nusxada kitob nashr etish bo‘yicha ilk qadamlar tashlanib, kelgusidagi hamkorlik va nashr jarayonlari muhokama qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🌐 Telegram | 🌐 Instagram
✅ Buni saqlab qo'ying!
Huquqni muhofaza qilishga oid tashkilotlarning ishonch raqamlari:
➖ 1000 – Prezident virtual qabulxonasi
➖ 1520 – Davlat xavfsizlik xizmati
➖ 1007 – Bosh prokuratura
➖ 1102 – Ichki ishlar vazirligi
➖ 1008 – Adliya vazirligi
➖ 1107 – Majburiy ijro byurosi
➖ 1198 – Soliq qo‘mitasi
➖ 1108 – Bojxona qo‘mitasi
➖ 1050 – Qutqaruv xizmati (FVV)
➖ 1101 – Favqulodda vaziyatlar vazirligi
➖ 1253 – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
➖ 1096 – Inson huquqlari bo‘yicha Vakil (Ombudsman)
Shuningdek, barcha bilishi zarur bo‘lgan ishonch raqamlari:
➖ 101 – o‘t o‘chirish xizmati
➖ 102 – militsiya
➖ 103 – tez tibbiy yordam xizmati
➖ 104 – gaz xizmati
➖ 1050 – qutqaruv xizmati
➖ 1157 – tabiatga zarar yetkazish holatlari haqida xabar berish uchun.
➖ 1159 – Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligi Call-markazi.
➖ 1001 – ob-havoni bilish uchun aloqa xizmati.
➖ 1004 – aniq vaqtni bilish uchun aloqa xizmati.
➖ 1054 – “Suvsoz” DUK avariya
Birgina harfning kuchi.
Matn ma’nosini bir dona harf bilan ham o‘zgartirishga namuna.
